Respublihasi


§. Elektrlaxhtirilgan temiryo‘llardan va yuqori ulanixh ximlaridan foydalanixh



Download 8,03 Mb.
bet3/50
Sana17.07.2022
Hajmi8,03 Mb.
#817476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Elektrovozlar va elektr poyezdlarni ishlatish va ta\'mirlash asoslari (X.Nurxo\'jayev)

§. Elektrlaxhtirilgan temiryo‘llardan va yuqori ulanixh ximlaridan foydalanixh


Elektrlashtirilgan temiryo‘llarning ustki qismi elektrovoz va elektr poyezd vagonlarining yurishi, ularning og‘irligi va yurish vaqtida paydo bo‘ladigan katta dinamik kuchlarining zarbasini pasaytiradi.
Temiryo‘llarning ustki qismi bir necha qatlamdan iborat. Ustki qismi rels, shpal, relslarni bir-biriga ulaydigan elementlardan, ostki qismi esa mayda tosh va qum yostig‘idan iborat. Yordamchi qismlari esa relslarni bir-biriga ulash uchun nakladkalar, bolt, gaykalar va har xil qistirmalardan tarkib topgan. Relslar shpallar bilan biriktirilgan holda ballast qatlamining yarmigacha ko‘milgan
8
holda o‘rnatiladi. Bunda ustki qatlam relsning yuklanishidan so‘ng yana o‘z holatiga qaytishi uchun yordam beradi. Keyingi paytlarda temiryo‘llarga temir-beton shpallar o‘rnatilishi yaxshi natijalar bermoqda. U temiryo‘llarning chidamliligini oshiradi. Quyma temir-betonli shpallarning foydali tarafi shundaki, ularning chidamlilik muddati 20—30 yilni tashkil qiladi, bundan tashqari, ularning — temiryo‘llarning nihoyatda baquvvat va poyezdlarning tekis yurishini ta'minlaydi. Temir-betonli shpallarning qo‘llanilishi nihoyatda qimmatbaho yog‘ochlarni tejashga olib keldi. huni hisobga olib, keyingi vaqtlarda asosan tezyurar poyezdlar yo‘llariga temir-betonli shpallar yotqizilmoqda. Yog‘och shpallarning asosiy kamchiligi — uning chidamlilik muddati 15 yilni tashkil qiladi. Ular yerga qo‘yilishdan ilgari qoramoy antiseptik modda bilan to‘yintiriladi. Bunday shpallarning yaxshi tarafi relsni shpalga mahkamlash juda oson va qulay, bundan tashqari, rels atrofida zararli o‘rama elektr toklarining paydo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi. Yog‘och shpallar asosan archa, buk, pixta, kedr va boshqa qimmatbaho daraxtlardan tayyorlanadi.
Temir-beton shpallarning kamchiligiga esa, asosan, ularning
nihoyatda og‘irligi, elektr tokini o‘tkazuvchanligi, g‘oyat qattiqli- gi va ularning relsga qiyin o‘rnatilishi hamda yurish vaqtida o‘rnatilgan katta kuchlarning ta'sirini kamaytirish uchun rels bilan shpal orasiga qattiq rezinali qistirma o‘rnatilishi kiradi.
hpallarning ustiga o‘rnatiladigan relslar harakatdagi tarkibni yo‘naltiradi va poyezdning og‘irligini, undan paydo bo‘lgan zarbalarni shpalga uzatadi. huning uchun relslar nihoyatda chidamli bo‘lishi kerak. Ular juda chidamli po‘latdan yasaladi. Relslarni kesimiga qarab P43, P50, P65, P75 deb nomlash mumkin, P harfi esa rels nomini, 43, 50, 65, 75 raqamlari esa 1 metr uzunlikdagi relsning og‘irligini bildiradi. erqatnov temiryo‘llarga P65 va P75 turidagi relslar yotqiziladi. Ularning uzunligi 6, 12 va 24 metrli bo‘lishi mumkin. Bunday relslar kesimi bo‘yicha bir- biriga ulaganda ular orasida iqlim sharoitiga qarab, ma'lum ora- liq l3 bo‘lishi kerak va u quyidagi ifoda bilan topiladi:
l3=·l(tmax  ƒ )
bu yerda:  — temirning kengayish koeffitsiyenti;
l — relsning uzunligi, m;
tmax, t — relsni o‘rnatish joyidagi eng yuqori harorat ˚C.

9
Harakatdagi tarkibning juft g‘ildiraklari juda katta zarbaga uchra- masligi uchun bu oraliq 8—10 mm dan oshmasligi kerak. Bu oraliqlarning kattalashishi va kamayishi iqlim darajasiga bog‘liq. Bu kesimdagi oraliq qishda ortadi, yoz paytida esa kamayadi va harakatdagi tarkibning ravon yurishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. huning uchun ikki rels kesimi bo‘yicha sozlanayotganda ustquymalardagi teshik boltlarnikiga nisbatan birmuncha katta bo‘ladi va yoz vaqtida relslarning uzayishiga imkon beradi. Aksincha, bu oraliq nihoyat- da kamayib ketsa, ikki rels kesimi bo‘yicha tiralib qolsa, bunda ikki rels oraliq masofasi o‘zgarib qolishi mumkin va poyezdlarning izdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Ikki rels oralig‘idagi masofa to‘g‘ri va tekis yo‘llarda 1520 mm ni tashkil etadi. Bunda ikki g‘ildirak oralig‘i masofasi esa 14403 mm ga teng (g‘ildirakning to‘gini qalin- ligini hisobga olmaganda).


Harakatdagi tarkibni bir izdan ikkinchi izga o‘tkazish uchun maxsus o‘tkazgichlar qo‘llaniladi. Bu mexanizmlarning ishi avtomatlashtirilgan. Elektr tokini uzatish tizimiga asosan elektr stansiyalari, hududiy transformator podstansiyalari, tortuvchi podstansiyalar va kontakt simlari kiradi.
Ularning balandligi rels yuzidan olti metrdan oshmasligi kerak. Bir necha bor pasaytirilgan o‘zgarmas tokning kuchlanishi 3 kV (3000 V) 25 kV (25000 V) o‘zgaruvchan tok uzatiladi. Yuqori ulanish simi toza mis simdan bo‘lib, kesimi 85,10 mm2 bo‘lishi mumkin. Ularning ishlash jarayonida yeyilishini hisobga olib, 8—10 yil davomida almashtirilib turilishi lozim. Ularning chidamliligini oshirish uchun tarkibning tok qabul qilgichiga quruq grafit moyini surkab turish lozim. Bundan tashqari, ular qattiq sovuq bo‘lganda simlarning muzlab qolish hollarining oldini oladi. Magistral temiryo‘llarda elektr quvvatini podstansiya orqali elektrovoz va elektr poyezdlarning tok qabul qiluvchi uskunasiga
havo ulanish simi yordamida uzatiladi.
Ulanish simlari nihoyatda chidamli bo‘lishi bilan bir qatorda har xil iqlim sharoitida elektr tokini uzluksiz uzatishi kerak. Ulanish simlarining asosiy qismlariga simni tortib turuvchi trosi va yordamchi simlar kiradi. 1-rasmda ulanish simlarining har xil zanjirsimon osmalari ko‘rsatilgan. Bunda 1 — ulanish simi; 2 — yordamchi osma simi; S — simni ko‘tarib turadigan trosi; 4 — yordamchi sim; 5 — yumshatish simi. Ulanish simlari har xil
tortish yo‘li bilan o‘rnatiladi. Birinchi yo‘lida (hekomпehcиpo-

10
bahhый) osma simlar qattiq



qilib
(ahkepobka)
ustunga

mahkamlanadi. Bunda sim- larning tortilishi va qisman solqilanishi ko‘p hollarda iqlim sharoitiga: shamol kuchiga, simning diametriga va yaxlab qolishiga bog‘liq.
Ikkinchi yo‘li (пoлykom- пehcиpobahhый) bunda osma simlar 2 a-rasmda ko‘r- satilganidek, og‘irlik (tosh)
1-rasm. Yuqori kontakt simlarining osmalari:
a) bir zanjirli; b) ikki zanjirli; d) bir
zanjirli ressora.

yordamida tortilib turadi va bunda ustunlar orasidagi simlarning osilib turishi birmuncha kamayadi. Bunday osmalarda ikki ustun orasidagi masofa 60—70 metrni tashkil qiladi. Bundan tashqari, ikki gorizontal simning ikki vertikal simga ulangan joyining osmasi birmuncha yumshatiladi va tokni qabul qilish xususiyati oshadi. Bunda tarkibning yurish tezligi 120 km/soat qilib mo‘ljallangan. 2 a-rasmda ustunning tortqichi (2), asosiy trosi (S); yuk tebrani- shini cheklagichi (4), toshlar (5), mahkamlangan g‘ildirak (6); aylanadigan g‘ildiragi (7), izolatori (8) va ulanish simlar
2-rasm. Zanjirli podveskalarini mahkamlash (ankerovka):
a) kontakt simlarini mahkamlash tizimi; b) zanjirni podveskasini mahkamlagichlarining umumiy ko‘rinishi.

11


ko‘rsatilgan. Uchinchi yo‘li
(komпehcиpobahhый)da:
bunday

osmada ulanish simi va asosiy ko‘tarib turadigan trosda avtomat ravishda har doim sim tortilib turadi. Bunday osmalar tarkibning 160 km/soat tezlikda yurishiga mo‘ljallangan va tezlik undan ham yuqori bo‘lishi mumkin.
Tok qabul qilgichga o‘rnatilgan plastinaning bir tekisda yeyilishini ta'minlash uchun ulanish simlarini 30˚ burchak ostida qing‘ir-qiyshiq qilib, har bir ustundan o‘rta o‘qi bo‘yicha 300 mm farqi bilan mahkamlanadi. Bunda temiryo‘l izlarining egri joylarini o‘tish uchun izning o‘rta o‘qidan bir tarafiga masofa 400 mm dan oshmasligi kerak. Egri joylarning radiusi ko‘p bo‘lgani sari ulanish simlarining egriligi kamayadi.

        1. Ulanixh ximlarini xekxiyalarga bo‘lixh uxkunaxi. Temiryo‘l muayyan masofalardan iborat bo‘lib, ularning bekatlar bilan birlashish joylarida va ayrim hollarda masofalarning bir-biri bilan tutash joylarida izolatsiyalangan (tok o‘tkazmaydigan) joylari bo‘ladi. Buni esa seksiyalash deyiladi (3-rasm). Bunda ikki ustun orasidagi masofaga qo‘shimcha ustun (2) o‘rnatiladi va ularning oralig‘ida elektr tokining o‘tmas joyi ajratiladi (havo oralig‘i). Bunda tarkibning tok qabul qiluvchi uskunasi bir simdan ikkinchi simga o‘tar joyidan ikkinchi ulanish simga o‘tib boradi, uning yo‘li 5 bilan ko‘rsatil- gan. Ulanish simlarining biriga razyedinitel (3) o‘rnatilgan. Uni qo‘l bilan ishga tushirish mumkin yoki bu ish motor orqali bajariladi.

hunday qilib, bekat ulanish simlari masofa simlari bilan ulanadi yoki bu simlar bir-biridan ajratilib qo‘yiladi.
k.k. Ulanixh ximlaridagi kuchlanixhni o‘chirixh qoidalari. Elektr tokini ulanish simlaridan uzib qo‘yish uchun maxsus uskunalar- dan foydalaniladi. Bunday uskunalar alohida depo va tarkibni jihozlash joylarida, texnik xizmat ko‘rsatish punktlarida o‘rnatiladi.

S-rasm. Uch bo‘lakka ajratilgan elektr uchastkani to‘g‘ri chiziqli joyini
(a) va egri chiziqli joyini (b) o‘tish chizmasi.
12

Bunday joylarda ulanish simlaridan kuchlanishni o‘chirish uchun, albatta, energiya dispetcherining ruxsati bo‘lishi kerak. Ayrim avariya holatlarida undan ruxsat so‘rab o‘tirmasdan o‘chiriladi, so‘ng dispetcherga xabar qilinib, maxsus daftarga yozib qo‘yiladi.
uram dovonini elektrlashtirish elektrovozlarni qo‘llashda juda katta maktab bo‘ldi. 29˚% metr qiyalikda elektrovozlar 30—36 km/soat tezlikda harakatlanib, parovozlarga nisbatan ikki baravar baquvvatligini ko‘rsatdi. Bitta elektrovoz quvvati 2040 kW ga teng bo‘lib, uchta parovozning o‘rnini bosdi va teplovozlarga nisbatan 1,5 marta baquvvatligini namoyish etdi. Bundan tashqari elektr energiyasini qo‘shimcha 22% tejash yoki ishlab chiqarish mumkin. 2002-yili Rossiyada 3M 200 yo‘lovchi tashish elektrovozi ishlab chiqildi. Uning quvvati 8000 kW ga teng bo‘lib, 22—26 yo‘lovchi tashish vagonlarini 160—200 km/soat tezlikda olib yurishi mum- kin. Unga eng oxirgi zamonaviy jihozlari o‘rnatilgan.
Hozirgi vaqtda asosiy yo‘nalishlarda ishlaydigan teplovozlarni elektrovozlarga almashtirish juda ham qulay. Bunda yonilg‘i va energiya resurslari 1,2—1,5 barobar tejaladi va keyingi paytlarda dolzarb bo‘lib qolgan atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari atroflicha hal bo‘ladi.
O‘zbekiston temiryo‘llarida kuchli BЛ60k va BЛ80 hamda Xitoydan keltirilgan yangi elektrovozlar yuk va yo‘lovchilarni ta- shib, asosiy yo‘nalishlarda muntazam ishlab turibdi.
Bu elektrovozlarning xususiyatlari quyidagicha:

  • tortuv motorlarini ishlash jarayonidagi maksimal quvvati— 6000 rekurpsrativ yo‘li bilan tormozlanganda — 5400 kW bo‘lib, tortuv kuchi esa 4500 ot kuchiga teng. Texnik tezligi muntazam ishlash davrida 53—120 km/soat. Yurish qismini formulasi 20

20—20. Temiryo‘l izlari oralig‘i—1520 mm tashkil qiladi. O‘qqa
tushadigan og‘irlik 23 t.

  • har bir seksiyasi ikki kabinali bo‘lib, ikki odamga mashinist va uni yordamchisiga mo‘ljallangan. Kuzovi ko‘tarma tipida bo‘lib, yuqori chidamli po‘lat materiallardan ishlangan.

  • elektrovoz ikki o‘qli uchta aravachadan iborat. Osmalari burama prujinalardan iborat qalin rezina orqali mahkamlanadi. Bundan tashqari, vertikal va ko‘ndalang gidravlik amortizatorlari bor. Tortuv motorlari motor-o‘qli podveskalar yordamida mahkamlanadi.

  • elektrovozning yuqori kuchli zanjirida ikkita elektr toki

13
to‘g‘rilagichi bo‘lib, ularning har birining qo‘shimcha qismida o‘zgarmas tok kuchlanishi 4 koordinatli 3 impulsli to‘g‘rilagichi bo‘lib, ikki inventori bor, ulardan bittasi ikki chetidagi aravachalarni tortish motoriga quvvat yetkazadi, ikkinchisi esa o‘rtadagi aravachasining motorlarini quvvat bilan ta'minlaydi.


— elektrovozda kichik hajmli mikrokompyuter YBA tizimi o‘rnatilgan. Y butun elektrovozni harakatlanishini boshqarib, tizimdagi nosozliklar va elektrovozni to‘liq diagnostika qilish va yo‘lda sodir bo‘lgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etishda yordam beradi.



Download 8,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish