1k-§. Elektr tarkibning elektr zanjirlari bo‘yicha umumiy tushuncha
Elektr tarkibning elektr tizimi tortuv elektr motorlari va apparat- larining o‘zaro boshqaruv tizimda, o‘z-o‘zini boshqarish va to‘g‘ri ishlashini ta'minlaydi hamda elektr uskunalari va asboblarini saqlaydi. Elektr tizimlari uch guruh: kuchli zanjir, boshqarish, yordamchi va saqlash guruhlaridan iborat.
Kuchli zanjir tizimi elektr tarkibini yuqori ulanish simlari bilan birlashtiradi, tarkibning yo‘nalishini o‘zgartiradi; ishga tushirish va tormoz berish rezistorlari seksiyalarining faoliyatini, tortuv motorlari- ning o‘zaro bog‘lanishini va uyg‘otuvchi kuchlanishini sozlab turadi, bundan tashqari, motorlarning tortuv rejimi, tormozlanish, motor- larni saqlash, boshqa apparatlar va asboblar ishdan chiqishi hollari- ning oldini oladi.
Elektrovozlarga to‘rtta, oltita yoki sakkizta tortuv motori o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. O‘zgarmas tokda ishlaydigan tortuv motorlari kollektoriga 1500 V kuchlanish uzatiladi, ulanish sim- larida esa 3000 V bo‘lganda zanjirga ikkitasini ketma-ket ulasa
70
bo‘ladi. Tortuv motor- larining har xil holatlarda ulanish sxemasi 40-rasmda ko‘rsatilgan.
O‘zgarmas elektr toki yordamida ishlaydigan BЛ8 elektrovozining tortish tavsiflari yuqorida aytib o‘tilganidek, egri chiziqli bo‘lib, uch guruhni tashkil qiladi. Bunda elektr motor- larining ulanishi ham har xil: ketma-ket (C), ketma- ket-parallel (CM) va parallel (M). Har bir gu- ruhdagi egri chiziqlar elektr motorlarining to‘liq magnit maydonida (MM) va har xil kuchsizlantirilgan maydo- nida (OM) ishlaydi.
rasm. O‘zgarmas tokda ishlaydigan elektrovozlarning tortuv motorlari ishlash jarayonida 4 ta (a), 6 ta (b) va 8 ta (d) bo‘lib ishlash sxemasi.
O‘zgaruvchan tok bilan ishlaydigan tortuv elektr motorlari har doim parallel ulangan bo‘ladi, tortuv kuchi esa perekluchatel yor- damida transformatorning ikkinchi o‘ramiga ulanadi.
O‘zgaruvchan tok bilan ishlaydigan BЛ80 k turidagi elektrovoz- ning tortish tavsifi yuqorida keltirilgan. Uning g‘ildiragining katta- ligi 1250 mm ni tashkil qiladi.
rasmda elektr tarkib tortuv motorlarining magnit maydoni- ni kuchsizlantirish sxemasi keltirilgan. Bunda tortuv motori bosh qutbidagi elektr magnit maydonlarining ayrim o‘ramlarini kamaytirish hisobiga yoki qarshilik ulash yo‘li bilan boshqarsa bo‘ladi.
Tortuv motorlari yakori aylanishini boshqa tarafga elektr tarkibda ikki yo‘l bilan o‘zgartiriladi: uyg‘otuvchi tok yo‘nalishini o‘zgartirish (41-rasm, a) yoki yakordagi tokning yo‘nalishini o‘zgartirish yo‘li bilan (42-rasm, b). Bunda o‘ramlardagi tok yo‘nalishini reversor ulanmalari amalga oshiradi. 1 va 3-ulanma uzib qo‘yilsa, 2 va 4-ulanma ishga tushirilsa, unda tokning yo‘nalishi shtrix strelka bo‘ylab o‘tadi.
71
rasm. Tortuv motorlari qutbining magnit oqimini kamaytirish sxemasi
(1) va tok oqimini o‘zgartirish:
IKH — induktiv shunti 1 — magnit maydoni oqimini pasaytirish a, b — motorni ikki tarafga bir xilda aylantirilishI (a) va uyg‘otish tokini reversiv yo‘li bilan almashtirish (b).
42-rasmda BЛ10 elektrovozining tortuv motorlari parallel ulanganda rekuperativ tormozining ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. Bunda tortuv dvigatellarini uyg‘otish o‘ramlari parallel ravishda ulanib, generatorga o‘xshab ishlaydi va ulardagi e. yu. k. ulanish
simi tokidan ko‘p bo‘l- sa, tarkibda tormoz kuchi paydo bo‘ladi. Elektr tarkibining tortuv motorlarini mashinist o‘z xonasidan kontrol- ler yordamida boshqa- radi, bunda pantograf ko‘tarilib, yuqori ula- nish simlar bilan ulana- di. Reversiv qo‘lbog‘ini oldinga — «Bпepeд» yoki orqaga — «Haзaд» degan qismiga o‘tkazib, bosh qo‘lbog‘ini 1 po- zitsiyaga o‘tkazganda
rasm. Tortuv motorlarini revers yo‘li bilan tormozlantirish.
tarkib yura boshlaydi.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |