Reja Eritrositlar Leykositlar Trombositlar



Download 149,25 Kb.
bet4/16
Sana26.02.2022
Hajmi149,25 Kb.
#473410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5-mavzu.fiziologiya

Leykositlar


Leykositlar, yoki oq qon tanachalari yadroli va sitoplazmali rangsiz hujayralar bo’lib, qizil ko’mikda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo’ladi.


Odamning 1 mm3 qonida 6000-8000 leykositlar bo’ladi, ya’ni eritrositlarga qaraganda 600-800 baravar kamroq. Ularning miqdori kun bo’yi o’zgarib turadi. Ovqat yegandan keyin jismoniy ish vaqtida, shuningdek ba’zi bir kasalliklarda leykositlar miqdori ancha oshib ketadi. Ularning ko’payib ketishi leykositoz, kamayib qolishi esa leykopeniya deb ataladi (12-rasm).



12-rasm. Qonda leykositlar miqdorining o’zgarishi.

Leykositoz bir qancha patologik jarayonlar (yallig’lanish) uchun xarakterli, biroq sog’lom odamlarda (ovqat hazm qilishda, sport bilan shug’ullanishda, jismoniy mehnatda, og’riq kuchayganda, kuchli hissiyotlarda) ham kuzatiladi. Masalan, qiyin imtihonlar paytida talabalardagi leykositlar 11000 tagacha yetgani qayd qilingan.


Leykositlar organizmdagi himoya va tiklanish jarayonlarida muhim rol o’ynaydi. Ularning asosiy vazifalari: fagositoz (grekcha «fageo»-yemoq demakdir), antitelalar ishlash (organizm uchun yot bo’lgan oqsil moddalarini sun’iy ravishda yuborish yo’li bilan qonda tegishli mikroblar va oqsil tanachalarini zararlantirish va parchalash qobiliyatiga ega bo’lgan moddalar paydo qilish), oqsil tabiatli toksinlarni parchalash va chiqarib tashlashdir (13-rasm).
Leykositlar ikkita katta guruhga bo’linadi: donali leykositlar (granulositlar) va donasiz leykositlar (agranulositlar).
Granulositlar (eozinofinlar, bazofillar, neytrofillar) ko’mikdagi miyeloblastlardan rivojlanadi. Eozinofinlar (barcha leykositlarning 1-4% ini tashkil qiladi) kislotali bo’yoqlar (eozin) bilan bo’yaladi. Ular oqsil tabiatli toksinlarni va yot oqsillarni parchalash hamda zararsizlantirishda rol o’ynaydi. Yot oqsillar ta’sirida qondagi eozinofinlar soni ko’payadi.
Bazofillar (jami leykositlarning 1%) asos bo’yoqlar, masalan, metilen ko’ki va shu kabilar bilan bo’yaladi. Ularning sitoplazmasidagi donachalarida– granulalarida geparin moddasi mavjud.

Download 149,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish