Reja: Kirish. I umumiy qism 1 Sug’orish usullarining mohiyati, qo’llanish shart-sharoitlari


-rasm.DDA-100 yomg’ilatib sug’orish m ashinasi



Download 2,63 Mb.
bet4/8
Sana22.04.2022
Hajmi2,63 Mb.
#572960
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dilnavoz

1-rasm.DDA-100 yomg’ilatib sug’orish m ashinasi.
Yomg’irlatib sug’orish usulining quyidagi afzalliklari mavjud, bular:

  • Sug’orish me’yorini kamaytirish yoki ko’paytirish orqali tuproqning namlanish chuqurligini o’zgartirish (ekin talabidan kelib chiqqan holda).

  • Havoning yer usti qatlamidagi nisbiy namligini oshirish.

  • Nisbiy namlikni oshirish orqali havo haroratini pasaytirish.

  • Ekinlarni sovuq urmasligini ta’minlashi.

  • Suvni dala bo’ylab bir tekisda taqsimlanishi (sug’oriladigan yer relefiga talab qo’yilmasligi).

  • Sug’orish egatlari va o’q ariqlarni qurishga zaruriyatning yo’qligi.

  • Sug’orish suvi bilan mineral o’g’itlarni berish mumkinligi.

  • Suvni tejab ishlatilishiga erishilishi.

  • Yerdan foydalanishning yuqoriligi.

  • Suvdan foydalanish samaradorligining oshishi va boshqalar.

Yomg’irlatib sug’orish bo’yicha tadqiqotlar bir necha mamlakatlarda 19-asrda o’tkazilgan, 20-asr boshlaridan ishlab chiqarishda qo’llanila boshladi. Ko’pgina chet mamlakatlarda keng miqiyosda qo’llaniladi. Sug’orma dehqonchilik zonasida chuchuk va qisman minerallashgan grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan o’tloqi va bo’z o’tloqli tuproqlarda hamda suv o’tkazish qobiliyati yuqori bo’lgan tuproqlarda yomg’irlatib sug’orish qo’llaniladi. Yomg’irlatib sug’orishda muvaqqatsug’orish shoxobchalariga ehtiyoj qolmaydi.
Tomchilatib sug’orish usuli.
Respublikadamizda sug’orish suvlari taqchilligi sharoitida ekinlardan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda suv resurslarini tejovchi texnologiyalar qo’llash eng muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi.
Suvni tejash texnologiyalaridan tomchilatib sug’orish usuli hozirgi kunda eng maqbul sug’orish usullaridan biri bo’lib qolmoqda. Dala sharoitida xar bir tomchi suvni tejash, ekinlarga kerakli miqdorda va o’z vaqtida suv yetkazib berish, dalada suv yo’qotishini oldini olish, ya’ni suv yo’qotilishini kamaytirish bo’yicha yechimlar qo’llash va suvning har tomchisidan ko’proq hosil olish imkonini yaratishdan iborat.
Mamlakatimizda yumshoq quvurlar hamda tomchilatib sug’orish tizimini izchil joriy etish, buning uchun zarur asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qishloq xo’jaligi sohasini isloh etish bo’yicha tegishli davlat dasturlarida belgilangan muhim vazifalardan biridir.
Mamlakatimizda sug’orish suvlaridan tejamli foydalanish tizimini izchil joriy etish, buning uchun zarur asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qishloq xo’jaligi sohasini isloh etish bo’yicha tegishli davlat dasturlarida belgilangan muhim vazifalardan biridir. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad tuproq unumdorligini tubdan oshirish, har bir tomchi suvdan samarali foydalanish, shular oqibatida qishloq xo’jalik ekinlaridan, jumladan bog’dorchilik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishdan iborat.
Tomchilatib sug’orish o’simlikning ildiz qatlami ustiga o’simlikning suvga bo’lgan talabini hisobga olgan holda, suvni kerakli hajmda vaqti-vaqti bilan berishdir. Tomchilatib sug’orishda sug’orish suvi quvurlar orqali o’tib, maxsus tomizg’ichlardan o’ta kichik oqim yoki tomchi ko’rinishida tuproq ustidan o’simlikning ildiz qatlamiga uzatiladi. O’simlik ildiz usti qatlamini namlantirish nuqtalarining soni oldindan belgilanmaydi, ular tuproqning mexanik tarkibi va qishloq xo’jalik ekinlarining turiga qarab belgilanadi. Bu usulda sug’orish suvi barcha o’simliklarga bir tekis taqsimlanadi. Nuqtali hisoblash namlantirgichdan tomchi ko’rinishida suv o’simlik ildiz qatlamiga singib boradi, bunda gravatatsiya kuchining ta’siri qariyib sezilmaydi. Tomchilatib sug’orishda o’simlikning ildiz tizimi boshqa sug’orish usullariga nisbatan yaxshi rivojlanadi. Namlantirish o’chig’i oldida ildizlar qalin bo’ladi. Agar tomchilatib sug’oriladigan ekinlarda boshqa sug’orish usuli qo’llanilsa, ildizi bu usulga tez moslashadi.
Tomchilatib sug’orish usulining quyidagi afzaliklari bor:

  • O’simlik ildiz qatlaminining faol (aktiv) rivojlanishi va tuproqda havoning yaxshi almashinuvi hisobiga ozuqa moddalarning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishi tezlashadi.

  • Ekin dalasida ekinlarga dala ishlov ishlarining olib borishidan qat’iy nazar, kunning istalgan vaqtida sug’orish amalga oshirilishi mumkin.

  • Qator oralig’i tuproqning sug’orilmay qolishi, istalgan vaqtda tuproqqa va o’simlikka ishlov berish va hosilni yig’ishtirib olishga imkoniyat yaratadi.

Tomchilatib sug’orishning quyidagi ustunliklari mavjud:

  • Kam suv sarflanadi;

  • Suvning bug’lanishga, faol qatlamdan foydasiz isrof bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.

  • Shamol kuchi sug’orish jarayoniga ta’sir ko’rsatmaydi.

  • Qiyin re’lefli maydonni ham sug’orish imkoniyati mavjud.

  • Namlik (sug’orish suvi) bir tekis taqsimlanadi.

  • Sug’orish ishlarini 24 soatning istalgan vaqtida amalga oshirish mumkin.

  • Begona o’tlar boshqa usulga qaraganda kam chiqadi.

Suvning tuproqqa shimilishi, asosan kapillyar printsipida amalga oshadi. Sug’orish jarayonida o’simlik ildiziga sug’orish suvi bilan birgalikda mineral o’g’itlar kiritish imkoniyati mavjud. Sug’orishlar orasidagi muddatlarning kichik (1-3 kun). Bunda o’simlik ildiz qatlamidagi namning keskin o’zgarishi kamayadi.
Tomchilatib sug’orishning quyidagi kamchiliklari mavjud: 1.Tomizgichlar suvdagi tuz cho’kmalari va loyqa zarrchalari bilan tiqilib qolishi;
2.Quvurlarga kemiruvchilar tomonidan ziyon yetkazilishi;
3.Qimmatligi;
4.Tomchilatib sug’orish tiziminining qo’llanish shart-sharoitlari cheklanganligi;
5.Tomchilatib sug’orish tizimini qurish katta mablag’larni tabal qiladi. Shuning uchun bu usulni yuqori rentabelli qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda, shu bilan bir qatorda boshqa sug’orish usullarini qo’llash imkoniyati bo’lmagan va katta nishabli (0,03 dan katta) yonbag’ir, suv resurslari tanqis, qiyin yer relefli, mexanik tarkibi yengil va suv eroziyaga moyil bo’lgan tuproqlarda hamda kichik debitli toza suv manbali maydonlarda qo’llash tavsiya etiladi. Tomchilatib sug’orish tizimini tanlashda, avvalo, sug’orish suvining sifatiga katta e’tibor berish zarur. Tomchilatib sug’orish maydonining tuproq tarkibida umumiy tuz miqdori 0,4 % dan va natriy xlor (osh tuzi -NaCl) tuzi 0,05 % dan kam bo’lishi kerak.
Hozirgi kunda suv tanqis bo’lgan bir paytda sug’orishda yangi texnologiyalar(tomchilatib sug’orish)ni ishlab chiqarishga joriy qilish katta ahamiyatga ega. Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur: Suv sifatini e’tiborga olish; Tomchilatib sug’orish uskunasini ishlatish, ekspluatatsiya qilish bo’yicha joylarda mutaxassislar tayyorlashni yo’lga qo’yish; Sug’orishda sug’orish rejimiga amal qilish; Sug’orish kanallarini yaxshi ishlashini ta’minlash; Kanallarni kerakli inshootlar (suv o’lchash, taqsimlash va boshqalar) bilan ta’minlash; Femerlarni yerga va suvga bo’lgan munosabatini kuchaytirish;
Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: Suv resurslaridan foydalanishda suv inshootlaridan samarali foydalanish; Limit asosida suv resurslaridan foydalanish; Suv o’lchagich asboblaridan foydalanish; Ortiqcha sug’orish ishlarini kamaytirish. Bugun mamlakatimiz tabiiy iqlim sharoitiga to’la mos, amaliyotda o’zini oqlagan tomchilatib sug’orish kabi zamonaviy sug’orish tizimlaridan foydalanilmoqda.
Tomchilatib sug’orishning muammoli tomonlari bo’lishi mumkin:
1.Bog’ va uzumzorlarda bu tizimlar bir o’rnatilganicha o’n yillab ishlatiladi. Haydaladigan ekin maydonlarida tomchilatib sug’orish tizimini har yili yig’ishtirib olish zarur. Yig’ishtirib olish xarajatlarini yanada arzonlashtirish va qulaylashtirish usullari yaratilishi kerak.
2.Elektr uziladigan joylarda ikkinchi rezerv liniyalarni ta’minlanishi amalga oshirilishi kerak.
3.Bog’lar tez sho’rlanib ketadigan yerlarga ekilgan bo’lsa, olimlar tomonidan dastlabki davrlarda tomchilatib sug’orish tavsiya etilmaydi. Bunday holatlarda bog’larni voyaga yetganidan so’ng, hamda maqbul usullar orqali qo’llanish texnologiyalari ustida izlanishlar olib borilishi kerak.
4. Hududlarimizning ko’p qismida yilning fasllariga qarab, loyqa va qumli suv keladi. Shunday hududlar uchun ham maxsus tomchilatib sug’orish qurilmalari yetkazib berilsinki, qo’shimcha tindirish va tozalov inshootlarga zaruriyat qolmasin.
Tomchilatib sug’orish tizimining tarkibiga quyidagilar kiradi:
Suv manbai (daryo, ko’l, suv ombori, sug’orish va suv ta’minoti kanallari, yer osti suvlari va mahaliy oqova suvlar). Nasos stantsiyasi yoki sug’orish maydonidan yuqorida joylashgan sun’iy suv havzasi. Tomchilatib sug’orish tizimiga suyultirilgan mineral o’g’it beruvchi uskuna. Ular asosan, filtrdan so’ng tizimga ulanadi:
-o’g’it solishga mo’ljallangan idish sug’orish tizimiga parallel ko’rinishda qo’yilib, filtrdan oldingi va undan keyingai bosimlar farqi (0,6 - 0,8 atm.) hisobiga tizimga o’g’it uzatadi;
-o’g’it uzatuvchi nasos: maxsus tashqaridan sun’iy bosim hosil qiluvchi nasos, tizimdagi bosim hisobiga ishlaydigan me’yorlangan nasos.
-Venturi tipidagi nasoslar: ochiq idishdan so’rib oluvchi, yopiq idishdan so’rib oluvchi. Filtr tizimi. Tomchilatib sug’orish tizimida bir qator filtr tizimlarini o’rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Polimer materialli suv o’tkazuvchi bosh quduq. Polimer materialli suv tarqatuvchi quvurlar.
Tomizg’ichlar bilan jihozlangan sug’orish quvurlari.
Tomchilatib sug’orish tizimidagi armatura va klapanlar va boshqalar.


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish