Kalsiy karbidi — zichligi 2,26—2,4 g/sm3 bo‘lgan, qora- kulrang yoki jigar rangidagi (aralashmalar mavjudligi va miqdoriga qarab) qattiq moddadir. Kalsiy karbidi ohaktosh va koksni elektr pechlarida, havosiz muhitda, quyidagi reaksiya bo‘yicha qorishtirib olinadi:
CaO + 3C = CaC2 + CO
Kiyevdagi Y.O. Paton nomli elektr payvandlash institutida kalsiy karbidini elektr-shlak usulida eritib olish usuli ishlab chiqilgan, bu usul olinadigan mahsulotning tozaligini ta'minlaydi va jarayonni arzonlashtiradi.
Texnik kalsiy karbidida 90% gacha toza karbid bo‘ladi, qolgani ohak va boshqa aralashmalar. Sovigan kalsiy karbidi maydalanadi va o‘lchamlari 2 — 8, 8 —15, 15 — 25 va 25 — 80 mm bo‘lgan bo‘laklarga saralanadi. Bo‘laklar qanchalik katta bo‘lsa, asetilen shuncha ko‘p chiqadi. O‘rtacha olganda 1 kg CaC2 dan 250 — 280 dm3 asetilen olinadi (2.1.3-jadval).
2.1.S-jadval
GOST 1460-76 bo‘yicha kalxiy karbidi bo‘laklari o‘lchamlariga nixbatan axetilen ajralixhining me’yori
Kalsiy karbidi bo‘laklarining o‘lchamlari, mm
|
Asetilen ajralish me'yorlari, dm3/soat
|
1- nav
|
2- nav
|
2 — 8
|
255
|
235
|
8 — 15
|
265
|
245
|
15 — 25
|
275
|
255
|
25 — 80
|
285
|
265
|
aralash o‘lchamlar
|
275
|
265
|
Iste'molchilarga kalsiy karbidi tunukadan tayyorlangan germetik barabanlarda yoki sig‘imi 80—120 kg bo‘lgan bidonlarda yetkazib beriladi. Kalsiy karbidini saqlashda uni namdan saqlash kerak, u havodan namni faol yutib olib, asetilen hosil qiladi.
Kalsiy karbidi bo‘laklari qanchalik mayda bo‘lsa, ular shunchalik tez parchalanadi. Namiqqan karbid kukuni shu ondayoq parchalanadi. Shuning uchun ham kalsiy karbidi
58
bo‘laklari ishlatishga mo‘ljallangan odatdagi asetilen genera- torlarida karbid kukunini ishlatib bo‘lmaydi. Aks holda asetilen generatorda yonib ketishi va hatto portlashi ham mumkin. Karbid kukunini parchalash uchun maxsus konstruksiyadagi genera- torlar ishlatiladi. Hozirgi vaqtda kalsiy karbidini parchalashning
«quruq» usuli qo‘llanmoqda. Bunda maydalangan 1 kg kalsiy karbidiga 1 dan 1,2 dm3 gacha suv quyiladi. Bu suvning bir qis- mi parchalanish reaksiyasiga sarf bo‘ladi, qolgani esa bug‘lanadi. Kalsiy karbidi parchalanganida ajralib chiqadigan issiqlikning asosiy qismi bug‘lanishga sarf bo‘ladi. Natijada so‘ndirilgan ohak quruq par ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Uni chiqarish va tashish ancha arzonga tushadi.
Na7orat savollari
Payvandlash simlari qanday belgilanadi?
Po‘latlarning belgilarida A harfi nima uchun va qayerda ishla- tiladi?
Gaz alangasida ishlov berishda flyuslarga qanday talablar qo‘yiladi?
Gaz alangasida ishlov berishda ishlatiladigan yonuvchi gazlarni tavsiflang.
Gaz alangasida ishlov berishda yonuvchi gazning qo‘llanish sohalarini bayon qiling.
Asetilen qanday olinadi?
GAZ ALANGASIDA ISHLOV BERISHDA ISHLATILADIGAN JIHOZLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |