9.1-rasm. Ikkita ishlab chiqarish omili ma’lum vaqt mobaynida o`zgarganda
mahsulot ishlab chiqarish chizmasi.
Izokvantlar 9.1-jadval ma’lumotlariga mos keladi, biroq mayda ko`rsatkichlardan foydalanishga imkon berish uchun bir tekis egri chiziq shaklida chizilgan. Masalan, Q1, izokvantida ishlab chiqarish omillarining barcha o`zaro nisbati berilgan, ulardan foyda-lanish 55 birlik mahsulotni beradi. Nuqtalardan ikkitasi, A va D, 9.1-jadvalga muvofiq belgilangan, biroq egri chiziqning qolgan qismlari izokvantning oddiy ko`rinishida be-rilgan. A nuqtada bir mehnat birligi va uch kapital birligi 55 birlik mahsulot olishni ta’-minlaydi; ayni vaqtda D nuqtada shu hajmda mahsulot chiqarishga uch mehnat birligi va bir kapital birligining o`zaro nisbati bilan erishiladi. Q2 izokvantda 75 birlik mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi ishlab chiqarish omillarining barcha o`zaro nisbati joy-lashgan, bulardan to`rtta nuqta 9.1-jadvalda chizib ko`rsatilgan mehnat bilan kapital-ning o`zaro nisbatiga muvofiq joylashgan. Q3 izokvant Q2-dan yuqori va o`ng tomonda
yotibdi, chunki unda ikkala ishlab chiqarish omillarining shunday o`zaro nisbati beril-ganki, ularda Q, da ishlab chiqariladigan mahsulot hajmidan ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi.
Izokvantlar farqsizlik egri chizig’iga o`xshash, biz ulardan iste’mol tanlovi nazari-yasini o`rganishda foydalanganmiz. Farqsizlik egri chizig’i iste’molni qondirish daraja-sining pastdan yuqoriga borishini ifodalaydi, izokvantlar esa mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`rsatadi. Biroq, farqsizlik egri chizig’idan farqli o`laroq har bir izokvant mah-sulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasi bilan bog’liq. Ayni vaqtda, farqsizlik egri chizig’iga mos keluvchi «raqamlar» ifodasi faqat tartib shaklida e’tiborga sazovor, ya’ni yuqoriroq darajadagi naflilik «yuqoriroq» farqsizlik egri chizig’i bilan bog’liq. Biroq biz izokvant vositasida mahsulot ishlab chiqarishning alohida darajasini aniqlash usuli bilan naflilikning alohida darajasini o`lchay olmaymiz.
Izokvantlar kartasi alohida izokvantlar yig’indisidan iborat bo`lib, ularning har biri, omillarning muayyan nisbatida erishiladigan maksimal mahsulot ishlab chiqarishni ko`rsatadi. Izokvantlar kartasi ishlab chiqarish funktsiyasini ifoda etishning muqobil usuli bo`lib, xuddi farqsizlik egri chiziqlari kartasi kabi naflilik funktsiyalarini ifoda etuvchi uslublardan biri hisoblanadi. Izokvantlarning cheksiz miqdori izokvantlar kar-tasini tashkil etadi. Har bir izokvant turli hajmda mahsulot ishlab chiqarish bilan tasvir-lanadi va bu hajmlar chizmada yuqoriga va o`ngga siljish bilan ortib boradi.
Izokvantlar firmalarning ishlab chiqarish bo`yicha yechimlarining qanchalik mos-lashuvchan ekanligini ko`rsatadi. Ko`p hollarda, firmalar ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatidan foydalanib, ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga erishish-lari mumkin. Firma rahbari bunday moslashuvchanlikning tabiatini tushunishi zarur. Bu rahbarga ishlab chiqarish omillarining shunday o`zaro nisbatini tanlab olish imkonini beradiki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini minimumlashtiradi va foydani maksimum-lashtiradi.
Ishlab chiqarish va uning xarajatlari to`g’risida gapirganda, ular qisqa muddatda va uzoq vaqtda amal qilishining farqiga borish muhimdir. Qisqa muddatli deb ishlab chiqa-rish omillarining hech bo`lmaganda birontasini ham o`zgartirib bo`lmaydigan vaqtga aytiladi. Shu vaqt davomida o`zgara olmaydigan omillarni doimiy ishlab chiqarish omil-lari deyiladi. Masalan, firmaning kapitalidan foydalanish yo`nalishini o`zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va boshqa asbob-uskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va undan ortiq vaqt ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha omillarga o`zgartirish kiritish uchun yetarli bo`lgan vaqt mobayniga aytiladi. Bunday omillar o`zgarib turadigan omil-lar deyiladi. Qisqa muddatli vaqt davomida firmalar ma’lum bir zavoddan va asbob us-kunalardan foydalanish intensivligini o`zgartirishi mumkin. Uzoq muddat davomida esa ular zavodning quvvatini ham o`zgartirishi mumkin. Barcha jalb etilgan ishlab chiqarish omillarining qisqa muddatli davrdagi holati firmalarning uzoq vaqtga mo`ljallangan ye-chimlari bilan bog’liq bo`lib, bu yechimlar ma’lum tovarlarni sotishdan tushadigan foy-daning hisob-kitobiga asoslangan. Har bir alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq muddatdagi omillar harakatini farqlash zarur. Masalan, idishdan quyib sotiladigan bola-lar limonadi uchun uzoq muddatli vaqt bir yoki ikki kunni, neftkimyo yoki avtomobil qurilishi firmalari uchun esa 10 yilni tashkil etadi.
Rasm qisqa va uzoq muddatda omillar harakati o`rtasidagi farqni o`rganish imkoni-ni beradi. Faraz qilaylik, (A nuqtada) firma bir dona (birlik) mehnat resurslari va 3 bir-lik kapitaldan foydalanib 55 birlik (dona) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarmoqda, biroq u mahsulot ishlab chiqarishni 90 taga yetkazmoqchi. Mehnat sarflari 30 dollar/ soatni, kapital sarfi atigi 10 dollarni tashkil etgani uchun 55 dona mahsulot ishlab chi-qarishning, umumiy qisqa muddatli xarajatlari 60 dollarga teng.
Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham o`zgarib turadigan ishlab chiqarish omillari bo`lgani uchun, masalan, E nuqtada mahsulotni qo`shimcha ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollarni tashkil etishi mumkin. Bu, bir dona mehnat resursi va ikki dona kapitaldan qo`shimcha foydalanish bilan bog’liq. Biroq, qisqa muddatli davr davomida biz ikkala omilni bir vaqtda qo`llay olmaymiz. Demak, 90 dona mahsulot ishlab chiqa-rishning birdan-bir usuli A nuqtadan S nuqtaga siljigan holda mehnat omilini, ya’ni, mehnat sig’imini 1dan Z gacha ko`paytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot ishlab chiqa-rishning qisqa muddatli xarajatlari 120 dollarni tashkil etadi, bu uzoq muddatli xarajat-larga (E nuqta) qaraganda 10 dollar ortiq.
Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga keladilar va ayni vaqtda uzoq muddatli davrda omillarni o`zgartirishni rejalashtiradilar. Qisqa muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 55dan 90 donagacha ko`paytirish firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. Biroq, uzoq muddatli davrda agar ishlab chiqarish jarayonida ikki do-na (birlik) kapital qo`shimcha ravishda foydalanilsa bu sarflar 50 doll. soatga pasayishi mumkin.
Shunday qilib, bizning firmamiz qo`shimcha kapitalga buyurtma beradi, biroq ayni vaqtda uch mehnat birligidan foydalanib 90 dona mahsulot ishlab chiqaradi. Qo`shim-cha kapital kelib qo`shilgan vaqtda firma o`zi kiritadigan mehnat omilini kamaytirishi va foydani ko`paytirishi mumkin.
Bitta o`zgaruvchan ishlab chiqarish omili sharoitida ishlab chiqarish
Kapital qat`iy belgilangan ishlab chiqarish omili bo`lib, mehnat esa o`zgaruvchan hi-soblanuvchi holatni ko`rib chiqamiz. Bu holda firma ishlab chiqarishni asosan mehnat resurslaridan foydalanish hisobiga ko`paytiradi. Tasavvur qiling, masalan, Siz kiyim ishlab chiqaruvchi fabrikani boshqaryapsiz. Ixtiyoringizda doimiy (o`zgarmas) miqdor-da asbob-uskuna mavjud, ammo Siz asbob-uskunani foydalanish va kiyim tikish uchun oz yoki ko`p ishchi yollashingiz mumkin. Siz qancha kishi yollash va qancha kiyim ish-lab chiqarishni hal qilishingiz kerak.Bir qarorga kelish uchun ishlab chiqariladigan mah-sulot Q miqdori foydalaniladigan mehnat resurslari L o`sgan sari qanday ko`payishini (agar umuman ko`paysa) bilish zarur.
Jadvalda mehnat sarfi turlicha va kapital sarfi doimiy bo`lgan sharoitda 10 birlikka teng ishlab chiqarish hajmi keltirilgan (birinchi ustun — mehnat sarfi, ikkinchisi — ka-pitalning o`zgarmas miqdori va uchinchisi — ishlab chiqarish hajmi). Mehnat sarfi nol-ga teng bo`lganda, ishlab chiqarish hajmi ham nol bo`ladi. Mehnat sarfi sakkiz birlik-kacha oshganda ishlab chiqarish hajmi o`sib boradi. Bu nuqtadan yuqorida ishlab chiqa-rish hajmi kamayadi. Bungacha har bir qo`shimcha mehnat sarfi asbob-uskunalarning mehnat unumdorligini oshirgan, biroq ko`rsatilgan bu nuqtadan keyin qo`shimcha meh-nat sarflari to`la bo`lmay qoladi va samaraga qarshi bo`lib qolishi mumkin (yig’ish lini-yasidan ikki kishiga qaraganda besh kishi yaxshi foydalanishi mumkin, biroq o`n kishi bir-biriga xalaqit berib ishlaydi).
Bitta o`zgarib turuvchi omil qo`llangandagi ishlab chiqarish natijalari
-
Mehnat sarfi
(L)
|
Kapital sarfi
(K)
|
Ishlab chiqarish
hajmi (Q)
|
O`rtacha
mahsulot
(Q/L)
|
Chegarali
mahsulot
(∆Q/∆L)
|
0
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
|
10
10
10
10
10
10
10
10
10
10
10
|
0
10
30
60
80
95
108
112
112
108
100
|
—
10
15
20
20
19
18
16
14
12
10
|
—
10
20
30
20
15
13
4
0
-4
-8
|
Do'stlaringiz bilan baham: |