Reja: Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati


QIShLOQ XO’JALIGINING ASOSIY VA AYLANMA FONDLARI, ULARDAN SAMARALI FOYDALANISh



Download 172 Kb.
bet15/16
Sana28.04.2022
Hajmi172 Kb.
#586427
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5382151826470606671

QIShLOQ XO’JALIGINING ASOSIY VA AYLANMA FONDLARI, ULARDAN SAMARALI FOYDALANISh
Reja:
1. Asosiy va aylanma fondlar (vositalar) haqida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlashtirilishi.
2. Asosiy fondlari (vositalar) va ulardan foydalanish darajasini, samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularning aniqlanishi.
3. Aylanma fondlar (vositalar), ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularning aniqlanishi.

    1. Asosiy va aylanma fondlar (vositalar) haqida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlashtirilishi


Qishloq xo`jaligini barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun uning moddiy-tehnika bazasini mustahkam qilib barpo etish lozim. Chunki moddiy-tehnika resurslari yordamida barcha turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ularga qishloq xo`jaligida, haydaladigan yerlar, yaylovlar, pichanzorlar, bog`zor, uzumzorlar, traktorlar, mashinalar, binolar, inshoatlar, barcha turdagi chorva hayvonlari, qishloq xo`jalik tehnikalari, mineral hamda mahalliy o`g`itlar, yem-xashaklar, yoqilg`I va yonilg`I materiallari va boshqa vositalar kiradi. Ularni qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishda qatnashib, o`zlarining mazmun, mohiyatiga qarab asosiy va aylanma vositalarga ajratiladi. Asosiy vositalar deb qishloq xo`jaligida uzoq yillar davomida xizmat qilib o`z ko`rinishini o`zgartirmasdan, o`z qiymatini asta-sekinlik bilan (eskirishini) ishlab chiqarilyotgan mahsulotlarga, ish va hizmatlarga yilma-yil o`tkazib beradigan vositalarga aytiladi.
Aylanma vositalar deb tarmoq ishlab chiqarishidagi ish jarayonlarida bir marta qatnashib, o`zining shaklini to`liq o`zgartiradigan hamda o`z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotlarga, ish va hizmatlarga to`liq o`tkazadigan vositalarga aytiladi. Asosiy va aylanma vositalarning qiymat holidagi ko`rinishiga fondlar deyiladi. Ularni iqtisodiy mohiyati, shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko’ra, ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish fondlariga bo’linadi. Ularni ayrim hollarda ishlab chiqarish jarayonida bevosita va bilvosita qatnashadiganlarga ham bo’linadi. Masalan, yer, suv, o’g`it, urug`lik, em-xashak, yer haydaydigan, ishlov beradigan traktorlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda bevosita qatnashadi. Chunki ular mahsulot yetishtirish hajmiga, sifatiga bevosita ta'sir etadi. Xo’jaliklarning ma'muriy, madaniy va boshqa binolari, dala shiyponlari, omborxonalar, xizmat ko’rsatuvchi texnikalar, kompyutyerlar va boshqa vositalar ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga, ularning sifatiga bilvosita ta'sir etadi. Lekin ularning mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi umumiy ahamiyatini inkor etish maqsadga muvofiq emas.
Asosiy fondlari (vositalar) va ulardan foydalanish darajasini, samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularning aniqlanishi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish fondlari (vositalari)ning katta qismini asosiy fondlar tashkil etadi. Ularga qishloq xo’jaligida qatnashadigan barcha mehnat vositalari kiradi. Ular qishloq xo’jalik korxonalarining doimiy kapitalini tashkil etadi. Funksional vazifasiga qarab, asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo’linadi. (7.2.1-chizma).
Ishlab chiqarish vositalariga bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadigan fondlar (vositalar), noishlab chiqarish vositalariga esa, xo’jalikning klublari, madaniyat saroylari, maktablar, sog`likni saqlash idoralari, yasli, hammom, ombor va hokazolar kiradi. Ular mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishda katta rol o’ynaydi.
Asosiy fondlarning alohida turlari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida bir xilda ishtirok etishmaydi. Ulardan ba'zilari asosiy ishlab chiqarish bilan to’g`ridan-to’g`ri bog`langan va chorvachilik, o’simlikchilik mahsulotlarini ko’paytirishda asosiy omil hisoblanadi. Ularga traktorlar, kombaynlar, yuk mashinalari, qishloq xo’jaligi mashinalari, texnikalari va hokazolar kiradi. Boshqa asosiy fondlar qurilish, savdo va qishloq xo’jalik korxonalaridagi umumiy ovqatlanishga va boshqalarga yo’naltirilgan.
Aylanma fondlar (vositalar), ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularning aniqlanishi.
Qishloq xo’jaligi vosita va fondlarining muhim qismini aylanma fondlar tashkil etadi. Aylanma fondlar ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonining to’xtamay amalga oshishini ta'minlab turadi. Ularning natura holidagi ko’rinishi aylanma vositalar deyilsa, pul (qiymat) shaklidagi ko’rinishi aylanma fondlar, mablag`lar, deb ataladi.
Aylanma fondlarga (vositalarga) ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan, qatnashadigan mehnat vositalari va moddiy ne'matlarning ayrimlari kiradi. Aylanma vositalar, mablag`lar qishloq xo’jalik ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, bir shakldan ikkinchi shaklga aylanib turadi. Masalan, bug`doy urug`i ekilib, niholi unib chiqishi. So`ng u yana g`allaga aylanadi. Bu jarayon falsafa qonuniga ko’ra, inkorni-inkor etish, deb ataladi. Aylanma fondlar asosiy fondlardan farqli o’laroq, bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o’z moddiy qiymatini va shaklini to’liq o’zgartiradi. Misol: ekilgan urug` o’simlikka, mineral o’g`itlar esa oziqa moddalarga aylanadi, yonilg`idan foydalanish natijasida mashina-traktorlar ish bajaradi, chorva hayvonlariga yem berilsa, ulardan go`sht sut yyetishtiriladi va hokazolar.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy bo’lganligi uchun, aylanma fondlarning sarflanishi, tarkibi yil davomida o’zgarib turadi. Masalan, qishda aylanma fondlarning ko’p qismi urug` va ozuqada, yozda esa fondlarning aksariyat qismi neft mahsulotlari, mashina ehtiyot qismlari, tugallanmagan ishlab chiqarish bilan band bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarining aylanma vositalariga, fondlariga quyidagilar kiradi:

  • xomashyo materiallar;

  • o’g`itlar va boshqa kimyoviy vositalar;

  • yoqilg`i, yog`lovchi moddalar;

  • idish va idish materiallari;

  • urug` va urug`lik materiallari;

  • qurilish materiallari;

  • ehtiyot qismlari;

  • ozuqalar, em-xashaklar;

  • boquvdagi hayvonlar;

  • arzon baholi va tez eskiruvchi predmetlar;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari:

a) o’simchilikda;
b) chorvachilikda;
v) sanoat va yordamchi ishlab chiqarishda;

  • realizatsiyaga tayyor mahsulot;

  • xaridorlar bilan hisob-kitob qilishdagi mablag`lar;

  • material va xomashyolarni sotib olish uchun pul mablag`lari;

  • hisob raqamidagi, g`aznadagi mablag`lar va boshqalar.

  • Aylanma fondlarining aylanishi o’zida uch bosqichni mujassamlashtiradi: ta'minot, ishlab chiqarish va realizatsiya (sotish).

  • Aylanma fondlar (vositalar) qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda xo’jalik faoliyatining so`ngi natijalariga bir xil ta'sir etmaydi. Ta'sir etish darajasiga qarab aylanma fondlar:

  • -qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining hajmini ko`payishiga to’g`ridan-to’g`ri ta'sir qiluvchi;

  • -ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga bilvosita ta'sir qiluvchi fondlarga vosita va bo’linadi.

  • Birinchi guruhga urug`lik, ko’chatlar, ozuqa, o’g`itlar, ximikatlar, boquvdagi hayvonlar kabilar, ikkinchi guruhga yoqilg`i materiallari, mashina ehtiyot qismlari va boshqalar kiradi.

  • Aylanma fondlarning tarkibi korxonaning ixtisosiga qarab o’zgarib turadi. Masalan, don mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalarda aylanma fondlarning asosiy tarkibini yoqilg`i, urug`lik, ehtiyot qismlar, texnikalar band etgan bo’lsa, chorvachilik korxonalarida bu tarkibni asosan ozuqa, boquvdagi hayvonlar band etadi. Mavjud bo`lgan aylanma vositalardan (fondlardan) to`g`ri, ya'ni maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish zarur.

  • Aylanma fondlar (vositalar)dan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin:

  • Aylanma fondlarning aylanish koeffitsienti. Uni aniqlash uchun sotilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining, ko’rsatilgan xizmatlarning, bajarilgan ishlarning umumiy qiymatiga asosiy podaga o’tkazilgan yosh hayvonlarning qiymatini qo’shib, undan asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan mablag`ni ayirgandan so’ng qolgan qiymatni aylanma fondlarning yillik o’rtacha qoldiq summasiga taqsimlash lozim.


Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish