Reja: Tahlilning ahamiyati, maqsadi va vazifalari



Download 435,87 Kb.
bet2/16
Sana22.07.2022
Hajmi435,87 Kb.
#836688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Маърузалар тўплами 2021

Tahlil quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Birinchi navbatda 1 s. mahsulot tannarxining umumiy o’zgarishi aniqlanadi. Buning uchun hisobot yilidagi 1 s. mahsulot tannarxidan bazis yilidagi (yoki rejadagi) 1 s. mahsulot tannarxi chegirib tashlanadi

Ushbu o’zgarishga omillarning ta’siri quyidagicha aniqlanadi.
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishiga ekstensiv omilning, ya’ni 1 ga ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan xarajat summasi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun 1 s. mahsulotning shartli tannarxidan uning bazis davridagi (yoki rejadagi) tannarxini chegirib tashlash kerak:

1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishiga intensiv omilning, ya’ni hosildorlik darajasi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun 1 s. mahsulotning hisobot yilidagi tannarxidan shartli tannarxini chegirib tashlash kerak:

Ushbu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi 1 s. mahsulot tannarxining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Shundan keyin omillar ta’siriga baho berilib, xulosa qilinadi.
Endi, yuqorida keltirilgan «Zanjirli bog’lanish» usuli qoidalariga asoslanib, mahsulot tannarxining omilli tahlilini paxta tannarxi misolida ko’rib chiqamiz (1-jadvalda).
1-jadval
1 s. paxta tannarxining omilli tahlili.

T.r

Ko’rsatkichlar



Bazis yili

Hisobot yilidagi 1 ga xarajati va bazis yilidagi hosildorlik bo’yicha

Hiso-bot yili



o’zga-rishi


(+,-)

Sh.j.o’zgarishi

1 gektar xarajati
hiso-biga

Hosil-dorlik
hiso-biga

1.

1 gektar ekin maydoni hisobiga qilingan xarajat, ming so’m

375,5


406,7


406,7


+ 31,2


x


X


2.

1 ga ekin maydonidan olingan hosil (hosildorlik), s/ga

22,5


22,5


23,9


+ 1,4


x


X


3.

1 s. paxta tannarxi, so’m

16687


18075


17015


+ 328


+ 1388


-1060


1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, 1 s. paxta tannarxi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 328 so’mga qimmatlashgan.



Bu o’zgarish bir omilning ijobiy, ikkinchi omilning salbiy ta’siri ostida yuzaga kelgan.
1 gektar paxta maydoni hisobiga qilingan xarajat summasi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 31,2 ming so’mga oshgan, natijada shu omil hisobiga 1 s. paxta tannarxi 1388 so’mga qimmatlashgan:



1 gektar paxta maydonidan olingan hosil (ya’ni hosildorlik) hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 1,4 s.ga oshgan, natijada shu omil hisobiga 1 s. paxta tannarxi 1060 so’mga arzonlashgan:

Ushbu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, tannarxni pasaytirishning asosiy imkoniyatlari bo’lib, 1 gektarga qilinadigan xarajatlar hajmini keskin kamaytirish va hosildorlikni yanada oshirish hisoblanadi. Paxta tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini ko’rsatish uchun uning tarkibini xarajat moddalari bo’yicha ham o’rganish kerak. Buni 8.3 paragrafdan ko’rish mumkin.
Chorvachilik mahsulotlarining tannarxini tahlil qilish tartibi (usuli) o’simlikchilik mahsulotlari tannarxining tahlili tartibidan farq qilmaydi, faqat ko’rsatkichlar nomi o’zgaradi, xolos.
1 gektar maydon xarajati o’rniga 1 bosh chorva moli xarajati, hosildorlik o’rniga esa mahsuldorlik ko’rsatkichi olinib, tahlil qilinadi. Shuning uchun o’zingiz quyida keltirilgan formulalardan (zanjirli bog’lanish ko’rsatkichlaridan) foydalanib, 1 s. sutning tannarxini tahlilini bajaring.
1. IX0: P0 – bazis davridagi 1 s sutning tannarxi
2. IX1: P0 – 1 s sutning shartli tannarxi
3. IX1: P1 – hisobot davridagi 1 s. sutning tannarxi
Bunda, IX0, IX1 – bazis va hisobot davrida 1 bosh sigirga sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajati summasi;
P0, P1 – bazis va hisobot davrida 1 bosh sigir hisobiga olingan mahsulot miqdori (sut mahsuldorlik darajasi).
1 s. sut tannarxining umumiy o’zgarishi:
(IX1: P1) - (IX0: P0)= ±ΔIX,P
Tannarx o’zgarishiga 1 bosh sigirga bo’lgan xarajat summasi o’zgarishining ta’siri:
(IX1: P0) - ( IX0: P0)= ±ΔIX
Tannarx o’zgarishiga sut mahsuldorligi o’zgarishining ta’siri:
(IX1: P1) - ( IX1: P0)= ±ΔP
Omillar ta’sirlarining yig’indisi 1 s. sut tannarxining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Shundan keyin omillar ta’siriga baho berilib, tannarxni pasaytirish imkoniyatlari ko’rsatilgan holda xulosa qilinadi.

3. Tannarxni xarajat moddalari bo’yicha omilli tahlili.


1 s. mahsulot tannarxini tahlili bilan bir qatorda uning tarkibini xarajat moddalari bo’yicha ham tahlil etish zarur, chunki tannarx tarkibidagi har bir modda bo’yicha o’zgarishini omilli tahlil qilish orqali uni arzonlashtirish imkoniyatlarini ko’rsatish mumkin. Tannarx tarkibidagi har bir moddada o’z aksini topgan xarajatlar hajmining o’zgarishi ham ekstensiv, ham intensiv omillar hisobiga sodir bo’ladi. Bu omillarni miqdor va sifat (qiymat) omillari deb ham atash mumkin. Shu ikki omil ko’paytmasining yig’indisi har bir moddadagi xarajatlar hajmi (summasi)ga teng bo’ladi, demak, omillar ta’sirining yig’indisi ham har bir moddadagi xarajatlar hajmining umumiy o’zgarishiga teng bo’lishi shart. Masalan, mehnat haqi moddasini olaylik. Bu moddagi mehnat haqini ifodalovchi xarajatlar summasi mahsulot yetishtirish uchun sarf bo’lgan kishi soatlar miqdori (KS) bilan 1 kishi- soatga hisoblangan ish haqi summasi (1KH)ning ko’paytmasiga teng bo’ladi:
MHX = KS . 1KH.
Shundan birinchisi, miqdor omili, ikkinchi sifat omili (yoki qiymat omili)dir. Shu omillar ta’sirlarining yig’indisi «Mehnat haqi» moddasidagi xarajatlar hajmining o’zgarishiga teng bo’ladi. Bu omillar ta’sirining tahlili kiyinroq shu paragrafda keltiriladi.
Endi, xarajat moddalari bo’yicha tannarxning qiyoslama tahliliga tuxtalamiz. Buni 2-jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rish mumkin.
2-jadval
1 s. paxta tannarxining xarajat moddalari bo’yicha tahlili.

T


Xarajat moddalari



Bazis yili

Hisobot yili

o’zgarishi (+,-)

Summasi, so’m

Salmog’i, %

Summasi, so’m

Salmog’i, %

Summasi bo’yicha

Salmog’i bo’yicha




Mehnat haqi ajratmalar bilan

6675


40,0


5840


34,3


- 835


- 5,7


2.

O’g’itlar

1669

10,0

1497

8,8

- 172

- 1,2

3.

Urug’lik

450

2,7

867

5,1

+ 417

+ 2,4

4.

Amortizasiya

500

3,0

600

3,5

+ 100

+ 0,5

5.

Ish xizmatlar

3340

20,0

4045

23,6

+ 675

+ 3,6

6.

Yoqilg’i-moylash materiallari

1085


6,5


1344


7,9


+ 259


+ 1,4


7.

Sug’urta

67

0,4

68

0,4

+ 1,0

-

8.

Umumishlab chiqarish xarajatlari

176


1,0


153


0,9


- 17


- 0,1


9.

Boshqa to’g’ri xarajatlar

2731


16,4


2631


15,5


+ 100


- 0,9





1 s. paxta tannarxi (jami)

16687


100,0


17015


100,0


+ 328


-


2-jadvaldan ko’rinib turibdiki, 1 s. paxta tannarxi 328 so’mga qimmatlashgan. Bu asosan 5 ta moddadagi xarajatlar hajmining oshishi hisobiga sodir bo’lgan (urug’lik, amortizasiya, ish-xizmatlar, yoqilg’i-moylash materiallari, sug’urta). Tannarx tarkibida asosiy ulushni mehnat haqi, ish xizmatlar, boshqa to’g’ri xarajatlar va yoqilg’i-moylash materiallari xarajatlari tashkil qiladi. Shuning uchun ham ushbu xarajatlarni oshib ketish sabablarini bilish uchun omilli tahlil qilish, mavjud imkoniyatlarni aniqlashda katta rol o’ynaydi.


Ushbu xarajatlarning moddalari bo’yicha sodir bo’lgan o’zgarishining sababi «Zanjirli bog’lanish» usulidan foydalanib aniqlanadi. Bu omilli tahlilni mehnat haqi xarajatining o’zgarishi misolida ko’rib chiqamiz. Omillarning ta’sirini aniqlashdan oldin quyidagi bog’lanish ko’rsatkichlarini hisoblab olish kerak:
1. Bazis yilidagi mehnat haqi xarajati ko’rsatkichi:
MH0 = KS0  1KH0

2. Shartli mehnat haqi xarajati ko’rsatkichi:


MHSh = KS1  1KH0

3. Hisobot yilidagi mehnat haqi xarajati ko’rsatkichi:


MH1 = KS1  1KH1

Shu ko’rsatkichlar asosida tahlil amalga oshiriladi.


Hisobot yilidagi mehnat haqi xarajatidan bazis yilidagi mehnat haqi xarajatini chegirish orqali, uning umumiy o’zgarishi aniqlanadi:

Shartli mehnat haqi xarajatidan bazis yilidagi mehnat haqi xarajatini chegirib tashlash orqali uning o’zgarishiga birinchi omilning ya’ni sarflangan kishi-soat (KS) miqdori o’zgarishining ta’siri aniqlanadi:

Hisobot yilidagi mehnat haqi xarajatidan shartli mehnat haqi xarajatini chegirib tashlash orqali, uning o’zgarishiga ikkinchi omilning, ya’ni 1 kishi-soatga hisoblangan mehnat haqi darajasi (1KH) o’zgarishining ta’siri aniqlanadi:

Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi «Mehnat haqi xarajati»ning umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak.
Endi mehnat haqi xarajati o’zgarishining omilli tahlilini xo’jalik misolida ko’rib chiqamiz.
3-jadval
1 s. paxta tannarxi tarkibidagi mehnat haqi moddasi xarajati dinamikasining omilli tahlili.

T.
r

Ko’rsatkichlar

Bazis yili

Hisobot yildagi kishi-soat va bazis yildagi 1 kishi-soatga hisoblangan ish haqi bo’yicha

Hiso-bot yili

o’zga-rishi (+,-)

Shu jumladan o’zgarishi

1 s.ga sarf bo’lgan kishi-soat hisobiga

1 kishi-soatga hisob-langan ish haqi hisobiga

1.

1 s. paxtaga sarf bo’lgan kishi-soat (KS)

28,8


31,6


31,6


+ 2,8


x


x


2.

1 kishi-soatga hisoblangan mehnat haqi, so’m (1KH)

231,8


231,8


185,0


- 46,8


x


x


3.

1 s. paxta tannarxi tarkibidagi mehnat haqi xarajati, so’m (MH)

6675


7325


5840


- 835


+ 650


- 1485


3-jadvaldan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarilgan 1 s. paxtaga sarf bo’lgan mehnat haqi xarajati hisobot yilida bazis yilidagi xarajatiga nisbatan 835 so’mga kamaygan. Ushbu o’zgarish bir omilning ijobiy, ikkinchi omilning salbiy ta’sirida paydo bo’lgan, ya’ni 1s. paxtaga sarf bo’lgan kish-soat miqdorining oshishi salbiy, 1 kishi-soat hisobiga hisoblangan ish haqi darajasining pasayishi ijobiy ta’sir qilgan.
1 s. paxtaga sarf bo’lgan mehnat sarfi bazis yilida 28,8 kishi soatni, hisobot yilida 31,6 kishi soatni tashkil qilgan, ya’ni o’sish 2,8 kishi-soatga tengdir. Sarf bo’lgan kishi-soat miqdorining oshishi tannarx tarkibidagi mehnat haqi moddasi bo’yicha xarajat hajmining 650 so’mga oshishiga sababchi bo’lgan.

1 kishi-soat hisobiga hisoblangan ish haqi xarajati hisobot yilida 185 so’mni, bazis yilida 231,8 so’mni tashkil qilgan, natijada hisobot yilidagi xarajat hajmi 46,8 so’mga kamaygan, bu esa 1 s. paxta tannarxi tarkibidagi mehnat haqi xarajatini 1485 so’mga kamayishiga sababchi bo’lgan:

Ushbu ma’lumotlar asosida tannarxni pasaytirish imkoniyatlari mavjudligini qayd qilish mumkin. Shunday imkoniyatlardan biri bo’lib, sarf bo’lgan vaqtni kamaytirish hisoblanadi.
Agar 1 s. paxtaga bo’lgan mehnat sarfi hisobot yilda bazis yildagi 28,8 kishi-soat hajmida saqlanib qolganda edi, hisobot yilda mehnat haqi uchun sarf bo’lgan xarajat 5840 so’m o’rniga 5323 so’m tashkil qilgan bo’lib, u 517 so’mga tejalgan bo’lar edi, natijada 1 s. tannarxi shu summaga kamaygan bo’lar edi.
28,8  185,0 = 5323 so’m
5840 – 5323 = - 517 so’m
Mehnat haqi xarajati bilan bir qatorda tannarx tarkibida, urug’, o’g’it va yoqilg’i moylash materiallari xarajati ham salmoqli o’rinni egallagan xarajatlardan hisoblanadi, ularning kamayishi tannarx kamayishiga ijobiy ta’sir qiladi. Ushbu xarajatlar tahlili ham mehnat haqi xarajatlarining tahlilidan farq qilmaydi. Ushbu xarajatlarning moddalari bo’yicha ham o’zgarishi ikki omil hisobiga sodir bo’ladi. Bular quyidagilardir:

  1. sarflangan resurslar miqdorining o’zgarishi hisobiga;

  2. o’rtacha sotish bahosi (yoki tannarxining) o’zgarishi hisobiga.

Ushbu xarajatlar o’zgarishiga omillarning ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlash yo’llarini quyida ko’rsatamiz.
1 s. paxta tannarxi tarkibidagi o’g’it xarajati dinamikasi tahlilini quyidagi formuladan foydalanib amalga oshiramiz:
O’X = O’M  O’B
bunda, O’M – 1 s. mahsulot uchun sarf bo’lgan o’g’it miqdori;
O’B – 1 s. o’g’itning o’rtacha bahosi;
O’X – 1 s. mahsulot uchun sarf bo’lgan o’g’itning jami xarajati.
1 s. mahsulot uchun sarf bo’lgan o’g’it xarajatining tahlili quyidagi formulalar orqali amalga oshiriladi:
o’g’it xarajatining umumiy o’zgarishi:

Download 435,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish