319
Shamollatish tizimini loyihalashtirish
bosqichida va foydalanishda
yong‘inga qarshi talablarga rioya qilinishining nazorati normativ hujjat asosida
amalga oshiriladi. Normativ hujjatda tekshirilayotgan obyektning shamollatish
tizimining yong‘in xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha
texnikaviy va tashkiliy
yechimlari keltiriladi.
Texnologik, elektrotexnik va qurilish qismlari va xonalarning toifalari,
ishlab chiqarishda chiqariladigan portlovchi bug‘lar, gazlar va changlar,
kо‘chiriladigan
aralashmalar guruhi, binoning yong‘inga chidamlilik darajasi,
tо‘suvchi konstruksiyalarda texnologik tirqishlarning mavjudligi о‘rganilgandan
sо‘ng shamollatish tizimini nazorat qilish amalga oshiriladi.
Shamollatish tizimini о‘rganishda qabul qilingan tizim turi,
alohida va
umumiy tizimlar mavjudligi, havo sо‘ruvchi, havo oluvchi qurilmalar va
shamollatish
jihozlari, havo о‘tkazgich va kollektorlar uchun materiallarning turi,
A va B toifadagi xonalarga xizmat qiluvchi shamollatish jihozining bajarilishi
aniqlanadi
.
Shamollatish va havoni konditsiyalash tizimlarining yong‘in
va portlash
xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirishni tartibli va tо‘liq ta’minlash uchun
savollar rо‘yxati tuziladi.
5.9. Elektr jihozlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
Elektr uskunalari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan
«Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari», «Elektr
uskunalarining tuzilishi qoidalari», «Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish qoidalari», «Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya
qilishda texnika xavfsizligi qoidalari», «O‘zbekiston elektr stansiyalari va
tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari» va
boshqa normativ hujjatlar
talablariga muvofiq o‘rnatilishi va foydalanilishi kerak.
Qisqa tutashuv
deb - normal ish xolatidagi xar qanday kо‘zda tutilmagan
kichik qarshilik orqali fazalar
orasidagi tutashuvga aytilib, yerga yotqazilgan
320
neytral tizimda esa - bir yoki bir nechta fazalarni tutashuvining yerga о‘tishidir
(yoki nol simga).
Elektr tormog‘idagi qisqa tutashuv tormoqdagi umumiy qarshilikning tez
kamayishiga olib keladi (kamayishi darajasi
tarmoqdagi qisqa tutashuv
nuqtasining о‘rniga bog‘liq), bu esa normal holatdagi tokga nisbatan tarmoq
toklarini oshib ketishiga olib keladi. Bu о‘z navbatida tarmoqdagi kuchlanishni
kamayishiga olib kelib, bu ayniqsa qisqa tutashuv о‘rnida baland bо‘ladi.
Qisqa tutashuvning oddiy uslubi bо‘lib, uch fazali qisqa tutashuv, ya’ni bir
vaqtning о‘zida hamma uchta fazani bir nuqtada tutashuviga aytiladi. Bu simmetrik
bо‘lib
hisoblanib, hamma fazalar bir xil bо‘lmagan qisqa tutashuvga quyidagilar
kiradi: ikki fazali; bir fazali yerga ulanish; ikki-fazali yerga ulanish.