xaltachasiga solinadi va suvli idishga botiriladi. Diffuziyalanish tufayli kolloid
eritmalardagi barcha yog‘ molekula va ionlar parda orqali suvga o‘tib, kolloid
eritma tozalanadi.
Ulptrafiltrlash. Ulptrafiltrlash kolloid eritmalarni tozalashda qo‘llaniladigan
muxim usullardan biri bo‘lib, dispers fazani dispers muxitdan ajratishdan iborat.
Buning uchun zollar kolloid zarrachalarni yoki makro molekulalarni
o‘tkazmaydigan menbranalar orqali bosim ta’sirida filtrlanadi. Ulptrafiltratsiyada
dispers faza filtrda qoladi. Bu usul yordamida turli o‘lchamlardagi g‘ovaklarga ega
bo‘lgan yarim o‘tkazgich membranalardan filtrlashda foydalanib,
turli
o‘lchamlardagi kolloid zarrachalarni bir – biridan ajratish mumkin.
Elektrodializ. O‘zgarmas elektor toki yordamida tezlashtirilgan dializ
protsessi elektrodializ deyiladi. Elektrodializ uchun ishlatiladigan asbob ikkita
menbrana bilan uch kameraga ajratilgan idishdan iborat. O‘rta qismi
(A)gatozalanadigan kolloid eritma, elektrodlar o‘rnatilgan tashkil V va V
1
qismlariga esa erituvchi suv qo‘yiladi. Tok o‘tkazilganda
tegishli elektrodlar
tomon kation va anionlar maolum bir yo‘nalishda xarakatlanadi va kolloid eritma
elektrolitlardan tozalanadi.
Ulptratsentrafuglash. Kolloidlarni tozalashda va ularni turli fraksiyalarga
ajratishda eng ko‘p ishlatiladigan metod – ulptratsentrafuglash metodidir.
Kolloid eritmalarni tozalash uchun sentrafugadan dastlab 1913 yilda
A.V.Dumanskiy foydalandi.
Dispers sistemalarning turlari. (2-jadval)
№ Dispers
sistema turi
Misollar
Zarracha
ko‘rinishi
CHo‘kish
qobiliyati
Filtrda qolish
qobiliyati
O‘lchami
1 Dag‘al dispers
sistemalar
Tuproq+suv
aralashmasi
Zarrachalarni
ko‘rish
mumkin
Osongina
cho‘kadi
Filtr
qog‘ozdan
o‘tmaydi
100 nm dan
katta
a) Suspenziya
(suyuq+qattiq)
Loyqa+benzin
Zarrachalarni
ko‘rish
mumkin
Osongina
cho‘kadi
Filtr
qog‘ozdan
o‘tmaydi
100 nm dan
katta
b) Emulsiya
(suyuq+suyuq)
O‘simlik
moyining
benzindagi
aralashmasi
Zarrachalarni
ko‘rib
bo‘lmaydi
Osongina
cho‘kadi
Filtr
qog‘ozdan
o‘tmaydi
100 nm dan
katta
2 Kolloid
eritmalar
Tuxum oqining
suvdagi
eritmasi
Zarrachalarni
ko‘rib
bo‘lmaydi
Qiyinchilik
bilan
cho‘kadi
Oddiy
filtrdan o‘tadi
1-100 nm
3 CHin eritmalar Qand yoki osh
tuzining
suvdagi
eritmasi
Zarrachalarni
ko‘rib
bo‘lmaydi
CHo‘kmay
di
Barcha
filtrdan o‘tadi
1 nm dan
kichik
Har qanday eritma eruvchi va erituvchi moddalardan tashkil topgan bo’ladi.
Odatda erituvchi sifatida hosil qilingan eritma qanday agregat holatda bo’lsa
shunday holatdagi komponent hisoblanadi (masalan, tuzlarning suvli eritmalarida,
albatta suv erituvchi hisoblanadi). Agar ikkala komponent
erishgacha bir xil
agregat holatda bo’lsa (masalan, spirt va suv), unda ko’p miqdordagi komponent
erituvchi hisoblanadi.
Eritmalarning bir jinsliligi ularni kimyoviy birikmalarga juda o’xshashligini
ko’rsatadi. Ba'zi bir moddalarni erishida issiqlik ajralib chiqishi erituvchi bilan
eruvchi modda o’rtasida kimyoviy o’zaro ta'sir bog’liqligidan dalolat beradi.
Eritmalar kimyoviy birikmalardan tarkibi o’zgaruvchan bo’lishi bilan farq qiladi.
Bundan tashqari, eritmalar xossalarida ayrim komponentlarni ko’p xossalarini
ko’rish mumkin. Bu kimyoviy birikmalarda kuzatilmaydi. Eritmalar tarkibining
o’zgaruvchanligi ularning mexaniq
aralashmalarga erkin deb, qarashga imkon
beradi, lekin eritmalar aralashmalardan o’zlarining bir jinsligi bilan farq qiladi.
Shunday qilib, eritmalar mexaniq aralashmalar bilan kimyoviy birikma orasidagi
oraliq holatni egallaydi.
Kristallarning suyuqligda erishi quyidagicha bo’ladi. Kristall modda o’zi
erishi mumkin bo’lgan suyuqlikka tushirilsa, uning yuzasidan ayrim molekulalar
ajralib diffo’ziya protsessi tufayli erituvchining butun hajmi bo’yicha bir tekisda
tarqaladi. Qattiq jism yuzasidan molekulalarning
ajralishi bir tomondan, ularning
tebranma harakati ikkinchi tomondan, erituvchi molekulalari tomonidan tortilishi
hisobiga yuz beradi. Bu prosess kristallarning har qanday miqdori to’liq erib
ketguncha davom etishi mumkin edi, bordi-yu, bir vaqtning o’zida erishga teskari
protsess kristallizasiya bo’lmaganda eritmaga o’tgan molekulalar qattiq jism sirti
bilan uchrashganda
qattiq jismga tortilib, qaytadan kristallar tarkibiga kiradi.
Dastlab erish protsessi tez boradi. Eritmada zarrachalarning soni ko’paygandan
keyin ikkala protsess tezliklari tenglashadi, ya’ni bir sekundda necha molekula
eritmaga utsa, shuncha molekula qaytadan kristallanadi. U vaqtda eritma bilan
erigan modda orasida dinamik muvozanat qaror topadi, eritma to’yinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: