issiqlik effekti ayrim protsesslarning issiqlik effektlarning algebrik yig’indisiga
teng bo’lib, uning qiymati musbat bo’lishi ham, manfiy bo’lishi ham mumkin.
Moddaning suvda yoki boshqa erituvchida eriy olish xususiyati shu
moddaning eruvchanligi deb ataladi.
Moddalarning eruvchanligi eruvchi moddaning
va erituvchining tabiati,
shuningdek, haroratga bog‘liq.
Moddaning ma’lum haroratda 100 g erituvchida erib, to’yingan eritma
hosil qiladigan massasi uning eruvchanlik koeffitsenti deb ataladi.
Har xil moddalarning suvda eruvchanligi har xil bo‘ladi. Agar 100 gramm
suvda 10 grammdan oshiq modda erisa, bunday moddalar yaxshi eriydigan, 1
grammdan kam erisa oz eriydigan va nihoyat 0,01
grammdan kam modda erisa,
amalda erimaydigan moddalar hisoblanadi.
Odatda, qutbli bog’lanishdagi moddalar va ionli tipli bog’lanishli moddalar
qutbli erituvchilar (suv spirt, suyuq ammiak) da yaxshi eriydi, qutbsiz moddalar
esa qutbsiz erituvchilar (benzol, uglerod sulfidi)da yaxshi erishi ma'lum.
Ko’pchilik
qattiq moddalarning erishi, issiqlik yutilishi bilan boradi. Bu
qattiq moddaning kristallik panjarasining tuzilishiga ko’p miqdorda energiya talab
qilinishi bilan tushuntiriladi.
Bu energiya odatda, gidratlar hosil bo’lishida ajratilgan energiya bilan to’liq
kompensasiya qilinmaydi. Kristall holdagi modda bilan uning to’yingan eritmasi
o’rtasidagi muvozanat: Kristall + erituvchi = to’yingan eritma
Le Shatelge prinsipini qo’llab, agar moddani erishida issiqlik yutilishi bilan
borsa, temperaturaning oshishi shu moddaning eruvchanligining oshishiga olib
keladi
1- rasm. Eruvchanlik egri chiziqlari.
degan xulosa chiqarish mumkin.
Bordiyu gidratlanish energiyasi eritmaning hosil bo’lishida
energiya ajralib
chiqishiga
yetarli
darajada
bo’lsa,
eruvchanlik
temperatura
oshishi
bilan
kamayadi. Masalan, suvda litiy, natriy,
ammoniy tuzlarining erishida bu xodisa
kuzatiladi.
Eruvchanlik bilan temperatura
orasidagi
bog’lanishni
grafik
usulda
eruvchanlik
egri
chiziklari
holida
ifodalanishi qulaydir.
Eruvchanlik egri chizig’ini
tuzish
uchun abssissa o’qiga temperatura, ordinata
o’qiga moddaning ayni temperaturadagi
eruvchanlik
miqdori
qo’yiladi. Qattiq
moddalar suvda eriganda sistemaning hajmi
deyarli o’zgarmaydi.
Shu sababli qattiq
holatdagi
moddalarning
eruvchanligi
amalda bosimga bog’liq emas. Ko’pchilik moddalarning eruvchanligi temperatura
pasayishi bilan kamayadi, shu sababli issiq to’yingan eritmalari sovitilganda,
erigan moddaning
0° 10°
20° 30°
40" 50° 60" 70" 80° 90" /00°
ortiqchasi
ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: