Yordamchi elektr mashinalari tarkibning o‘z ehtiyojiga sarf bo‘ladigan elektr tokini ishlab chiqaradi. Ular quyidagilardan iborat: yoritish manbalari, boshqarish zanjirlari, sovitish uskunalariga elektr toki yetkazib berish va tortuv elektr motorlarini
40
uyg‘otish, siqilgan havo va tormozlash uchun sarflanadigan elektr tokini ishlab chiqarish. O‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektro- vozlarda bir fazali o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylan- tiradigan mashina agregatlari bor.
Elektrovoz va elektr poyezdlarida quyidagi yordamchi mashi- nalar mavjud:
motor-kompressor — elektrovozda siqilgan havo ishlab chiqaradi, motor vagonlarni va poyezdni tormozlash uchun ish- latiladi;
motor-ventilator — sovuq havoni tortuv motorlarini, ishga tushirish rezistorlarini (qarshiliklari), elektr tokini to‘g‘rilash usku- nasini, transformatorlarning va boshqa uskunalarni sovitish uchun xizmat qiladi.
fazalarni ajratish uskunasi — bir fazali tokni uch fazaga ajratib, asinxron mashinalarini o‘zgaruvchan tok bilan ta'minlaydi;
motor-nasoslar elektrovozlarning agregatlarida suyuqliklarni o‘tkazib turadi;
fazalarni ajratish uskunasi — bir fazali tokni uch fazalikka aylantiradi va elektrovoz tortuv elektr motorlariga o‘zgaruvchan tok uzatadi;
motor-generatorlar — tarkibning elektr motorlarini o‘zgar- mas tokda ishlaydigan elektrovozlarni uyg‘otuvchi o‘ramiga o‘zgarmas tok uzatadi (rekuperatsiya vaqtida), ya'ni elektr motor- lari yordamida elektrovoz tormozlanganda (generator rejimida);
kuchlanishni bo‘lish uskunasi elektr poyezdlarda motor- kompressoriga past kuchlanish uzatadi.
Har bir yordamchi elektr mashinalari agregat turida, yordam- chi mexanizm bo‘lib, agregat va mashinalarni ishga tushiradi.
Yordamchi mashinalarning elektr motori bo‘lib, u o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektrovoz va elektr poyezdining ulanish simla- ridan quvvat olib ishlaydi. O‘zgaruvchan tokda ishlaydigan tarkibda esa transformatorning yordamchi o‘ramlaridan tok oladi.
O‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektrovozda yordamchi ma- shinalarning yuritmasida uch fazali asinxron motorlar qo‘llanila- di, ularning sanoatda ishlatiladigan motorlardan farqi yo‘q.
Yordamchi mashinalarning tuzilishi va ishlash jarayoni bilan tanishib chiqamiz.
Motor-kompressor siqilgan havoni bosim ostida ishlab chiqaradi, u elektrovozning tormoz tizimiga, tormoz kraniga havo yetkazib beradi va havo yordamida ishlaydigan uskuna haydash apparatlarini
41
ishga tushiradi, to‘xtatishga yordam beradi. Elektrovozlarda asosan 3500 va KT6 elektr motor kompressori ishlatilmoqda (15-rasm). Kompressorni ishga tushirish uchun o‘zgarmas tokda ishlaydigan ketma-ket uyg‘otuvchi o‘ramli motor yoki asinxronli elektr motori o‘rnatiladi.
Motor bilan kompressor elektrovozning umumiy ramasiga o‘rnatilib, mufta yoki tishli g‘ildiraklar bilan sozlanadi. Elek- trovozda ikkita motor-kompressor, elektr poyezd vagoniga esa bitta motor- kompressor o‘rnatiladi.
BЛ22m, BЛ23 va BЛ60 tipidagi elektrovozlarda 3500 motor- kompressor, sakkiz o‘qli elektrovozda esa KT6 — elektr motor- kompressor, chet el elektrovozlarida ikki bosimga ega har xil kom- pressorlar o‘rnatilgan. Motor vagonlarida kam quvvatli kom- pressorlar qo‘llaniladi.
KT6 — elektr motor-kompressori uch silindrli-porshenli mashina bo‘lib, havoni sovitib turadi. Cho‘yanli korpusiga ikki silindrli past bosimli (1 bosim) va bir silindrli yuqori bosimli (2 bosim) qismi o‘rnatilgan. Tirsak vali podshipniklarga joylashtirilgan bo‘lib, porshen esa shatunlar, boltlar yordamida mahkamlangan.
hatunlarning podshipniklari sirg‘aluvchi bo‘lib, ular ikki qismdan iborat, to‘rtta gayka yordamida mahkamlanib qo‘yiladi. Korpusi ichidagi asosiy qismlar yog‘lanadi. Yog‘ nasosi yog‘ni bosim ostida tirsakli val teshiklaridan shatun orqali porshenga yetkazadi. Porshen barmoqlari vtulkani va porshenning ichki qismini ham sovitib turadi. Yog‘ bosimi 4 manometr bilan tekshirib turiladi.
Havoning past bosimi silindr ichiga filtr (3) orqali so‘rib olinadi va quvur orqali o‘rtadagi sovitgich (7)ga uzatilib, undan kondensat ajratib olinadi va yana sovitish uchun ventilator (2) ishga tushiriladi.
ovitgichdan siqilgan havo quvur orqali yuqori bosimli silindr (5)ga uzatiladi. ovitgichda bosim haddan tashqari sovib ketmasligi uchun saqlanish klapani (6) bor. U 0,4 MPa (4,0 kg/sm2) havo bosimiga mo‘ljallangan. Hosil bo‘lgan kondensatni yog‘ ajratish uskunasidan (8) kran orqali tushirib turiladi. Kompressorning quv- vati 2,75 m3/min bo‘lib, havo bosimi 0,9 MPa (9 kg/sm2) ga teng, tirsakli valning aylanish soni 440 aylana/min ga teng va 24 kW quvvat talab etadi. Elektrovozlarda ikkinchi yordamchi motor- kompressori bor. Havoning bosimini 0,5MPa (5 kg/sm2) gacha ko‘taradi. Bu havo bosimi yordamida tok qabul qiluvchi uskuna- ni ko‘taradi, agarda elektrovozda asosiy havo bosimi bo‘lmagan taqdirda, uning motori akkumulator batareyasida ishlaydi.
42
43
www.ziyouz.com kutubxonasi
rasm. Tarkibning KT6 havo kompressori:
1 — silind; 2 — bosh silindr; S — havo filtri; 4 — manomet; 5 — panjarali silindr; 6 — havo chiqarish klapan;
— sovitgich naychalar; 8 — yog‘ ajratish filtr.
rasm. AM-4 elektr motori ЦB-19 ventilatori bilan:
1 — havo qistirmasi; 2 — patrubka; S — qopqoq; 4 — havo g‘ildiragi;
5 — vtulka.
Motor-ventilatori. Elektrovozning uskunalari markazdan qochirma va o‘qli ventilatorlar yordamida sovitiladi. Markazdan qochirma ventilatorlar keng tarqalgan.
16-rasmda BЛ60K elektrovozining ЦB-19 markali motor-venti- latori ko‘rsatilgan. Bunda yuritma asosida markazdan qochirma ventilatorga uch fazali asinxron AM-82-4 turdagi motori olingan. ЦB—19 ventilatorining konusli shakldagi ish g‘ildiragi (4) ikki diskadan iborat, 20 ta kuragi bor, o‘qqa o‘rnatilgan vtulkasi (5) va spiral qopqog‘i (3) dan iborat. Ish g‘ildiragi aylanishi bilan
rasm. BЛ10 elektrovozining motor-ventilatori TЛ110M va generatori ДK405:
1 — motor-ventilatori; 2 — generator.
44
patrubka (2)sidan havo so‘rila boshlanadi; 1 — havo o‘tkazmay- digan qistirmasi.
O‘zgarmas tokda ishlaydigan elektrovozlarda ko‘pincha bitta agregat motor-ventilatori (1) va boshqarish generatori (2) o‘rnatiladi (17-rasm).
DK405 generatorining quvvati 4,5 kW, kuchlanishi 50 V, yakorining toki 90 A. Bu generatorlarning bir qismi o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektrovozlarga o‘rnatilgan.
Fazani ajratixh uxkunaxi. O‘zgaruvchan tokda ishlaydi- gan elektr tarkibning yordamchi mashinalarini ishga tushirish uchun uch fazali asinxron motorlari o‘rnatilgan. Ular bir fazali tokni uch fazali tokka aylantirib, asinxron faza ajratish motorlariga uzatadi, u bir vaqtda bir fazali dvigatelni va uch fazali generator o‘rnini bosadi.
BЛ60 elektrovozida faza ajratish va boshqarish generatori ДK
405 bir agregat qilib yig‘ilgan, xuddi elektrovozning o‘zgarmas tokda ishlaydigan agregatiga o‘xshaydi, u motor ventilatori va boshqarish generatori ДK 405 ga o‘xshaydi. Qiyoslash mumkin. BЛ80 elektrovozida fazani ajratish generatori yo‘q. Bu elektrovozda statik-zaryadlash agregati bor. 3P9M elektr poyezdining motorli vagonlarida fazani ajratish PФ-1V uskunasi bor va bir vaqtda tokda to‘g‘rilagichni sovitish ventilatorining yuritmasi hisoblanadi.
7.k. Motorli naxoxlar. Elektrovoz va elektr poyezdlarining kuchli transformatorlarining yog‘i markazdan qochirma elektr nasoslari yordamida sovitiladi. Nasos transformator baki bilan sovitgichning orasiga joylashtirilgan. uyuqlikni haydash harorati +75 dan to —15˚C gacha bo‘lishi kerak. Ishlash tartibi to‘xtamasdan uzoq davom etadi.
Motor-generatorli o‘zgartirgichlar (нpeoбpacobaтeллap). Elektrovozlarga o‘rnatilgan elektr rekuperativ tormoz uskuna- sida motor generatori qo‘llaniladi yoki ularni o‘"gartirgichlar deyiladi. Ular uzoq pastliklarga yurayotgan vaqtda elektr tokidan foydalanilmasdan, balki poyezdning kinetik energiyasidan foydalanilgan holda tortuv motorlari generator rejimiga o‘tkaziladi. Bunda motorlar poyezdning kinetik energiyasidan foydalanib ishlab chiqargan elektr tokini to‘g‘rilagich orqali yuqori ulanish simlariga uzatadi, shu tariqa elektr toki qisman bo‘lsa ham iqtisod qilinadi. O‘zgartirgichlar past voltli generatordan va yuqori voltli motordan iborat (18-rasm) umumiy bitta o‘qqa o‘rnatilgan bo‘lib, bir korpusli yopiq agregatni tashkil qiladi va o‘z-o‘zini sovita oladi: 1, 6 — podshipnikning shchiti; 2 — traversasi; S — ostovi;
4 — generatorning yakori; 5 — cho‘tkasi.
45
rasm. BЛ10 elektrovozini HБ-436A o‘zgartirgichlar ДK-604B yako- rining kollektori bilan:
1, 6 — podshipnikning shchiti; 2 — traversa; S — ostov; 4 — generatorning
yakori; 5 — cho‘tka.
Huchlanixhni bo‘lixh agregati. 3P1 va 3P2 o‘zgarmas elektr tokida ishlaydigan elektr poyezdlarida asosiy yordamchi elektr mashinalaridan, ikki mashina agregatidan foydalaniladi. U kuchlanishni bo‘lish va boshqarish generatoridan iborat.
Kuchlanishni bo‘lish mashinasi — bitta yakorli, ikki kollek- torli mashina bo‘lib, umumiy magnit tizimi yakorida ikkita alohida chulg‘ami bor. O‘ramlari yakorning umumiy ariqchalariga (pazlariga) joylashtirilgan bo‘lib, ularning har biri o‘z kollektoriga ulangan (19-rasm). Agregat uyg‘onishi alohida chulg‘amdan kuch- lanishi 50V va chulg‘ami ketma-ket ulangan bir xildagi ikkita g‘altagi yakor zanjiriga ulangan. Kuchlanishning bo‘lish uskunasi ikki mashinaga o‘xshash, yakori mexanik tarzda ulangan, o‘ramlari esa ketma-ket ulangan. Bunda, o‘rta qismining potensiali «yerga»
nisbatan kuchlanishning yarmiga teng.
DK—604V kuchlanishni bo‘lish agregati o‘zgarmas tokli aralash uyg‘onuvchi chulg‘amli bo‘lib, yakor va ostovdan va podshipnik shchitlari, buraluvchi traversadan iborat. Yakorni uzaytirilgan qismiga
rasm. O‘ramlarining joylanish chizmasi.
boshqarish generatorining vali o‘r-
natilgan.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |