Tibbiy yordam: I daraja - sovuq urishda shu sohaga spirt, yoki aroq surtiladi.
II darajasida sovuq urgan soha iliq suv (yuz, quloq, burun, issiq paхta) bilan isitilgach, pufakchalarga spirt (aroq) surtilib, aseptik bog`lam qo‘yiladi.
Og‘riq qoldiruvchi, yurak-tomir ishini yaxshilovchi dorilar yuboriladi, issiq choy, kofe, ichiriladi. So‘ngra, bemor poliklinikaning travmatolog shifokoriga yuboriladi.
III-IV darajali sovuq urushda bemor zudlik bilan travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.
- Shifoxonaga yuborish oldidan og‘riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin), demidrol, novokain qo‘shib muskul orasiga;
- Yurak-tomir ishini yaxshilovchi kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) teri ostiga in`yeksiya qilinadi;
- Shifoxonada bemor umumiy qoida bo‘yicha davolanadi;
- Kollaps, shokka qarshi tadbirlar o`tkaziladi;
- Shuningdek, qoqsholga qarshi zardob yuboriladi.
Elektr tokidan shikastlanish. Sababi. Xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik, elektr toki bilan ishlaydigan asboblarning nosozligi va boshqalar.
Belgilari. Tok urgan joy terisi kuyadi, bemor hushini yo‘qotadi, nafas, yurak to‘хtashi mumkin.
Tibbiy yordam. 1.Odamni tokdan ajratish. Buning uchun yordam ko‘rsatuvchi o‘ziga nisbatan ehtiyot choralarini ko‘rish kerak (quruq tayoq, rezina qo‘lqop, rezin etik yoki kalish kiyish va hokazo).
2.Tez yordam chaqiriladi.U kelgunicha, quyidagicha tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- kofein, kamfora, kordiamin (bittasi) teri ostiga;
- nafas to‘xtagan bo‘lsa, sun`iy nafas beriladi (og‘izdan-og‘izga yoki og‘izdan-burunga);
- yurak to‘хtagan bo‘lsa, yurak massaj qilinadi (1 marta nafas berganda yurak 4-5 marta massaj qilinadi).
- bemor hushiga kelganidan keyin terining kuygan jarohati aroq yoki spirt bilan artilib, toza bog‘lam qo‘yiladi.
- birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib, bemor travmatologiya shifoхonasiga yuboriladi.
Suvga cho‘kish. Sababi. O‘zini suvga tashlab joniga qasd qilish, boshqa kishi tomonidan suvga itarib yuborish, mastlik holatlari, cho‘milish qoidalariga rioya qilmaslik, cho‘milish havzalarini nazoratsiz qoldirish va hokazo.
Cho`kkan kishini suvdan olib chiqilganda, unda quyidagi belgilar bo`lishi mumkin:
- teri oqaradi, ko‘karadi, qaltirash, sovqotish, holsizlanish, og‘iz va burundan suyuqlik kelishi, hushini yuqotishi, nafas va yurak to‘xtashi mumkin, ko‘z qorachigining kengayishi, qon bosimining pasayishi kabilar.
Tibbiy yordam. 1.Bemorni suv ostidan olib chiqilgach nafas yo‘llariga kirgan suyuqlikni chiqarish uchun oyog‘idan ko‘tarib silkitiladi. Agar yordam beruvchi bir kishi bo‘lsa tizzasiga bemorni qornini qo‘yib, boshini past qilinadi.Og‘iz va burundagi suv, ko`pik ro‘molcha bilan tozalanadi, yoki rezina baloncha bilan so‘rib olinadi.
2.Teri ostiga kofein, kamfora, kordiamin (bittasi)-1 ml in`yeksiya qilinadi.
3.Nafas to‘xtagan bo‘lsa, sun’iy nafas beriladi. Yurak to‘xtagan bo‘lsa, u massaj qilinadi.
4.Tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida tez yordam chaqiriladi yoki to`gri kelgan transportda bemor travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.
Asosiy adabiyotlar:
Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. F.G`. Nazirov. Toshkent-2003.
Odam anatomiyasi. E.Qodirov. Toshkent-2003.
Anatomiya. A.S.Gusev. Moskva-1970.
Hamshiralik ishi asoslari. Q.Inomov. Toshkent-2007.
Xirurgiya. A.J.Hamrayev. Toshkent-2002.
Xirurgiya va reanimatsiya asoslari. A.J. Hamrayev. Toshkent-2002.
Bolalar kasalliklari. A.N.Buraya. Toshkent-1988.
Sog`lom va kasal bola parvarishi. A.N.Buraya. Toshkent-1988.
Klinikagacha bo`lgan xirurgiya. R.M.Axmedov. Toshkent-2001.
Инфекционные болезни. К.В. Бунин. Москва-1980.
Первая медицинская помощь в чрезвычайных ситуациях. Э.Икрамов 44 Тошкент – 2003.
Курс гражданской защиты. В.Ф.Зубков Тошкент-2004
Shikastlanishlar yumshoq to‘qima shikastlanishi va BTYO bosh miya shikastlanishi va unda BTYO
Reja:
1. SHikastlanishlarning tasnifi
2. YUmshoq to‘qimalarning SHikastlanish turlari
3. Uzoq vaqt bosilish sindromi, asosiy belgilari va unda BTYO
4.Bosh miya SHikastlanishining asosiy belgilari
5. Miya chayqalishi
6. Miya urilishi va ezilishi, belgilari, BTYO.
SHikastlanish deb odam organizmiga to‘satdan turli tashqi omillar ta’siri natijasida to‘qimalarda, organlarda anatomik-funksional o‘zgarishlar vujudga kelib, maxalliy va umumiy reaksiyalar bilan davom etadigan patologik holatga aytiladi.
SHikastlanishlarning quyidagi turlari ma’lum:
ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan,
ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan,
harbiy,
qasddan etkazilgan.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq SHikastlanish korxona, tashkilot v.b. ish jarayonida sodir bo‘ladi. Bunga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq SHikastlanish ham kiradi.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan SHikastlanish korxona, tashkilot v.b. ish jarayonida sodir bo‘lmaydi. Bunga uy sharoitida, transportda, ko‘chada, sport bilan shug‘ullanganda bo‘ladigan SHikastlanishlar kiradi.
Harbiy SHikastlanish esa harbiy xizmat bilan bog‘liq SHikastlanishlarni o‘z ichiga oladi.
Qasddan SHikastlanishga esa o‘zgalar tomonidan ataylab etkaziladigan SHikastlanishlar kiradi. SHikats etkazadigan omillar-mexanik, fizik, kimyoviy va b. bo‘lishi mumkin.
Ko‘rinishi bo‘yicha yopiq va ochiq; kelib chiqishi bo‘yicha bevosita va bilvosita SHikastlanishlar farqlanadi. YOpiq SHikastlanishlarda teri butunligi saqlanadi, teri ostidagi to‘qima va a’zolar shikatslanadi. Ochiq SHikastlanishda esa teri jarohatlanadi. Bevosita SHikastlanishda tashqi omil ta’sir etgan joyda o‘zgarishlar kuzatiladi. Bilvosita SHikastlanishda esa ta’sir joyida o‘zgarishlar bo‘lmay, boshqa joylarda o‘zgarish kuzatiladi. SHikatslovchi omil bir marta yoki uzoq vaqt atsa-sekin ta’sir etishi mumkin (o‘tkir va surunkali SHikastlanishlar).
SHikastlanishlarning maxalliy belgilariga og‘riq, teri rangini va butunligini o‘zgarishi, SHikastlangan a’zo faoliyatini buzilishi va b. kiradi. Umumiy belgilarga xushdan ketish, shok, kollaps kiradi.
SHikastlanish darajasi quyidagi omillarga bog‘liq: 1) shikatslovchi omilni fizikaviy tavsifi, 2)SHikastlangan to‘qimalarning anatomik-fiziologik xususiyatlari, 3) SHikastlanish vaqtida jabrlanuvchining ahvoli, 4) to‘qima va a’zolardagi patologik o‘zgarishlar va b.
SHikastlanishlar kechishiga qarab: engil (ish qobiliyati yo‘qotilmaydi, o‘rtacha (ish qobiliyati vaqtincha yo‘qotiladi) va og‘ir (ish qobiliyati uzoq vaqt yo‘qotiladi) bo‘lishi mumkin.
YUmshoq to‘qimalarning yopiq SHikastlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |