Maruza matni
Geometrik sifatdagi naqshlar qoraqalpoq naqshlarining barcha turlarida qo’llaniladi. Romblar, qalqon (krest) tarzli figuralar, to’g`ri uch burchaklar, to’g`ri chiziqlar punktirlarning aniq atamalari bo’lib, ular tabiat hodisalari bilan hayvonot olami bilan bog`liq eki umumiy tushunchalarni anglatadi.
Bosqichli romb etakchi naqsh figurasi sifatida ko’k ko’ylaklarning, oq jegdelerning, ot ayillarning diagnol yo’laklarida qo’llaniladi.
Irmoqlar belgilari bo’yicha bosma «M» harfiga o’xshash bo’lib eki qizil kiymachaklarning o’rta qorasini jiyaklaydi eki uch qatorli jiyaklarning naqshli yo’laklarining birini tashkil qiladi (XXI3 rasm) . Bu motiv o’rta osie naqshlarida qadimgi davrlardan ma`lum. Uch burchaklarni (qoraqalpoqlarda «tirnoqcha», «tugun bosh») tasvirlash bilan bir qatorda u Anov madaniyatining (bizning eramizgacha IVII asrlar) va Andropov madaniyatining (bizning eramizning III ming yilliklari) keramikasida topiladi.
Har xil ranglarning (yashil, oq, sariq) almashishiga tuzilgan to’g`ri liniyani assotsiatsiyasi bo’yicha «olaqurt» deb ataydi Bundan boshqa shu naqshning «suv», «ariq», «suv tortgan», shuningdek, «chsiqon iz» va «qor bostirgan» degan atamalari bor. Dastlab qor bostirgan atamasi faqat texnikaviy ahamiyatga ega bo’lsa kerak, u naqshli ma`noni bildirib kelgan.
Shu naqshning «har dam xaeliy» variantining atamasi qiziq. Biri parallel boruvchi, biri erilgan rangli liniyalarning almashishi odamning keyinchalik uning hissietiga bog`liq
Uch burchaklar, burchaklarida chiyirtpaqlari bor to’g`ri burchaklarning qatorlari turidagi geometrik figuralarni kalta gul eki chaqmoqlar deb ataydi. Bu naqshlarning barchasi qizil kiymachaklarning, shuningdek jen`selerning va movutidan tikilgan jen`ushlarning naqshlarida qo’llaniladi.
Mayda har xil ranglardagi uch burchaklardan tikilgan qalqon (krest) naqshda birbiriga uyg`unlashgan bir necha bosqichli piramidalarni tashkil qiladi, bularda rangi bo’yicha ajralib turadi. Ko’pincha bo’lar oq bo’zning ayrim qiyiqlaridan ishlanadigan oq jegde uchun eqqa bo’ladi.
Bir naqsh elementlaridan tashkil topgan «Shubal naqsh» alohida ko’zga tushadi. Uning atamasini uzluksiz takrorlanadigan chiyirtpaqlar ag`darish mumkin.
Bu naqsh konstruktsiyasi bilan ajralib turadi. Uyg`unlashgan qalqoni (kresti) va kichkina dog`asi bor rombning en tomonlari qiyshiq liniyadagi chiyirtpaqlarning qatorlari bilan tuyuqlanadi. Tikilmagan qora rang tus romb atrofida shunday ikkinchi figurani tuzadi, uning chiyirtpaqlariburchaklardan va devorlardan chiqib turadi Boshqa naqshlarga qaraganda «Shubal naqsh» faqat qizil kiymachaklarning o’rta qarashida qo’llaniladi.
«Xonim tuprik» naqshi asosidan qizil kiymachak oldidan kompozitsichi birlashtirilgan element sifatida qo’llaniladi. XX asrning boshida u ruslar Turkiston o’lkasiga olib kelingan fabrika gazlamalarida keng tarqalgan.
Bu fabrikantlarning xaridorlar talabini talg`amini esga olishga intilishi bilan tushuntirilishi mumkin, u noto’g`ri, qoraqlapoq naqsh tikuvchilari bu naqshni fabrika gazlamalaridan ko’chirib olgan bo’lishi mumkin.
Qoraqlapoq naqshida geometrik bezak juda kam. Ayrim qizil kiymachakning o’rta qarasi o’stidagi matsdon qalam uchlarida chiyirtpaqlari bor to’g`ri liniyalardan iborat bo’lgan kontsertrlik g`ildirak bilan to’liqtiriladi (XX2 rasm).
Naqshlarning atamalari, ularning tabiat hodisalari bilan o’xshashlishi kundalik buyumlari va bezash narsalari bilan o’xshashligi ularning har xil ma`noli ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Shu bilan birga naqshning dekorativ boshlama katta ahamiyatga ega bo’ladi. Aniq narsalarning rasmlari qattiq stillashtirilgan eki teskari, geometrik figuralarga va chizilmalarga buyumlarning, tabiat hodisalarining, tana bo’laklarining atamalarini beradi eki hayvonlarning o’xshashligi (sirg`alar, qumursqa, sichqon iz va b.) ko’zga tushadi.
Naqshning va uning motivlarining mazmuniga xalq chevarlari ko’plagan poetik o’ylarni qo’shgan, bular tarix, o’tmishdagi xo’jalik va madaniy haetning ko’rinishlari haqida fol`klor tushunchalarga bog`liq. Shu tushunchalarni naqsh bilan amalga oshirishga dekorativ badiiy boshlama birinchi darajali ahamiyatga ega. Naqshning estetik roli shunday qilib poetiklashtirilgan haet materiali bilan kuchayadi.
Naqshlarning atamalari bo’yicha va atamalari bo’lgan ayrim naqshlarning tabiat hodisalari bilan o’xshashligi bo’yicha (bu ayniqsa o’simlik motivlariga tegishli) fikr yuritib n`araganda haet hodisalari belgili bir darajada tanlab olganligini ko’rish oson. Xalqning ko’p yillik (ko’p asrlik) estetik va badiiy tajribasi shundan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |