Ko’chma sug’orish armaturalari: a -sug’orish qalqonchalari; b–sifonlar; v, g - o’zi ishlaydigan sifonlar; d-qisqa quvurchalar.
Sug’orish usullarini qo’llash sharoitlari 1.2-jadval.
Sug’orish usullari
Sho’r tuproqlarda
Yengil tuproqlarda
Og’ir tuproqlarda
Murakkab releflarda
Katta nishabliklarda
Sho’r sizot suvi yaqin joylashganda
Suv zahiralari yetishmaganda
Sho’r suv bilan sug’organda
Kuchli shamolda
Yer ustidan
+
x
+
x
x
x
x
x
+
Yomg’irlatib
-
+
x
+
+
+
+
-
x
Tuproq ichidan
-
x
x
x
+
-
+
-
+
Tomchilatib
-
x
+
+
+
-
+
-
+
Subirrigatsiya
-
x
+
-
-
-
-
-
+
Aerozol
+
+
+
+
+
+
+
-
+
Sug’orish usullari va ularni tanlash. Sug’orish usuli deb – mavsumiy sug’orish normasini tuproqqa siningdirish usuliga sug’orish usuli deb ataladi
Adir mintakada ma’lumki sun’iy sug’orish jarayonini amalga oshirmay turib qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’ljallangan hosilni yetishtirish mumkin emasdir. Shu bilan bir qatorda,sun’iy sugorish jarayoni amalga oshiruvi sug’orish usuli va suv berish usullari quydagilarni ta’minlash kerak: yuqori ish unumdorligini; oz suv sarf qilib, yuqori meliorativ ko’rsatgichlarga erishishni; Sug’orish tarmoqlarining yuqori texnik ko’rsatgichlarga ega bo’lishini ta’minlashi kerak.
Bu sun’iy sug’orish jarayoni yaxshi natija berishi uchun bu jarayon o’rmon-texnika melioratsiyasi (sug’orish maydonlari atrofi va sug’orish tarmoqlariga daraxtlar o’tkazish) va agrotexnik tadbirlar (yerlarni tekislash, sug’orishga tayorlash, eng maqbul suv berish taribini tanlash) bilan birga olib borilishi kerak. Hozirgi kunda qo’llanilayotgan quyidagi sug’orish usullari mavjuddir:
Tuman hosil qilib sug’orish (dispers sug’orish usuli).
Yer ustidan sug’orish suv tupoq ustida taqsimlanib, tuproqqa ustidan ichiga qarab shimilish jarayonida bo’ladi.
Yomg’irlatib sug’orish suv maxsus mexanizmlar yordamida sug’oriladigan maydonga yomg’ir holatida berilib, tuproq bilan bir qatorda o’simliklarning yer ustki qismi ham sug’orildi;
Tuproq ichidan sug’orish suv tuproqqa ustidan emas, ichida o’rnatilgan quvirlar orqali yetkazib berilib, aktiv qatlam asosan tuproqning sug’orish kuchi hisobiga jamlangan;
Tomchilatib sug’orish suv tuproqqa maxsus quvirlar yordamida va ularga o’rnatilgan tomchilatgichlar (kapelnitsa)
yordamida tomchi holida har bir o’simlikning tagiga yetkazib beriladi;
Sizot suvlar sathini ko’tarib (subirrigatsiya) sug’orish su’niy ravishda sizot suvlarning satxi ko’tarilib (kollektor va zovur tarmoqlarining yopib kuyish bilan ), tuproqning surish kuchi hisobiga aktiv qatlam namlanadi. Tuman hosil qilib sug’orish suv maxsus nasoslar yordamida quvirlar
orqali bosim bilan sug’oriladigan maydonga tuman xolatida parchalab beriladi. Asosan sug’oriladigan maydonlarning mikro ob-xavo sharoitini yaxshilashga va ularni sug’orishga ishlatiladi.
Sug’orish texnika elementlarini tanlashda, qo’llanilayotgan sug’orish usuli hamda yetishtirilayotgan ekin turi hisoga olinadi.
Sug’orish usullarining sxematik ko’rinishlari.
Ta’kidlash zarurki, ushbu omillarning ta’sir darajasi turli tuproq – gidrogeologik sharoitlarda har xil. Shuning uchun barcha sug’oriladigan hududlarda zahob sathi va sho’rlanishini, tuproqning namlik – sho’rlanishi tartiblarini o’rganish zarur. Bu esa ularning shakllanish qonuniyatlarini aniqlash, umumiy maydonlar kengayotgan va sug’orish hajmi oshayotganda yerlar meliorativ holatini istiqbolli bashorat qilish va maqbul meliorativ tartibni yuzaga keltirish imkonini beradi.
Sizob (zahob) sathi tartibini o’rganish uchun kuzatuv tarmog’i quriladi. Bu tarmoq orqali ularning sathi o’zgarishini yil davomida doimiy yoki davriy kuzatish mumkin.
Yomg’irlatib sug’orish usuli. Yomg’irlatib sug’orish - suvni tuproq yuzi (satxi) va o’simlikka maxsus mashina, qurilma va agregatlar yordamida sun’iy yomg’ir shaklida yetkazib berish hisoblanadi. Yomg’irlatib sug’orishni qo’llash orqali qishloq xo’jalik ekinlari talabidan kelib chiqqan xolda suvni berish natijasida o’simlik faol qatlamida maqbul namlik yaratiladi. Buning oqibatida o’simlik uchun zarur bo’lgan suv-havo-ozuqa va tuz tartiboti muvozanati ushlab turiladi.