Mavzu: "Texnologiya" fani darslarida fanga



Download 198,06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.03.2022
Hajmi198,06 Kb.
#484623
Bog'liq
3-Амалий машғулот tayyor



5-
 
Amaliy 
mashg’ulot
Mavzu: 
“Texnologiya”
fani darslarida fanga 
yo’naltirilgan
texnologiyalar. 
Reja: 
1.
Texnologiya fani darslarida fanga 
yo’naltirilgan
texnologiyalar haqida 
ma`lumot. 
2.
Texnologiya fani darslarida qollashning o`ziga xos xususiyatlari/ 
6-
 
Amaliy 
mashg’ulot
Mavzu:”Texnologiya” fani darslarida
ta`limning shaxsga 
yo’naltirilgan
texnologiyasi. 
Reja: 
1.
Hamkorlik pedagogikasi haqida ma`lumot berish; 
2.
Mualliflik texnologiyalarining mohiyatini yoritish, ularning 
o’ziga
xos hususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish; 
3.
Pedagogik jarayonni shaxsga 
yo’naltirish
asosida tashkillashtirish 
shartlari va mezonlari borasida zaruriy nazariy bilimlarni 
shakllantirish. 
Ayrim interfaol metodlar tavsifi. Bugungi k
unda ta’lim jarayonida 
o‘qvchilarni bilim olishga qiziqtirish jiddiy muammoga aylanib 
borayotganligi hech kimga sir emas. Bu muammoni hal etish, yechimini 
topish uchun bir qator ilmiyuslubiy va tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, ta’limda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish 
shunday ishlardan biridir. Yangi pedagogik texnologiya bu ta’lim 
jarayonida qo‘llanilayotgan o‘qitishning faol usullarini umumiy nomlanishi 


bo‘lib, uning turlari, shakllari, vositalari hamda amalga oshirilish yo‘lla
ri 
ham turli-tumandir. Shulardan biri interfaol yoki interaktiv usullar 
hisoblanadi. Interaktiv yoki interfaol usul nima degani o‘zi? 
Kuzatishlarimizdan shunday holat va vaziyatlar aniqlandiki, ko‘pchilik 
o‘qituvchilar interfaol usulning mohiyati hamda uni
qo‘llash yo‘llarini 
yaxshi bilmaydilar. Shuni hisobga olgan holda interfaol usullar va undan 
qanday foydalanish haqida fikr yuritmoqchimiz. Avvalo, shuni ta’kidlash 
kerakki, “interaktiv” atmasi ikki so‘zning, ya’ni inter (yoki interval) 
-aro 
(yoki oraliq) 
va aktiv (faol) so‘zlaridan tashkil topgan. Bundan 
ko‘rinadiki, ta’limda interfaol usullar qo‘llanilganda o‘qitish, o‘rgatish 
ishlari o‘qituvchi bilan o‘quvchi (o‘qituvchi+o‘quvchi), o‘quvchi bilan 
o‘quvchi (o‘quvchi+o‘quvchi), o‘quvchi bilan sinf (o‘quvc
hi+sinf) kabi 
oraliqda amalga oshiriladi. Natijada, o‘qituvchi butun sinf o‘quvchilari 
bilan ishlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bugungi kunda interfaol 
metodning ko‘plab shakllari yaratilgan bo‘lib, ulardan amalda samarali 
foydalanib kelinmoqda. Bu usullar qatoriga, jumladan, muzyorar, 
o‘rgimchak to‘ri, zanjir, aqliy hujum, klaster, munozara (debat), Glob
-
alfavit, abstrakt fikrlash, zig-
zag, insert karta, to‘xtab
-
o‘qib tahlil qilish 
kabi ko‘plab usullarni kiritish mumkin. Darslar mana shunday usullar 
as
osida tashkil etilsa, maroqli, qiziqarli va mazmunli bo‘ladi, hech bir 
o‘quvchi bunday darsda zerikmaydi; o‘quvchilarda bunday darslarga 
nisbatan qiziqish kuchayadi, darslarda qatnashishga kuchli ishtiyoq hosil 
bo‘ladi, o‘zini har tomonlama ko‘rsatishga im
koniyat yaratiladi. Darslarda 
bunday usullarni qo‘llash orqali o‘quvchilarda: –
atroflicha, keng va chuqur 
fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish, asoslash va himoya qilish; –
voqea va 
hodisalarni, narsa-buyumlarning xususiyatlarini anglash va tasavvur eta 
olish; 

bilimlarning uzluksizligini ta’minlash; –
nazariy materillarni 
amalda qo‘llay olish, harakatli amaliy faoliyatga kirishib keta olish; –
kichik 
guruhlarda va jamoa ichida ishlay olish, o‘zaro hurmat; –
mustaqil va ijodiy 
ishlash kabi ko‘nikmalar
ni hosil qilish mumkin. Natijada, dars jarayonida 


o‘quvchilarning faoliyati faollashadi, har bir o‘quvchi fikrlaydi va ishlaydi, 
ular bir-
birlarining qarashlarini, fikrlarini hurmat qiladilar va o‘z fikrlari 
bilan to‘ldiradilar. O‘quvchilar o‘rtasida shaxs
lararo ijtimoiy munosabat, 
bir-
birlarini qo‘llab
-quvvatlash kabi xislatlar yuzaga keladi. Mazkur 
jarayonni quyidagi sxema orqali ifodalash ham mumkin: Ma’lumki, har bir 
darsning maqsadi, vazifasi mavjud bo‘ladi, bu odatda topshiriq sifatida 
gavdalanadi. Mazkur topshiriqni bajarib, biror natijaga erishish uchun 
ma’lum usullar majmuasidan foydalaniladi. Bu usulda turli vositalar 
orqali amalga oshiriladi. Bunda sinfdagi o‘quvchilarning faoliyati, ya’ni 
ijtimoiy muhit katta ahamiyatga ega. Binobarin, topshiriqni faqatgina 
vositalar yoki ijtimoiy muhit orqali bajarib, biror natijaga erishib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun yuqorida aytilgan usullar majmuasi vositalar va ijtimoiy 
muhit-
holatni o‘zaro uyg‘unlashtigan holda darsni tashkil etish zarur. 
O‘qituvchining mana sh
u oraliqlarda olib boradigan faoliyati interfaol usul 
deb nomlanadi. Dars yoki mashg‘ulot chegaralangan vaqt va ma’lum 
sondagi o‘quvchilar bilan olib borilganligi uchun mazkur tizim shartli 
ravishda berk holatda, ya’ni to‘rtburchak ichida tasvirlandi. Inte
rfaol 
usullardan foydalanish hozirgi paytda, asosan, aqliy hujum, chaqiruv, 
fikrlash, anglash kabi bosqichlarda amalga oshirilmoqda. Ya’ni dars 
boshlanishida o‘qituvchi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga turli muammoli 
savollar bilan murojaat qiladi va bu bilan ularni aqlni ishlatishga, miyaga 
“fikriy hujum” qilishga undaydi. Bu orqali o‘quvchilardan kerakli 
ma’lumotlarni “gapirtirib” olishga erishadi. Navbatdagi bosqichda 
o‘quvchilar berilgan javoblarni fikrlab ko‘radilar, o‘zaro taqqoslaydilar, 
ulardan eng maqbullarini tanlab olib, ularning mohiyatini anglashga 
harakat qiladilar. Natijada, fikrlash orqali o‘quvchi yangilik yaratishi va 
anglash orqali uni yodida saqlab qolish imkoniyati yaratiladi. Bu ishlar o‘z 
navbatida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy
ishlash ko‘nikmalarini 
tarkib toptiradi. Shuningdek, bunday darslarni yanada qiziqarli tashkil 
etish maqsadida dars boshida, o‘rtasida va oxirida “Tropik yomg‘ir”, 


“Mevalar”, “Sherigingni top”, “Sichqon va mushuklar”, “Kemachalar” 
kabi o‘yinlarni ham o‘yn
ash mumkin. Bu odatda Ener-Jayzer usuli deb 
yuritiladi. Buning ahamiyati shundaki, o‘qituvchi o‘quvchilarning 
tashqariga chiqib ketayotgan fikrlarini o‘ziga jalb qilib, qaytarib oladi. Har 
bir o‘qituvchi mashg‘ulotlarida o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan hol
da 
muayyan sharoitni va o‘quvchilarning shaxsiy aqliy va fiziologik 
xususiyatlarini hisobga olib shunday usullarni qo‘llab borishi –
davr talabi 
bo‘lib qoldi. Mana shunday usullar orqali dars o‘tadigan o‘qituvchilarning 
darsi doimo qiziqarli bo‘ladi, o‘quvchilar ham bunday o‘qituvchilarni 
o‘zgacha hurmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, interfaol metodlardan 
foydalanib mashg‘ulot o‘tkazish metodikasining qisqacha tafsiloti 
quyidagicha: uning kirish qismida raqamli kartochkalar bo‘yicha 
mikroguruhlar tashkil q
ilinadi va har bir mikroguruh a’zolari o‘zaro 
maslahatlashib, uning nomini aniqlaydilar, so‘ngra tinglovchilarga 
mashg‘ulotning o‘quv maqsadlari e’lon qilinadi va ular muhokama qilinib, 
tasdiqlanadi. Mashg‘ulotdagi barcha bilish jarayonlari tasdiqlangan o‘
quv 
maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga qat’iy yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Mashg‘ulotning ikkinchi qismida mavzuga oid o‘quv materiallari mustaqil 
o‘zlashtirish uchun mikroguruhlarga tarqatiladi. Ular eng maqbul bo‘lgan 
interfaol usullardan foydalanib, mavzuni o‘
zlashtirib, taqdimot uchun 
ko‘rgazmalar tayyorlaydilar va har bir mikroguruh vakili ularning 
taqdimotini o‘tkazadi. Munozaralardan so‘ng o‘quv maqsadlariga 
erishganlik darajasi aniqlanadi va kamchiliklar to‘ldirilib, o‘quv 
materialining puxta o‘zlashtirilishiga erishiladi. Mashg‘ulotning 
yakunlovchi qismida har bir mikroguruh va uning a’zolarining mashg‘ulot 
davomidagi faolligi alohida qayd etiladi. Mashg‘ulotlarni bunday usulda 
o‘tish mashg‘ulotda har bir tinglovchining faol bo‘lishini ta’minlaydi va 
fikrl
ash qobiliyatini rivojlantiradi. Tinglovchilarda sodir bo‘ladigan 
zo‘riqishlarning oldini olish maqsadida “Mevalar”, “Men o‘ylagan ismni 
top”, “Xotira mashqi” kabi charchoqni bartaraf qilib, ruhni 


yengillashtiruvchi yoki boshqa psixologik o‘yinlardan foyda
lanish yaxshi 
samara beradi. Bunday o‘yinlardan samarali foydalanish tinglovchilarning 
o‘quv motivlarini mashg‘ulot davomida bir maromda saqlab turishga 
imkoniyat yaratadi, bu esa mashg‘ulotlarning samaradorligini oshiruvchi 
asosiy omillardan biridir. Quyida ayrim interfaol metodlardan namunalar 
keltiramiz. Aqliy hujum (fikrlar hujumi 

breynstorming, fikrlar bo‘roni –
amaliy yoki ilmiy muammoni hal qilishda g‘oyalarni jamoa bo‘lib ilgari 
surish) metodini qo‘llash. Bu metoddan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarn

bir xil fikrlashdan xoli qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab 
paydo bo‘lgan noaniq fikrlarni yengishdir. Bu metod 1953
-yilda 
A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan. Bunda o‘quvchilarda qo‘yilgan 
muammoning mohiyatini anglagan holda dastlabki fikr yuritish 
ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bilan birga, ular o‘zlarining fikrlarini erkin 
bayon etishni, asoslashni, himoya qilishni, boshqalarning fikrini eshitishni 
va hurmat qilishni o‘rganadilar. Fikrlar hujumi vaqtida ishtirokchilar 
birgalikda qiy
in masala yoki muammoni yechdilar. Iloji boricha ko‘proq 
g‘oyalar taklif etilib, ular tanqid ostiga olinmaydi, rad etilmaydi. Bu 
usulning afzalligi ham shundan iborat bo‘lib, har qanday g‘oya, hatto 
mantiqsizlari ham hisobga olinadi. Ularning hammasi yoziladi, tahlil 
qilinadi, baholanadi va shundan keyingina ular ichidan eng samarali, 
maqbul yechim tanlab olinadi. Fikrlar hujumida 15 tagacha ishtirokchi 
bo‘lib, 1 soatgacha davom etadi. Bu metoddan mikroguruhlarda va katta 
auditoriya (60 kishigacha)da foydalanish mumkin (bu metoddan 
foydalanish haqida yuqorida ayrim misollar keltirilgan edi). 
Modifikatsiyalashgan dars 

shakli o‘zgartirilgan ta’lim usuli bo‘lib, 
bunda darsni o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot tarzida tashkil etgan 
holda mavzuni yoritib beradi. Improvizatsiya 

tayyorgarliksiz bayon etish 
usuli bo‘lib, savol, topshiriqlarni o‘quvchilar muddatsiz, tayyorgarlik 
ko‘rmay tahlil qiladilar. Multimedia –
ma’lum bir vaqtga mo‘jallangan, 
ko‘rgazmali, rejali dastur asosida qurilgan va kompyuter texnika
si 


vositasida namoyish etiladigan, tushuntirish va harakat aks ettirilgan dars 
shaklidir. Klaster 

tarmoqlanish usuli bo‘lib, bu o‘quvchilarni biror
-bir 
mavzuni tarmoqlarga bo‘lib chuqur o‘rganishlariga yordam beradi. 
Bumerang texnologiyasi. Bu texnologiy
a bir mashg‘ulot davomida o‘quv 
materiallarini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, 
erkin fikr yuritishga yo‘naltirilgan. Bir mashg‘ulot davomida har bir 
ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki 
o‘qi
tuvchi rolida chiqishi mumkin. Skarabey texnologiyasi. Bu 
texnologiya o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning 
rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z 
fikrini erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Tarozi texnologiyasi. Bu 
texnologiya munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o‘ganishda qo‘l 
keladi. U tanqidiy, mantiq, ijodiy, improvizatsiya, fikran tajribalarni 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Yelpig‘ich (veyer) texnologiyasi. Bu 
texnologiya murakkab, ko‘ptarmoq
li, mumkin qadar muammoli 
ko‘rinishdagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Bunda mavzuning turli 
tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ularning har biri alohida 
nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijodiy va salbiy tomonlari, 
afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Muammoli 
vaziyat. Bunda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga muammo bilan bog‘liq 
bo‘lgan hayotiy voqea, hodisalardan misollar keltiriladi. Bu muammoni 
o‘quvchilar o‘zlari munozara shaklida yechadilar. Fikrlash do
irasi 
kengayadi, muammoni to‘g‘ri yechishga o‘rganadilar. Tanqidiy tafakkur. 
Bu usulda ma’lum bir holat, vaziyat misol qilib o‘rtaga tashlanadi. 
Masalan, ta’lim
-tarbiyaga oid yoki inson xulqidagi kamchiliklar orqali 
salbiy holat, vaziyatning yuzaga kelishi
ni o‘quvchilar tahlil qiladilar, uni 
ijodiy hal qilishga o‘rganadilar, mustaqil fikr yuritadilar, bosh qotiradilar. 
Bu holat vaziyatning yechimini to‘g‘ri topishga imkoniyat yaratadi. 
Muayyan holat va vaziyatni o‘rganish. O‘qituvchi o‘quvchilarga biror 
mav
zu yuzasidan savol yoki topshiriqni beradi, ular esa o‘z imkoniyatlari 


doirasida tahlil qiladilar, har bir o‘quvchi boshqa bir o‘quvchining fikriga 
tanqidiy yondashadi. O‘z fikrini asoslashga o‘rganadi. Bu usulni 
qo‘llashda ma’lum bir tartib
-qoidalar ishla
b chiqadilar. Masalan, o‘zgalar 
fikrini bo‘lmasdan oxirigacha tinglash, tanqidni do‘stona qabul qilish, 
to‘g‘ri tushunish, bir
-biri bilan janjallashmaslik va h.k. Nuqtai nazaring 
bo‘lsin. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga biror savol yoki topshiriq 
berila
di. O‘quvchilar bu savol, topshiriqlarga o‘z munosabatlari, nuqtai 
nazarlarini bildiradilar. Qaysi o‘quvchining fikri to‘g‘ri bo‘lsa –

rag‘batlantiriladi va boshqa o‘quvchilarga namuna qilib ko‘rsatiladi. Bu 
usulda har bir o‘quvchining o‘z shaxsiy pozitsiyasi, yo‘li, fikri shakllanadi. 
Dunyoqarashi o‘sadi, og‘zaki nutqi rivojlanadi. O‘quvchilarni kichik 
guruhlarga bo‘lish metodi. Bunda ularda jamoa bo‘lib fikrlash va ish 
bajarish, o‘z jamoasining g‘olib bo‘lishiga intilish xislatlari rivojlanadi. 
Guruhda 
ishlash qoidalari: • har kim o‘z o‘rtoqlari nutqini 
xushmuomalalik bilan tinglashi zarur; • har kim faol, birgalikda ishlashi, 
berilgan topshiriqqa mas’uliyat bilan yondashishi zarur; • har kim 
yordamga muhtoj bo‘lganda uni so‘rashi zarur; • har kimdan yor
dam 
so‘ralsa, yordam qilishi zarur; • har kim guruh ishi natijalarini baholashda 
ishtirok etishi zarur. Har kim aniq tushunishi zarur: boshqalarga 
yordamlashib, o‘zimiz o‘rganamiz! • biz bir kemadamiz: yoki birga suzib 
chiqamiz yoki birga cho‘kib ketamiz! Guruhlarda ishni tashkil etish: • 
guruhda amalga oshiriladigan ishlar rejalashtiriladi; • guruh ichida 
bajariladigan ishlar taqsimlanadi; • yakka tartibdagi topshiriqlar 
bajariladi; • guruh muzokarasini o‘tkazish qoidalariga rioya qilib, yakka 
tartibda erishilgan natijalar muhokama qilinadi va guruh ishining umumiy 
natijasi shakllantiriladi; • birgalikda olib borilgan ish natijalari taqdimot 
uchun tayyorlanadi; • mazkur materiallar boshqalar tomonidan qanday 
o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘zaro t
ekshirish savollari 
tayyorlanadi. Guruh muzokarasini o‘tkazish qoidalari: • muhokamani 
boshlashdan oldin muhokama muammosi, predmetini aniq shakllantirib 


oling. Muhokama etilayotgan muammoni barchaning tushunishiga 
erishing; • navbatma
-
navbat gapiring. So‘zlovchining nutqini bo‘lmaslik 
zarur. Agar kimdir gapira boshlasa, qolganlar jim bo‘lishlari zarur; • 
e’tibor bilan tinglang, gapirayotganning fikrini tushunishga harakat qiling. 
E’tibor bilan tinglash ko‘rsatkichi –
so‘zlayotganning fikrini, pozitsiyasini
o‘z so‘zlari bilan qayta aytish qobiliyati; • so‘zlayotgan shaxsning fikriga 
nisbatan mulohaza bildirishda uning hurmatiga, g‘ashiga tegadigan 
so‘zlarni, ayniqsa, “yomon”, “yomon emas”, “bema’nilik” kabi so‘zlarni 
ishlatmang; • shaxsiy muloqotga o‘tmang. 
Hech qanday holatda 
so‘zlovchining shaxsiy fazilatlariga o‘tmasdan faqat gaplarini tanqid yoki 
muhokama qilish mumkin; • tanqid asosli bo‘lishi zarur. “Bu bo‘lmaydi” 
degan so‘zlarning o‘rniga: “Sen masalani noto‘g‘ri tushunibsan” yoki “Sen 
masalani to‘liq tushunmabsan” deng, qo‘shimcha qilishga urining. E’tiborni 
xatolarga emas, balki rivojlantirish, qo‘shimcha qilish mumkin bo‘ladigan 
oqilona fikrni topishga yo‘naltirish zarur; o‘tkazilgan tahlildan qanday 
xulosalar qilish mumkin? • muhokamaga yakun yasang
va muzokara 
natijalarini barcha guruh a’zolari fikrlarida yetarli darajada aniq aks 
ettirishiga ishonch hosil qiling. Taqdimot bosqichi: guruh a’zolari birgalikda 
bajargan ish natijalarini ko‘rgazmali vositalar yordamida yoritib beradilar; 
• boshqalar maz
kur materiallarni yoki uning ayrim qismlarini yaxshiroq 
bilish yoki ularni qanday o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida savol 
beradi. Ishbilarmonlik va rolli-
syujetli o‘yinlardan foydalanish. Bunda 
o‘quvchilarning mustaqil, ijodiy va amaliy ish bajarish
qobiliyatlari 
namoyon bo‘ladi hamda rivojlanadi. Oldin egallagan bilim va ko‘nikmalarni 
boyitish, yangi vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatlari ochiladi. Muammoli 
savol va holatlarni tahlil qilish. Bu usul o‘quvchilarning ijodiy, mantiqiy 
fikr yuritishlariga, ilmiy, erkin bahs-munozaraga kirishishlariga, muomala 
madaniyatini o‘rganishlariga, topqirlik xislatlarini rivojlanishiga 
qaratilgan. Mazkur usullar o‘quvchilarning fikrlash, anglash, tasavvur 
qilish, amaliy ish bajarish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beruvchi 


oddiy va samarali usullar hisoblanadi. Insert metodi 

samarali o‘qish va 
fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib
-
o‘rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa 
materiallar oldindan o‘quvchiga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib, “V; 
Q; -
; ?” belgilari orqali o‘z fikrini ifodalaydi. Matnni belgilash tizimi: 
(v) 

men bilgan narsani tasdiqlaydi. (Q) 

yangi ma’lumot. (–


men 
bilgan narsaga zid. (?) 

meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha 
ma’lumot zarur. “Texnologiya” fani darslarida insert jadvalidan 
foydalanish Insert jadvalidan foydalanish namunasi Mavzu V (men 
bilgan narsani tasdiqlaydi) Q (yangi ma’lumot) –
(men bilgan narsaga 
zid) ? (meni o‘ylantirdi) Arralash arralarning tu
rlari arralarni charxlash 
arralash stanogida ishlash arralash qoidalari Shunindek, o‘quvchilarga 
rejalash, randalash, o‘yish
-teshish, egovlash, pardozlash kabi ish amallarini 
o‘rgatishda ham bu usuldan foydalanish mumkin. Bahs, munozara metodi 

o‘z fikrin
i ifoda etishni xohlovchilar orasida biror-bir munozarali 
masalani muhokama qilish, haqiqatni aniqlash va to‘g‘ri qaror qabul qilishda 
qo‘llaniladi, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning faol metodlaridan biri 
hisoblanadi. Munozaraning asosiy maqsadi 

o‘quv materialini 
umumlashtirish va tizimga solish, shuningdek, o‘rganilayotgan o‘quv 
materialining amaliy ahamiyatini o‘quvchilar tomonidan anglab olinishiga 
yordam berishdir. Munozara mashg‘ulotining samarasi bir qator metodik 
muammolarni to‘g‘ri hal qilishga bog‘liqdir. Munozara mashg‘ulotini 
quyidagi bosqichlarda tashkil etish va o‘tkazish mumkin. I.Tayyorgarlik 
bosqichi. Bunda o‘qituvchi o‘quv dasturi asosida munozara mashg‘uloti 
uchun mavzu tanlab, uning mazmuni, ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsadiga muvofiq reja, shuningdek, munozara uchun 
foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib oladi. Mashg‘ulotni 
o‘tkazishdan bir oy avval o‘qituvchi o‘quvchilar bilan munozara darsining 
muammosi, undan ko‘zlangan maqsadni muhokama qiladi, o‘quvchil
arning 
individual xususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olib, ularga topshiriqlar 


beradi. Topshiriqning mazmuni ma’ruza, referat, albom, ko‘rgazmalar, rasm 
va jadvallar, konstruktorlik va grafik ishlar asosida maketlar tayyorlab 
kelish kabilar bo‘lishi 
mumkin. II. Mustaqil ishlash bosqichi. Berilgan 
topshiriqlar asosida o‘quvchilar tegishli adabiyotlardan foydalanib, 
munozaraga tayyorlanadilar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydilar. Bu 
bosqich kamida bir oy davom etadi. III. Munozara o‘tkazish bosqichi. 
Mu
nozarani o‘qituvchi yoki a’lochi o‘quvchilardan biri olib boradi. 
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan xona o‘quvchilar tomonidan mavzuga oid 
tayyorlangan ko‘rgazmalar bilan bezatiladi va ayrim o‘quv vositalari bilan 
jihozlanadi. Munozara vaqtida o‘qiladigan ma’ruzalar qisqa, lo‘nda va 
tushunarli bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotda ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha 
munozara va bahslar o‘tkaziladi. IV. Yakunlash bosqichi. Bunda 
munozarada faol qatnashganlarni rag‘batlantirish, yutuq va kamchiliklarni 
tahlil qilish maqsadga muv
ofiq. Bu metodni “Kiyinish madaniyati –
inson 
ziynati”, “Pazandalik –
san’at”, “Ovqatlanish va inson salomatligi”, 
“Xalq hunarmandchiligi –
xalq mentaliteti”, “Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti 

to‘kinchilik manbai” kabi mavzularda ham qo‘llash mumkin. Bahs 
ishtirokchilariga eslatma: 1. Bahs munosabatlarni hal etish usuli emas, 
balki muammoni hal etish usulidir. 2. Boshqa ishtirokchilarga ham so‘z 
berish uchun uzoq vaqt nutq so‘zlama. 3. Har bir so‘zni o‘ylab, to‘g‘ri ifoda 
qil, hissiyotlaringni nazorat qil, c
hunki sening aqliy fikrlaring o‘z 
maqsadiga yetishi kerak. 4. Boshqalarning (masalan, raqibning) nuqtai 
nazarini tushunishga harakat qil, uni hurmat qil. 5. Ularning fikrini 
buzmasdan e’tirozlaringni aniq bildir. 6. Faqat bahs mavzusi bo‘yicha fikr 
bildir, 
ko‘p o‘qiganliging va umumiy bilimdonligingni ro‘kach qilma. 7. 
Kimgadir yoqishni ko‘zlab, hushomad qilma va o‘z nutqing bilan ranjitma. 
Esse metodi 

taklif etilgan mavzu bo‘yicha 1000 dan 5000 gacha so‘z 
hajmidagi insho yozish. Esse 

bu muallifning ta’kidlab o‘tadigan 
individual pozitsiyasidagi erkin ifoda etish shakli; qandaydir predmet, 
voqea, taassurotlar bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‘z 


ichiga oladi. Bu metodni “Men sevgan kasb”, “Fan va texnika 
yangiliklari”, “Sayohat taassurotlari”
kabi mavzularda qo‘llash mumkin. 
Besh daqiqali esse 

o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni 
umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotida oxirida 5 
daqiqa oralig‘ida olib boriladi. Asoslangan esse –
qo‘yilgan savolga asosli 
ja
vob keltirilgan yozma ishdir. Muallif ma’lum bir nuqtai nazarni 
egallaydi va uni himoya qiladi, bunda o‘zining pozitsiyasini qo‘llab
-
quvvatlash uchun bir qancha asoslangan isbotlarni keltiradi. Maqsad 

muallif-
o‘quvchining o‘z qarashlarini boshqalarning h
am qabul qilishiga 
erishish. Agar siz o‘zingizning esseingizni yozish jarayonida uni fikriy 
jihatdan taqdim etsangiz va uni o‘quvchilar bilan fikriy muloqotni o‘rnata 
olsangiz 

asoslangan samarali esseni yozish yengil bo‘ladi. Asoslangan 
esse tarkibi: 1. 
Savol bo‘yicha nisbatan muallif nuqtai nazarining bayon 
etilishi (xat boshi). 2. Bayon etilgan nuqtai nazarni asoslash 

ushbu 
nuqtai nazarni qo‘llab
-quvvatlashni muallifning ishonarli dalillari, ushbu 
nuqtai-nazarni qabul qilishga ishontirish. 3. Xulosa 

rezyume. 
Asoslangan esseni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari: • mavzuning 
mazmunga mos kelishi; • mazmuni, fikri: unga taalluqli muammoni 
oldindan ko‘ra bilish, shaxsiy nuqtai nazari, ma’lumotlarning yetarliligi; 
uslub, ifoda aniqligi, muayyanligi; orfografik tomondan bexato yoyilishi. 
Sinkvyen (5 qator) metodi (texnikasi). Maqsad 

tushunchaga tavsif 
berish. Sinkveyn tuzilmasi: 1-qator: tushuncha; 2-qator: tushunchani 
tavsiflovchi ikkita sifat; 3-
qator: ushbu tushuncha vazifalari to‘g‘risidagi 
uchta f
e’l; 4
-
qator: ushbu tushuncha mohiyati to‘g‘risidagi to‘rtta so‘zli 
so‘z birikmasi; 5
-qator: ushbu tushuncha sinonimi. Seminar darsi metodi 

o‘quvchilar egallagan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun 
qo‘llaniladi. Seminar darsi uchun reja –
topshiriq. Mavzu: Buyumlarni 
pardozlash usullari Maqsad: o‘quvchilarning pardozlash usullari va 
ishlari haqidagi bilimlarini kengaytirish. Mavzu bo‘yicha savollar 
(savollarga javob berishda fikringizni biror buyum misolida asoslang): 1. 


Pardozlash deb nimaga aytiladi? 2. Pardozlash qanday usullarda amalga 
oshiriladi? 3. Pardozlashda qanday asbob, moslama va materiallar 
ishlatiladi? 4. Pardozlash ishlarida qanday sanitariya-gigiyena talablariga 
amal qilinadi? 5. Pardozlash ishlarida qanday xavfsizlik qoidalariga amal 
qilinadi? Ma’ruza bilan so‘zga chiqish metodi –
nisbatan kengroq hajmli 
o‘quv materiallarini, ilmiy axborotlarni monoligik tarzda bayon qilishda 
qo‘llaniladi. Asosiy o‘tish uslubiga ko‘ra, ma’ruza turlari: kirish 
ma’ruzasi, sharhlovchi ma’ruza, ma’ruza
-
axborot, muammoli ma’ruza, 
vizual ma’ruza, binar (2 kishilik) ma’ruza, avvaldan rejalangan xatoli 
ma’ruza, ma’ruza
-
konferensiya, ma’ruza
-
konsultatsiya. Ma’ruza 
usulining samaradorligini ta’minlashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: 
1) ko‘rgazmalar
ni video, grafoproyektor va boshqa texnika vositalaridan 
foydalanib namoyish etish; 2) ta’limning faol usullaridan foydalanish, 
jumladan: muammoli, konferensiya, konspektsiz ma’ruza, mualliflik 
ma’ruzasi, munozarali ma’ruza, aniq holatlarni yechishga qarat
ilgan 
ma’ruza, ma’ruza
-
dialog. Ma’ruzachilarning faoliyatini baholash 
ko‘rsatkichlari va mezonlari Baholash ko‘rsatkichlari Baholash mezonlari 
ha (2 ball) qisman (1 ball) yo‘q (0 ball) So‘zga chiqish mavzusi va 
maqsadi: 1. Ma’ruza mavzusi tushunarlimi? 2. 
Maqsad aniq 
shakllantirilganmi? Mazmuni: 1. Qiziqarlimi? 2. Mantiqli va aniqmi? 
3. Ishontiradiganmi? 4. Ma’lumot yangimi? 5. G‘oyalar birlamchimi? 
Nutq va tili: 1. Ikki ma’nolik yo‘qmi? 2. Gaplar qisqami? 3. Matnda 
mujmal gaplar yo‘qmi? 4. Ko‘p gaplik yo‘q
mi? 5. Nutqda tushunishga 
xalaqit beruvchi xatolar yo‘qmi? Tashqi ko‘rinishi, o‘zini tuta bilishi: 1. 
Dadillik bilan o‘zini tutadimi? 2. Nutq barchaga qaratilganmi? 3. 
Qatnashchilarga ko‘z tashlaydimi? 4. Qo‘l harakatlari o‘rinlimi? 
Boshqalar (qo‘shimcha qiling) 1. 2. 3. Taqdimot qoidasi: • chiqish vaqti 
(reglamenti)ga rioya qilish; • chiqish navbatiga rioya qilish; • guruh 
a’zolari o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlash va ular xattiharakatida 
kelishuvga erishish; • ma’lumotlarni grafik ko‘rinishida (sxema,
jadval, 


grafik) taqdim etish va sharhlash. Baholash mezonlari Ma’ruzachilar 
Ma’ruzalarga baho talablari Ma’ruza to‘laligi 50% Axborot yangiligi 
25% Axborot manbai 20% Reglament 5% Jami 100% 1. 2. 3. 4. B-B-B 
metodi 

o‘quvchilar egallagan bilimlarni hisob
ga olgan holda ularni 
kengaytirish va chuqurlashtirshda qo‘llaniladi. Bu metod Blum 
taksonomiyasi deb yuritiladi. Bu metod o‘quvchilarning o‘z
-
o‘zini nazorat 
qilishda ham katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bu metodda berilgan 
javoblarga qarab o‘qituvchi ham o‘ziga tegishli bo‘lgan xulosalarni chiqarib 
olishi mumkin. “Texnologiya” faniga oid ayrim mavzularni o‘rganishda B
-
B-B metodidan foydalanish B-B-B metodi jadvalidan foydalanish 
namunasi T.r Mavzu yoki tushunchalar Bilaman Bilishni xohlayman 
Bildim 1 
Arralash Arra turlarini, yog‘ochlarni arralashni Arralash 
stanogida ishlashni Arralash qoidalarini, arralarni charxlashni 
“Po‘latlarga termik ishlov berish” mavzusiga oid jadval Bilaman Bilishni 
xohlayman Bilib oldim Po‘latlarni toblash, bo‘shatish, yumsh
atish, 
kimyoviy-
termik ishlash va boshqa yo‘llar bilan sirti mustahkamlanadi 
Termik ishlashda qizdirish haroratlari, qancha vaqt qizdirilishi, sovitish 
tezliklari Termik ishlash nazariyasi strukturalar hosil qilish jarayonlari, 
shuningdek po‘lat struktura holatlarining o‘ziga xos xususiyatlari 
tavsiflanadi. Shuningdek o‘quvchilarga rejalash, arralash, randalash, 
o‘yishteshish, egovlash, pardozlash, ish asboblari, rejalash, o‘lchash va 
nazorat qilish asboblari, STD-
120 yog‘och tokarlik stanogi, TV
-6 
vintkesartokarlik stanogi, parmalash stanogi, frezalash stanogi, 
elektrlashtirilgan dastaki asboblar, tok manbalari, elektr iste’molchilari, 
elektr zanjiri, yog‘och materiallari metall materiallar, qora metallar, rangli 
metallar, gazlama materiallari, pazandachili
k ishlari, o‘simliklar, 
bog‘dorchilik ishlari, poliz ekinlari, chorvachilik, o‘rmonchilik kabi 
mavzularga oid tushunchalarni o‘rgatishda ham foydalanish mumkin. 
Metall kesish stanoklarida ishlashda xavfsizlik qoidalarini o‘rganishda 
klaster metodidan foyda
lanish. “Texnologiya” fani darslarida o‘quvchilarga 


xavfsizlik qoidalari va shaxsiy gigiyena talablarini tushuntirish, bu qoida 
va talablarga rioya qilishga odatlantirib borish muhim ishlardan biri 
hisoblanadi. Ayniqsa, 5-7-
sinflarda materiallarga qo‘lda v
a mexanik 
usulda ishlov berishda, turli mexanizm, mashina, stanok, moslamalar va 
ulardan foydalanishda, jumladan o‘quvchilarga tokarlik, parmalash va 
frezalash stanoklarida ishlashni o‘rgatishda xavfsizlik qoidalariga amal 
qilish muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olgan holda quyida metall 
kesish stanoklari xavfsiz ishlash qoidalari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 
Ko‘pincha stanoklarda ishlash vaqtida yuz beradigan baxtsiz hodisalarga 
(lat yeyish, jarohatlanish, kuyish va h.k.) aylanuvchi qismlarda ihotalar, 
ya’ni to‘sqichlarning yo‘qligi yoki ularning buzuqligi, asbobning, moslama 
va elektr simlarining buzuqligi, qirindining otilib chiqishi, ish o‘rnining 
yaxshi yoritilmaganligi, ish o‘rnini bekorchi narsalar bilan band bo‘lishi va 
ifloslanishi, ish kiyimining nomuvofiqligi, mehnat intizomining buzilishi va 
boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Stanokda ishlash xavfsiz bo‘lishi uchun 
xavfsizlik texnikasining quyidagi qoidalarini bilish va ularga rioya qilish 
zarur. O‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun bu qodalarni “Ish 
boshlashdan oldin”, “Ish vaqtida”, “Ish tamom bo‘lgandan keyin” amal 
qilinadigan qoidalarga bo‘lib tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Metall 
kesish stanoklarida xavfsiz ishlash qoidalari Ish boshlashdan oldin: 1. Ish 
kiyimi (xalat, peshband 

fartuk, korjoma, kombinezon, bosh kiyimi) kiyib 
olinadi; ish kiyimining barcha tugmalari qadaladi yoki bog‘ichlari bog‘lab 
olinadi, soch bosh kiyimning ostiga yig‘ishtirib olinadi. Kiyim
-boshda 
osilib va shalvirab turgan qismlar bo‘lmasligi kerak. 2. Stanok ko
rpusi va 
elektr dvigatelining yerga ulanganligi, yerga ulash moslamasining buzuq 
emasligi tekshirib ko‘riladi. 3. Ishga xalaqit beradigan barcha narsalar 
chetga olib qo‘yiladi. 4. Tezliklar va uzatmalar qutisidagi richaglar, 
dastalar va limblarning ishlash-ishlamasligi, ihota va ehtiyot qurilmalari, 
asbob va moslamalarning ishga yaroqli-yaroqsizligi, knopka, rubilnik, 
yurgizib yuborgichlarning ishlash-
ishlamasligi tekshirib ko‘riladi. 5. 


Stanokning moylanganligi tekshiriladi va me’yorda moylanishi 
ta’minlan
adi. 6. Stanokni salt yurgizib, harakatlanayotgan qismlarning 
tekis ishlashi tekshiriladi. Bunda qaltirash, silkinish, g‘ijirlash kabi turli 
nuqson yoki buzuqliklar bo‘lmasligi kerak. 7. Ish o‘rni yetarli yoritilmagan 
bo‘lsa, stanokka o‘rnatilgan chiroq yo
qiladi. 8. Payqalgan barcha nuqsonlar 
to‘g‘risida o‘qituvchiga ma’lum qilinadi. Ish vaqtida: 1. Ish o‘rni batartib 
va ozoda saqlanadi, stanokning staninasi (stoli) qirindi, moy va 
emulsiyadan o‘z vaqtida tozalab turiladi. 2. Stanokda detallar, 
zagotovkalar, asboblar, mahkamlash detallari, artish materiallari, 
moydonlar va boshqa narsalar turmasligi kerak. 3. Patronga, tiskiga va 
moslamalarga zagotovka to‘g‘ri o‘rnatilishi va puxta mahkamlanishi lozim. 
4. Ishlov berilayotgan zagotovkani qo‘l bilan tutib turi
sh yaramaydi. 5. 
Patronga zagotovka yoki asbob mahkamlangandan keyin, klyuch patronda 
qoldirilmasligi kerak. 6. Klyuchning richagini truba yoki boshqa klyuch 
bilan uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. Aylanib turgan shpindel, patron, 
zagotovka yoki asbobni qo
‘l bilan to‘xtatish yaramaydi. 8. Texnologik 
kartada ko‘rsatilgan yoki o‘qituvchi aytgan kesish tezligidan yuqori 
tezliklardan foydalanmaslik lozim. 9. Qirindisi otilib chiqadigan 
materiallarga ishlov berishda himoya ko‘zoynagi taqib olish yoki organik 
shi
shadan yasalgan himoya to‘sig‘i o‘rnatish zarur. 10. Kesuvchi asbobni 
zagotovkaga shpindel belgilangan aylanish tezligiga yetgandan keyingina 
asta-sekin keltirish kerak. 11. Ishlab turgan stanok oldidan ketib qolmaslik 
lozim. 12. Kesuvchi asbob singanda, m
ahkamlash detallari bo‘shashib 
qolganda va boshqa nuqsonlar payqalganda stanok darhol to‘xtatilishi 
kerak. 13. Parmalash stanogida ishlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi: a) 
boshni parma va shpindel tomon egish; b) qo‘lqop kiyib ishlash; v) parmani 
va zag
otovkani ho‘l yoki moyli lattalar bilan moylash va sovitish; g) ish 
boshlashdan oldin shpindelni tasmali uzatma orqali qo‘l bilan aylantirib 
ko‘rish; d) parma teshikda turgan vaqtda stanokni yurgizish. Ish tamom 
bo‘lgandan keyin: 1. Stanok elektr tarmog‘id
an ajratiladi. 2. Qirindilar 


stanokdan ilmoq va cho‘tka bilan olib tashlanadi. 3. Stanokning 
ishqalanuvchi yuzalari artib quritiladi va ularga yupqa qilib moy surtiladi. 
4. Asbob va moslamalar tozalanadi hamda asboblar shkafidagi joyiga 
qo‘yiladi. 5. Qirindi va ishlatilib bo‘lingan artish materiallari maxsus 
yashiklarga solib qo‘yiladi. Shuningdek, o‘quv ustaxonasida shaxsiy 
sanitariya-
gigiyena talablariga hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga ham 
qat’iy rioya qilish zarur. O‘qituvchi o‘z imkoniyatiga qarab
, darsning biror 
qismida mazkur mavzu bo‘yicha o‘quvchilarni faollashtirish maqsadida 6
-
shaklda qo‘rsatilgan klaster usulidan ham foydalanishi mumkin. 6
-shakl. 
Metall kesish stanoklarida xavfsiz ishlash qoidalarini klaster usulida 
tushuntirish Qo‘shimcha ma’lumot Ixtirochilik ishlarini tashkil etishning 
ayrim 
usullari 
Tadqiqotchilar 
Sh.S.Sharipov 
va 
N.A.Muslimovlarning “Texnik ijodkorlik va dizayn” nomli o‘quv 
qo‘llanmasida (–T.: TDPU, 2007. 224 b.) o‘quvchilarning ijodkorlik 
ishlarini o‘tkazishda bir qator
metodlardan, xususan, konstrkusiyalashga 
o‘rgatish metodidan foydalanish masalalari ochib berilgan. Biz o‘z 
faoliyatimizda ularning ayrimlaridan ijodiy foydalandik. Quyida ularni 
sharhlashga harakat qilamiz. Konstruksiyalashga o‘rgatish metodi. 
“Texnologiya” fani darslarida o‘quvchilarni muayyan mehnat jarayonlarini 
bevosita amalga oshirishga tayyorlash, ya’ni ularni bilimlarini amaliyotda 
qo‘llashga o‘rgatish vazifasi hal etiladi. Mehnat faoliyatida oddiy bir 
ishnigina bajarishga yo‘naltirilgan vazifaning
har bir elementi mehnat 
harakati deyiladi. Texnologik jarayonning bir tipdagi asboblar, moslamalar 
va mehnat usullarini qo‘shib olib borilishi orqali tugallangan qismi mehnat 
operatsiyasi deb ataladi. Har bir mehnat operatsiyasi mehnat usullarining 
birga 
qo‘shib olib borilishi yordamida bajariladi. Usul, bu –
ishchining 
muayyan bir maqsadga ega bo‘lib, tugallangan mehnat harakatidir. 
“Texnologiya” fani darslarida o‘quvchilarni konstruksiyalashga o‘rgatish 
ishlari quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: Meta
ll kesish stanoklarida 
xavfsiz ishlash qoidalari Ish boshlashdan oldin Ish vaqtida Ish tamom bo‘ 


lgandan so‘ng 1
-bosqich. Texnik topshiriq bilan tanishish va uni tahlil 
qilish. Birinchi bosqich davomida konstruktiv vazifaning yechimini topish 
uchun kerakli 
asosiy parametrlarni o‘zlashtirishlari kerak. Texnik 
topshiriq tahlili o‘quvchilarga buyumning qo‘llanish shartlari, ya’ni u nima 
vazifani bajarish uchun mo‘ljallanganini aniqlash imkonini beradi. Texnik 
topshiriqdagi konstruksiyalanadigan buyumning konstruktiv yechimini 
o‘quvchilar oson topishi uchun o‘qituvchi unga o‘xshash va yaqin 
konstruksiyaning yutuqlari va kamchiliklarini o‘quvchilar bilan birga 
muhokama qiladi. 2-
bosqich. Mazkur sinf o‘quvchilariga mos shakl va 
mazmundagi texnik hujjatlarni tayyor
lash. Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar 
konstruksiyaning prinsipial sxemasini tuzishga kirishadilar. Bunda 
ikkinchi bosqichni boshlashdan oldin o‘quvchilar oddiy chizmalarni o‘qish 
va prinsipial sxemalarni tuzishni bilishi muhim ahamiyatga ega. Prinsipial 
sxema davlat standarti talablari asosida tuzilishi shart (Konstruktiv 
hujjatlarning yagona tizimi 

YESKD). Faqat shu holdagina sxemani 
konstruksiyalanayotgan obyektni ishlab chiqarishda qurishda yaroqli deb 
hisoblash kerak. 3-bosqich. Buyum yasashning texnologik rejasini tuzish. 
4-
bosqich. Birlamchi ishlov berish, yig‘ish, sifatini nazorat qilish va 
sinash. Bu bosqichlarni bajarish davomida o‘quvchilardan o‘quv fanlaridan 
olgan bilimlmri va hosil qilgan ko‘nikmalarini ijodiy qo‘llash talab qilinadi. 
Tuzilgan 
sxema asosida buyumning vazifasi va ishlatilishi to‘g‘risida 
yaxshi tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchilar konstruksiyani ishlab chiqishga 
kirishib, uning asosiy o‘lchamlarini aniqlaydilar, oddiy hisoblarni 
bajaradilar. Donalarning shakli va materialini tanlab, ularni biriktirish 
usullarini topadilar. 5-bosqich. Buyum yoki detalning xizmat doirasini 
kengaytirish. Biror buyumni yasab bo‘lgandan keyin uni sinash va 
tekshirib ko‘rish davomida mazkur buyumdan unga yana biroz 
qo‘shimchalar kiritish orqali yana boshq
a ishlarni bajarishda ham 
foydalanish mumkinligi ma’lum bo‘ladi. Bu haqda yuqorida qalamdon 
yasash misolida fikr yuritilgan edi. Ya’ni qalamdondan faqat qalamlarni 


saqlashdan tashqari ish paytida kerak bo‘ladigan qog‘oz, qistirg‘ich, 
o‘chirg‘ich kabi o‘zar
o bir-
biriga bog‘liq bo‘lgan predmetlarni saqlashda ham 
foydalanish mumkin. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, mehnat ta’limi 
darslarida o‘quvchilarga konstruksiyalash ishlarini o‘rgatishda standartlar 
va buyumlarni tasvirlash usullari haqidagi tushunchal
arni ham o‘rgatib 
borish zarur. Ma’lumki, maktab o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarning 
7580% i amaliy ishlarga, 20-25% i nazariy texnik-
texnologik ma’lumotlarni 
berishga va tashkiliy ishlarga ajratiladi. O‘quvchilarga konstruksiyalashni 
o‘rgatish va ijo
diy topshiriq ustida ishlash davrida muammoli vaziyatlarni 
qo‘llash katta ahamiyatga ega. Chunki konstruksiyalashda muammoli 
vaziyatlarni o‘qitishni qo‘llash o‘quvchilarda texnik fikrlash, ijodiy 
farazlashni takomillashtirish va mehnatga nisbatan ijodiy munosabatini 
shakllantirishga xizmat qiladi hamda dars samaradorligini oshiradi. 
Konstruksiyalashni izchil o‘rgatish o‘quvchilar tomonidan to‘plangan 
bilim va ko‘nikmalarni yangi murakkabroq topshiriqlarni bajarishda qo‘llash 
imkoniyatini yaratadi. Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtirgan holda 
shunday xulosa qilish mumkinki, mehnat ta’limi darslarida o‘quvchilarni 
konstruksiyalashga o‘rgatish ularni ijodiy topshiriqlar yechimini topish va 
tarbiyalash bilan birga ularda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantiradi, 
fan asoslarini ongli o‘rganishga, mustahkam texnik bilim va ko‘nikmalar 
hosil qilishga yordam beradi. Shuning uchun ham texnologik ta’limi 
darslarida konstruksiyalash ishlariga katta e’tibor berish kerak. 
Ixtirochilik masalasini yechish metodi. Har qanday masalani hal qilish 
uchun avvalo undan ko‘zlangan maqsadni aniq tasavvur qilish hamda 
mavjud imkoniyatlar doirasida hal qilishning eng samarali metodlarini topa 
olish kerak. Hozirgi paytda ixtirochilik masalalarini hal etishning ko‘plab 
usullari mavjud (39-betga qarang). Quyida ularning ayrimlarini 
keltiramiz. Sinab ko‘rish va xatoliklar metodi –
ixtirochilik masalalarini 
yechishdagi eng qadimgi, keng tarqalgan va sodda usuldir. Bunda ixtirochi 
qo‘yilgan muammoninig yechimini topish uchun ma’lum tadq
iqotlar 


o‘tkazadi. Agar to‘g‘ri yechim topilmasa, faoliyat qaytadan boshlanadi. 
Ko‘rinib turibdiki, bu usul ko‘p vaqt talab qiladi va hadeganda to‘g‘ri 
yechim topilavermaydi. Erishishi mumkin bo‘lgan ideal natija metodining 
mohiyati shundaki, bunda barcha 
sharoitlar ideallashtiriladi va “yechim” 
nuqtasiga yetdik deb hisoblanadi. Bu hali ideal “yechim” bo‘lmaydi, lekin u 
real yechimga “muammo” nuqtasidan ko‘ra yaqinroq bo‘ladi. Keyin bo‘lsa 
tadqiqot yo‘nalishlari belgilanib, ular sinab ko‘riladi va ushbu mas
ala 
uchun eng maqbul bo‘lgani tanlab olinadi. Bunda ixtirochining fikri 
ma’lum yo‘nalishda ega bo‘lishiga erishiladi, tahlil qilinishi lozim bo‘lgan 
ma’lumotlar miqdori birmuncha aniq chegarada belgilab olinadi. Mavjud 
muammoni chiqarish metodida “muammo”n
i hal qilish uchun halaqit 
beruvchi qism yoki xususiyat obyektdan chiqarib olinib, tahlil qilinadi yoki 
aksincha foydali jihat chiqarib olinib o‘rganiladi. Kamchilikni foydaga 
aylantirish metodi quyidagicha ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin: a) 
zararli omillardan yangi ijobiy samara beruvchi holat uchun foydalanish; b) 
zararli omilni boshqa zararli omil bilan ta’sirlashtirib bartaraf etish; v) 
zararli omilni uning salbiy ta’siri yo‘qoladigan darajaga qadar 
kuchaytirish. Bu tahlil qilish uslubi o‘rganilayot
gan muammo obyektini 
mustaqil qismlarga bo‘lishni, uni alohida qismlardan iborat qilib bajarish, 
obyektning bo‘linish darajasini oshirish kabilarni ko‘zda tutadi. Vositachi 
metod mohiyati oraliq obyekt 

“tashuvchini” qo‘llash bilan belgilanadi. Bu 
uslubni 
qo‘llashga aniq misol sifatida begona o‘tlar urug‘ini bug‘doydan 
ajratib olsh jarayonini keltirish mumkin. Ma’lumki, aksariyat begona 
o‘tlarning urug‘lari kovakli yoki g‘adir
-
budir sirtga ega bo‘ladi. 
Tozalanishi lozim bo‘lgan bug‘doyga mayda temir kukuni
aralashtirilib, 
unga kuchli magnit ta’sir etiladi. Bunda begona o‘tlar urug‘lariga ilashib 
qolgan temir kukunlari ularni o‘zlari bilan olib chiqadi. Xulosa qilib shuni 
aytish lozimki, har bir uslub masala qo‘yilishiga qarab to‘g‘ri qo‘llanilganda 
yuqori samara beradi, lekin buning uchun, albatta, ixtirochi bu uslublarga 
ijodiy yondashishi lozim bo‘ladi. Chunki haqiqiy ijodiy izlanishni hech 


qanday uslub bilan chegaralab yoki almashtirib bo‘lmaydi. A.B.Popov, 
V.G.Razumovskiy va boshqa tadqiqotchilarning xul
osalariga ko‘ra, dalil 
va raqamlardan kelib chiqib, ilmiy farazlar qurishga yoki topishga o‘tishda, 
shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o‘tishda ilmiy 
intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, degan to‘xtamga kelish 
mumkin. Intuit
siya, uning mantiq bilan bog‘liqligi, ixtirochilik 
g‘oyalarining kelib chiqishida tutgan o‘rnini belgilashdagi muammolar 
murakkab bo‘lib, uni hozirgacha to‘la hal qilinmagan deyish mumkin. 
Adabiyotlarda intuitsiyaga berilgan ta’riflar mavjud. Masalan 
“Qisqacha psixologik lug‘at”da: “Intuitsiya –
paydo bo‘lish yo‘llari va 
shartlari anglanmagan holda hosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, 
shunga ko‘ra... “bevosita yuzaga” kelgan natija sifatida ega bo‘ladi”, –
deb 
ta’riflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuitsiya 
tabiatini, uning hosil bo‘luvchi asosini o‘zida aks ettirmaydi va shu sababli 
uni to‘liq deb bo‘lmaydi. Bizning tushunchamizga ko‘ra, intuitsiya –
bu 
subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarg

anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba 
va bilimlar asosida amalga oshadi. Intuitiv fikrlashga asoslangan 
ixtirochilik ijodkorligi masalalarini tadqiq qilish metodi evristik metodlar 
guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish metodlari 
G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan 
bo‘lib, ular o‘z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy metodlar guruhini 
ajratib ko‘rsatadilar. Evristik metod vositasida ixtirochilik ijodkorligi 
masalalarini y
echishga an’anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy 
hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal 
qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish; 
topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini 
tanlash. Ixtirochilik ijodkorligi masalalarini yechishning tahliliy metodida 
muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko‘zda 


tutiladi. Bu metodda yechim aniqligi obyekt yoki jarayon 
ko‘rsatkichlarining uni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model 
ko‘rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi. ixtirochilik 
ijodkorligi masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini talabalar 
faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha 
soddalashtirish hamda subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda 
ikkala guruhga tegishli metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish 
talab etiladi. O‘quvchilarning bilim va
malakalarni o‘zlashtirishib borishi 
davomida ularning ixtirochilik ijodkorligi mazmuni ham o‘zgara boradi: 
o‘quvchi hal qilishi lozim bo‘ladigan ixtirochilik masalalarini o‘qituvchi 
tomonidan belgilash asta-sekin kamayadi, tadqiqot davomida vujudga 
keladigan texnik yechimlarni baholash va qabul qilishdagi mustaqilligi 
ortadi. Bunda o‘quvchilarning ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishda 
ixtirochilik g‘oyalarini ishlab chiqishni 4 bosqichda amalga oshirish 
mumkin: 1-
bosqichda o‘quvchilar tadqiqot olib b
orishlari uchun masala 
maqsadi, shartlari va unga yaqin yechimga ega namunaviy ixtiro tavsifini 
oladilar. Amalga oshirilgan ixtiro asosida ish olib borish o‘quvchining o‘z 
ijodiy imkoniyatlariga ishonchini orttirish va rivojlantirish imkonini beradi. 
Uni s
inab ko‘rish va xatoliklar kabi samarasiz usullardan foydalanishdan 
xalos etib, to‘g‘ri yo‘lni tanlashini osonlashtiradi. Bosqich yakunida 
o‘quvchi boshlang‘ich o‘zlashtirish darajasiga erishadi. 2
-bosqich 
o‘quvchilarning masala maqsadi va shartlari asosid
a, aniq namunaviy 
yechimsiz tadqiqot olib borishlari bilan tavsiflanadi. Bunda o‘quvchi turli 
lug‘atlar va boshqa texnik adabiyotlardan foydalanib, o‘rganilayotgan 
obyekt loyihasini, uni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishi, undagi 
texnik yechimlarni 
tahlil qilishi va o‘zi mustaqil ishlab chiqqan 
ishlanmasini taklif qilishi lozim bo‘ladi. Qo‘yilgan vazifalarni amalga 
oshirish uchun o‘quvchidan fizika, kimyo, chizmachilik va boshqa 
fanlaridan olgan bilimlarini amaliy qo‘llashi talab etiladi. Bu bosqich
da 
masala shartlarini shakllantirishda o‘quvchilarni tobora murakkab ijodiy 


masalalarni yechishga tayyorlab borish zarurati hisobga olinadi va uning 
yakunida algoritmik o‘zlashtirish darajasiga erishiladi. 3
-bosqichda 
o‘quvchilar faqatgina ixtirochilik mas
alasining maqsadi bilan tanishtiriladi. 
Bunda o‘quvchi masala shartlarini aniqlashtirishi va o‘zlashtirgan 
bilimlari asosida uni hal qilishi lozim bo‘ladi. Bosqichni muvaffaqiyatli 
tugallagan o‘quvchi ijodiy o‘zlashtirish darajasiga erishadi. 4
-bosqichda 
o
‘quvchi faqatgina masalaning umumiy holatda shakllantirilgan maqsadi 
bilan tanishtiriladi, bunga ko‘ra u o‘z ijodiy qobiliyatlari asosida turli 
sohalardagi mavjud muammolarni mustaqil topishi va samarali texnik 
yechimni ishlab chiqish uchun tadqiqot olib borishi talab etiladi, bosqichni 
muvaffaqiyatli o‘tagan o‘quvchi evristik o‘zlashtirish darajasiga erishadi. 
Ixtirochilik faoliyatini amalga oshirishda o‘quvchilar qobiliyatlaridagi 
induvidual farqlar ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Bu holat ayrim 
o‘quvchilarning
turli anjuman, olimpiadalardagi ishtiroki, texnika 
ijodkorligi to‘garaklarida shug‘ullanganlgida namoyon bo‘ladi. Bunday 
o‘quvchilar ijodiy jarayonlarga ko‘proq tayyorlangan bo‘ladilar va 
ixtirochilik faoliyati bilan endigina shug‘ullana boshlagan o‘quvch
ilardan 
farqli ravishda murakkabroq muammolar ustida ishlay oladilar. Bu jihatlar 
o‘qituvchi tomonidan, albatta, hisobga olinishi kerak. Ixtirochilikdagi 
favqulodda muhim ko‘nikma –
kundalik buyum va hodisalardagi g‘alati 
xususiyatlarni fahmlay olish qobil
iyati hisoblanadi, bu esa iste’dodning 
muhim belgisidir. Iste’dodning tarkibiy qismi sifatida maqsadga 
intiluvchanlik, tadqiqotlardagi qat’iylik, tartibsiz dalillarni umumlashtira 
olish, kuzatuvchanlik kabilarni keltirish mumkin. O‘quvchilarda hamma 
vaqt y
angi bilimlarga ehtiyoj, talabni uyg‘otib turish, ularda atrof muhitga 
nisbatan izlanish, o‘rganish nazari bilan qarashni rivojlantirish lozim, 
bunday xislatlar esa ixtirochilik sifatlari bo‘lgan qiziquvchan 
shaxslargagina taalluqlidir. Ijodiy mehnatga o‘r
gatish 

bu, avvalo, o‘z 
kasbiga yangicha yondashishni tarbiyalashdir, ya’ni “tadqiqotchilik 
malakalarini” yaratish, ishlab chiqarishni, uning texnika va texnologiyasini 


tashkil etishdagi kamchiliklarning sabab va oqibatlarini ochib berish, 
erishilgan natijalardan qoniqmaslik, ular bilan chegaralanib qolmaslik 
hissini tarbiyalashdir. O‘quvchilarga tamomila takomillashgan, o‘ta 
mukammal qurilma yoki usulning o‘zi mavjud emasligi, ularni har doim ham 
yanada takomillashtirish mumkinligi to‘g‘risidagi tushuncha
ni chuqur 
singdirish lozim. Tadqiqotlarimizning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarda 
ixtirochilik g‘oyalari ko‘pincha kundalik amaliy mehnat jarayonida, 
ayniqsa, sodda, takrorlanuvchi ishlarni takomillashtirish ishtiyoqi bilan 
yuzaga keladi. Ta’kidlash lozimki, o‘quvchilarning o‘quv ustaxonalarida 
bajaradigan aksariyat mehnat vazifalari sodda operatsiyalar: arralash, 
randalash, mixlash, egovlash, qirqish, egish, bukish, parchinlash, 
pardozlash va boshqa shu kabi ishlardan iborat bo‘ladi. Ularni amalga 
oshirishda ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirish uchun bir qancha usullar: 
o‘zaro musobaqa muhitini shakllantirish, bajarilayotgan jarayon uchun 
tejamkor texnologiyani ishlab chiqish, alohida ko‘rsatilgan texnik shartlar 
bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish kabilarni qo‘llash mumkin. Demak 
ushbu interfaol usullardan pedagogik jarayonlarda foydalanish uchun 
birinchidan, ularning mazmun-mohiyatini, birining ikkinchisidan farqini 
o‘qituvchi chuqur tushunib yetishi; ikkinchidan esa, ulardan pedagogik 
jarayonlarda o
qilona foydalana olish zarur. Ta’limning mazmuni va sifati 
shundagina ijobiy natijali bo‘ladi, degan umiddamiz. Xulosa qilib 
aytganda, texnologik ta’lim darslari jarayonida o‘qitishning yuqoridagi 
o‘zaro faol shakllari va usullarini qo‘llash o‘quvchilarga,
o‘z navbatida, 
ijtimoiy hayotda qonunlarni amalda qo‘llash maylini tug‘diradi va imkon 
yaratadi. 
Foydalaniladigan asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar, elektron 
ta’lim
resurslari hamda qo’shimcha
adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar: 


1.
Yo‘ldoshev
J.G‘.,
Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya 
asoslari. 

T.: 
O‘qituvchi,
2004. 

236 b. 
2.
Muslimov N.A. va b. Mehnat 
ta’limi
o‘qitish
metodikasi va 
kasb tanlashga 
yo‘llash: Darslik. –
T., 2014. 
3.
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi: 
“Nasaf”,
2000. 
4.
Texnologiya fanidan taqvim-mavzuli reja, 1-9-s. - T.: RTM, 2018. 
5.
Tolipov 
O‘.Q.,
Usmonboyeva 
M. 
Pedagogik 
texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. 
O‘quv
qo‘llanma.

T.: 
“Fan”,
2006. 
6.
Tohirov 
O‘.va
b.Texnologiya. 8-sinf uchun darslik-
T.:”Ilm
-
ziyo”,2019.
-160 

7.
Sharipov Sh.S. va b. Mehnat 
ta’limi:
Darslik, 5-s. 

T.: 
“Sharq”,
2015. 
8.
Sharipov Sh.S. va b. Texnologiya: Darslik, 6-s. 

T.: 
“Sharq”,
2017. 
9.
Sharipov Sh.S. va b. Texnologiya: Darslik, 7-s. 

T.: 
“Sharq”,
2017. 
10.
Sattorova Z. va b. Texnologiya: 9-sinf uchun darslik. 

T.: 
“O‘zbekiston”,
2019. 

160 b. 


11.
Shomirzayev M.X., Karimov I.I. Texnologiya fanini 
o’qitishda
innovatsion pedagogik texnologiyalar. 
O’quv
qo‘llanma. –
T.: 
“UNIVERSITET”, 2020. –
192 b. 
Qo’shimcha
adabiyotlar: 
1.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, 
qat’iy
tartib-intizom va 
shaxsiy javobgarlik 

har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi 
bo‘lishi
kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-
tirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga 
mo‘ljallangan
iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining kengayt
irilgan majlisidagi ma’ruza, 2017
- yil 14-
yanvar. 
–T.: “O‘zbekiston”,
2017. 

104 b. 
2.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik 
O‘zbekiston 
davlatini birgalikda barpo etamiz // 
O‘zbekiston
Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga kirishish 
tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy 
Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi
nutqi. 

T.: 
“O‘zbekiston”,
2016. 
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob 
xalqimiz balan birga quramiz. 

T.: 
“O‘zbekiston”,
2017. 

488 b. 
4.
Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi 
yo‘lida
yanada 
hamjihat 
bo‘lib,
qat’iyat bilan
harakat qilaylik. // Xalq 
so‘zi,
2017-yil, 
16-iyun. 
5.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 
“O’zbekiston
Respublikasini jnada 
rivojlantirish bo’yisha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni // Xalq so‘zi,
2017-yil, 8-fevral. 

28. 
6.
O‘zbekiston
Respublikasining 
“Ta’lim
to‘g‘risida”
va 
“Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi 
to‘g‘risida”gi qonunlari.

T.: 
“Sharq”,
1997. 
7.
Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy 
ta’lim
maktabida 
o‘qitish
metodlari. 
–T.: “O‘qituvchi”,
1990. 

232 b. 
8.
Karimov I. Mehnat 
ta’limi
darslarida 
o‘qitishning
interfaol 
metodlaridan foydalanish: 
O‘quv
-uslubiy 
qo‘llanma.

T.: RTM, 2009. 



24 b. 
9.
Karimov I. 
Mehnat 
ta’limi
o‘qitish
texnologiyalari: 
O‘quv
-uslubiy 
qo‘llanma.

T., TDPU, 
2013. 

228 b. 
10.
Karimov I. Mehnat ta’limida o‘quvchilar ijodkorlik 
faoliyatini tashkil etishning 
uyg‘unlashgan
texnologiyalari: 
Monografiya, uslubiy 
yo‘nalish.

T.: 
“Adabiyot uchqunlari”,
2015. 

172 b. 
11.
Raxmatillayev A., Shomirzayev M.X. va boshq. Interfaol 
metodlar samaradorligining dinamikasi. Uslubiy 
qo‘llanma.

Т
.: 

АВ

MATBUOT- 
KONSALT”, 2015.

60 b. 
12.
Shomirzayev M.X. Texnologiya fanini 
o‘qitishning
samaradorligini oshirish 
yo‘llari.
O‘qituvchilar
uchun uslubiy 
qo‘llanma.

T.: 2019. 

72 b. 
13.
Razzoqov D.N., Turdiyev E.J., Mustafoyev Q.O. Kasb 
ta’limida yangi
pedagogik texnologiyalar Magistrlar uchun o‘quv 
metodik qo‘llanma. Toshkent,
2003.- 76 b. 
14.
Razzoqov D.N., Raxmonova Y. Pedagogik texnologiyalar. 
o‘quv
qo‘llanma.
-Toshkent.-2007.-56 b. 
15.
Ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari; Trenerlar uchun 
qo‘llanma /
B.Haydarov., B.Nuridinov, A.Rasulov, D.Razzoqov 
va boshq. Toshkent 2002 yil. 
120 b. 


16.
Razzoqov D.N., Qayumova F.E., Razzoqov I.D. 
Ta’lim 
tizimida didaktik 
o‘yinlardan
foydalanish: 
o‘quv
metodik 
qo‘llanma.
Buxoro 
“Iste’dod”.
2005 yil.

76 b. 
17.
Tolipov U., Razzoqov D.N., Bobojonova Q. Umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarida
mehnat 
ta’limidan
davlat 
ta’lim
standartini 
amaliyotga joriy etish. Metodik 
qo‘llanma. Toshkent.
- 2000.-57 b. 
Internet 
ma’lumotlari:
http://www.istedod.uz 
http://www.pedagog.uz 
http://www.ziyonet.uz 
http://www.tdpu.uz 
http://uz.denemetr.com/tw_files2/urls_8/32/d-31385/7z-docs/1.pdf 
www.texnoligiya.zn.uz 

Download 198,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish