§. Elektr poyezdlarni katta hajmda TP-3 ta’mirlash texnologiyasi
Elektr poyezd seksiyalarini katta TP-3 hajmda ta'mirlash vaqtida vagon ostidagi yoysimon tarzda o‘rnatilgan prujinalari hamda buksa tepasiga o‘rnatilgan bargsimon va burama prujinalarining balandligi o‘lchanadi. Bundan tashqari, avtoula- gichlarining osilib qolish hollari o‘lchov orqali aniqlanadi. Kuchli va yordamchi zanjirlarning qoplamasi, boshqarish zanjirlarini ishga tushirish, shuntli va demferli qarshiliklari o‘lchanadi.
Vagonlarning bosh ramasi va o‘tish qismi ularning bir-biriga urilish natijasida darz ketishi, egilishi va haddan tashqari yeyilishi mumkin. Bunday hollarda ularni ta'mirlashga to‘g‘ri keladi. Khpintonlarining bir-biriga urilish joylari ta'mirlanadi. Ramasining shveller to‘sini bo‘yiga (uzunligi) 6 mm dan ortiq bukilgan bo‘lsa, u to‘g‘rilanadi. Darz ketgan va ortiqcha yeyilgan nakladkalari, darz ketgan, ortiqcha yeyilgan va singan ressoralari almashtiriladi. O‘tish joyining brezenti qayta ta'mirlanadi. Vagon aravalari maxsus baland va past qilib sozlanadigan tumbalarga o‘rnatilib, ramasi- ning payvandlangan joylari va qismlari tekshiriladi. Bundan tashqari, buksalarni o‘rnatish joylarining bir-biriga parallelligi va perpendikular joylashishi, so‘ng beshiksimon osmalarining elementlari tekshiriladi. Darz ketgan detallari va haddan tashqari ko‘p yeyilgan, ishdan chiqqan qismlari almashtiriladi. Eslatib o‘tamiz, beshiksimon osmalar elementlarida payvandlash ishlari bajarilmaydi. Reduktori, osmalari va muftalari to‘liq tekshiruv- dan o‘tkaziladi.
15.1. Kuzov uskunalari. Katta hajmdagi ta'mirlash ishlarida vagonning tomi, ichki qismi, eshiklari, romi va qolgan anjomlari to‘liq ta'mirlanadi. Vagonning tashqi qismi tozalab yuviladi. Bo‘yoqlarining ko‘chgan joylari tozalanib, shpaklovka bilan tekislanadi, so‘ng bo‘yoq suriladi.
15.k. Elektr uskunalari. TP—3 ishlarida elektr poyezdining tortuv elektr motorlari va yordamchi mashinalari tekshirish uchun vagondan tushiriladi. Bundan tashqari pantografi, elektr o‘choq-
89
lari, himoyalash va sozlash apparatlari (maksimal relesi, kuchli va yordamchi zanjirdan tezlatish relesi, kuchlanish regulatori, teskari tok relesi), yuqori va past voltli zanjiridagi saqlagichlari, bundan tashqari eruvchi vstavkalari, pnevmatik qismidagi hamma elektr apparatlari, elektr magnitli ventillari, pantograf klapanlari, MC-28Б tipidagi demferli qarshiliklari, akkumulator batareyalari tekshiriladi va ta'mirlanadi.
Himoyalash va sozlash apparatlari tekshirilib, ayrim holatlarda qismlarga ajratilib sozlanadi, so‘ng yig‘iladi. Elektr apparatlarining mustahkam o‘rnatilganligi va ilib qo‘yilgan kronshteynning mahkamligi, ularning darz ketmaganligi, boltlarining bo‘shab qolmaganligi tekshiriladi. Ilingan va mahkamlangan chinni izolatorining tashqi qismida 20 foizdan ortiq uchgan va darz ketgan joylar bo‘lsa, to‘liq almashtiriladi, undan kam bo‘lsa, buzilgan joyi benzin bilan artiladi, 120 raqamli emal surtib qo‘yiladi. Osib qo‘yilgan izolatorlar yuviladi va artiladi. Apparatlarning qutisi va qopqog‘i ta'mirlanib, to‘g‘rilanadi, darz ketgan joylari payvandlanadi. Qulfi to‘g‘rilanadi va moylanadi.
Ishdan chiqqan qismlari yangisiga almashtiriladi.
Elektr tarkibining akkumulatorlarini tekshirish va ta’mir- lash. HKH-100 nomli ishqorli akkumulator batareyalarini tekshirish vaqtida elektrolitining zichligi va elektrolit elementlaridagi sathiga hamda kuchlanishiga e'tibor beriladi. Kuchlanishining akkumulator probnigi (yuklanish ayrisi) yordamida, tok kuchi
16 A 5 sek davomida 1,9—2,0 V bo‘lishi kerak. Batareyaning kuchlanishi 50 V bo‘lishi kerak. Agar kuchlanishi me'yordan past bo‘lsa, qo‘shimcha zaryadlanadi.
Elektrolit sathi batareya plastinalaridan eng kami 5 mm va 12 mm dan ortiq bo‘lmasligi, elektrolit zichligi va uning harorati talab darajasida bo‘lishi kerak. Elektrolitning zichligi sifatli areometr yordamida o‘lchanadi. Agar elektrolit zichligi past bo‘lib, 1,28 g/sm3 ni tashkil qilib, harorati 18˚C bo‘lsa, unda filtrlangan toza suv quyiladi. Mabodo keltirilgan elektrolit zichligi va haroratida elektrolitning sathi yuqori bo‘lsa, unda sathi kamaytirilib, unga filtrlangan suv quyiladi. Elektrolit sathini kamaytirish uchun noksimon rezinkali moslamadan foydalaniladi. Batareyaning umumiy kuchlanishi 50 V ko‘rsatishi mumkin.
Akkumulator batareyaning ajratilgan qismlari latta bilan artilib, tozalangan joyiga vazelin surib qo‘yiladi. Zanglagan joylarini egov yordamida tozalash, qum qog‘oz va bitum bilan qoplangan joylarga
90
bitum loki ustidan vazelin surish mumkin emas. Batareyaning to‘g‘ri ulanishi tekshiriladi, bunda klemmalarni ketma-ket ulash va ulanmalar mahkam bo‘lishi kerak. Batareya to‘liq zaryadlangan vaqtida bankasining kuchlanishi 1,34—1,36 V bo‘ladi, uni 20 A tok bilan razryadlanganda elementlarida 1,15—1,20 V bo‘lishi kerak.
Akkumulator batareya elektrolitining tozaligini bilish uchun uni chayqaltirib, idishga quyib olib tekshiriladi. Agarda elektroliti iflos bo‘lsa, uni to‘kib, yangi elektrolit quyiladi. Ishqorli akkumulator batareyalariga o‘tkir kaliy (KOH) eritmasi, zichligi
1,19—1,21 g/sm3 quyiladi. Past haroratda —20˚C elektrolitining zichligi 1,21—1,23 g/sm3 dan past bo‘lishi mumkin emas.
Akkumulatorlarning ichki sig‘imi kichik hajmdagi ta'mirlash ishlarida elektrovozdan tushirilmasdan, joyida zaryadlanadi, katta hajm TP-3 ishlarida esa akkumulator batareyasi tarkibdan tushirilib, elektroliti to‘kiladi va ichki qismining elementlari maxsus joyda yuviladi, elektrolitning idishdan oqmasligi tekshiriladi, so‘ng har bir elementiga 1,2 litr elektrolit quyilib, zaryadkaga ulanadi. Bunda har bir elementi 1,8—1,9 V ga qadar ko‘tariladi. Agarda tez zaryadlash uchun 50 A tok uzatilsa, 2,5 soat davom etishi mumkin va 25 A tok uchun 2 soat zaryadlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |