Bu olmoshi turli funksiyalarda qo’llanadi, ammo u qanday funksiyada bo’lmasin, qo’shma gapning ikkinchi qismida, fikr o’sha haqda boradi:
Olmosh ega funksiyasida: Oziqlantirish bilan sug’orish o’rtasida katta uzilishga yo‘l qo’yilmoqda, bu esa о’g’itning tuproq qadami orasida qolib, kuchini уо’qotishiga sabab bo’layotir (Gazetadan).
Olmosh to’ldiruvchi shaklida: Yaqin olti oy bo’ldiki, mana shu osoyishtalik buzildi va bunga, sabab, kampirning gumonida, Sidiqjonning onasi edi (A.Qahhor). Ergash ayniqsa, shu kunlarda kechayu-kunduz Hojiyaning uyida, ammo qiz buni boshqalarga oshkora qilishni istamaydi (A. Muxtor).
Ayrim hollarda bu olmoshi narsa, hol kabi so’zlar bilan birga kelishi mumkin. Bu holda bu olmoshi sifatlovchili aniqlovchi funksiyasida keladi; ba’zan qaratqich kelishigida bo’lib, qaratqichii aniqlovchi yoki to’ldiruvchi vazifasida bo’lishi ham mumkin9: Kanizak nima qilgan? Sidiqjon о’ziga bundoq savol bermas
va bundoq savol hayoliga ham kelmas edi (A. Qahhor). Boyning zulmi borgan sari ortdi, bu hoi esa xalqning g’azabini yanada kuchaytirdi. Ishning qizig’i chiqib, po’lat Germyakovning so’nggi qo’ygan rekordidan yigirma minut kamroq muddatda chaqirildi, biroq Germyakov ko’p tashvishlangan bo’lsa ham, buning uchun baxilligi kelmadi (Popov).
Ba’zan ikkinchi gap tarkibidagi olmosh ifodalanmaydi, ammo bu kontekstdan, umumiy mazmundan anglashilib turadi: Mulla Hakim, bir nozik ish bor. Lekin xayrli ish (О у b e k). Yuragim uvushmayotganligi rost, lekin bir nimadan qo’rqqanimdan, cho’chiganimdan emas (A. Q a h h о г).
Ayrim hollarda bu olmoshi butunlay qo'llanmaydi. Bunday hollarda ikkinchi gap o’z mazmuniga ko’ra birinchi gapga umumiy izoh bo’ladi: Nima qildi, jonim?- so’radi Yo’lchi, lekin "betobmisan?" deyishga tili bormadi (Oybek). Shunday qishloq ko’rsam degan orzuyingiz yaxshi, lekin shu qishloqni bunyodga keltirishda qatnashsangiz, undan ham yaxshiroq bo’lar edi (A. Q a h h о r).
Qo’shimcha ma’lumot berish munosabatining ifodalanishi. Bog’langan qo’shma gapning ikkinch qismi qo’shimcha ma’lumot ifodalashi mumkin. Qo’shimcha ma’lumot qo’shma gapning birinchi qismi bilan bevosita bog’lanishi, undan kelib chiqishi yoki birinchi qismning mazmuni bilan bevosita bog’lanmasligi ham mumkin.
Bu xil bog’langan qo’shma gap qismlarini biriktirish uchun asosan, ham, hamda bog’lovchilari ishlatiladi: Daryo tomondan gurrillab esib turgan shabada yol bo’yidagi о’t-о’lanlarni egar, tebratar hamda sarg ’ayib borayotgan arpalar undan mavj urar edi (A. Qahhor). Haftalar о’tdi ham tugadi savdo (О у b e k).
Ham bog’lovchisiz (qo’shma gapning ikki gapi orasida emas, ikkinchi gapning tarkibida qo’llanishi mumkin: Siddiqjon "unsur” kalimasini "hukumatga "qarshi" degan ma’noda ishlatar, bu yerdagilar ham shu ma'noda anglar edi... (A.Qahhor). Kimdir soatga qaradi, boshqalar qatori Lubensov ham soatga qaradi (K a z a k e v i ch). Bunda harakat-holatning ham bog’lovchisidan oldin kelgan bo’lakka oidligi alohida ta’kidlanadi.
Qo’shimcha izoh munosabati va bog’lovchisi orqali ham ifodalanadi: Shu
yerda A. M. Gorkiyni ko’rdim, dokladini eshitdim, o’zi bilan suhbatlashdim va Markaziy Komitet nomidan so’zlagan A. A. Jadanovning nutqi biz uchun katta yo ’l-yo ’riq bo ’Ida (G\ G’ulom).
Bog’langan qo’shma gapning bu xili va, ham, hamda bog’lovchilari yordamida tuziladi. Payt munosabatini ifodalashda xizmat qiluvchi boshqa bog’lovchilar (inkor bog’lovchisi, yuklama. bo Isa, esa fe’l shakllari) bunday ma’no munosabatini ifodalashda ishlatilmayc: Ko pincha ma’lumot ifodalovchi konstruksiyalarning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan xabarga baho munosabatini ifodalashi mumkin: Ertasiga ham ovchilar qaytmadilar va bu hol qishloq aholisini tashvishga soldi.
Ikkinchi qismda qo’shimcha ma’lumot ifodalagan konstruksiyalar yana, tag‘in elementlarining yordami bilan ham tuzilishi mumkin (bu elementlar asosan og’zaki nutqqa xosdir): Men tayinlagan gaplar esingdan chiqib qolibdi, yana buning ustiga ichingdan boshsa gap to ’qib, yolg’onchilik ham qilibsan.
Shuni hisobga olish kerakki, og’zaki va yozma nutqda qo’shma gaplar yolg’iz bir xil ma’no munosabatlarini ifodalash bilan chegaralanmaydi, ko’p hollarda turli ma’no munosabatlari birgalikda ifodalanadi. Masalan, ayiruv munosabati bilan payt va qiyoslash munosabatlari: payt munosabati bilan payt va ayiruv munosabatlari birga ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |