Reja Eritrositlar Leykositlar Trombositlar



Download 149,25 Kb.
bet5/16
Sana26.02.2022
Hajmi149,25 Kb.
#473410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5-mavzu.fiziologiya

Neytrofillar (barcha leykositlarning 70%) neytral bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Bu hujayralarning asosiy funksiyasi-fagositoz qilish va antitelalar ishlashdir.
To’qimalar shikastlangan va mikrob kirgan joyda neytrofillar ko’plab to’planadi. Ancha yirik bo’lgan bu hujayralar kapillyarlar devoridagi endoteliy orqali kirib, to’qimalarda mikroblar kirgan joyga qarab faol harakat qila oladi. Neytrofillar amyoba singari harakat qiladi, ularning harakat tezligi bir daqiqada 40 mkm ga yetadi. Neytrofillar mikroblar bilan to’qnashib, ularni o’rab oladi, hazm qiladi va yo’qotadi. Neytrofillarning bu xossasini atoqli rus olimi I.I Mechnikov aniqlagan.
Me’yorda qonda yetilgan (segmentlangan) neytrofillargina emas, balki ularning yetilmagan shakllari: tayoqchasimon yadroli (3-5%), yosh neytrofillar (1%) singari o’tmishdoshlari ham muayyan miqdorda bo’ladi. Neytrofil leykositozda yetilmagan bu shakllar soni ko’payadi. Ayni vaqtda yosh neytrofillarning o’tmishdoshlari-miyelositlar paydo bo’lishi mumkin.
Agranulositlarga monositlar va katta-kichik limfositlar kiradi. Monositlar barcha leykositlarning 2-10% ni tashkil etadi.ularning yadrosi katta bo’lib, donalari sitoplazmaning yupqa qavati bilan o’ralgan. Monositlar asosan taloq bilan jigarda ishlanib chiqadi. Ular qondan yallig’langan joyga o’tib, makrofaglarga aylanadi. Bular fagositoz qiladigan qonning katta hujayralariga kiradi.
Limfositlar ham donasiz leykositlarga kiradi. Ular yirik yadroli, kichkina hujayralar bo’lib, ularning yadrosini donasiz sitoplazmaning yupqa qavati o’rab turadi. Limfositlar barcha leykositlarning 20-40 % ni tashkil etib, asosan limfa tugunlarida, taloqda, ayrisimon bez (timus)da va shilliq pardalarda rivojlanadi. Bu hujayralar yallig’lanishdan keyingi tiklanish (reperativ) jarayonlarda qatnashadi.
Odam qonida bir necha xil limfositlar uchraydi. Ular ko’mikdagi limfoid hujayralardan rivojlanib, qon orqali o’zlari yetiladigan to’qimalarga yetkaziladi. Limfositlarning bir qismi ayrisimon bezda (timusda) joylashib, ko’paya boshlaydi. Timusda yetilgan limfositlar T-limfositlar deb ataladi. ular qondagi limfositlarning 60% ni tashkil qiladi. T-limfositlar o’z navbatida T-killerlar va T-xelperlarga bo’linadi. T-killerlar «qotil» hujayralar ham deyiladi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra odam organizmi fagositoz yo’li bilangina emas, balki gumoral omillar yordami bilan, ya’ni mikroblarni va ularning hayot faoliyati natijasida vujudga keladigan maxsulotlarni zararsizlantiruvchi moddalarni hujayralarda hosil qilish yo’li bilan infeksiyalardan saqlanadi. Masalan, mikroblar qo’zg’aydigan ba’zi kasalliklarda (yuqumli kasalliklarda) organizm bakteriya zaharlari-toksinlarini biriktirish yo’li bilan zararsizlantiruvchi-antitoksinlar ishlab chiqaradi. Qonga toksinlar qayta-qayta yuborilgandan so’ng organizmda tegishli antitoksinlar to’planadi, bunday qon zardobi kasalliklarni davolash maqsadida ishlatiladi.
Leykositlarning ayrim turlari o’rtasidagi nisbati leykositar formula deb ataladi (3-jadval).

Download 149,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish