Inkorni inkor
qonuni
Inkorni inkor qonuni - dialektikannnt asosiy qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur
taraqqiyoti jarayonining yoʻnalishini, shaklini va natijasini ifodalaydi. Birinchi boʻlib Gegel
rivojlanish qonuni sifatida taʼriflab bergan. Inkor har qanday taraqqiyotda muqar-rar va
qonuniyatli ravishda sodir boʻladigan jarayon (moment)dir. Hech bir sohada oʻzining ilgarigi
mavjudlik shakllarini inkor qilmaydigan taraq-qiyot boʻlmaydi. Gegel fikricha, "ichki inkor"
taraqqiyotning harakatlanti-ruvchi kuchidir. Dialektik inkorning obʼyektiv
harakteri shundaki, u
har bir narsa va hodisaning oʻz ichida, ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqadi va har qanday
yemirilish va yoʻq boʻlish (inkor)ni ifodalamay, balki taraq-qiyot uchun zamin boʻlib xizmat
qiladigan inkorni ifodalaydi. Bu qonunning ikki marta takrorlanuvchi inkorda (inkorni inkor)
ifodalanishi narsa va hodisalarning doimiy ravishda oʻzgarib, bir
holatdan ikkinchi holatga
oʻtishi va oqibatda rivojlanishi uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har bir mavjud boʻlgan
narsa va hodi-sa oʻzigacha boʻlgan narsa va hodisaning inkor etilishining mahsuli, ayni vaktda
shu narsa va hodisalarning oʻzi ham sharoitning oʻzgarishi va vaqtning oʻtishi bilan dialektik
inkor etilishga mahkumdir. Har bir narsa va hodisaning oʻzgarishi qoʻshaloq, yaʼni
hami-sha
ikki yoki undan koʻproq inkor etishlar bilan amalga oshadi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning tugallovchi
halqasida, ikkinchi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi baʼzi belgilari qayta tiklanadi
(don — oʻsimlik va yana don). Boshlangʻich shaklni inkor qilgan
narsa yana inkor etilganligi
sababli qoʻshaloq inkor mazkur boshlangʻich shakldagi baʼzi tomonlarga xos belgilarning
qayta tiklanishiga olib keladi.
Inkorni inkorning mohiyatini ilgarilama harakat va vorislikning uzviy birligidan iborat, deb
taʼriflash mumkin. Inkorni inkor tufayli taraqqiyot toʻgʻri chiziq shakliga emas,
balki doira
shakliga ega boʻlib, bu doirada oxirgi nuqta boshlangʻich nuq-taga yaqinlashadi. Lekin bu
yaqinlashuv yuqori asosda sodir boʻlishi tufayli taraqqiyot burama (spiral) shaklga ega
boʻladi. Bu buramaning har bir doira-si, aylanmasi yuqoriroq
taraqqiyot holatini bildiradi, shu
maʼnoda ta-raqqiyotning dialektik nazariyasida "buramasimon" soʻzi ishlatiladi.
Koʻpincha inkorni inkor jarayonini "tezis" (taraqqiyotning boshlangʻich nuqtasi), "antitezis"
(birinchi inkor) va "sintez" (inkorni inkor) shaklida ifodalab, taraqqiyotning mohiyatini ana shu
uchlikda deb tushuntiradilar.
Inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga
qarab boruvchi rivojlanish
sodir boʻladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Inkorni_i
nkor_qonuni&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Inkorni_inkor_qonuni&oldid
=1562010
" dan olindi
Manbalar