17-mavzu. QO’ZG’ALUVCHAN TO’QIMALAR FIZIOLOGIYASI
REJA
Membrananing struktural mozaikasi va komponentlarining funktsiyalari.
Plazmatik membrana orqali moddalarning harakatlanishi.
Plazmolemma hosilalari, endotsitoz, fagotsitoz va ekzotsitoz, qo’zg’aluvchan hujayra turlari, qo’zg’aluvchan hujayralarning xususiyatlari (Bioelektrik hodisa).
Membrana potentsiallari yoki tinchlik toki va membrananing ion o’tkazuvchanligi.
Harakat potentsiali, depollyarizatsiyaning kritik darajasi, lokal javob.
Refrakterlik, qo’zg’alishning o’tkazuvchanligi.
Tayanch so’z va iboralar: Biologik membranalar, membrananing tuzili-shi, suyuq mozaika modeli, membranadan moddalarning o’tishi, faol va passsiv transport, hujayra qobig’i, glikokaliks, hujayralararo aloqalar, adgeziya, xivchin, kiprik, mikrotukchalar, fagotsitoz, pinotsitoz, depollyarizatsiya, repolirizatsiya, refrakterlik, labilik, harakat potentsiali.
Sitoplazmatik membrananing strukturaviy tuzilishi, kimyoviy tarkibi va vazifasi. Sitoplazmatik membrana - hamma hujayralar uchun universal bo’lgan murakkab va o’ta maxsus, o’ziga xos tuzilmalar bo’lib, hujayraning hayotiy jarayonini belgilab turadi. Membranalar hujayraga moddalarning kirishi va chiqishini, membranalar bilan bog’liq bo’lgan biokimyoviy jarayonlarni va membranalarda joylashgan fermentlar orqali hujayra modda almashinuvini (metabolizmini) boshqarib turadi.
Plazma membranasi juda nozik membranali tuzilishdir. Har bir hujayrani o’rab turgan va asosan lipid (yog’) dan tashkil topgan molekulalar va oqsillar bilan o’ralgan. Plazma membranasi shunchaki hujayra tarkibida ushlab turadigan mexanik to’siq emas, uning oqsillari molekulalar orasidagi harakatni tanlab boshqaradi. Ushbu tuzilma orqali hujayra ozuqa moddalari va boshqa kerakli materiallarning kirib kelishini va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportini nazorat qiladi.1
Membranalar chegaralash funktsiyasini ham bajaradi.
Turli modda molekulalari (masalan oqsillar) maxsus, o’ziga xos xususiyatlarga faqatgina ma’lum tartibda joylashishi va o’zaro munosabati natijasida ega bo’ladi. Moddalarning bunday munosabati biologik membranalarda kuzatiladi.
Membranalarning o’tkazuvchanlik xususiyatini o’rganishga bag’ishlan-gan ilk ishlarda organik erituvchilar: spirt, efir, xloroform membrana orqali suvdan tezroq o’tishi kuzatilgan. Bu esa membrana qutbsizlikka ega yoki boshqacha qilib aytganda tarkibida lipidlar borligi taxmin qilingan. Keyinchalik bu taxmin kimyoviy tahlil natijasida isbotlandi. Malum bo’ldiki, membrana tarkibi deyarli faqat oqsil va lipidlardan iborat ekan.1925 yilda daniyalik biologlar E.Gorter va F.Grendellarning ishlari chop etilgan bo’lib, ular plazmatik membranani bilipid qavatdan iboratligini va ular bir-biriga gidrofob uchlari bilan qaraganligini aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |