Respublihasi



Download 4,76 Mb.
bet14/63
Sana06.06.2022
Hajmi4,76 Mb.
#641130
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
UhSjTECHMPdkbEel414

Hixlorod


Kislorod Yerda eng ko‘p tarqalgan elementdir. U Yer massasining salkam 50% ini tashkil etadi, u Yerda turli ele- mentlarning oksidlari ko‘rinishida bo‘ladi, suvning taxminan 86% i vodorod bilan kislorodning birikmasidan, havoning 23% massasi kislorod bilan azot, argon va boshqa gazlarning aralashmasidan iborat.
Kislorod — rangsiz gaz, hidi yo‘q, havodan og‘ir, normal bosimda va xona haroratida zichligi 1,33 kg/m3. Kislorod normal bosim va —182,9˚C da suyuq holatga o‘tadi. Suyuq kislorod tiniq va ko‘kimtir rangga ega. 1 litr suyuq kislorodning massasi 1,14 kg ga teng; 1 litr kislorod bug‘langanda 860 litr gaz hosil bo‘ladi.
Kislorod juda faol — inert gazlardan boshqa hamma kimyoviy elementlar bilan birikadi. Moddalarning kislorod bilan birikish reaksiyasi ekzotermik bo‘lib, yuqori haroratda issiqlik ajralishi bilan boradi, bu — yonishdir.
Siqilgan gazsimon kislorod moy yoki yog‘ga tekkanida ular o‘z-o‘zidan yonib ketishi, yong‘in chiqishiga, portlashga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham kislorod ballonlari moy yoki yog‘ bilan ifloslanmasligi kerak. Suyuq kislorodga to‘yingan g‘ovak yonuvchi moddalar (ko‘mir, qurum, namat, paxta va boshq.), ayniqsa xavflidir, chunki ular portlaydigan bo‘lib qoladi. Kislorodga to‘yingan kiyim-kechak va soch oson yonadi. Kislorodning yonuvchi gazlar, suyuqliklar va ularning bug‘lari bilan yonilg‘i nisbati ma'lum darajada bo‘lganda, ayniqsa portlash jihatdan xavfli bo‘ladi.
51
Kislorodni havodan chuqur sovitish yoki suvdan elektroliz yo‘li bilan olinadi. Birinchi holda havo bir necha bor siqiladi, har gal ajralib chiqayotgan issiqlik chetlatiladi. Har qaysi sikldan keyin siqilgan havo namdan va karbonat angidrididan tozalanadi.
— 200˚C da havo suyuq bo‘lib qoladi. So‘ngra haydash (rek- tifikatsiya) yo‘li bilan kislorod va azotga ajratiladi, bu jarayon suyuq azot (—196˚C) va kislorod (—183˚C) qaynash haroratla- rining farq qilishiga asoslangan. Rektifikatsiya qilishda suyuq havo rektifikatsion kolonnaga quyiladi. Azot bunda bug‘lanadi va kolonnaning yuqorigi qismi orqali olib ketiladi, kislorod uning tubiga to‘kiladi. Uning bir qismi bug‘lanadi va kolonnadan olib ketiladi, suyuq kislorod esa issiqlikdan izolatsiya qilingan sister- nalarga nasos yordamida quyiladi va sisternalarda tashiladi. Kislorod payvandlash joyiga ko‘k rangli ballonlarda 15 MPa bosim ostida gazsimon holda yetkazib beriladi.
GOST 5583-78 bo‘yicha uch xil navli texnik kislorod ishlab chiqiladi. Tozaligi 99,7% dan kam bo‘lmagan yuqori navli kislorod, tozaligi 99,5% dan kam bo‘lmagan birinchi navli kislorod va tozaligi kamida 99,2% bo‘lgan ikkinchi navli kislorod (hajmi bo‘yicha qolgan 0,3—0,8% ni azot va argon tashkil etadi). Kislorodning tozaligi qancha kam bo‘lsa, metallarga gaz alangasida ishlov berish, ayniqsa kesish shunchalik qiyin bo‘ladi.
Kislorodni elektroliz yo‘li bilan olish uchun elektrolizer idishiga quyilgan suv orqali o‘zgarmas tok o‘tkaziladi. Natijada manfiy elektrod — katodda gazsimon vodorod, anodda esa kislorod ajraladi. Bunda 1 m3 kislorodga 10 — 20 kV.A/soat elektr energiyasi sarflanadi, holbuki 1 m3 kislorodni havodan chuqur sovitish yo‘li bilan olish uchun 0,5 — 1,6 kV.A/soat sarflanadi. Shuning uchun agar elektroliz qilishda bir vaqtning o‘zida ajralib chiqadigan vodoroddan gaz alangasida payvandlashda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yonuvchi gaz sifatida foydalanilsa, suvni elektroliz qilish foydaliroqdir. Katta miqdordagi suv elektroliz qilinganda vodorod yashil rangli ballonlarga 15 MPa bosim ostida nasos bilan haydaladi. Gazlarga bo‘lgan ehtiyoj uncha katta bo‘l- maganida suvni bevosita payvandlash joyida elektroliz qilish foy- daliroq. Natijada kislorod va vodorod elektrolizerdan alohida- alohida shlanglar bilan payvandlash kallagiga keladi, u yerda aralashadi va gorelka soplosidan chiqishda alanga hosil qiladi. Bunda yonish mahsuloti suv bug‘idan iborat bo‘lib, bunday alanga ekologik toza bo‘ladi.
52

      1. Download 4,76 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish