1.iqtisodiy ehtiyoj va iqtisodiy ne'matlar
Insoniyat tabiatdan biologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy va boshqa xarakterdagi turli-tuman ehtiyojlar qurshovida yaratilgan. Bu ehtiyojlar ichida iqtisodiy, ya'ni moddiy ehtiyojlar muhim o'rin tutadi. Moddiy ehtiyojlar - shaxs, firmalar va jamiyatning faoliyati uchun zarur bo'lgan ehtiyojlarni aks ettiradi.
Iste'molchilarning ehtiyojlari turli-tuman bo'lib, ularning ro'yxati juda keng va balki son-sanoqsizdir. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo'ladigan tovarlar va xizmatlarni shartli ravishda ikkiga, ya'ni birlamchi ehtiyojlarni qondiruvchi va hasham predmetlariga bo'lish mumkin. Ba'zan ayrim iste'molchilar uchun birlamchi sanalgan buyumlar ikkinchi bir iste'molchilar uchun hasham va dabdaba buyumi bo' lishi ham mumkin.
Xuddi insonlarniki singari firmalar va davlat tashkilotlarining ham ehtiyojlari mavjud. Masalan, firmalar faoliyat ko'rsatishi uchun binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, xomashyo hamda ishchi kuchiga ehtiyoj sezadi. Davlat esa mamlakat fuqarolarining jamoaviy manfaatlarini ifodalab kasalxonalar, maktablar, teatrlar, yo'llar, harbiy qurol-aslahalar va boshqa ijtimoiy ne'matlarga ehtiyoj sezadi.
Ayrim ehtiyojlar - masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy insonlarning biologik ehtiyojlari tufayli, ayrimlari ularning mentaliteti, ya'ni yashash manzili, turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy statusi, urf-odatlari va qadriyatlari ta'sirida, ayrimlari esa texnik taraqqiyot va global rivojlanish ta'sirida vujudga keladi.
Biz moddiy ehtiyojlarimizni qondirish va farovon hayot kechirishimiz uchun oziq-ovqatlarga, kiyim-kechaklarga, turli xil tovarlar va xizmatlarga ehtiyoj sezamiz. Iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish vositalari iqtisodiy ne'matlar deb ataladi. Ayrim ne'matlarni tabiat insoniyatga iste'molga tayyor holatda in'om etgan bo' lsa (masalan, suv, yovvoyi mevalar va hayvonlar), ayrimlarini ishlab chiqarish zarur bo' ladi.
Ba'zan bir xil ehtiyojni turli xil ne'matlar orqali qondirish mumkin. Masalan, go'sht mahsulotiga bo'lgan ehtiyojimizni mol go'shti, qo'y go'shti yoki parranda go'shti orqali qondirish mumkin. Bir xil ehtiyojni qondiruvchi turli ne'matlar o'rinbosar ne'matlar deb ataladi.
Ba'zan iqtisodiy ehtiyojlarni birgalikda qondiradigan ne'matlar guruhi ham mavjud bo'ladi. Masalan, avtomobilga bo'lgan ehtiyoj o'z navbatida benzin va garajlarga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Ularni to'ldiruvchi ne'matlar deb ataymiz
masala
Sentyabr oyida davlat korxonasida 25000 kishi ishlab, 19,5mln. so’mlik maxsulot ishlab chiqdi. Xususiy kichik korxonalarda 22 kishi band bo’lib, 17,5 mln. so’mlik maxsulot yaratildi. Chet elliklar bilan birgalikda tashkil etilgan qo’shma korxonalarda esa 24000 kishi band bo’lgan xolda 30500ming so’mlik maxsulot ishlab chiqdi. O’rtacha har bir ishchiga to’g’ri keladigan maxsulot miqdorini xisoblang. Mehnat unumdorligi nuqtai nazaridan qaysi mulk shakli samarali ekanligini aniqlang. Sizningcha buning sababi nimada, izohlang.
Yechish:
Jami maxsulot=19,5+17,5+30,5=67,5 mln.
Jami ishchi=25+22+24+=71ming kishi
MU=67,5mln./71ming=950,7
Davlat korxonasi=19,5/24=780
Xususiy korxona=17,5/22=795,4
Qo’shma korxona=30,5/24=1270,8
1270,8>795,4>780
Qo’shma korxonada mehnat unumdorligi yuqori, uning sababi chet eldan
keltirilgan arzon va zamonaviy texnika bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |