Reja Ishlab chiqarish texnologiyasi


O`rtacha va chegarali mahsulot. Ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi



Download 1,71 Mb.
bet4/12
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#465685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4 - mavzu. Ishlab chiqarish nazariyasi. Ishlab chiqarish xarajatlari

3.O`rtacha va chegarali mahsulot. Ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi
Ishlab chiqarish jarayonvda jonli mehnatdan foydalanishni o`rtacha va mehnat che-garali mahsuli tushunchalari yordamida ifodalash mumkin. 9.2- jadvalning 4-ustuni mehnat o`rtacha mahsuli APL ni ko`rsatib turibdi,bu foydalanilgan omil birligiga to`g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini o`zida aks ettiradi. O`rtacha mahsulot ish-lab chiqarish hajmi Q ni umumiy mehnat sarflari L ga taqsimlab aniqlanadi. Bizning misolimizda o`rtacha mahsulot dastlab ko`payadi, biroq mehnat sig’imi 4 birlikdan oshgan sari kamaya boshlaydi. 5-ustunda mehnat chegarali mahsulotlari MPL ko`rsa-tilgan bo`lib, bular mehnat sarfi bitta birlikka ko`payishi natijasida ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot hajmidir. Masalan, kapital miqdorga o`zgarmagan holda ya’ni u 10 birlik bo`lgani holda mehnat sarfini 2 dan 3 birlikka ko`paytirish mahsulot hajmini 30 dan 60 birlikka oshiradi, ya’ni qo`shimcha ravishda 30 birlik mahsulot (60—30) hosil qiladi. Mehnat chegarali mahsuli AQ/AL tarzida yoziladi (ya’ni, mehnat sarfi AL bitta birlikka ko`payishi natijasida ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi ya’ni AQ). Mehnat chegarali mahsuloti foydalaniladigan kapital miqdoriga ham bog’liq. Masalan, kapital sarfi 10 dan 20gacha ko`paysa, mehnat chegarali mahsulotining ko`payishi extimoli bo`ladi. O`rtacha mahsulot singari chegarali mahsulot ham avval ko`payadi, keyin esa pasayadi, biroq u faqat mehnat sarflari 3 birliqdan oshgandagina pasaya boshlaydi.
Yakun chiqaramiz: Mehnat o`rtacha mahsuloti = ishlab chiqarish hajmi /
mehnat sarflari = Q /L.

Mehnat chegarali mahsuloti = ishlab chiqarish hajmining ko`payishi /
mehnat sarflarining ko`payishi / AQ/AL.
9.2-jadvalda berilgan axborotning chizma tasviri hisoblanadi. Biz rasmdagi barcha nuqtalarni yaxlit chiziqlar orqali birlashtirdik. 9.2-a rasm ishlab chiqarish hajmi o`si-shini, biroq maksimum 112 birliqdan iborat maksimumga etmaganini va kelgusida pa-sayishini ko`rsatadi. Ishlab chiqarish egri chizig’ining bu qismi uzuquzuq chiziq bilan belgilangan bo`lib, u bilan mehnat sarfi 8 birlikdan yuqori bo`lganda ishlab chiqarish texnologik jihatdan samarali emasligini ko`rsatadi, demak u ishlab chiqarish fuktsiya-sining qismi hisoblanmaydi. «Samaradorlik» tushunchasi manfiy chegarali mahsulotni inkor etadi. 9.2-rasmda o`rtacha va chegarali mahsulotlar egri chizig’i ifodalangan.
O`rtacha mehnat mahsuli — bu kiritilgan mehnat omili miqdoriga bo`lingan umu-miy mahsulotdir. V nuqtada o`rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi (60)ni kiritilgan omil Zga bo`linmasini aks ettiradi, yoki 20 birlikka teng kiritilgan mehnat omilini yoki mehnat sarflarini ko`rsatadi. Ko`rinadiki, ushbu o`rtacha mahsulot umumiy mahsulot egri chizig’ining dastlabki holatdan V nuqgasigacha bo`lgan egilishi bilan o`lchanadi. Umuman, o`rtacha mahsulot umumiy mahsulot egri chizig’ining qaysi bir nuqtasida keskin egiladi. Bu egilish boshlang’ich nuqgadan to shu nuqtagacha bo`ladi. Hatto yu-zaki o`rganish ko`rsatib turibdiki, o`rtacha mehnat mahsuli o`zining maksimal miqdori-ga V nuqgada etadi. Bu nuqtada chiziq o`zining dastlabki holatiga nisbatan eng katta burilishga ega bo`lib, keyin pasayadi.
Mehnat chegarali mahsuli — bu umumiy mahsulotni kiritilgan omil mehnatning yoki mehnat sarflarining unchalik katta bo`lmagan o`zgarishiga javoban siljishini ifo-dalaydi. Geometrik jihatdan chegarali mahsulot, ishlab chiqarish egri chizig’ining qaysi bir nuqtasida mahsulot chiqarish egri chizig’ining xuddi shu nuqtadagi egilish burcha-giga teng. Mahsulot ishlab chiqarish egri chizig’ining og’ish burchagi o`z navbatida shu nuqga orqali o`tkazilgan urinma chiziqning egilish burchagiga teng. Shunday qilib, A nuqtada chegarali mahsulot 20 birlikka teng bo`ladi, chunki urinma chizig’ining bur-chak koeffitsienti mahsulot ishlab chiqarish egri chizig’iga nisbatan 20ga teng. Urinma chiziqlarni mahsulot ishlab chiqarish egri chizig’iga nisbatan burchak koeffitsientlarini o`rganar ekanmiz, mehnat chegarali mahsuli dastlab o`sib borishi, mehnat sarflari 3 bir-lik bo`lganda o`zining cho`qqisiga chiqishi, keyin esa S nuqtadan D nuqtagacha silji-gan sari pasayib borishini ko`ramiz. D nuqtada ishlab chiqarish hajmi maksimumlasha-di, urinma chiziqning mahsulot ishlab chiqarish egri chizig’iga nisbatan egilishi O ga teng va chegarali mahsulot ham O ga teng bo`ladi. Bu nuqtadan yuqorida chegarali mahsulot manfiylashadi.

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish