(O’M1*O’B1)-(O’M0*O’B0)= O’M, O’B
o’g’it xarajatining o’zgarishiga omillarning ta’siri quyidagicha aniqlanadi:
Sarflangan o’g’it miqdori o’zgarishining ta’siri:
(O’M1*O’B0)-(O’M0*O’B0)= O’M
Sarf bo’lgan o’g’it bahosining ta’siri:
(O’M1*O’B1)-(O’M1*O’B0)= O’B
Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi o’g’it xarajati summasining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Shundan keyin ular ta’siriga baho beriladi va xulosa qilinadi.
Urug’ xarajati dinamikasi tahlilini. 1 s. tannarx tarkibidagi «Urug’ xarajati» summasining umumiy o’zgarishi:
Bunda, UM1, UM0 – mos holda hisobot va bazis yillarida 1 s. paxta uchun sarf bo’lgan urug’ miqdori;
UB1, UB0 – mos holda hisobot va bazis yillarida 1 s. paxta uchun sarf bo’lgan urug’ning narxi (bahosi).
(UM1UB1) – hisobot yilida 1 s. paxta uchun sarf bo’lgan urug’
xarajati;
(UM0UB0) – bazis yilida 1 s. paxta uchun sarf bo’lgan urug’ xarajati.
Urug’ xarajati summasining o’zgarishiga omillarning ta’siri quyidagicha aniqlanadi:
1-omil, ya’ni sarf bo’lgan urug’ miqdori o’zgarishining ta’siri:
2-omil, ya’ni urug’ning o’rtacha narxi o’zgarishining ta’siri:
Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi urug’ xarajati summasining o’zgarishiga teng kelishi kerak:
Yoqilg’i-moylash materiallari xarajati dinamikasining tahlili.
1 s. tannarx tarkibidagi «Yoqilg’i-moylash materiallari» moddasi xarajatining umumiy o’zgarishi:
Xarajat o’zgarishiga omillarning ta’siri:
yoqilg’i-moylash materiallari miqdori o’zgarishining ta’siri:
yoqilg’i-moylash materiallari bahosining ta’siri:
Ikki omil ta’sirlarining yig’indisi «yoqilg’i-moylash materiallari» moddasi summasining o’zgarishiga teng kelishi kerak:
Bu yerda, YoMM1, YoMM0 – mos holda hisobot va bazis yillarida 1 s. paxta uchun sarf bo’lgan yoqilg’i-moylash materiallari miqdori;
YoMB1, YoMB0 – mos holda hisobot va bazis yillarida 1 s. paxta uchun sarf bo’lgan yoqilg’i-moylash materiallarining o’rtacha narxi.
Endi, 1 s. paxta uchun sarf bo’lgan moddiy xarajatlar hajmining omilli tahlilini yuqorida bayon qilingan «Zanjirli bog’lanish» usuli qoidalari asosida ko’rib chiqamiz. Buni 4-jadvaldan ko’rish mumkin.
4-jadval
1 s. paxta tannarxi tarkibidagi moddiy xarajat moddalari
bo’yicha dinamikasining tahlili.
Ko’rsatkichlar
|
Bazis yili
|
Hisobot yilida sarf bo’lgan materiallar miqdori va bazis yildagi narxi bo’yicha
|
Hisobot yili
|
o’zga-rishi (+,-)
|
Shu jumladan o’zgarishi
|
Sarf bo’lgan materiallar miqdori hisobiga
|
Materi
allar narxi hisobiga
|
o’g’it sarfi bo’yicha:
1 s. paxtaga sarf bo’lgan o’g’it, kg
|
20,5
|
10,0
|
10,0
|
- 10,5
|
X
|
X
|
Sarflangan 1 kg o’g’itning narxi, so’m
|
81,41
|
81,41
|
149,7
|
+ 68,29
|
X
|
X
|
1 s. paxtaga sarf bo’lgan o’g’it xarajati, so’m
|
1669
|
814,1
|
1497
|
- 172
|
- 854,9
|
+682,9
|
Urug’ sarfi bo’yicha:
1 s. paxtaga sarf bo’lgan urug’, kg
|
2,0
|
2,5
|
2,5
|
+ 0,5
|
X
|
X
|
Sarflangan 1 kg urug’ning narxi, so’m
|
225
|
225
|
346,7
|
+121,7
|
X
|
X
|
1 s. paxtaga sarf bo’lgan urug’ xarajati, so’m
|
450
|
562,5
|
867
|
+417
|
+ 112,5
|
+ 304,5
|
Yoqilg’i-moylash materiallari bo’yicha:
1 s. paxtaga sarf bo’lgan YoMM, kg
|
3,2
|
3,5
|
3,5
|
+ 0,3
|
X
|
X
|
Sarf bo’lgan yoqilg’i-moylash materialla-rining narxi, so’m
|
339,1
|
339,0
|
384
|
+ 44,9
|
X
|
X
|
1 s. paxtaga sarf bo’lgan xarajatlar summasi, so’m
|
1085
|
1187
|
1344
|
+ 259
|
+ 102
|
+ 157
|
Paxta ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan materiallarni sotib olish narxlarining keskin oshib ketishi natijasida xarajatlar hajmi ham oshgan, natijada tannarx qimmatlashgan. Tannarxning oshishiga ushbu omil bilan bir qatorda sarf bo’lgan materiallar miqdorining oshib ketishi ham sababchi bo’lgan.
Sarf bo’lgan 1 kg o’g’it narxi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 1,8 martaga, urug’ bo’yicha 1,5 martaga, YoMM bo’yicha 1,2 martaga oshgan. Sarf bo’lgan materiallar miqdori ham urug’ bo’yicha 25 % ga, YoMM bo’yicha 9,4 % ga oshgan, faqat o’g’it bo’yicha 49 % ga kamaygan.
Shu omillar hisobiga 1 s. paxta tannarxi qimmatlashgan. Ushbu o’zgarishga ikki omilning ham ta’siri 29 jadvalda keltirilgan.
4-jadvaldan ko’rinib turibdiki, 1 s. paxtaga sarf bo’lgan urug’ xarajatining o’zgarishiga ikki omil ham salbiy ta’sir qilgan.
1 s. paxta uchun sarf bo’lgan urug’ miqdori 0,5 kg ga oshgan, natijada tannarx qimmatlashgan, ya’ni shu omil hisobiga urug’ xarajati oshib, 1 s. Paxta tannarxi 112,5 so’mga qimmatlashgan. Urug’ni sotib olish narxi 121,7 so’mga oshgan, natijada urug’ xarajati shu omil hisobiga 304,5 so’mga oshgan, bu esa o’z navbatida paxta tannarxini shu summaga oshishiga olib kelgan.
1 s. paxtaga sarf bo’lgan yoqilg’i-moylash materiallari xarajatining oshib ketishiga ikki omil ham sababchi bo’lgan. Sarf bo’lgan miqdorining oshishi hisobiga tannarx 102 so’mga, bahosining oshishi hisobiga 157 so’mga qimmatlashgan
Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lumki, xo’jalikda paxta tannarxini pasaytirish imkoniyatlari mavjud, ammo ulardan yetarli darajada foydalanmagan.
Chorva mollari tannarxi tarkibidagi har bir xarajat moddasining omilli tahlili ham 1 s. paxta tannarxini moddalari bo’yicha mahlil qilish usulidan farq qilmaydi, shuning uchun o’sha usul qoidalariga amal qilib, tahlil qilish mumkin. Faqat «yem-xashak sarfi» moddasi bo’yicha farq qiladi. Shuning uchun «Yem-xashak sarfi»ni omilli tahlili usulini ko’rib chiqamiz. Ushbu modda bo’yicha xarajatning o’zgarishi ham ikki omil hisobiga sodir bo’ladi:
1) Sarf bo’lgan yem-xashakning ozuqa birligidagi miqdorining o’zgarishi;
2) 1 s. ozuqa tannarxining o’zgarishi.
Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli yordamida aniqlash zarur. Buning tahlilini quyidagi formulalardan foydalanib, amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:
1. OM0 ∙ OB0
2. OM1 ∙ OB0
3. OM1 ∙ OB1
OM0, OM1 – 1 bosh mol uchun bazis va hisobot yillarida sarf bo’lgan ozuqa miqdori mos holda;
OB0, OB1 – 1 s. ozuqaning bazis va hisobot yillaridagi tannarxi mos holda.
Ozuqa xarajatining umumiy o’zgarishi:
(OM1 ∙ OB1) – (OM0 ∙ OB0) = ±ΔOM,OB
Ozuqa xarajatining o’zgarishiga omillarning ta’siri:
sarflangan ozuqa miqdori o’zgarishining ta’siri:
(OM1 ∙ OB0) – (OM0 ∙ OB0) = ±ΔOM
1 s. ozuqa tannarxi o’zgarishining ta’siri:
(OM1 ∙ OB1) – (OM1 ∙ OB0) = ±ΔOB
Ushbu omillar ta’sirlarining yig’indisi ozuqa sarfining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Natija bilan omillar ta’sirining tengligi ma’lum bo’lgandan keyin omillar ta’siriga baho berilib, xarajatni kamaytirish imkoniyatlari ko’rsatilib, xulosa qilinishi kerak.
Takrorlash uchun savollar.
Tannarx tahlilining ahamiyati nimadan iborat.
Tahlilning maqsadi nimadan iborat?
Tannarx deb nimaga aytiladi?
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishiga necha omil ta’sir qiladi? Ularning nomini ayting.
1 s. paxta tannarxi dinamikasi bo’yicha o’zgarishi qanday aniqlanadi va qaysi omil ta’sir qiladi?
1 s. paxta tannarxining o’zgarishiga paxta hosildorligi darajasi o’zgarishining ta’siri qanday aniqlanadi?
Mahsulot tannarxini tahlil qilishda qaysi usullar qo’llaniladi?
1 s. sut tannarxi qanday aniqlanadi va u qaysi omillar ta’siri ostida o’zgaradi?
1 s. sut tannarxining o’zgarishiga 1 bosh sigirga qilingan xarajat darajasining o’zgarishi qanday aniqlanadi?
Tannarx tarkibidagi mehnat haqi moddasi bo’yicha xarajat summasining o’zgarishiga necha omil ta’sir qiladi?
O’g’it sarfi moddasi bo’yicha xarajatlar hajmining o’zgarishiga sarf bo’lgan o’g’it miqdori o’zgarishining ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlash tartibini tushuntiring.
1 s. paxtaga sarf bo’lgan urug’ xarajatining o’zgarishiga sarf bo’lgan urug’ narxi bo’yicha o’zgarishining ta’sirini aniqlang va mazmunini tushuntiring.
МАВЗУ: БУХГАЛТЕРИЯ БАЛАНСИ ТАҲЛИЛИ
1.Молиявий холатни ўрганишнинг аҳамияти, таҳлилнинг мақсади, вазифалари ва ахборот манбалари.
2. Бухгалтерия баланси асосида хўжалик маблағлари ва манбалари таркиби ва таркибий тузилишининг таҳлили.
.
Adabiyotlar
1. Abdukarimov I.T., Pardayev M.K. va boshkalar. «Korxonaning iqtisodiy saloxiyati tahlili» 4-chiqarilishi T.; Iqtisodiy va xukuk dunyosi, 2003 yil.
2. Axmadjanov I., Raximov M. Moliyaviy tahlili.–Ò.:«Iqtisod», 2003.
3. Vahobov A.V. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlil. Dfrslik. T.: 2005.
4. Qudratov T.,Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. Samarkand-2010yil.
5. Qudratov T. va bosh., Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati.. Darslik. T.:”Voris” nashriyoti,2012 yil
6. Raximov M.Yu. Moliyaviy tahlil. Uquv qo’llanma.-T.: TMI.2004.
7. Saviskaya G.V. Analiz xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatiya» uchebnik 2-ye izdaniye – M.: INFRA 2003
8. Campbell R.Mcconnel, Stenley L.Brue. ECONOMICS: principles, problems, and polices. Tallin, 1993
Internet saytlari
www//lex.uz
www//ziyonet.uz
www//mf.uz
www//soliq.uz
Таянч иборалар: Молиявий натижалар. Фойда. Зарар. Ялпи фойда. Асосий фаолият фойдаси. Умумхўжалик фаолияти фойдаси. Соф фойда. Рентабеллик. Маҳсулотларни сотиш рентабеллиги. Асосий воситалар рентабеллиги. Активлар рентабеллиги. Перманент капитал рентабеллиги. Ялпи фойдага таъсир қилувчи омиллар. Рентабеликка таъсир қилувчи омиллар.
1. Молиявий холатни ўрганишнинг аҳамияти, таҳлилнинг мақсади, вазифалари ва ахборот манбалари.
Республикамизда иқтисодиётнинг бозор муносабатлари асосида ташкил топиши корхоналар фаолияти таҳлилининг аҳамиятини янада оширади, чунки у ушбу шароитда фаолиятга жорий этилмаган ишлаб чиқариш ва молиявий ресурсларни ўз вақтида аниқлаш ҳамда улардан самарали фойдаланиш учун мавжуд имкониятларни аниқлашда муҳим рол ўйнайди. Фойдаланилмаган ресурсларни аниқлаб, улардан самарали фойдаланиш корхоналар иқтисодиётини, қолаверса миллий иқтисодиётни мустаҳкамлашда асосий омил бўлиб хизмат қилади. Шунинг учун ҳар бир талаба ишлаб чиқариш фаолиятининг таҳлили билан бир қаторда молиявий фаолиятнинг таҳлилини ҳам амалга ошириш йўлларини чуқур ўзлаштириб олиши зарур, чунки улар келажакда қишлоқ хўжалик корхоналари ва ташкилотлари ҳамда мамлакат иқтисодиёти равнақи йўлида мутахассис бўлиб хизмат қиладилар.
Юқорида келтирилган бобларда ишлаб чиқариш фаолиятининг таҳлили кўриб чиқилди, энди молиявий фаолиятнинг таҳлили қуйида келтирилган бобларда баён қилинади.
Do'stlaringiz bilan baham: |