O‘zgaruvchan o‘zakli drossel yordamida kuchlanishni rostlash
Ko‘pgina o‘zgarmas tok iste’molchilari ta’minot kuchlanishini rostlashni talab qiladi.
Yuklama kuchlanishlarini rostlashni o‘zgaruvchan va o‘garmas tok zanjirlarida ham amalga oshirish mumkin:
to‘g‘rilagich kirishida kuchlanishni o‘zgartirish yordamida (o‘zgaruvchan tok zanjirida)
to‘g‘rilagich chiqishida kuchlanishni o‘zgartirish yordamida (o‘zgarmas tok zanjirida) yoki boshqariluvchi ventillar yordamida (tiristorlar)
To‘g‘rilagich chiqishida o‘zgarmas tok zanjirida kuchlanishini rostlash. To‘g‘rilagich chiqish kuchlanishini yuklama va to‘g‘rilagich chiqishi o‘rtasiga kuchlanish bo‘lgich yoki potentsometr yordamida rostlash mumkin, lekin bu katta quvvat yo‘qotishlar bilan bog‘liq.
To‘g‘rilagich chiqish kuchlanishini potensiometr yordamida rostlashni yuklamaga parallel yoki ketma-ket ravishda ulash bilan amalga oshirish mumkin.
Quyidagi 26.1a-rasmdagi RP potensiometr yordamida to‘g‘rilagich (ketma-ket) chiqishidagi tokni o‘zgartirish orqali yuklamadagi kuchlanish qiymatini rostlash mumkin bo‘ladi.
26.1-rasm. To‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanishni potensiometrni ketma-ket (a) va parallel (b) ulash orqali rostlash sxemasi
Kuchlanishni minimal qiymatdan (potensiometrning o‘ng chekka holatida) maksimal qiymatgacha (potensiometrning chap chekka holatida) o‘zgartirish mumkin. Bu usulning kamchiligi chiqishdagi kuchlanishning qiymati yuklama qarshiligi qiymatiga bog‘liq bo‘ladi, shuningdek potentsimetrdagi kuchlanish tushuvi yuklama toki qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Potensiometr qarshiligini kamaytirish chiqish kuchlanishini yuklamaga bog‘liqlik darajasini pasaytiradi, lekin rostlash diapozonini qisqartiradi.
26.1b-rasmdagi potensiometrning ulanish sxemasi (yuklamaga parallel) bo‘yicha yuklama kuchlanishini noldan maksimal qiymatgacha o‘zgartirish mumkin. Yuklama qarshilini сhiqish kuchlanishiga ta’sirini kamaytirish uchun RP potensiometrning qarshiligi yuklama qarshiligidan kichik bo‘lishi kerak:
RP ≤ (0,2…0,3) Ryuk Potensiometrni yuklamaga parallel ulanish sxemasida energiya sarfi ketma-ket ulanish sxemasiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi.