Respublihasi


Gaz alangaxida ixhlov berixh uchun flyuxlar



Download 4,76 Mb.
bet13/63
Sana06.06.2022
Hajmi4,76 Mb.
#641130
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
Bog'liq
UhSjTECHMPdkbEel414

Gaz alangaxida ixhlov berixh uchun flyuxlar


Gaz bilan payvandlashda flyuslar payvandlanadigan metall sirtidagi oksidlarni yemirish, uni oksidlanishdan saqlash va payvandlash vannasining metalidan payvand chok sifatiga salbiy ta'sir etuvchi oksidlarni va boshqa kimyoviy elementlarni chiqarib tashlash uchun ishlatiladi. Flyuslar kukun yoki pasta ko‘rinishida qo‘llanadi, ularni payvandlash jarayonida payvandlanayotgan qirralarga surkaladi yoki oldindan surkab qo‘yiladi.
Flyuslarga bir qancha texnologik va metallurgik talablar qo‘yiladi. Flyus asosiy va qo‘shimcha materialga qaraganda oson eriydigan bo‘lishi kerak. Eriyotgan flyus metallning qizdirilgan sirtida yaxshi oqishi, suyuq holida oquvchanligi yuqori bo‘lishi zarur. U payvandlash jarayonida zaharli gazlar ajratmasligi va payvand birikmaning korroziyalanishiga ko‘mak bermasligi kerak. Flyus yuqori reaksiyaga kirish qobiliyatiga ega bo‘lishi, oksidlarni faol oksidsizlantirishi, ularni oson eriydigan birikmalarga aylantirishi kerak yoki ularni shunday eritishi kerakki, oksidlarni metalldan ketkazish jarayoni payvandlash vannasi qotguniga qadar tugaydigan bo‘lsin. Payvandlash vaqtida hosil bo‘ladigan shlak metallni atrof atmosferasi gazlari bilan o‘zaro ta'sirlashib oksidlanishidan yaxshi himoya qilishi, shuningdek, metall qotganidan keyin undan oson ajralishi kerak. Shlak payvandlash vannasi sirtida suzib yurishi, chok metalida qolib ketmasligi uchun flyusning zichligi asosiy va qo‘shimcha metallning zichligidan kam bo‘lishi zarur.
Flyusning xossalari gaz alangasining yuqori harorati ta'sirida o‘zgarmasligi, flyus arzon bo‘lishi va kamyob bo‘lmasligi kerak.
Kam uglerodli po‘latlarni payvandlashda flyuslardan foy- dalanilmaydi, chunki bu holda oson suyuqlanadigan temir ok- sidlari va boshqalar chok yuzasiga bemalol chiqa oladi. Flyuslar yordamida rangli metallar, cho‘yanlar va ba'zi ko‘p legirlangan po‘latlar payvandlanadi.
Mis va uning qotishmalarini payvandlash uchun flyuslar. Mis qotishmalarini payvandlashda ishlatiladigan flyuslar odatda bor birikmalaridan tashkil topgan — bura (tanakor) Na2B4O7·10H2O va bor kislotasi H3BO3 yoki ularning aralashmasi.
Burani ishlatishdan oldin uni quritish kerak, agarda quritil- masa qizdirish paytida bo‘rtib ketadi, kristallashgan suvni ajratib chiqaradi va payvandlash zonasida suv bug‘lari sonini oshiradi.
48
Bura bilan mis oksidining o‘zaro ta'siri quyidagicha bo‘ladi. Bura qizishi natijasida metabor kislota NaBO2 tuziga va borli angidrid B2O3 ga ajraladi:
Na2B4O7= 2NaBO2+B2O3
Ular esa mis oksidi bilan o‘zaro ta'sirlashadi: 2NaBO2 + B2O3 + CuO = (NaBO2)2· Cu(BO2)2
Bura bilan rux oksidi ham shu kabi o‘zaro ta'sirlashadi:
2NaBO2 + B2O3 + ZnO = (NaBO2)2· Zn(BO2)2
Buraning toza kimyoviy ta'sirlanishidan tashqari, mis va rux oksidini borli angidrid hamda bor kislota tuzlari Cu · B2O3 va Zn · B2O3 bilan bog‘lash mumkin. Bor kislotasini flyus sifatida ishlatishda shuni nazarda tutish kerakki, u 550 — 600˚C haro-
ratgacha qiziganda butunlay suvdan ajralib borli angidridga
aylanadi:
2H3BO3=B2O3+3H2O
Borli angidrid payvandlash paytida hosil bo‘ladigan mis yoki rux oksidi bilan birikib, xuddi burani flyus sifatida ishlatgan kabi
CuO · B2O3 yoki ZnO · B2O3 tuzlarni tashkil etadi.
Gho‘yanni payvandlash uchun flyuslar. Cho‘yanni payvand-
lashda, payvandlash vannasida hosil bo‘ladigan qiyin eriydigan
kremniy oksidi SiO2 (Ter = 1710˚C) ni eritish uchun flyus tarkibiga asosli xususiyatga ega komponentlar qo‘shiladi. Bunday
komponentlarga odatda Na2CO3 yoki K2CO3 lar kiradi.
Kremniy oksidi bilan Na2CO3ning o‘zaro ta'siri ushbu reaksiya bo‘yicha kechadi:
2Na2CO3 + SiO2= Na4SiO4 + 2CO2
Xuddi shu reaksiya kabi K2CO3 bilan kremniy oksidi ta'sirlashadi:
2K2CO3 + SiO2= K4SiO4 + 2CO2
Ikkala holda ham bog‘langan kremniy oksidi shlak kabi payvandlash vannasi yuzasiga sizib chiqadi.
SiO2 ni eritish uchun NaHCO3 va NaNO3 ni ham ishlatish mumkin:
49

yoki
4NaHCO3 + SiO2 = Na4SiO4 + 2H2O+4CO


2NaNO3 + SiO2 = Na2O · SiO2 + N2O5



Lekin shuni ham nazarda tutish kerakki, kulrang cho‘yanni payvandlashda ko‘pgina hollarda flyus tarkibiga 25—50% qo‘shiladigan yuqorida keltirilgan komponentlardan tashqari, bura
Na2B4O7 ham qo‘shiladi. Ba'zi hollarda flyus faqatgina burani tashkil etadi, boshqa hech qanday qo‘shimchalarsiz bo‘ladi. Bu holni shunday ta'riflash mumkinki, cho‘yanda kremniy miqdori ko‘p bo‘lishi bilan birga, uglerod miqdori ham yuqori foizlarda mavjud bo‘ladi. Ya'ni payvandlash vannasi havodagi kisloroddan himoyalanishni talab etadi. Bura gorelka alangasi ta'sirida erib, metall yuzasi bo‘yicha yaxshi oqadi va qatlam hosil qilib payvandlash vannasini havo ta'siridan himoya qiladi.
Bura parchalanishi natijasida shu paytning o‘zida hosil bo‘lgan borli angidrid temir va marganes oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi va hosil bo‘lgan tuzlar payvandlash vannasi yuzasiga sizib chiqadi:
FeO+B2O5=FeO · B2O5; MnO+B2O5= MnO · B2O5
Aluminiy va uning qotishmalarini payvandlash uchun flyuslar.
Qiyin eriydigan aluminiy oksidi Al2O3 (Ter= 2030˚C) mus- tahkam kimyoviy birikmani tashkil etadi. Aluminiyni payvandlash uchun flyuslar yuqori kimyoviy faollikka ega bo‘lishlari kerak. Aluminiy oksidining yuqori eritish ta'siriga ega bo‘lgan bu modda
litiy ishqorli metalining galoid birikmasidir. Shuning uchun aluminiyni payvandlash uchun ishlatiladigan ko‘pgina flyuslar tarkibida xlorli yoki ftorli litiy mavjud bo‘ladi. Aluminiyni payvandlash uchun flyuslarda litiy tuzlaridan tashqari, kaliy, natriy va kalsiylarning xlorli yoki ftorli tuzlari mavjud. Flyusning eng faol komponentlari, bu — litiy tuzlari va asosan xlorli litiy. Alu- miniy oksidi bilan xlorli litiyning reaksiyasi quyidagicha kechadi:
6LiCl +Al2O3 = 2A1Cl3 + 3Li2O
Natijada hosil bo‘lgan xlorli aluminiy bug‘lanadi, chunki uning qaynash harorati 183˚C, litiy oksidi esa vanna yuzasiga shlak holatida sizib chiqadi.
50

Aluminiyni payvandlash uchun xlorli litiy tarkibli flyuslar yuqori gigroskopik xususiyati bilan ajralib turadi, shuning uchun ularni germetik yopiladigan bankalarda saqlash lozim. O‘zining tarkibida xlorli litiy mavjud flyuslar, payvandlashdan so‘ng chok metali yuzasida yoki chok atrofida qolgan flyuslar, metall yuzasida doim mavjud bo‘lgan aluminiy oksidi bilan reaksiyaga kirishishda davom etib, o‘ziga xos metall korroziyasini vujudga keltirishi mumkin. Shuning uchun xlorli litiy mavjud flyuslarni ishlatganda payvand birikma yuzasini yaxshilab flyus qoldiqlaridan simli cho‘tka bilan tozalanib, chok atrofi hududi 2%li azot kislotali (HNO3) eritma bilan yuviladi, so‘ng suv bilan yuvilib quritiladi.



      1. Download 4,76 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish