9.5-rasm. Texnik o`rnini bosishning chegarali (marginal) me’yori.
Barcha izokvantlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi doimiy qoldirilgani uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi nulga teng bo`ladi. Shunday qilib:
(MPL) (AL) + (MRK) (DK) = 0
Endi, shartlarni o`zgartirgan holda, ko`ramizki:
(MPL) (MRK) = -(AK/AL) =MRTS (6.2.)
Tenglama (9.2.)dan ko`rinib turibdiki, alohida izokvant uchun ishlab chiqarish jarayonida kapitalning o`rnini mehnat bosishi chegarali kapital chegarali mahsulotini ko`paytiradi va mehnatning chegarali mahsulotini kamaytiradi. Ikkala o`zgarishning umumiy natijasi, bu texnik o`rnini bosishning chegarali me’yori pasayishi va izokvant-larning tenglashish holatidir.
Ishlab chitsarish funktsiyalari — ikki alohida holat
Ishlab chiqarish jarayonida bir omilning o`rnini boshqasi bosish imkoni chegarala-rini hisobga olish uchun ishlab chiqarish funktsiyasining ikkita alohida holatidan foy-dalanish mumkin. 6.6-rasmda ko`rsatilgan birinchi holatda omillar eng maqbul ravishda bir-birining o`rnini bosadi.
Bu holatda MRTS izokvantning barcha nuqgalarida doimiy (o`zgarmas). Bu ho-latda bir miqtsordagi mahsulot faqat mehnat bilan, faqat kapital bilan yoki har ikkalasi o`zaro bog’liq holda ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, Q hajmda mahsulot ishlab chiqarish faqat kapital hisobiga (A nuqgada), faqat
9.6-rasm. Ishlab chiqarish omillari eng maqbul o`rin almashganda ishlab chiqarish funktsiyasining o`zgarish tavsifi.
Mehnat hisobiga (S nuqtada) yoki ikkala omillar hisobiga (V nuqtada) yuz beradi. Odatda bunday holat uchramaydi, biroq bir qator holatlarda firmaning ishlab chiqarish jarayoniga oqilona yondashishini ta’minlaydi. Masalan, yo`l yoki ko`prik ustidagi te-lefon-avtomatga avtomatik ravishda yoki texnik-xodimlar yordamida xizmat ko`rsati-lishi mumkin. Boshqa misol, musiqa asboblarini ishlab chiqarish to`la avtomatlashgan mashinalarda yoki yuqori malakalari mutaxassislar mehnati bilan amalga oshadi. 9.7-rasm mutlaqo teskari holatni — omillar tarkibi o`zgarmagan holdagi ishlab chiqarish funktsiyasini ko`rsatadi. Bu holatda bir omilni boshqa omil bilan almashtirish mumkin emas (iloji yo`q). Mahsulot ishlab chiqarishning har bir ma’lum hajmi mehnat va kapi-talning ma’lum nisbatda o`zaro bog’liqligini talab qiladi. Ishlab chiqarishni o`stirish uchun mehnat va kapital sarflarini ma’lum nisbatda ko`paytirish zarur. Natijada, 9.7-rasmda izokvantlar to`g’ri burchak shakliga ega bo`ladilar. Bunday funktsiya uchun be-tondan qilingan sayrgoh yo`lakchalarini pnevmatik bolg’alar yordamida ta’mirlash mi-sol bo`la oladi. Ikkita ishchi va bitta bolg’ani yoki ikkita bolg’a va bitga ishchining ish-lashi bilan mehnat unumdorligi o`smaydi. Boshqa misol — taksi xizmatiga, kundalik
sharoitda bir haydovchi va bir mashina kerak.
9.7-rasmda A,V va S nuqtalari kiritilgan omillarning texnik jihatdan o`zaro samarali bog’lanishini ko`rsatadi. Masalan, Q hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun A nuqtada L miqdorda mehnat va K miqdorda kapital foydalaniladi. Agar K,da kapital o`zgarmas bo`lsa mehnat sarflarining ko`payishi hsulot ishlab chiqarish hajmini o`zgar-tirmaydi.
9.7.-rasm. Omillar tarkibi o`zgarmas bo`lgan holdagi ishlab chiqarish funktsiyasi.
Shuningdek, L, da mehnat sarflari o`zgarmas bo`lsa, kapitalning ko`payishi mah-sulot ishlab chiqarish hajmini, o`zgartirmaydi. Shunday qilib, to`g’ri burchakli izo-kvantlarning tik va yotiq qismlarida mehnatning chegarali mahsuloti ham, kapitalning chegarali mahsuloti ham nulga teng. Ham kapitaldan ham mehnatdan foydalanish ko`-paysa, ya’ni ishlab chiqarish omillarining ma’lum nisbatda o`zaro bog’lanishi A dan V ga o`zgarsa, mahsulot chiqarish ko`payishi mumkin.
Ishlab chiqarish omillari tarkibi o`zgarmay (doimiy) qolgandagi ishlab chiqarish funktsiyasi shunday vaziyatni ifodalaydiki, bunda firma ishlab chiqarish usulini tanlashi cheklangan bo`ladi.
Masalan, televizion spektaklni sahnalashtirish kapital (kamer ovoz asboblari va ho-kazo) bilan mehnat (rejisyor, ijrochi va b.)ning ma’lum nisbatda o`zaro bog’lanishini talab etadi. Televizion spektakllar sonini ko`paytirish uchun barcha ishlab chiqarish omillarini ko`paytirish kerak bo`ladi. Xususan, mehnat sarflarini qisqartirish hisobiga kapital sarflarini ko`paytirish murakkab, chunki ijrochi (aktyor)lar zaruriy ishlab chiqa-rish omili hisoblanadi (ehgimol hayvonlar to`g’risidagi filmlar bundan mustasnodir. Huddi shuningdek, kapitalni mehnat bilan almashtirish qiyin,chunki filmlar va spektakl-larni qo`yish juda murakkab asbob-uskunalarni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |