Ekspeditor mahsulotni transport tashkilotiga topshirib undan yukni qabul qilib olganligi toʻgʻrisida kvitan siya oladi. Mahsulot jo'natilgandan keyingi kuni ekspeditor buyruk - nakladnoyni va transport tashkilotining kvitansiyasini mol oluvchining to'lov talabnoma - topshirik yoki boshqa hujjat yozish uchun buxgalteriyaga topshirishi shart. Shu bilan bir vaqtda schyot - faktura xam yoziladi.
Yuklab jo'natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar - bular mahsulot va xizmatlar uchun toʻlov hujjatlar, mol yuboruvchilar tomonidan bankga topshirilgan, lekin xaridorlar tomonidan to'lanmagan summa.
Oy oxirida yuklab jo'natilgan, lekin to'lov hujjatlari bankka topshirilmagan mahsulotlar balansdaombordagi tayyor mahsulotlar bilan birga aks ettiriladi va korxonaning aylanma mablagʻlari tarkibida koʻrsatiladi. 1998 yilning 1 yanvaridan boshlab mahsulotlar yuklab junatgan, xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilgan sana sotilgan vaqti hisoblanadi Hisoblash usulida mol oluvchilarga mahsulot yuklab yuborilganda Quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi:
1.Sotilgan mahsulotni haqikiy ishlab chiqarish tannarxiga
D-t 9110 « sotilgan mahsulotning tannarxi» schyoti
K-t 2810 «ombordagi tayyor mahsulot» schyoti
2. yuklab Joʻnatilgan mahsulotning shartnoma qiymatiga
D-t 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilarni olinadigan schyotlar» schyot
K-t 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» schyoti
Yuklab jo'natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-vedemostning II-boʻlimida yuritiladi.
Bu vedemosting ikkinchi bo'limida jo'natilgan, sotilgan mahsulotlar, materiallar, xizmatlar va xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitik va sintetik hisobi birlashgan. Jo'natilgan va sotilgan mahsulotlar analitik hisobi ularninig natural kurinishidagi turlari bo'yicha yoki toʻlov hujjatlari bo'yicha ikki bahoda - haqiqiy tannarxda va sotish narxida tashkil etiladi. Shuni xam aytish kerakki, oy boshiga va oy oxiriga tulanmay qolgan, hisobot oyida jo'natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va sotilgan mahsulotlarning umumiy miqdori xam hisobga olinadi.
Vedemostning ikkinchi boʻlimini tuldirish uchun oldingi oyning vedem osti, toʻlov hujjatlari, hisobot oyida jo'natilgan mahsulotlarga buyruknakladnoylar, shuningdek korxonaning hisob-kitob schyotida olingan bankning kuchirmalari asos bo'lib hisoblanadi. Mol oluvchi hisobidan cheklantirilgan temir yul tarifi vedemostda aloxida koʻrsatiladi, chunki u mahsulot sotish hajmiga kiritilmaydi. Mazkur vedemostning ikkinchi boʻlimida Quyidagi ma'lumotlarni olish mumkin:
-oy davomida ombordan yuklab jo'natilgan mahsulotlarning assortimenti va qiymati bo'yicha miqdori ;
-transport xarajatlari summasi;
-QQS summasi;
-schyot - to'lov hujjatlari bo'yicha olishga tegishli summa ;
-toʻlov hujjatlari bo'yicha olishga tegishli summa; xaridorlar bilan hisob-kitoblar holati ;
-mahsulot uchun hisobot oyida tushgan summalar toʻgʻrisidagi ma'lumotlar va transport xarajatlarini qoplanishi va x.k.
Vedemostining koʻrsatkichlari katta operativ axamiyatiga ega, chunki har kuni yuklab jo'natilgan, sotilgan mahsulotlar hajmi toʻgʻrisidagi ma'lumotlarga ega boʻladi. Bundan tashqari, shartnoma majburiyatlarini bajarilishi xam nazorat qiladi. 16-vedemostning 3- boʻlimida tulangan , hisobdan chiqarilgan, to'lanmagan va hisobdan chiqarilmagan summalar toʻgʻrisidagi yigma ma'lumotlar aks ettiriladi. Quyida bu boʻlimning shakli keltiriladi.
Masulot sotish bila bog'liq bo'lgan xoʻjalik muammolarining majmui stish Jarayoni deyiladi. Mahsulot sotish jarayonini rejalashtirish korxonani buyurtma bilan ta'minlashdan boshlanadi. Unga binoan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish asosi boʻlgan nomenklatura boʻyicha reja tuziladi. Buyurtmalarda mahsulotlarning assortimenti yuklab junatish muddati, miqdori va sifati, narxi hisoblashish shakllari koʻrsatilgan boʻlib buyurtmachi va mol yuboruvchilar bilan kelishib olinadi. Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob-kitob schyotiga kelib tushgan sanada sotildi deb hisoblanadi yoki yuklab jo'natilgan, topshirilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar uchun hujjatlar bankga topshirilgan sanada sotildi deb hisoblanadi. Ikkala usulda xam sotilgan mahsulot
9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar»,
9020 «Tovarlar sotishdan olingan darom adlar»,
9030 «Bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar »
schyotlarda hisobga olinadi. Sotilgan tovarlarni qaytarish va xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar 9040 «Sotilgan tovarlarning qaytarilishi» va 9050 «Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirm alar» - schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlarning xususiyatlari shundan iboratki, ularning debeti va kreditida bir hajmdagi sotilgan mahsulotlar bir xil summada aks ettiriladi. 9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlashgan holda mahsulotlar sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu schyotlarda xaridorlarga jo'natilgan mahsulotlar bo'yicha hisoblangan aksiz solig'i va KKS summalari aks ettirilmaydi, balki Quyidagi provodka bilan 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotida aks ettiriladi.
D - t 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlarjoʻnatilgan mahsulotlar uchun aksiz solig'i va KKS summasi kushilgan holda, xaridorlardan olinadigan jami summaga.
K-t 6410 «Budjetga to'lovlar bo'yicha qarzdorlik» hisoblagan aksiz solig'i va KKS summasiga.
K-t 9010 «Mahsulot sotishdan olingan darom ad» mahsulot sotishdan tushadigan sof tushumga 9010, 9020 va 9030 schyotlarining kreditida aks ettirilgan summa oy oxirida 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti bilan korrespondentlangan holda yopiladi. Hisoblash usulida, ya'ni mahsulotni topshirish, ish va xizmatlarni bajarish fakti sotildi deb hisoblaganda 4010 «Xaridorlar buyurtmachilardan olanadigan schyotlar» schyoti kullaniladi.Bu schyot aktiv boʻlib, uning saldosi buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning to'lanmagan sotish qiymatini koʻrsatadi; debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarni sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan tulangan summ ani koʻrsatadi.Mol yuboruvchi korxonalar yuklab jo'natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlari uchun hisoblash usulida hisob-kitob olib borganda, xaridorlardan oldindan ma'lum miqdorda avans summasini olish mumkin. Olingan bunaklarning sintetik hisobi 6310 Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bunaklr» schyotida yuritiladi. Bu schyot moddiy qiymatliklarni yetkazib berish uchun yoki bajarilgan ishlar uchun olingan avanslar bo'yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayyor bo'lgan mahsulot va ishlarni toʻlash bo'yicha olib boriladigan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Olingan bunaklar summasi, shuningdek qisman tayyor bo'lgan ishlar va xizmatlar uchun olingan tulanmalar, pul mablag'larini hisobga oladigan schyotlar (5010, 5110, 5210 ) ning debeti va 6310 - schyotining debetida va 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan bunaklar» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |