Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Download 158 Kb.
bet8/11
Sana11.06.2022
Hajmi158 Kb.
#653391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bog\'langan qo\'shma gaplar sabab-natija va izohlash

Izohlash munosabati. Bog’langan qo’shma gapning ayrim turlarida qiyoslash, zidlash mazmun munosabati bilan birga, izohlash munosabati ham ifodalanadi. Bunda qismlarning tarkibidagi ayrim bo’laklaming ma’nosi yoki birinchi qismning umumiy mazmuni izohlanishi mumkin. Izohlash orqali qiyoslash, zidlash munosabatlari kelib chiqadi yoki ikkinchi qismda birinchi qismga bog’liq bo’lgan qo’shimcha ma’lumot beriladi. Izohlovchi gap, odatda, ikkinchi o’rinda keladi. Birinchi gapning har bir bo’lagi izohlanishi mumkin.
a) ega izohlanadi: Unda yoshlarga xos bir oz kibr-havo ham bor edi, biroq bu uning o’ziga yarashar edi. (Pavlenko.) Ukasi Kamol esa Toshkentda oliy maktabda o’qirdi-yu, biroq o’tgan yil и ham armiyaga olindi. (0.) Odamga
andisha kerak, lekin undan ham ilgariroq insof kerak. (A. Q.) Albatta... yer za- rurlarining zaruri, lekin qashshoqlikdan chiqish uchun yerning o’zi kifoya qilmaydi (A. Q.);
b) kesim izohlanadi: - Siz bir vazifada edingiz,- dedi и istehzoli kulib- ammo, uning na ekanini bizdan pinhon tutardingiz. (O.) Hozir ham kambag’almiz, lekin bu kambag’alchilik yorug’ dunyodan bo’lgan umidimizni emas, yorug’ dunyodan bo’lgan umidimiz bu kambag’alchilikni yeb, kemirib tashlayotibdi. (A. Q.) Sidiqjonning yuragi bir oz g’ash boldi, lekin bu g’ashlikning sababini o’zi ham aniq bilmas edi. (A. Q);
v) ikkinchi darajali bo’lak izohlanadi: To’g’ri, tashkilotchilikning ahamiyati katta, lekin tashkil qilingan odam tashkilotchining soyasida qolib ketmasligi kerak. ( A. Q.) U, ehtimol, ... Saida bilan salomlashganini unutgan bo'lsa kerak, biroq Saida ... salomiga o'zicha ma'no berib, " ...ya'ni sekretarga birinchi salom", deb qo'ydi. (A.Q.)
Qo’shma gapning ikkinchi qismi birinchisining umumiy mazmunini izohlaydi: Voropayevning nazarida, go’yo juvon yelkalarini qisgandek bo’ldi, ammo qorong’ilikda buni ko’rolmadi. Institutni tugatgach, Tanya Moskvadagi xolasinikida turdi, lekin gap bunda emas edi. To’g’ri, xavf zo’r, ammo rus soldati mag ’lubiyatga chidolmaydi.
Bu xil qo’shma gaplarning ikkinchi qismida birinchi qismdan anglashilgan mazmunga baho berilishi, so’zlovchining munosabati ifodalanishi mumkin: U
о’ziga ortiqcha zeb berib, yasan-tusan bilan yurar, ammo bu unga hech yarashmas edi. Xo’ja Abdulladek ko’rnamakni jazoga tortamuzdir, bunga zarra shubha qilmangiz.
Bu tipdagi bog’langan qo’shma gap qismlari yo’qsa bog’lovchisi bilan birikishi ham mumkin: Shuyerda, о’q dovuli orasida ham, и та’nodor, sirli ohang bilan bildirdi, и kapitanga bo’lgan alohida hurmatini ta’kidlash uchun, shunday qilardi, yo'qsa о’zi kamtar va olijanob yigit edi.
Yo’qsa bog’lovchisi qismlari o’zaro ayiruv munosabatida bo’lgan qo’shma gaplarda ham qo’llanadi.
Qo’shma gapning birinchi qismidagi mazmuni izohlanayotgan bo’lak ikkinchi qismda o’z vazifasida kelishi yoki boshqa vazifaga ko’chishi mumkin. Izohlash ottenkasi va bog’lovchisi orqali tuzilgan konstruksiyalarda ham mavjud:
Bu qishloqning ko’p yerlarini suv bosganligi sababli, ekishga yaroqli yer oz qolgan va и yerlarning kо’pchiligini ham qshiloqdagi bir-ikkita katta boy egallab olgan edi.
Bu qo’shma gap tarkibidayer so’zi izohlanadi.
Qiyoslash munosabatining mazmuni yuqorida ko’rsatib o’tilganlar bilan chegaralanmaydi. Bundan tashqari, qo’shma gaplaming umumiy mazmun munosabatlariga ko’ra, bog’lovchi va bog’lovchi vazifasidagi vositalarning xarakteriga ko’ra, boshqa mazmun munosabatlari ham ifodalanadi:

  1. qo’shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan mazmunni chegaralaydi: Juda yaxshi miltiq, lekin Ivan Nikiforovich, qulfi buzuq. U bataonda snayper deb hisoblanmas edi-yu, lekin otishda yaxshi bir snayper kabi mahoratga egaligini о’zi bilardi. Aslida donishmand kishilar qashshoqlar orasidan yetshadi. ammo, afsuski, qashshoqlar o’qish uchun imkon topa olmaydilar. Uzoqda hech narsa ko’rinmas, lekin shahardan, qurilishdan har xil oxozlar eshitilib turardi. Bularning hammasi ham Ismoiljonni eng muvofiq nomzod hisoblar, lekin ba ’zilar bunga raisning ко'mshiga shubha bilan qarar edi.

  2. qo'shma gapning har ikki qismida bir-biriga muvofiq kelmagan yoki qarama-qarshi bo'lgan voqea, hodisa, harakat-holatlar ifodalanib, ulardan biri ro’y berishi ifodalanadi. Bu mazmun munosabati zidlov-ayiruv mazmun munosabati deb nomlanib, bunday qo’shma gap qismlari yo’qsa, bo’lmasa bog’lovchilari orqali bog’lanadi: Shuning uchun brigadasidan ko’ngli hech tinchimayotgan ekan, yo’qsa Saida bilan bir gaplashishga mushtoq ekanini qayta-qayta aytib, uni uyiga taklif qildi. Frontda hazil katta gap. Bo’lmasa, dilgirlik kishini yeb qo’yadi. Shunisi jonga tegdi, bo’lmasa-ku, frisni dodini beramiz-a,dedi. Ne qilsinki, и qanotsiz, bo’lmasa shu onda uchib fashistlarning kо’zlarini yulib olmoqqa tayyor edi!.

  3. qo’shma gapning ikkinchi qismi birinchi qism mazmuni bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha ma’lumot ifodalaydi. Bu mazmun munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda zidlovchi bog’lovchilar yoki faqat yuklamasi ishtirok etadi: Ota, yurtimizning bu kuni baxtli, chiroyli, lekin ertasi, indini yana ham chiroyliroq, baxtliroq bo’ladi. Нatto bir-biridan yaxshi kiyingan, lekin hech kimning kiyimi birovnikiga о’xshamasdi. Chinni tovoq, yaxshi, lekin qazisi bilan bo’lsa yana yaxshiroq bo ’ladi. Dardi hadsiz, faqat уо’q darddosh.

  4. zidlash-izohlash mazmun munosabati bilan bog’lovchisi orqali boglangan qo’shma gaplarda ifodalanadi: Yer islohotida xalqning yeri olinmaydi, balki yerga hech munosabati bo ’Imagan boylar, savdogarlar, sudxo’rlarning qo’lidan olinib, kambag'allarga berilgan edi.

Qiyoslash mazmun munosabatini ifodalagan bog’langan qo’shma gaplarda turli mazmun ottenkalarini reallashtirishda, bog’lovchilardan tashqari, turli leksik- grammatik vositalaming roli kattadir. Bunda avvalo ma’nosi bir-biriga qarshi qo’yilgan, antonim so’zlardan ifodalangan gap bo’laklari qo’shma gapning har ikki qismida keltiriladi: Siz aqlli odamsiz, biroq shunga kelganda nodonlik qilibsiz.
Bundan tashqari, qo’shma gap qismlari kesimlarining bo’lishli va bo’lishsiz shakllarini qarama-qarshi qo’yish yo’li bilan zidlash munosabati ifodalanadi: Buviniso ko’zlaridan duv-duv уosh oqizib yig'lar, lekin uning yig’isini hech kim sezmasdi. Yo’lchi shu qancha aqchasi bo’sa berishga tayyor edi, lekin yonida bir tiyin ham yo‘q edi. Qalandarov hech qachon bunaqa mehmon kutmagani uchun rayijroqo’m raisi biron yo ’l-yo ’riq ко ’rsatar deb о’ylagan edi, biroq, rais bunday qilmadi.
Ayrim o’rinlarda ikkinchi qism boshlanishida qo’llanadigan ba’zi leksik elementlar ham (shunga qaramay, shunday bo’lsa-da, holbuki, baribir kabi) zidlik munosabatini ifodalashda xizmat qiladi: Umarali mashina bilan sakrab, boshini kabina shiftiga urib olar, lekin shunga qaramay borgan sari "tezroq yur" deb qistardi. Qozimbek ko’nmayotibdi-ku, lekin baribir, kuzda to’y qilamiz

Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish