Mavzu: Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni maksimallashtirish yo`llari
Reja: 1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi. 2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari. 3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi. 4. Ish haqining iqtisodiy mazmuni, tashkil etish shakllari va tizimlari.
KIRISH Hammamizga ma‘lumki Rеspublikamiz mustaqillikkа erishgandan so`ng iqtisodiyotni rivojlantirish, isloh qilish va erkinlashtirish uchun kеng imkoniyatlar yaratildi. Hozirgi paytda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo‘shma korxonalar tuzish, korxonalarni ochiq tipdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish va ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga katta e‘tibor berilmoqda.
Bu jarayonlarni yanada yuqori darajaga olib chiqish albatta oson kechmaydi. Ushbu masalalarning dolzarbligini mamalakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so‘zlari ham tasdiqlaydi: .Bugungi keskin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo`lishi va mustahkam o`rin egallashi uchun bu boradagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko`rib chiqish lozim.Bunda tashqi bozorda xaridorbop,yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni rag`batlantirishni yanada kuchaytirish,ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish bo`yicha qo`shimcha chora tadbirlar tayyorlash zarur.
Prezidentimizning bu fikrlaridan ko`rinib turibdiki mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqishning samarali yo`llaridan biri - bu iqtisodiyotni erkinlashtirishdir, ya‘ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo`l ochib berishdan iborat. Bozor munosabatlari tizimida kichik biznesni boshqarishni yo`lga qo`yishning qulay imkoniyatlari quyidagilar:
ishlab chiqarish hajmi , ishlovchilar soni hamda sarmoya hajmining kamligi;
bozordagi talabga nisbatan tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati mavjudligi;
yangi ish o`rinlarini barpo etish va bandlik muammosini hal etishga ko`maklashish imkoniyati;
Yangilikka monand tovarlarni ishlab chiqarish orqali iste‘molchilarning psixologiyasiga ta‘sir eta olishi;
biznes egasini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki;
nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo`lgan tovar va xizmatlarga bo`lgan talabni qondira olishi;
Malakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2005-yil 20-iyundagi ―Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi. PF-3620-sonli Farmoniga asosan kichik biznes subektlarini jadal rivojlantirishni yanada rag`batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushuni tubdan oshirish maqsadida 2005-yil,1-iyulidan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi joriy etildi. Dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo`lsak, rivojlangan mamlakatlarda ham dastavval kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o`rni yuqori edi.Hozirda eng ilg`or rivojlanayotgan davlatlardan biri Yaponiyada ―Yapon mo`jizasi., deb atalgan iqtisodiy shiddat ham davlatning rejalashtirilgan qat‘iy siyosati tufayli oyoqqa turib, hozirgi paytda mamlakat yalpi ichki mahsuloti yetishtirishda umumiy foydaning yarmini kichik biznes tashkil etadi..Yapon korxonalarida ikkinchi jahon urushidan so‘ng kichik biznеs bilan shug‘ullanishi rеvolyutsion tarzda kеchdi. Yapon xo‘jaligining kichik va yirik biznеs chirmashib kеtgan iqtisodiyot dеb atash mumkin. Kichik biznes-iqtisodiyotni rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. Kichik biznesda samaradorlikni oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilar: ilg'or texnologiya va zamonaviy uskunalardan foydalanish; xomashyo va materiallaming yangi turlarini qo'llash; asosiy fondlardan samarali foydalanish; aylanma mablag'lar aylanishini jadallashtirish; mehnatni tashkil qilishning samarali shakl va usullarini qo'llash; menejment fani va amaliyotining ilg'or yutuqlaridan foydalanish; mamlakatimiz va xorij firmalarining ilg'or tajribalarini tatbiq etish; Kabi jarayonlarni yaxshilash maqsadga muvofiqdir. Bu uchun tadbirkorlik faoliyatini ham yaxshi yo`lga qo`yish zarur.