Respublihasi


-§. Elektr tarkibining yurish tezligini boshqarish



Download 8,03 Mb.
bet10/50
Sana17.07.2022
Hajmi8,03 Mb.
#817476
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
Elektrovozlar va elektr poyezdlarni ishlatish va ta\'mirlash asoslari (X.Nurxo\'jayev)

10-§. Elektr tarkibining yurish tezligini boshqarish


Tarkibning yurish tezligini sozlash uslublari. Elektrovozning yurish tezligi (elektr stansiyalarni) elektr motorlari yakorining aylanish soniga to‘g‘ri mutanosib. Bunda tezlik motorlarga uzatilgan kuchlanishga U, magnit induksiyasi Ф va tok kuchiga I bog‘liq bo‘ladi:
n=U Ir ,

bu yerda: r — umumiy qarshilik,  (yakorning o‘ramlarini, bosh va qo‘shimcha qutblarni anglatadi);
c — doimiy qarshilik koeffitsiyenti (motorning tuzilishiga va
tishli uzatmasining diametriga bog‘liq).
Tortuv motorlari o‘ramlarining qarshiliklari, bundan tashqari ularning ko‘paytmasi juda kam bo‘lganini hisobga olmaydigan bo‘lsak, yuqoridagi formula birmuncha ixchamlashib, quyidagicha ko‘rinish hosil bo‘ladi:
51
n= U ,

bundan ko‘rinib turibdiki, yakorning aylanish chastotasi unga uzatilgan kuchlanishga to‘g‘ri va magnit induksiyasiga teskari muta- nosib (uyg‘otish g‘altagidagi kuchlanish miqdoriga) bo‘ladi. Bunda magnit induksiyasi o‘zgarmagan holdagi tortuv motorining toki yakorning aylanish soniga, chastotasining ko‘payishiga va unga uzatilgan kuchlanishga bog‘liq. Elektr motorining aylanma momenti va elektrovozning tortish kuchi tok kuchiga hamda magnit kuchlariga bog‘liq bo‘lib, quyidagi formula bilan ifodalanadi:
M= r I Ф,
bu yerda: hamma omillarni o‘z ichida oladigan koeffitsiyent (qutblar soni, o‘ramlar tuzilishi va boshqalar).
Formuladan ko‘rinib turibdiki, elektrovozning tezligi tortuv motorlariga keltirilgan kuchlanish va magnit oqimiga (uyg‘otuvchi kuchga) bog‘liq. Elektr tarkibida, o‘zgarmas tokda ishlaydigan tarkiblarda har ikkala turi qo‘llaniladi.
Magnit oqimini sozlab turish kerak. Bunda tok kuchi bosh qutblarining o‘ramlariga parallel ravishda rezistorlar ulab, magnit oqimini kamaytirish mumkin. Tortuv motorlarining bunday holati kuchsiz elektr maydonida ishlashi (kuchsizlantirilgan maydonda ishlashi) deyiladi. Bunda tezlikni o‘zgartirish diapazoni kichikroq, kollektorning (chidamliligidan) ish jarayoni xavfsizligi bilan bog‘liq, uning yuzida aylanma olov uchqunlari paydo bo‘lishi mumkin.
Elektr tarkibning yurish tezligini oshirish uchun tortish motorlariga kuchlanishni keng diapazonda o‘zgartirib, 0 dan maksimal miqdorgacha uzatsa bo‘ladi. Kuchlanishni motorga uza- tish quyidagi yo‘llar bilan bajariladi: bunda sozlanadigan (ishga tushiradigan) rezistorni motorlarning zanjiriga ketma-ket ulash soni bilan; transformatorga kuchlanishni bo‘lib-bo‘lib uzatish va uni statik o‘zgartirish yo‘li bilan. Birinchi ikki yo‘l o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr tarkibida, oxirgisi esa o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektr tarkibida qo‘llaniladi.
Elektr tarkibining tezligini sozlash uchun rezistorlardan foydala- nish elektr tokini katta yo‘qotishlarga olib keladi, shuning uchun undan qisqa vaqtda ishga tushirishda foydalanilib kelinmoqda. Uzoq ishlash vaqtida kuchlanishni ketma-ket ulangan motorlar soni bilan bajariladi. O‘zgarmas tokda ishlaydigan elektrovozlarda guruhlanib ulanish hisobiga erishiladi (ketma-ket, ketma-ket-

52
parallel va parallel ulanishlar), bunda elektr energiyasi ishga tu- shirish rezistorida birmuncha kamayadi.


Kuchlanish transformatorida kuchlanish miqdorini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektr tarkibini ishga tu- shirish vaqtini va uzoq ishlash davrini sozlash mumkin. Bunda tortuv elektr motorlari har doim transformatorning o‘ramiga parallel ulangan bo‘ladi.
Elektr tarkibining tortuv motorlarida kuchlanishni o‘zgarti- rish masalalari, tarkibning o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda ishlashi, asosan, magnit kuchini magnit maydonida kamaytirishi bilan bog‘liq.
Elektr tarkibining yurish tezligini sozlash uni ishga tushirish va yurish bosqichiga (pozitsiyalariga) bo‘linadi. O‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr tarkibida yurish (reostatsiz bosqichda) har xil guruhlarga, tortuv elektr motorlariga bo‘linadi, o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan tarkiblarda bosqichma-bosqich sozlanadi. Uzoq ishlash davriga yurish (xoдoboй) magnit maydonini kuchsizlantirish rejimi ham kiradi.
O‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr tarkibini ishga tushirish motorlarining ketma-ket ulanishi rezistorlarni to‘liq ishga tushirish bilan bog‘liq. Tarkibning tezligi oshishi bilan rezistorlari o‘chiriladi va to‘liq ishdan chiqarilgandan so‘ng motorlarni guruhlarga bo‘lib, ketma-ket, parallel ulanib, kuchlanish miqdori ko‘paytirilib, motorga uzatiladi, shunga yarasha uning yurish tezligi oshadi. Bunda tortishish motorlari zanjiriga rezistorlar kiritilib, ular asta- sekin o‘chiriladi va to‘liq ishdan chiqarilgandan so‘ng motorlar parallel ulanadi. Tezlik yana oshadi, chunki u kuchsizlantirilgan magnit maydonida ishlaydi. Magnit maydonini kuchsizlantirish yo‘li oraliqdagi bosqichlarda ham qo‘llaniladi (ketma-ket va ketma- ket-parallel ulanishlarda) bu qo‘shimcha tezlikni hosil qilish uchun kerak.
O‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektr tarkibiga maksimal kuch- lanishni uzatish, magnit maydonini kuchsizlantirish yo‘li bilan tezlikni yanada oshirishi mumkin.
10.1. Boshqarish tizimi. Tortuv motorlarining zanjirida har bir o‘zgartirish (sozlash) ishlari tarkibni ishga tushirish, tezligini sozlash, oldinga va orqaga yurgizish hamda elektr toki yordamida tormozlantirish — bularning bari elektr apparatlari yordamida boshqariladi. Bunday boshqarishni masofadan turib boshqarish deyiladi.
53
Masofadan turib boshqarish tizimida yuritmalar bor, ularni mashinist xonasida turgan holda boshqaradi. Boshqaradigan elektr zanjirlarida kuchlanish 24—110 V bo‘ladi. Masofadan turib mashinist xonasidan bir necha elektrovoz seksiyalarini va motor vagonlarni boshqarish mumkin. Masofadan turib boshqarishda ulanish apparatlari juda qo‘l keladi va ular uch turga bo‘linadi; individual kontaktorlar, guruhli kontaktorlar va aralash tipidagi kontaktorlar.
Yakka tartibli kontaktorlar o‘rnatilgan tizimlarda boshqaruv apparatlari bir guruh ulagichlardan iborat. Ularning elektr magnitli uchqun o‘chirish moslamasi bor. Bundan tashqari, elektr tarkibida elektr magnitli va elektr pnevmatik kontaktorlar qo‘llaniladi. Elektrovoz va motor vagonlarining kuchli zanjirlarida elektr pnevmatik kontaktorlar ishlatiladi. Ularning ulanishi katta bosimga mo‘ljallangan va ayirish vaqtida paydo bo‘lgan elektr uchqunlarini tez o‘chiradi. Elektr magnit kontaktorlari yordamchi zanjirlarda qo‘llaniladi.
Guruhli tizimlarda kontaktorli vkluchatellar tizimi bo‘yicha birlashtirilgan apparat bo‘lib, tirsakli val orqali boshqariladi (24- rasm). Keyingi paytlarda elektr pnevmatik va elektr yuritmalar keng qo‘llanilmoqda. Guruhli tizim bo‘yicha ishlaydigan tizimlar ketma-ket ishlashni bir xilda tirsakli val orqali boshqaradi.
Yakka-guruhli (aralash) tizimda boshqarishda yakka kontak- torlar va guruhli kontrollerlar o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektrovozlarda qo‘llaniladi. Hamma elektrovozlar boshqarish aralash tizimi yordamida bajariladi.
Elektr tarkibda oxirgi paytlarda boshqaruv tizimlarida ulanishsiz elementli: yarim o‘tkazgichli ventillar (boshqariladigan va boshqa- rilmaydigan) va magnitli kuchaytirgichlar qo‘llanilmoqda. Kelgusida yarim o‘tkazgichli ventillarga katta e'tibor berilayotir, chunki ular kichik gabaritli bo‘lib, yuqori chidamlilikka ega.
Boshqaruv tizimidagi apparatlar noavtomatlashtirish yo‘li bilan ishla- tiladi. Noavtomat ravishda boshqarish tizimidagi apparatlar ishini mashinist bajaradi. Bunda kontrollerning har bir boshqaruv bosqichida apparatlar bitta

24-rasm. Tarkib guruhli vkluchatelning ishlash sxe- masi.
berilgan ish jarayonining elektr zanjiri yordamida bajarilishi kerak. Bundan tashqari, apparatlarning ketma-ket
54

ishlash tartibi tarkibning tez va sekin yurishiga bog‘liq bo‘lmasligi hamda kontrollerning mashinist tez va sekin boshqarishiga ta'sir qilmasligi kerak (25-rasm). Yakka tartibli kontaktorning g‘altagi ЛK, I—V past kuchlanish zanjiridan quvvat oladi. Bunda ishga tushirish g‘altagi KM kontrolleri yordamida ishga tushadi. I bosqichda LK kontaktorining g‘altagidan tok o‘tib, rezistor yordamida tortuv motorga tok uzatiladi. Qolgan bosqichlarda ketma-ket kontaktorlarni I, II va boshqa g‘altaklaridan tok o‘tib, kontaktorlar ishga tushgach, qisqa tutashuv orqali ishga tushirish (pusk), tormozlashtirishni boshlash va tamom qilish mumkin. Bu ishni mashinist kontrollerni (qo‘lbog‘ini) ayrim bosqichlarga o‘rnatib (fiksatsiya qilish) qo‘yish yo‘li bilan bajaradi. Qolgan boshqaruv tizimlaridagi apparatlar yordamida zanjirdagi jarayon- lar avtomat ravishda amalga oshiriladi.
Elektr tarkibni boshqarish juda og‘ir masala. Asosiy bosh- qarish muammolaridan biri poyezdning harakat jadvalini baja- rishdir. Bundan tashqari, tortuv motorlarning quvvatidan har doim to‘la foydalanish, elektr quvvatini kam sarflash va boshqalarga amal qilish kerak. Elektr tarkibini xavfsiz boshqarish uchun mashi- nist har doim yo‘lga, ulanish simlariga va yo‘ldagi chiroqlarga alohida ahamiyat berishi lozim. Bularning hammasini bir vaqtda qabul qilish va elektr tarkibni boshqarish ancha murakkab bo‘lgani uchun boshqarishni avtomatlashtirish joriy etilgan. 200 km/soat va undan ortiq tezlikda yurish elektr tarkibini va poyezdni bosh- qarishda yuqori darajada avtomatlashtirishni talab qiladi. Elektr tarkibni avtomatlashtirishda elektr yordamida poyezdni tormoz- lashtirishga katta ahamiyat
berilgan. Tormozlashti- rishning ayrim hollarida tortuv motorlarini genera- tor rejimiga o‘tkazib, elektr tokini qayta ishlab chiqa- rish va yuqori ulanish simlariga uzatish yo‘lga qo‘yiladi. Bundan, ayniqsa, poyezdlarning uzoq masofada pastga

yurish hollarida foydalani-
ladi. Ishlab chiqarilgan quvvat bilan tarkib o‘zidagi

  1. rasm. Tarkibning tortuv motorlarini ishga tushirish va eng oddiy boshqaruv sxemasi.

55

rezistorlar yordamida tormozlanganda rezistorlarda ishlatish reo- statli tormoz deyiladi (qarshiliklarida), yuqori simlarga uzatish esa rekuperativ tormoz deyiladi.
Elektr tarkibda va elektr poyezdlarida yurish tezligi birmun- cha kam bo‘lgan hollarda reostatli va rekuperativ tormozlardan foydalanish mumkin. Mexanika yo‘li bilan tormozlantirishdan ko‘ra, elektr toki yordamida tormozlantirish bir qadar afzal. Tormoz qilish kolodkalariga ketadigan xarajatlar kamayadi va tormoz tizimlarini ta'mirlash birmuncha yengil ko‘chadi, uni boshqarishni avtomatlashtirish mumkin. Bundan tashqari, tarkib rekuperativ tormozlanganda elektr quvvati biroz tejaladi. Elektr tormozi yurish vaqtida tekislikda xavfsizlikni oshiradi va har doim ishga shay turadi, bundan tashqari, to‘satdan to‘xtatish tormozi- ning ta'sirini oshiradi.



Download 8,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish