Miyaning ezilishi. Miya suyaklari singanda miya ezilishi, siniq suyak parchalari botishi, qattiq va yumshoq pardalarga qon quyilishi hamda miya shishib ketishi natijasida qon aylanishi buzilishi va orqa miya suyuqligi ko‘p miqdorda yig‘ilishi mumkin.
Miya ezilishining eng asosiy belgisi qon tomirining sekin urishidir (40-50 marta). Miya ezilganda bosh tinmay og‘riydi, bemor qusadi, qo‘zg‘aladi, nafas olishi tezlashadi, tomiri suts uradi, ko‘z qorachiqlari kengayib ketadi va yorug‘likka reaksiya bermaydi, nixoyat xushidan ketadi.
BTYO. Birinchi yordam boshni qimirlatmaslikka qaratilgan bo‘ladi. Transport immobilizatsiyasi uchun zinapoyasimon yoki Elanskiyning fanerli shinasidan foydalaniladi. Miya shishini oldini olish uchun diuuretiklar va gipertonik eritmalardan foydalanish mumkin. Og‘ir xollarda bosh suyagi trepanatsiya qilinadi.
Miyaning urilishi. SHikatslovchi omilning miyaga karama-qarshi tomondan zarb bilan urilishi natijasida kelib chiqadi, bunda boshning yumshoq to‘qimasi butun qolib, miya moddasi shikatslanadi. Engil darajada urilganda-es-xushning yo‘qolishi, nevrologik o‘zgarishlar, nutq va sezishning buzilishi, falajliklar kuzatiladi. O‘rta darajada miya faoliyatining buzilish belgilari birmuncha yaqqolroq ifodalanadi. Og‘ir darajada uzoq vaqt xushsizlik, hayotiy faoliyatlarni izdan chiqishi kuzatiladi.
BTYO. Boshni yuqoriga qaratib yotqizilgan xolda zambilda kasalxonaga jo‘natiladi. Davolash 4-5 hafta olib boriladi va miya shishini oldini olishdan, miyaga qon quyilganda punksiya qilish, miya oziqlanishini yaxshilash va yallig‘lanishga qarshi kurashdan iborat bo‘ladi.
Miya chayqalishi. SHikastlanish tufayli miyada morfologik o‘zgarishlar ro‘y bermasdan faqat uning faoliyatini buzilishi miya chayqalishi deyiladi. Engil darajada qisqa vaqt es-xushni yo‘qotish, qusish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi kuzatiladi. O‘rta darajasida bir necha soat es-xushini yo‘qotish. adinamiya, nitsagm, qorachiqni torayishi, pulsni sekinlashishi, nafasni tez va yuzaki bo‘lishi kuzatiladi. Og‘ir xollarda esa es-xushi uzoq vaqt tiklanmaydi, puls va nafas olish sekinlashadi, nevrologik o‘zgarishlar kuzatiladi.
BTYO. Miyasi chayqalgan odam shifoxonada uzoq vaqt davolanadi. Qo‘zg‘alish alomatlari bo‘lganda morfin, lyuminal yoki veronal buyuriladi, boshiga muzli xalta quyiladi. Uzoq vaqt xushsiz yotganda natriy xloridning 10 % eritmasidan 10-20 ml, glyukozaning 40 % li eritmasidan 20-40 ml venaga, 25 % magniy sulfat 4 ml mushaklar orasiga yuboriladi, magniy sulfatning 50 % li eritmasini klizma qilish mumkin. Kala ichki bosimini tushirish uchun diuretiklardan (furosemid, triamterin) xam foydalanish mumkin. Sedativ va tomirlarni kengaytiruvchi vositalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |