Elektrovoz va elektr poyezdlariga o‘rnatilgan tortuv elektr motorlari elektr quvvatini mexanik ishga aylantiradi, ya'ni tarkibning har bir juft g‘ildiragi o‘qiga bittadan tortuv motori o‘rnatilgan (13-rasm). BЛ10 elektrovozining tortuv motori ostovi (3), yakori (9), cho‘tka ushlagichi (2) va podshipniklar shiti (1
va 5) dan iborat. Yakori (6) podshipniklar o‘qi (7 va 13) da aylanadi. Juft g‘ildiraklar o‘qiga motorli-o‘q podshipnigi orqali mahkamlangan. Bosh va qo‘shimcha qutblar (15, b-rasm) asosiy magnit kuchini hosil qiladi. Tortuv motorlarining kollektori
(14-rasm) yakor o‘ramidagi tokning yo‘nalishini neytral qismidan o‘tish jarayonida o‘zgartirib turadi. Kollek- torning 3—4 mm qalinlik- dagi figurali mis plastinka- sidan orasiga 1—1,2 mm qalinlikdagi tok o‘tkazmay- digan mikanit plastinka (2) o‘rnatilib yig‘iladi. Kollek- tor plastinalarining ichki qismi qaldirg‘ochning du- miga o‘xshash bo‘lib, kol- lektorning korpusi (3) bilan mahkamlaydigan konusi
ga mos tushadi. Kollek- torni bosadigan konusi bilan korpusi manjet (5) va silindr (6) bilan ajratilgan. Mis plastinalarning tashqi
rasm. Tortuv motorining kollektori:
— yakorning mis plastinasi;
— mikanit; S — korpus; 4 — bolt;
5 — manjet; 6 — silindr
qismi «petushok» tarzida ishlangan bo‘lib uning orasi kengaytirilib, ishlov beriladi, ya'ni yog‘sizlantirib,texnik spirti bilan artiladi va uning ichiga yakorning sim o‘ramlarini o‘rnatib, MOC—40 qalayi yordamida puxta qilib kavsharlanadi. Tarkiblarda tortuv motorlari asosan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda ishlaydi. Temiryo‘l trans- portida asosan o‘zgarmas tokda tortuv motorlaridan foydalanilmoqda. Lekin oxirgi paytlarda o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan motorlar ham keng qo‘llana boshlandi. Ularning birmuncha afzalligi bor, chunki ular mustahkam va chidamlidir. Yuqori ulanish simlaridan elektr toki uzatilgandan so‘ng tortuv elektr motorlarida elektr toki hosil qilinishi yuqorida aytib o‘tilgandek, elektr magnit induksiyasi qonuniga asoslangan. Motor- larning magnit maydonini kesib o‘tadigan o‘tkazgichli yakori asosiy
qismdir. Po‘lat qobig‘iga qutb boshmoqlari mahkamlanadi.
Ayrim mis plastinkalardan yig‘ilgan har bir boshmoqning (qutbning) iydirish chulg‘am g‘altagi bor. Qobiqning oldingi va keyingi qopqog‘idan podshipniklarga o‘rnatilgan yakori qutblar orasida aylanadi, yakori o‘zak chulg‘am va kollektordan iborat. O‘zak toza po‘lat tunukadan yasalgan va o‘qqa presslab o‘tkazilgan. Ular ayrim-ayrim plastinkalardan yig‘ilgan. Chulg‘am o‘zak
39
ariqchalariga joylashtirilgan qoplamali mis simdan (aksariyat to‘g‘ri to‘rtburchakli) qilingan. Kollektorning plastinkalari bir-biridan mikanit (dielektrik) qistirmalar bilan ajratilgan. Yakorining
«petushok»lari (o‘rama simlarning uchi shu «petushok»lar ichiga payvandlanadi) bor. Kollektor plastinkalariga yakorning chulg‘a- mi o‘ramlarining uchlari MOC—30 qalayi yordamida ulangan. Elektr toki kollektorga tegib turadigan grafitli 3F10 cho‘tkalar vositasida tashqi zanjirga ulanadi. Elektr motorlarining po‘lat qobig‘i va qutb boshmoqlari oldin magnitlangan bo‘lib, qoldiq magnitizmga egadir.
Yakor magnit maydonida aylanganda uning o‘ramlari magnit kuch chiziqlarini kesib o‘tadi va ularda elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi. Yakorning aylanayotgan o‘ramlari magnit kuch chiziqlarini goh bir, goh ikkinchi yo‘nalishda (bir qutbda pastdan yuqoriga, ikkinchi qutbda esa yuqoridan pastga) kesib o‘tishi natijasida ularda har doim o‘zgaruvchan tok induksiyalanadi. Kollektor o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiradi (yoki uni uzatadi). Kollektor sodda holda, ya'ni yakor chulg‘ami bor o‘ramdan iborat bo‘lganda bir-biridan izolatsiya qilingan ikkita plastinkadan yig‘ilib, tokni tashqi zanjirga o‘tkazib turadigan cho‘tkalar unga tegib turadi. O‘ram aylanib, undagi tokning yo‘nalishi o‘zgarganda plastinkalar ham o‘ram bilan buralib, qo‘zg‘almaydigan cho‘tkalar orqali tashqi zanjirga tokni faqat bir yo‘nalishda uzatadi. Yakorning o‘qida havo haydagich kuraklari bor. hu sababli elektr motorlari yakorining teshiklari orasidan havo oqimi o‘tib, uni sovitadi.
Elektr energiyasini mexanik ishga aylantiradigan elektr mashinalari elektr motorlari deyiladi.
Elektrovoz va elektr poyezdlarda qo‘llaniladigan elektr motor- larining tuzilishi hamda ishlash uslubi bir xil. Ular asosan elektrovoz, elektr poyezdlar va metropoliten vagonlarini yurgizish uchun ishlatiladi.