Yer ustidan sug’orish usuli.
Bu usulda suv sug’oriladigan maydonga tuproq ustidan taqsimlanadi. Bunda suv gorizontal xarakat qilish jarayonida tuproqqa vertikal (tik) va yon tomonlarga yo’nalgan holda shimiladi.
Er ustidan sug’orishda yetishtirialadigan qishloq xo’jalik ekinlarini hisobga olgan xolda quyidagi turlar qo’llaniladi:
egatlab sug’orish;
yo’laklab (pol olib) sug’orish;
bostirib (chek olib) sug’orish.
Egatlab sug’orish
G’o’za ekilgan dallarda qo’llaniladi. Egatlar orasidagi masofa 60 sm. va 90 sm. qilib olanadi.
Yo’laklab (pol olib) sug’orish
Pol olib sug’orish asosan yem xashak va ozuqa ekinlarini yetishtirishda qo’llaniladi.
Bostirib (chek olib) sug’orish.
Bu usuldan, sug’oriladigan maydonlarda sho’r yuvish ishlarini amalga oshirishda, xamda sholi yetishtirishda qo’llaniladi.
Suv tanqis bo’lgan bir vaqtda yomg’irlatib va tomchilatib sug’orish usullari katta ahamiyatga ega bo’lib, sug’orish suvini avtomatlashtirish va tejashda katta ahamiyat kasb qiladi.
Sug’orish usuli va sug’orish texnikasiga qo’yiladigan talablar.
Har bir qabul qilinadigan sug’orish usuli va sug’orish texnikasiga quyidagi talablar qo’yiladi:
Sug’orish suvining sug’orish dalasi uzunligi va tuproq faol qatlam chuqurligi (ekin ildizi joylashgan qatlam) bo’ylab bir tekis taqsimlanishi.;
Sug’orish suvining tuproq faol qatlam ostiga sizilishiga, havoga bug’lanishiga va tashlamalarga tashlanishiga yo’l qo’ymaslikka erishish.
Tuproqqa va ekinlarga ishlov berish ishlarini to’liq mexanizatsiyalash.
Sug’orish tizimida suv taqsimlash, suvni boshqarish va sug’orishni mexanizatsiyalash hamda avtomatlashtirish, sug’orishda yuqori ish unumiga erishish.
Tuproqning zichlashuvi va strukturasi buzilishini oldini olish. Tuproqni irrigatsiya eroziyasiga uchrashiga yo’l qo’ymaslik (tog’li hududlarda).
Sug’oriladigan maydonlarda suv oqimini to’g’ri boshqarish (tekis maydonlarda). Qishloq xo’jalik ekinlaridan muntazam yuqori va barqaror hosil olishga erishish.
Sug’orish usuli, bu sug’orish suvini sug’oriladigan maydonlarga taqsimlash va suvni oqim shaklidan tuproq va atmosfera namligiga o’tkazish uchun qo’llaniladigan usullar va tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Sug’orish usulini amalga oshirish uchun sug’orish texnika elementlari tanlab olinadi. Sug’orish texnikasi - suvni oqim shaklidan tuproq va atmosfera namligiga o’tkazish texnologiyasi, hamda texnik vositalardir.
Zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarning afzalliklari: Ekinlarni sug’orishda suv tejovchi istiqbolli usullarni qo’llashda yomg’irlatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori 20-25 % gacha kamayadi, yer ostidan sug’orishda dalaga suv berish miqdori 25-30 % gacha kamayadi, tomchilatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori odatdagidan 35-65 % gacha kamayadi, egat olinmaydi. G’o’za yetishtirishda tomchilatib sug’orish texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha qo’llab-quvvatlashning ta’sirchan tizimini joriy etish, tomchilatib sug’orish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish mexanizmini takomillashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |