LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 14
JAG‘LI ARAVA RAMASINING EKSPERIMENT YO‘LI BILAN BIKRLIGINI ANIQLASH
1. Ishdan maqsad
Mazkur ishdan maqsad arava ramasining tuzilishi bilan tanishish, shuningdek, uning bikirligini aniqlashni o’rganishdan iborat.
2. Arava ramasining konstruksiyasi va tekshirish tartibi
2.1. Aravacha ramasining konstruksiyasi
Arava ramasining konstruksiyasi (tuzilishi) aravaning vazifasiga, o’qlar soniga, kuzov tayanchiga va tortuv elektrodvigatelining yoki gidrouzatmaning burovchi momentini uzatib berish usuliga bog’liq. Ramaning asosiy elementi uning yon tomon balkalari bo’lib, u orqali buksa bilan birikadi.
Uch o’qli, tayanch-osmali, elektr uzatmali, jag’li arava ramalariga ega bo’lgan teplovozlarga quyidagilar kiradi: ТЭ3, ТЭ7, 2ТЭ10Л, М62, ТЭМ1, ТЭМ2 kabi teplovozlar;
Aravaning o’qlar soni va unga vertikal yuklamani uzatib berish turiga ko’ra ramaning tomonlari rama bilan turlicha birikishi mumkin.
Ikki o’qli aravalarda yon tomonlar o’zaro uchta ko’ndalang balka bilan birikib, ulardan o’rtadagisi juda baquvvat bo’ladi. Agar vertikal yuklama shkvoren orqali markazga tushadigan bo’lsa, u holda bu balka shkvoren balkasi deyilib, terlovoz ramasi va arava orasidagi barcha kuchlarni uzatadi, bunda unga tushadigan asosiy yuklama vertikal kuchlarning eguvchi momentidir. Chetki balkalar ramaning bikirligini ta'minlab, unga aravaning boshqa uzellarini qotirish uchun xizmat qiladi.
TEP60 va TEP70 teplovozlarining uch o’qli aravalarida kuchlar o’rtadagi ikkita markaziy tayanchlardan, ya'ni shkvoren balkalaridan uzatiladi. Agar vertikal yuklamalar TE3 va 2TE10L teplovozlaridagikabi yon tayanchlardan uzatiladigan bo’lsa, u holda o’rtadagi ko’ndalang balkalar vertikal kuchlarning eguvchi momentini qabul qilmaydi va ular ancha yengil qilib tayyorlanadi. Ammo bunda shkvoren tovonini va bo’ylama kuchlarni uzatish uchun bu yerda bo’ylama shkvoren balkasi zarur bo’lib, u balkalarga tayanadi.
Konstruktiv-texnologiya nuqtai nazaridan yon tomonlar arava ramasi bir-biridan yon tomonlari tayyorlanishi bo’yicha farq qiladi. Ular brusli, quyma va qutisimon (payvandlangan) bo’ladi. Brusli ramalarda yon tomonlar qalin po’lat listdan kesib tayyorlanib, ular TE2 teplovozlarida qo’llaniladi. Yon tomonlari po’latdan quyib olingan ramalar og’ir bo’lib, ular ba'zi elektrovozlarda (VL80), shuningdek, AQSH teplovozlarida qo’llaniladi. Ulardan temir yo’llarga o’qlardan relslarga tushadigan yuklama bizga qaraganda ancha ko’proq (300-350 kH) bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
1-rasm. Jag’li arava ramasi
1-rama, 2-tormoz silindri, 3-tayanch, 4-balansir, 5-ressora listi, 6-o’rta o’q buksasi, 7-prujina, 8-ressora osmasi, 9-yelka, 10-g’ildirak juftligi, 11-buksa yon o’qi, 12-qum trubasi, 13-tortuv elektr dvigateli.
Ko’pgina teplovozlarda arava ramalarining yon tomonlari qutisimon kesimga ega bo’lib, ular po’lat listlardan yoki shtamplangan profillardan tayyorlanadi. Shuningdek, ramalar konstruksiyasida quyma elementlar ham qo’llaniladi. Uch o’qli kombinatsiyalashgan ramalarga misol qilib, TE3 va 2TE10L teplovozlardagi arava ramalarini ko’rsatish mumkin.
2.2. Arava ramasining bikirligini aniqlash
Arava ramasining bikirligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
(13.1)
bu yerda: P – arava ramasiga qo’yiladigan kuch, ts;
f – ramaning egilishi, mm.
2-rasm. 2ТЭ10Л teplovozi aravasining jag’li ramasi
Arava ramasining bikirligini aniqlash uchun uni to’rtta gidravlik ko’targichga o’rnatib holatini qayd qilish kerak. Ramaning o’rtasiga gidravlik ko’targichlar orasidan o’lchash indikatori 4 ni ramaning kerakli ostki qismiga o’rnatib, indikator ko’rsatkichini "0" holatiga qo’yiladi.
13.1-rasm. Arava ramasining bikirligini aniqlash stendining sxemasi.
1-teplovoz aravasining ramasi; 2-qo’yiladigan yuklar; 3-gidravlik ko’targichlar; 4-indikator.
Yuk 2 arava ramasi 1 ning o’rta qismiga o’rnatiladi va indikatorning ko’rsatkichlarini, ya'ni ramaning egilishini 13.1-jadvalga kiritiladi. Tajriba uch marotaba takrorlanadi.
13.1-jadval
Yuk qiymati, P, t
|
Rama egilishi, f, mm
|
Rama bikirligi,t/mm
|
10
|
|
|
25
|
|
|
35
|
|
|
Arava ramasining haqiqiy bikirligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
(13.2)
3. Hisobot tarkibi
Ishning natijasi hisobot bilan rasmiylashtiriladi. Unda ishdan maqsad, ishning tarkibi, mazmuni va arava ramasining bikirligini aniqlash stendining sxemasi chiziladi.
Rasmiylashtirilgan va imzolangan hisobot o’qituvchiga tekshirish va himoya uchun taqdim etiladi.
4. Nazorat savollari
4.1. Arava ramasining qanday turlari bor?
4.2. Arava ramasining turini tanlab olish nimaga bog’liq?
4.3. Arava ramasi teplovoz harakatlanayotganda qanday yuklanishlarni qabul qiladi?
4.4. Arava ramasining bikirligi qanday tekshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |