Uzoq vaqt bosilish sindromining kechishida 3 ta davr ajratiladi:
Erta davr-SHikastlangandan keyin 2-3 kun ichida kuzatiladi.
Oraliq davr-3 nchi 12nchi kunlar ichida kuzatiladi
Kech davri- 12 nchi kundan sung kuzatiladi.
Erta davrda tananing shishi va gemodinamik o‘zgarishlar, oraliqda-buyrak etishmovchiligi, kech davrda jabrlanuvchi xolatining atsa –sekin sog‘ayishi kuzatiladi.
Birinchi tibbiy yordam. Jabrlanuvchini bosib turgan buyumlar ostidan olib chiqish, nafas yo`llarini tozalash, muzli xaltacha quyish, ezilgan joylarga aseptik bog‘lam quyish, jaroxatli joyni elatsik bint bilan bog‘lash, qon ketayotgan bo‘lsa jgut quyish xamda transport immobilizatsiyasidan iborat. Zaxarlanishni kamaytirish uchun venaga suyuqliklar yuborish yoki ishqoriy suyuqliklar ichirish tavsiya etiladi. Og‘riq qoldirish maqsadida 1-2 ml, 1-2 % li promedol yoki narkotik analgetiklardan (morfin) foydalanish mumkin.
Zaxarlanishlar ilon chayon qoraqurt chaqqanda petsitsidlar zaharli o‘simliklar dorilardan zaharlanish va BTYO
Reja:
1. Dori moddalaridan zaharlanish va BTYO
2. Og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish va BTYO.
3. Alkogoldan zaharlanganda BTYO.
4. Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTYO.
5. Ilon chaqqanda birinchi yordam.
Zaharlanish deb zaharli xususiyatga ega moddalarni tanaga tushishi natijasida rivojlanadigan patologik jarayonga aytiladi. Bunday xususiyatga sanoat va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan turli xil kimyoviy moddalar, o‘simlik va hayvon zaharlari, dori moddalari ega bo‘lishi mumkin.
Ushbu moddalarni tanaga kirish tezligiga, zaharlilik darajasi, miqdoriga qarab o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali zaharlanishlar rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari sababiga ko‘ra suidqasd tufayli va tasodifan; kasbiy, maishiy va dorilardan zaharlanishlar ajratiladi. Zaharli moddalar tanaga tushgach mahalliy, rezorbtiv yoki reflektor ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin bu bulinish nisbiy hisoblanadi.
Zaharlanishlarda birinchi yordam zaharning tanaga ta’sirini to‘xtatish va chiqarib yuborishga qaratiladi. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
1. zaharni tanaga tushishini to‘xtatish,
2. zaharni hali qonga so‘rilib ulgurmagan qismini chiqarib yuborish,
3. zaharli moddani so‘rilishini kamaytirish va zararsizlantirish,
4. qonga o‘tgan zaharli moddani ziddizahar yordamida zararsizlantirish,
5. organizmning hayotiy faoliyatini tiklash.
Do'stlaringiz bilan baham: |