2. Talab va taklifning oʻzgarishi
Talab va taklif modelida talab chizig‘i bilan taklif chizig‘ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta'minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko‘ra shuni ta'kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo‘lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o‘zgartirishiga hech narsa sabab bo‘lmaydi. Talab (demand) va taklif (supply) chizma bo’yicha E nuqtada kesishadi, agarda taklif ko’payib, talab kam bo’lsa, bunday holat ortiqcha ishlab chiqarish deb baholanadi, agarda talab ortib ketib, taklif kam bo’lsa, unda taqchillik holati kuzatiladi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shart-sharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin.
Bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi bozor muvozanatini o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa (talab chizig‘i o‘ngga siljiganda), muvozanat narx va muvozanat tovar hajmi o‘sadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizig‘i chapga siljisa), va ular kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizig‘i o‘ngga siljisa), muvozanat narx kamayadi, muvozanat tovar hajmi o‘sadi. Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig‘i S chapga siljisa), muvozanat narx o‘sadi, muvozanat tovar hajmi kamayadi. Ba'zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o‘rnatiladi. Agar o‘rnatilgan narx muvozanat narxdan kichik bo‘lsa va narxni maksimal narxdan yuqori belgilash ta'qiqlansa, narx maksimal deyiladi,. Maksimal narx ba'zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma'lum darajada ta'minlash maqsadida davlat tomonidan o‘rnatiladi
3. Talab va taklif funksiyasi
Model deganda, iqtisodiy jarayonning sxemasi, loyihasi, matematik formulalar bilan ifodalanishi tushuniladi. Bu erda kengroq ishlatiladigan modellardan biri iqtisodiy-matematik modellardir. Iqtisodiy matematik modellar, iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini funksiya, tenglama, tengsizliklar orqali ifodalaydi.
Funksiya - bu matematik tushuncha bo’lib, bog’liq o’zgaruvchi bilan erkin o’zgaruvchilar o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlikni ifodalaydi.
Agar funksiya bitta bog’liq o’zgaruvchi bilan, bitta erkin o’zgaruvchi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, unga bir o’zgaruvchili funksiya deyiladi va u quyidagicha yoziladi:
Agar funksiyada erkin o’zgaruvchilar soni -ta bo’lsa, , u holda o’zgaruvchili funksiyani olamiz:
Bir o’zgaruvchili funksiyaga misol sifatida narxga bog’liq bo’lgan talab funksiyasini qarash mumkin:
bu erda: - talab miqdori; - bir birlik mahsulot narxi.
Talab funksiyasi mahsulot narxi bo’lganda, iste’molchi qancha maksimal miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko’rsatadi. Narx oshganda, talab miqdori kamayadi. Masalan, o’quvchi daftariga bo’lgan talab va daftar narxi o’rtasidagi bog’liqlik quyidagi jadvalda berilgan.
Masala
Nonga bo’lgan 2 omilli talab funktsiyasi berilgan Qd=80-20*P+2*x Bu funktsiyasi orqali berilgan non narxi va iste’molchi daromadiga nonga talab qancha ekanligini anqlash mumkin. Agar non narxi 20 so’m, daromad 50 so’m bo’lsa, nonga talab Qd=80-20*20+2*250 Agar iste’molchi daromadi o’zgarmas bo’lib 250 so’mga teng bo’lsa, u holda 1 omilli nonga talab funktsiyasini olamiz Qd=580-20*P Yoki non narxi 20 so’m o’zgarmas bo’lsa, biz daromadga bog’liq nonga talab funktsiyasini olamiz. Qd=300-2*R
Do'stlaringiz bilan baham: |