Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Bog’langan qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi



Download 158 Kb.
bet9/11
Sana11.06.2022
Hajmi158 Kb.
#653391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bog\'langan qo\'shma gaplar sabab-natija va izohlash

Bog’langan qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi

  1. Boglangap qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar o’zaro biriktiruvchi bog’lovchi yordamida biriksa, ular orasiga vergul qo’yilmaydi10. Masalan: Ro’paradagi tog’ning bag’ridan tutin ko’tarildi va и yerdan yo’talgan singari tovush eshitildi. (O.)

  2. Bog‘langan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar zidlovchi bog’lovchilar (ammo, lekin, biroq) yordamida biriksa, bunday bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi. Masalan: Yomg’ir tindi, ammo jo’yaklarda suv hali ham jildiramoqda edi. (S. N.)

Ba'zan, zidlovchi bog’lovchilar bilan birga yuklamalar ham keladi. Bunday hollarda ham vergul qo’yilaveradi. Masalan: Ba'zi kishilarimiz Toshkent tomonga qanotini rostlab turibdi-yu, lekin sen borganing ma'qul. (0.) Mahalla ko’karib, obod bo’lganichayo’g’-u, lekin odamlarning ruhi yashardi. (A. M.)
Izoh. Qo’shma gap tarkibidagi so’nggi sodda gap mazmunan ma'lum mus- taqillikka ega bo’lsa, boglovchidan oldin vergul o’miga nuqta qo’yiladi. Masalan: Xadicha buvi uyga kirib ketdi. Ammo G’ulomjon hamon turgan yerida turar edi. (M. I.) Men dalachiman. Biroq menga ham ilm kerak. (O.)

  1. Bog’langan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar yuklamalar, bo’lsa, esa elementlari yordamida biriksa ham, sodda gaplar orasiga vergul qo’yiladi. Masalan: Elmurod savol-javoblarni Alekseyga pichirlab tushuntirmoqda, uning qulog‘i Elmurodda-yu, ko’zlari odamlarda edi. (P. T.) Bilasanmi, meningcha, bunday qizni sevganingdan keyin, o’ziga aytish kerak, bo’lmasa hech narsa chiqmaydi. (M. G.)

  2. Bog’langan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayiruvchi bog’lovchi yoki inkor bog’lovchisi yordamida biriksa, takrorlanib kelgan boglovchidan oldin vergul qo’yiladi. Masalan: Goh ko’lankalar yonib ketadi, goh shulalarni ko’lankalar yutadi11. (0.)


XULOSA
Qo'shma gap qismlari o'rtasida sabab-natija (munosabati bir sodda gap sababni, iklcinchisi esa undan kelib chiqgan natijani bildiradi ) munosabati mavjud bo'lsa, unday qo'shma gaplar argash gapli qo'shma gap shaklida ham, bog'langan qo'shma gap shaklida ham, ohang yordamida bog'langan qo'shma gap shaklida hamifodalanishi mumkin. Qismlari ohang yordamida bog'langan qo'shma gaplar o'rtasida ham xuddi teng bog'lovchilar orqali birikkan qo'shma gaplar singari turli xil mazmun munosabat ifodalanadi: Zidlik, sabab, payt kabi. Bunday munosabatlar bog'langan va ergash gapli qo'shma gap qismlari o'rtasida ham mavjud. Ular o'rtasidagi farq faqat qo'shma gap qismlari o'rtasida qanday bog'lovchi vositaning ishlatilishidadir. Biz ular o'rtasidagi farqlarni yuqorida berilgan adabiyotlarda va ularda beilgan misollarda ko'rib o'tdik. Sabab-natija munosabatini ifodalagan qo’shma gap qismlari o’zaro biriktiruv bog’lovchisi yoki -u, -yu -da yuklamalari yordami bilan bog'lanadi. Ammo sabab-natija munosabatining yuzaga kelishini bog’lovchi yoki yuklamaga bog’lab qo’yish to’g’ri emas. Qo’shma gapning umumiy mazmuni yoki tarkibidagi ayrim bo’laklaming semantikasi, shuningdek, intonatsiya va logik urg’u, modal so’zlar sabab va natija munosabatini keltirib chiqaradi.
Bog’langan qo’shma gapning ayrim turlarida qiyoslash, zidlash mazmun munosabati bilan birga, izohlash munosabati ham ifodalanadi. Bunda qismlaming tarkibidagi ayrim bo’laklaming ma’nosi yoki birinchi qismning umumiy mazmuni izohlanishi mumkin. Izohlash orqali qiyoslash, zidlash munosabatlari kelib chiqadi yoki ikkinchi qismda birinchi qismga bog’liq bo’lgan qo’shimcha ma’lumot beriladi. Izohlovchi gap, odatda, ikkinchi o’rinda keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


  1. Download 158 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish