Reja: Kirish. I umumiy qism 1 Sug’orish usullarining mohiyati, qo’llanish shart-sharoitlari



Download 2,63 Mb.
bet1/8
Sana22.04.2022
Hajmi2,63 Mb.
#572960
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dilnavoz


Mavzu: Sug’orish bo’yicha dala tajribalari o’tkazish uslublari.
Reja:
Kirish.
I Umumiy qism
1.1 Sug’orish usullarining mohiyati, qo’llanish shart-sharoitlari.
1.2 Sug’orish usullari va ularni ta’nlash.
II Asosiy qism
2.1 Yomg’irlatib sug’orish haqida.
2.2 Tomchilatib sug’orish haqida.
2.3 Dalaga qora plyonka to’shab sug’orish.
2.4 Ko’chma egiluvchan quvurlardan foydalanib sug’orish.
2.5 Yer ustidan sug’orish usuli.
III Texnik qism
3.1 Sug’orish usuli va sug’orish texnikalariga qo’yiladigan talablar.
3.2 Suv tejamkor ilg’or texnologiyalardan foydalanishga o’tish haqida.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda asosiy suv manbalari hisoblangan Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga oqilona yondashuv davrning asosiy talablaridan biri bo’lib turibdi.
Suv resurslari O’zbekiston uchun nafaqat aholi, sanoat va sug’orma dehqonchilikni obi-hayot bilan ta’minlaydigan manba, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, qolaversa, butun mintaqamizning ekologik muvozanatini saqlab turuvchi muhim omildir. Shu bois O’zbekiston mustaqillik yillarida suvdan oqilona foydalanishga katta e’tibor qaratib kelmoqda. Qishloq xo’jaligini isloh qilishda ham mazkur masalaga ustuvor ahamiyat berilayapti.
Xususan, O’zbekistonda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar orasida birinchilardan bo’lib «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Unga binoan, suvdan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish maqsadida suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining majburiyatlari yanada oshirildi. Qonun talablari asosida yurtimizda qishloq xo’jaligining ko’p suv talab etuvchi tarmoqlari sezilarli darajada qisqartirildi, sohaga suvni tejashga qaratilgan ko’plab yangi texnologiyalar joriy etilmoqda.
Hozirgi kunda respublikamizda dehqon va fermer xo’jaliklari o’rtasidagi suv munosabatlarini tartibga solish maqsadida 1 ming 497 ta Suv iste’molchilari uyushmasi tashkil etilgan. Ular suv xo’jaligi tizimining eng quyi va shu bilan birga eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida respublikamizda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish bo’yicha paxta, sholi kabi suvni ko’p talab qiluvchi ekinlar qisqartirilib, o’rniga boshoqli don, sabzavot-poliz ekinlari va bog’-uzumzorlar maydoni kengaytirildi.
Jumladan, agar o’tgan asrning 80-yillarida 4 million gektar umumiy sug’oriladigan yerlardan 2 million gektarida (50 foiz) paxta yetishtirilgan bo’lsa, hozirgi kunda paxta maydoni 1,2 million gektarni yoki jami sug’oriladigan maydonlarning 30 foizni egallaydi. Shu bilan birga, sholi maydonlari 180 ming gektardan 40 ming gektargacha kamaytirildi. Sug’oriladigan yerlarning boshqa qismini suvni kam talab qiladigan va inson uchun zarur bo’lgan boshoqli don, sabzavot-poliz va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari egallagan.
O’z navbatida, suv xo’jaligi inshootlarini ishlatish va zamonaviylashtirishga davlat byudjetidan juda katta mablag’ ajratilmoqda. Respublika bo’yicha har yili 5 ming kilometr magistral kanallar, Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo’jaliklari hisobidagi 100 ming kilometrdan ortiq sug’orish tarmoqlari, 10 mingga yaqin gidrotexnik inshoot, gidropostlar tozalanadi va ta’mirlanadi.
Bajarilgan ishlar natijasida kanallar va gidrotexnik inshootlarning texnik holati yaxshilanib, suvni tezkor boshqarish va iste’molchilarga o’z vaqtida kafolatli yetkazib berish imkoniyati yaratildi.
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti qoshida “Suv tejovchi sug’orish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot konsalting markazi” sho’ba korxonasini tuzish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2013 yil 22 noyabrdagi 221-sonli buyrug’i imzolandi.
Suvni tejash undan oqilona foydalanish hali hanuzgacha dolzarb masalalardan birdir.
Sizob sathi va sho’rlanganligi sug’oriladigan yerlar meliorativ holatini, ya’ni tuproqning ildiz tarqalgan qatlami namlanganligi va sho’rlanishini belgilaydi. Sizob sathi va sho’rlanganligining mavsumiy o’zgarishi, sizob va tuproqda tuzlarning sifat va miqdor tarkibiga qarab, sho’r yuvish zahira va amal suvi muddatlari, ziroatlarini ekish muddati, almashlab ekish tizimlari va ho kozolar belgilanadi.
Sizob tartibi tabiiy va irrigatsiya – xo’jalik omillari, hususan, zahobning yer ostidan oqib kelishi va ketishi, havo harorati va nisbiy namligi, yog’ingarchilik miqdori va uning taqsimlanishi, yerdan foydalanish koeffitsienti, ziroatlar turi va sug’orish tartibi, sug’orish tarmog’i uzunligi, daraxtzorlar mavjudligi, kanallarda filtratsiyaga qarshi qoplama holati; zovurlar mavjudligi, ularning texnik holati, solishtirma va yalpi uzunligi va b.q.lar ta’sirida shakllanadi.


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish