Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Sabab-natija munosabatini ifodalovchi bog’langan qo’shma gaplar



Download 158 Kb.
bet5/11
Sana11.06.2022
Hajmi158 Kb.
#653391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bog\'langan qo\'shma gaplar sabab-natija va izohlash

Sabab-natija munosabatini ifodalovchi bog’langan qo’shma gaplar.
Bog’langan qo’shma gap qismlarining biri ma’lum voqea, hodisa, holatning ro’y berishiga sabab bo’lgan voqea, hodisa, holatni, ikkinchi qism esa shu sabab asosida ro’y bergan voqea, hodisa, holatni ifodalaydi: Masalan: Paxtalar qiyg'os ochildi, terim avjga chiqdi.Paxtalar qiyg'os ochildi, natijada terim avjga chiqdi.
Qo'shma gap qismlari o'rtasidagi sabab-natija munosabati mavjud bo'lib, qo'shma gapning ikkinchi qismi, birinchi qismdan anglashilgan harakatning natijasidir.
Sabab va natija munosabatini ifodalagan qo’shma gap qismlari o’zaro biriktiruv bog’lovchisi yoki -u, -yu, -da yuklamalari yordami bilan bog’lanadi. Ammo sabab va natija munosabatining yuzaga kelishini bog’lovchi yoki yuklamaga bog'lab qo’yish to’g’ri emas. Qo’shma gapning umumiy mazmuni yoki uning tarkibidagi ayrim bo’laklaming semantikasi, shuningdek intonatsiya va logik urg’u modal so’zlar sabab va natija munosabatini keltirib chiqaradi.
Qo’shma gap qismlari kesimlarining ma’nosini bir-biriga qiyoslash bilan ular orasida sabab va natija munosabati ifodalanganini tushunish mumkin.
Ayrim hollarda qo’shma gap qismlari mazmunini qiyoslash sabab va natija munosabatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat, asosan, yuklama yordami bilan birikkan qo’shma gaplarga va biriktiruv bog’lovchisi bilan birikkan ba’zi bir bog’langan ko’shma gaplarga oiddir: Anzirat xola endigina yorugkип korishga umid boglaganida, damba va undan keyin kanal ishi boshlandi-yu, kuyov, evazi naqd bolmagan ogir mehnatga tob bera olmay, Kimsanoyni olib shaharga ketib qoldi. ( A.Q.)
Bog’langan qo’shma gapning bu xili, ichki semantik munosabatiga ko’ra, ergash gapli qo’shma gaplarga o’xshaydi. Ammo bu xil konstruksiyalar mazmuni, grammatik tuzilishi va intonatsiyasi bilan farqlanib turadi.
Bog’langan qo’shma gapdagi sabab va natijani ifodalagan har bir qism semantik jihatdan ma’lum darajada mustaqildir. Sabab va natijani ifodalovchi ergash va bosh gaplarda esa har ikki gap bir-biri bilan jips semantik aloqaga kirishadi; ergash gap esa bosh gapsiz o'qilmaydi, ishlatilmaydi. Ergash gapli qo’shma gapdagi tobelik va hokimlik bog’langan qo’shma gapda bo’lmaydi.
Bog’langan qo’shma gapning bu turini tashkil etgan qismlar strukturasi jihatidan mustaqil sodda gap shaklida bo’ladi, ergash gapli qo’shma gapning sabab anglatuvchi gapi tugallangan grammatik forma bilan shakllanmaydi, shuning uchun ham bu xil gaplar mustaqil ravishda qo’llanmaydi.
Qo’shma gapning sabab anglatuvchi birinchi qismida intonatsiya ma’lum darajada ko’tariladi va undan so’ng qo’shma gapning davom etishiga ishora beruvchi pauza bo’ladi. Ergash gapli qo’shma gapda ham intonatsiya asosan ana shu tartibda bo’lsa ham, ergash gapdagi intonatsiya ancha yuqori ko’tariladi va undan so’nggi pauza juda qisqa bo’ladi.
Sabab va natija munosabatini ifodalovchi qo’shma gap qismlarining kesimlaridagi zamon shakllarining qo’llanishida o’ziga xoslik bor. Mazmunan bu xil qo’shma gapni tashkil etgan qismlaming birinchisi sabab bo’lib, ikkinchisi undan kelib chiqadigan natijani ifodalaydi. Shunga ko’ra, birinchi qismning kesimi o’tgan zamon yoki hozirgi zamon shakli va ma’nosida bo’lsa, ikkinchi qismning kesimi hozirgi yoki kelasi zamon shakli va ma’nosida bo’lishi kerak. Ammo amalda kesim shakllari va shunday bo’lgan konstruksiyalar juda kam uchraydi. Odatda, bog’langan qo’shma gap qismlarining kesimlari bir xil zamon (ko’pincha o’tgan zamon) shaklida bo’ladi. Bu xil kesimlardan anglashilgan mazmunning ketma-ket ro’y berishi, birining sabab, ikkinchisining undan kelib chiqadigan natija ekanini kontekst, qismlaming umumiy mazmuni ko’rsatib turadi. Masalan,

Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish