Reja Naqqoshlik san`at fanining maxsad va vazifalari. Naqqoshlik san`atning inson xaetida tutgan urni. Naqqoshlik san`atning kelib chikishi rivojlanishi Naqqoshlik san`atga oyd adabietlar


Lektsiya 7.Mavzu: Yog'och ustachiligi



Download 441,18 Kb.
bet17/30
Sana01.01.2022
Hajmi441,18 Kb.
#281545
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
2 5332519815758220754

Lektsiya

7.Mavzu: Yog'och ustachiligi

Reja:

1.Yog'och ustachiligida foydalaniladigan asbob-uskunalar bilan tanishtirish

2.Qoraqolpoq ustalarining ustachilik hunarida to'plagan tajribalari

3.Qoraqolpoq asboblarining turlari va yasash usuli

XIX asrda va XX asrning boshida qoraqolpoqlarning xo'jalik va hayot kechirishida yog'och ustachiligi kasbi katta ahamiyatga ega bo'lgan.Bu davrda yog'och ustachiligi kasbi qoraqolpaqlar orasida keng tarqalgan.Shunday kasb bilan shug'ullanuvchilarni yog'och ustalari deb ataydilar.

Yog'och ustalari bir necha mutaxassislarga bo'linadi:qora uy uchun eshik yasovchi ergenekchi, sandiq yasovchi sandiqchi, qora uy yasovchi uychi, yer yasovchini yerchi,va boshqa nomlar bilan atalgan.

Yog'och ustasining asboblari oddiy bo'ladi ular boltadan,shottan,bichqidan har xil qachovlardan,yo'ngichdan,buragichdan,teshkichdan,bolg'adan,to'shdan,zarkundadan,iskanjadan,va boshqa asboblardan foydalaniladi.

Alohida asboblardan biri shot.U qoraqalpoqlar orasidagina emas balki,O'rta Osiyo va Qozog'iston xalqlari orasida keng tarqalgan.Shot universal asboblardan bo'lib,u ketmon tarzli boltadek va har hil bo'lgan.Shot bilan yog'ochning putag'ini oladi va yo'nadi.Ustaning asosiy asboblaridan biri arra bo'ladi.Unda ikki kishi ish bajaradi.Arra bilan katta yog'ochlar kesiladi.Yog'och ustalarida aravaning chig'irning kundani yasash uchun maxsus yog'ochlarni bug'ga tutadigan maxsus pechlari bo'ladi.Iskanja yog'ochni keskanda qisib turish uchun qo'llaniladi.

Bu asboblardan boshqa ustada rus boltasi arra,pichqi,rubanka, va boshqalar bo'ladi,ular qoraqaolpoqlar Rossiyaga qo'shilgandan keyin o'tdi.Bu qurollar kema va yog'ochdan boshqa mahsulotlar yasaganda qo'llaniladi.Ma'lumotlarga tayanib qaraganda ,ayrim qoraqolpoq yog'och ustalari boshqa qurollar ham bo'ladi.Qoraqolpoq ustalari ko'chib kelib joylashgan ruslardan yog'och ustachiligi hunarining o'zlariga nomalum turlarini o'rgangan.

Ko'pchilik yog'och ustalari har xil uy ro'zg'or,qurol aslohalar,kunda,mala,chig'ir arava,qayiq,qoziq,va boshqa buyumlarni yasagan.Bundan tashqari kundadan boshlab cholg'u asboblarini yasashni bilgan ustalar ham bo'lgan.

Hunarmandchilik kasbning bir turi bizning o'lkamizda keng tarqalgan.Buni ma'lumotlarning faktlari dalillaydi.Shuning bilan birga ko'p qishloqlarda yog'och ustasi bo'lmagan.Shunday qishloqlarning narsa buyumlarini qo'shni qishloq ustalari ishlagan.

Tarixiy ma'lumotlarning bizga ma'lum qilishiga qaraganda yog'och ustalari asosan,chig'ir,kunda,bo'yintiriq,mala,arava,qayiq,beshik,qoshiq,kabi uy dastgohlarini yasagan.

Arava yog'och ustalarining buyumlaridan eng qizig'i bo'lib topiladi.Arava qoraqolpoqlarning moddiy madaniyatining eng eski elementi tarixiy xabarlarga qaraganda arava O'rta Osiyoda keng tarqalgan yo'lovchi tashish vositalarining eng eski ko'rinishini saqlab qolgan.U xalq dostonlarida,tarixiy xalq og'zaki ijodida aytib o'tilgan.

Birinchi rus ixtirochisi Muravin qoraqalpoqlarning istiqomat qilishidava hayotida avtomabilning katta o’rin egallaganini ko’rsatadi, qoraqolpoqlar ikki g’ildirakli aravaga minadi, u to’rangildan ishlangan aravaning bazi g’ildiraklarining balandligi 2,5-3metr bor,deb yozadi.

Qoraqalpoqlarda ikki xil arava; telegen arava va ot arava bo’lgan .Bu qoraqalpoq aravalari bizlarga hech qanaqa o’zgarishsiz deyarli yettb keldi.Avvallari ot aravaga ot yekdi.Uni ot arava deb atadi, telegen aravaga bo’lsa og’’iz yoki eshak yekti, uni o’g’iz arava deb atashgan. Telegen arava ot aravadan ko’rinishi va ishlash usuli bo’yicha farq etadi. Telegen aravaning to’qinlari yaxshi yo’nilmagan ikki yoki uch tol yog’ochidan egadi, u to’qin deb ataladi, aravaning barcha bo’laklar mixsiz va boshqa temir qotirgichlarsiz o’zaro biriktiriladi, hatto g’ildirakda temir yoki choyin berganak ham bo’lmagab, shu sabab arava yurgan paytda qattiq ovoz chiqarib yurardi. Qoraqolpoq ustalari ot aravani xorazmlik o’zbeklar aravasining singari deb hisoblaydi.

Haqiqatdan ham Xorazm yoki Xiva aravasidan ot aravadan farqi yo’q: ot aravaning toqi katta bo’lib keladi, g’ildiragiga ancha qalin taxtacha kiygiziladi. G’ildirakka temir himoyaning o’rniga gulmiyiq taqiladi, gulmiyiq g’ildirakni tez yeyilishidan saqlaydi. Xorazm aravasining toqinlari telegen aravasi singari egib ishlanmaydi, balki bir- biriga kiydirilgan 9 bo’lakdan biriktiriladi va boshi katta mix bilan qoqiladi. Qoraqalpoq aravasining g’ildiragining kegayi Xorazm aravasi kabi 18 bo’ladi. U abcha yirik bo’ladi. Gupchakning ichida bergenak bo’ladi. Aravaning orqa qismi taxta bilan ko’tariladi, oldi ham altaxta bo’ladi. Aravakash altaxtada o’tiradi. Altaxta otning gavdasidan baland bo’ladi. U to’rt himoyali bo’ladi, himoyalar arisga tiraladi. Altaxta ko'pincha naqshli qilib yasaladi.

Arava yasash usuli- oddiy. Ayrim ustalarda maxsus ustaxona bo’lmaydi, shuning bilan birga ko’pchilik yog’och ustalarining uyining yonida maxsus ustaxonasi bo’lgan. Ustalar ko’pincha aravani buyirtma bo’yicha yasashgan. Usta asosan uyida, ayrimlari esa buyirtmachining uyida ishlaydi. Kopchilik hollarda buyirtmachining o’zi ustani kerakli materiallar bilan taminlaydi. Material sifatida tol, qarag’ay, oq tol, o’rik, jiyda va boshqa yog’ochlardan foydalaniladi. Aravani har xil yog’ochdan yasashadi. Masalan aravaning gupchagini qarag’aydan yoki to’rang’ildan, altaxtasini oq toldan yasaydi, to’rang’ildan gupchak ishlash uchun uni bir kun davomida suvda qaynatiladi. G’ildirak toqidan iborat. G’ildirakning kegaylari oq toldan va qora toldan yasaladi. Bularning barchasini usta avval tayyorlab, keyin bir-biriga biriktiradi. Usta bir aravani 30-35 kunda yasab tugatadi.

Usta dastlab barcha materiallarni tayyorlaydi. Yog’ochni tayyorlashda quyidqgi usullar qo’llaniladi: yog’ochni yo’nadi, o’yadi, kuydiradi, egadi. Keyin tayyor mahsulotni usta qaynagan suvga biroz vaqt solib qo’yadi.

XlX asrning oxirida va XX asrning boshida yog’och ustalar faqat arava yasash bilan shug’ullanmagan edi. Ularni arava yasovchi usta deb atashgan. Ba’zan arava yasash bilan butun qishloq bari shug’ullangan. Masalan, XlX asrning oxirida Chimboyning sharq tomonida Toqyopning g’arb yoqasida Qangli qishlogining barchasi arava yasash bilan shugullanishgan. Bu qishloqni hozir ham Aravach qishloq deb ataydilar. Bunday qishloqlar boshqa jopylarda ham uchrab turadi.


Download 441,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish