Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblami aks ettiradi. .
Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib, texnika nazorati bo'limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo'ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi.
Jo'natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste'molchilarga jo'natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to'lanmagan yo'ldagi mahsulotga aytiladi.
Mas'ul saqlashga qabul qiliogan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga jo'natilgan tovar mahsulot har xii sabablarga ko'ra (sifatiga ko'ra xaridoming talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan, ya'ni bir korxonaning o'miga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay qolgan bo'lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o'z javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas'ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo'shimcha ravishda ko'rgazmada qo'yilgan tayyor mahsulotni harn kiritish mumkin. Chunki ko'rgazmada qo'yilgan tayyor mahsulot harn korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo'lgan mahsulotlardir.
Tayyor mahsulotlaring haqikiy tannarxini hisobot davri (oy, chorak, yil) tugagandan so'ng aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning harakati har kuni sodir boʻladi, shuning uchun joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak.
Tayyor mahsulotlar harakatining kundalik hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida, yoki korxonaning shartnoma baholarida, yoki hisobot bahosi deb nomlanadigan chakana junatish baholarida yuritiladi. Chunonchi, mahsulot birligining reja tannarxi korxonada ishlab chiqiladi. U oy oxirida tayyor mahsulotlarning guruhlari boʻyicha ogishi summasini yoki foizini hisoblash yoʻli bilan haqikiy tannarxga yetkazib kuyiladi. Ogʼishish summasi va foizi mahsulotning oy boshiga qoldigi va uning oy davomidagi kirimiga qarab hisoblab chiqiladi. Ogishishi tejalganligini yoki korxona tomonidan ortiqcha xarajatga yul kuyilganligini ko'rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish Jarayonidagi uning ish natijalarini ta'riflaydi.
Tayyor mahsulotlar kaysi schyotlarda hisobga olingan boʻlsa, ogishishlar xam shu schyotlarda tejalgan boʻlsa kizil siyoxda storno qilib, ortiqcha xarajat boʻlsa - oddiy siyoxda aks ettiriladi. Ogʼishish foizi va jo'natilgan mahsulotning reja tannarxi sotilgan va ombordagi oy oxirida qolgan mahsulotning haqikiy tannarxini aniqlash imkonini beradi. Tayyor mahsulotlar harakati hisobini toʻgʻri tashkil etishda ularning nomenklaturalarni ishlab chikish katta axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |