Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash



Download 0,77 Mb.
bet1/3
Sana31.05.2022
Hajmi0,77 Mb.
#623349
  1   2   3
Bog'liq
moyli uzgichlar


    1. Yuqori kuchlanish uzgichlari

Uzgichlar elektr qurilmalarida asosiy kommutatsion apparat hisoblanib, istalgan holatlarda: uzoq muddatli yuklamada, o‘ta yuklanishda, qisqa tutashuvda, salt ishlashda, asinxron ishlashda zanjirlarni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud qisqa tutashuvga ulash eng og‘ir mas’uliyatli amal hisoblanadi.


Yuqori kuchlanish uzgichlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

    • o‘rnatilgan zanjirida istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish;

    • tez ishlash, ya’ni uzish vaqtining kichik bo‘lishi;

    • avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, ya’ni uzgichlar uzilgan zahoti tez qayta ulash;

    • 110 kV va undan yuqori kuchlanish uzgichlari uchun faza (qutb) bo‘yicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi;

    • kontaktlarini kuzatish va nazorat qilishning qulayligi;

    • yong‘in va portlashga qarshi xavfsizligi;

    • tashish va uni ishlatishning qulayligi.

Moyli bakli uzgichlar. Moyli bakli uzgichlardagi moy yoyni so‘ndirish va tok o‘tkazuvchi qismlarni izolatsiyalash uchun xizmat qiladi.
1- kV gacha bo‘lgan kuchlanishlarda (35 kV gacha bo‘lgan ayrim uzgichlarning turlarida) uzgich bitta bakka ega bo‘lib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari joylashtiriladi, kuchlanish katta bo‘lganda esa har bir faza alohida baklarda o‘rnatiladi.
1-rasmda yoyni so‘ndarish uchun maxsus qurilmaga ega bo‘lmagan moyli bakli uzgichning sxemasi ko‘rsatilgan. Unda yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilma bo‘lmaganligi sababli, uzish qobiliyati yuqori emas. Bunday uzgichlar 6-10 kV kuchlanishli qurilmalarda qo‘llaniladi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun moyli bakli uzgichlarning tuzilishi soddaligi sababli, ular hozirgi paytda ham yetarli darajada keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ularda maxsus o‘chirish kameralari ham mavjud.

1-rasm. Moyli-bakli uzgichning sxematik kesimi: 1 – po‘lat bak; 2 – moy; 3 – qopqoq; 4 – chiquvchi izolatorlar; 5 – uzuvchi prujina;


6 – uzgich vali; 7 – qo‘zg‘almas kontaktlar; 8 – qo‘zg‘almas kontaklar (traverslar); 9 – bak devorlarining izolatsiyasi.

Ishlash prinsipi bo‘yicha yoy so‘ndiruvchi qurilmalarni uch guruhga bo‘lish mumkin:



  • yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi va yuqori bosimning hosil bo‘lishi yoyda ajraladigan energiya hisobiga ta’minlanadigan avtopuflagichli yoy so‘ndiruvchi qurilmalar;

  • yoy zonasiga moy maxsus gidravlik mexanizm yordamida yuboriluvchi majburiy puflash liniyasiga ega bo‘lgan yoy so‘ndiruvchi qurilmalar;

  • magnit maydoni ta’sirida yoy tor kanal tirqishlariga yo‘naltirilish orqali so‘ndiriluvchi magnatli yoy so‘ndiruvchi qurilmalar.


a) b)

2- rasm. Zamonaviy moyli bakli uzgichlarning tashqi kurinishi:


a) – uchala faza bitta bakda joylashgan; b) – fazalar alohida baklarda joylashgan.

Moyli bakli uzgichlarning asosiy afzalliklari: tuzilishining soddaligi; tashqi qurilmalar uchun ham yaroqliligi; joylashtirilgan tok transformatorlarining mavjudligi.


Moyli bakli uzgichlarning kamchiliklari: protlash va yong‘in sodir bo‘lishi jihatidan xavfliligi; bakdagi va kirgichlardagi moy holati va sathini davriy nazorat qilib turish zarurligi; ko‘p hajmdagi moyning talab etilishi; xonaning ichida o‘rnatish mumkin emasligi; tez ta’sir etuvchi AQUni ishlatish mumkin emasligi; metall sarfining ko‘pligi; massasi va gabaritining kattaligi sababli bir joydan ikkinchi joyga olib borish, montaj qilish va sozlashning noqulayligi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish