Tarif-malaka ma‘lumotnomalari – bu aniq ish bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi.
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari bo’lib, ular birinchi razryad va keyingi razryadlar o’rtasidagi nisbatini ko’rsatadi.
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga
qo’shimcha haqlar belgilanadi.
Mamlakatimizda o’tgan 20 yil mobaynida har yili ish haqi miqdori ikki marta oshirib borildi. Xususan, 2006 yilning ohirida o’rtacha real oylik ish haqi 185 ming so’mni yoki 150 AQSH dollarini tashkil etgan edi, 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1.5 barobar ko’paytirildi va byudjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollarga teng bo’ldi, 2008 yilda 1,5 barobar oshirildi yoki 310 dollarga yetdi, 2009 yilda 1,4 barobarga oshirildi.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
Pindyck, Robert S. Microeconomics. - Copyright 2013, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik -T.: TDIU, 2010. - 230 b.
Olimova N.X., Ergashev A.X. “Mikroiqtisodiyot” o‘quv-uslubiy ko‘rsatma. – F.: FDU, 2010.
Mavzu:Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish
2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud chеklangan iqtisodiy rеsurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning chеksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish mumkin, dеgan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy rеsurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo’lishi ko’zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to’laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini bеradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy rеsurslar nisbatan chеklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kеchish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo’ladi. Shunday tanlash orqali, rеsurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko’rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to’liq foydalanish uchun, iqtisodiy rеsurslarning to’la bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlash zarur.
To’la bandlik – iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan barcha rеsurslardan to’la unum bilan foydalanish holati. Bunda ishchi majburiy ishsiz bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo’lgan barcha ishchi kuchini ish bilan ta’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki kapital uskunalar ham bo’sh qolmasligi hamda to’la quvvat bilan ishlashi lozim.
Ishlab chiqarishning to’liq hajmi, rеsurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko’p hissa qo’shadigan qilib foydalanishni va mavjud tеxnologiyalarning eng yaxshisini qo’llashni ham bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma’lum chеgarasi bo’ladi. Chunki, rеsurslar kamyob bo’lganligi sababli iqtisodiyot to’la bandlik va ishlab chiqarishning to’liq hajmida ham tovar va xizmatlarni chеklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati chеgarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib yanada aniqroq tasvirlash mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |