Chekli xarajat va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi bog`liqlik.
4-chizmaga qarasak, dastavval g`alati narsaga duch kelasiz. Qachonki chekli xara-jat o`rtacha umumiy xarajatdan pastroq bo`lsa, o`rtacha umumiy xarajat tushayotgan bo`ladi. Shuning aksi bo`lsa, o`rtacha umumiy xarajat oshadi. Firma xarajat chiziqlari-ning bu xususiyati namunada foydalanilgan o`ziga xos rasmlarga o`xshamaydi. U ham-ma firmalar uchun to`g`ri. Nima uchun bunday? O`rtacha xarajat va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi aloqa muhim natijaga ega: o`rtacha xarajat chizig`i o`rtacha umumiy xarajat chizig`ini o`zining eng pastki nuqtasidan kesib o`tadi. Lekin ikki chiziq tutash-gach, sezilarsiz narx o`rtacha umumiy xarajat chizig`idan tepaga ko`tariladi. Hozirgina muhokama qilganimiz sababli, o`rtacha umumiy xarajat ishlab chiqarishni bu darajasida ko`tarilishni boshlashi kerak.
Ko`pchilik firmalarda chekli mahsulot birinchi ishchi yo`llanganidan keyin, darrov faoliyatini boshlamaydi. Ishlab chiqarish jarayoniga bog`liq holda, 1- ishchiga qaragan-da 2- yoki 3- ishchida ko`proq sifatli mahsulot bo`ladi, chunki, ishchilar jamoasi topshi-riqlarni bo`lib olishlari mumkin va bitta ishchiga qaraganda unumliroq ishlaydilar. Fir-malar sifatli mahsulotni ishlab chiqarishni boshlashdan oldin, o`z tajribalarini oshirish uchun bu ko`rgazmalarni namoyish qiladilar. O`rtacha umumiy, o`rtacha o`zgarmas, o`rtacha o`zgaruvchan, chekli xarajatlarni biror-bir firma misolida 5-chizmada, o`rtacha umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan xara-jat (AVC) va chekli xarajat (MC)larni o`z ichiga olgan holda ko`rsatilgan. Ishlab chiqa-rish hajmi pasayganda chekli mahsulot ishlab chiqarishda firmaning tajribasi oshadi, va diagrammada chekli xarajat egri chiziqlari pasayadi. Nihoyat, firma chekli mahsulot qis-qarishini tajriba qilganidan so`ng xarajatlar ko`tarila boshlaydi. Bu o`sish kombinatsiya-si keyinchalik chekli mahsulotning qisqarishini, va o`rtacha-o`zgaruvchan-xarajat dia-grammasini hosil qiladi. Bizning dastlabki misolimizdagi farqlarga qaramasdan, xara-jatlarlar tebranishining 3 ta xususiyatini eslab qolish uchun juda muhim:
Chekli xarajatlar nihoyat ishlab chiqarish miqdori bilan birgalikda oshadi.
O`rtacha-umumiy-xarajat “U” shaklida shakllanadi.
Chekli xarajatlar egri chizig`i o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`ini minimum nuqta-sidan kesib o`tadi.
Ko’p firmalar chekli mahsulotni qisqartirishdan oldin uning oshishini tajriba qila-dilar. Natijada ular quyidagicha xarajat chizmasiga ega bo’ladilar. Chekli xarajatlar shu-ni bildiradiki, o’rtacha umumiy xarajat ko’tarilishni boshlashdan oldin tushadi.
Ko`pgina firmalar uchun o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar o`rtasidagi umumiy xarajatlar taqsimoti vaqtga bog`liqdir. Masalan, FORD mashina kompaniyasi kabi ma-shina zavodi qisqa vaqt ichida FORD uning mashina zavodlari hajmi yoki sonini o`z-gartira olmaydi. Faqatgina u o`zining oldindan mavjud bo`lgan zavodlariga qo`shimcha ishchi xodimlar olish yo`li bilangina u ishlab chiqarayotgan mashinalar sonini ko`payti-rishi mumkin. Bu zavodlarning xarajatlari qisqa muddat ichida o`zgarmaydi, biroq bir necha yil davomida FORD yangi zavodlar qurib yoki eskilarini yopib zavodlar hajmini ko`paytirishi mumkin. Shuning uchun uzoq muddat ichida uning zavodlari xarajatlar o`zgaruvchandir.
Ko`pgina loyihalar qisqa muddat ichida o`zgarmas, uzoq muddat ichida o`zgaruv-chanligi sababli, firmaning qisqa muddatdagi xarajat egri chizig`i darajasi uzoq muddat-dagidan farq qiladi. 6-chizmada bunga bir misol berilgan. Chizmada kichik, o`rta va katta zavodlar uchun 3 ta qisqa muddatli o`tacha umumiy xarajat darajasi berilgan. Un-da shuningdek, uzoq muddatli xarajat darajasi berilgan, zavod xarajatlari ishlab chiqa-rish xarajatlariga moslashtirilgan.
Bu chizma qisqa va uzoq muddatli xarajatlar bilan bog`liqdir. Uzoq muddatli o`rta-cha umumiy xarajat egri chizig`i qisqa muddatli o`rtacha umumiy xarajatga qaraganda, ancha U shaklida egilgandir. Qo`shimcha qilib aytganda, hamma qisqa muddatli egri chiziqlar uzoq muddatli egri chiziqlar ustida yotadi. Bu xususiyatlar o`sishi firmaning uzoq muddatda ko`proq egiluvchan bo`lganligidadir. Natijada, uzoq muddatda, firma xohlagandek qisqa muddatli egri chiziqni tanlaydi. Lekin, qisqa muddatda avval tan-langan qisqa muddatli egri chiziqdan foydalanilgan bo`ladi. Ushbu miqdor bu misolda ishlab chiqarishda o`zgarish turli davr oralig`idagi xarajatlarni o`zgartirishni ko`rsatadi.
Uzoq muddatda o`zgarmas xarajatlar turli xil, o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`i qisqa muddatda uzoq muddatdagi o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`idan farq qiladi.
Qachonki Ford kuniga mashina ishlab chiqarishni 1000 ta dan 1200 taga oshirishni xohlaganda, qisqa vaqt ichida buning imkoni yoq edi. Lekin o`zining bu mavjud kich-kina zavodiga ko`proq ishchilarni yollash kerak edi. Kichik mahsulotlarni kamaytirish sababli, o`rtacha umumiy xarajat har bir mashina uchun 10000$ dan 12000$ ga oshdi. Uzoq muddat ichida Ford zavodining ham ishchi kuchini kengaytirdi, ham o`rtacha umumiy xarajat 10000$ ga qaytardi.
Firma o`z faoliyatini uzoq vaqt davom ettirishi uchun qancha vaqt kerak? Buning ja-vobi firmaga bo`liq. Firma o`zining ishlab chiqarish qobilyatini tartibga keltirishi uchun qancha vaqt ketishi haqida yagona javob yo`q. Mahsulot ishlab chiqarishga yaroqli fir-madagi sihlab chiqarish jarayonlari haqidagi muhim ma’lumotlarni uzoq muddatli o`r-tacha umumiy xarajat chizig`i o`zida namoyish qiladi. Ayniqsa, bu xarajatlar bir-biridan qanday farqlanishini aytadi. Ishlab chiqarish oshgan sari, uzoq muddatli o`rtacha umu-miy xarajat kamaysa, bu iqtisodiy samara deyiladi. Ishlab chiqarish oshgan sari, uzoq muddatli o`rtacha umumiy qiymat ham oshsa, bu noiqtisodiy samara deyiladi. Uzoq muddatli o`rtacha umumiy xarajat ishlab chiqarish darajasi bilan teng bo`lsa, bu o`zgar-mas samara deyiladi. Bu misolda Ford ishlab chiqarishni eng past darajalarida iqtisodiy
samaraga ega bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |