Eritmalar
Reja:
1.
Dispers sistemalarning umumiy tavsifi va ularning sinflarga bo‘linishi.
2.
Muallaq sistemalar (suspenziya va emulsiyalar),
kolloid eritmalar, chin
eritmalar.
3.
Erish jarayoni mexanizmi. Qattiq moddalarning suvda eruvchanligi.
Eruvchanlik koeffitsienti. Eruvchanlik egri chiziqlari.
4.
Suyuqliklar
va
gazlarning
erish
qonuniyatlari.
Eritmalarning
kontsentratsiyalari va ularni ifodalash usullari.
Tayanch so’z va iboralar: Dispers sistemalarning umumiy tavsifi va
ularning sinflarga bo‘linishi. Muallaq sistemalar (suspenziya va emulsiyalar),
kolloid eritmalar, chin eritmalar. Erish jarayoni mexanizmi. Qattiq moddalarning
suvda eruvchanligi. Eruvchanlik koeffitsienti. Eruvchanlik egri chiziqlari.
Suyuqliklar va gazlarning erish qonuniyatlari. Eritmalarning kontsentratsiyalari
va ularni ifodalash usullari.
Kolloid ximiya – sirt xodisa dispers sistema va ularning fizik,
ximiyaviy
hamda mexanik xodisalari haqidagi fandir. Kolloid ximiyada tekshiriladigan
oboektlar prof. N.P.Peskov tomonidan 1930 yillarda ta’riflangan
ikki belgi bilan
xarakterlanadi. Ulardan biri disperslik va ikkinchisi geterogenlikdir.
Biror moddaning mayda zarrachalari boshqa modda ichida tarqalishidan
hosil bo‘lgan sistema dispers sistema deyiladi. (Dispers so‘zi lotincha
disrergere, ya’ni tarqalmoq, bo‘lak – bo‘lak bo‘lib ketmoq so‘zidan kelib
chiqqan). Tarqalgan modda dispers faza, ikkinchi modda esa dispersion
muxit deb nomlanadi.
Xar qaysi dispers faza qattiq, suyuq va gazsimon agregat holatlarda bo‘lishi
mumkin. Shu sababli dispers sistemalarning xillari nixoyatda ko‘p. Kapilyar govak
moddalar ham dispers sistemalar jumlasiga kiradi. Dispers sistemalar tabiatda juda
ko‘p tarqalgan, ular texnikada turli – tuman jarayonlarda keng qo‘llaniladi. Atrof –
muxitimizda mavjud materiallar – tuproq, yog‘och,
tabiiy suv, turli – tuman oziq
ovqat
maxsulotlari, rezina buyoq va xokazolarning hammasi dispers sistemalarga
misol bo‘ladi.
Dispers sistemaning barqarorligi dispers
faza va dispersion muxit
zarrachalarning katta – kichiklik (disperslik) darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Barcha
dispers sistemalar zarrachalarning katta – kichikligiga qarab uch sinfga bo‘linadi:
1) dagal dispers sistemalar (suspenziya, emulsiya va ko‘piklar):
bu sistemalarda
dispers faza zarrachalarning o‘lchami 100 nm dan ortiq bo‘ladi: 2) kolloid
sistemalar: bularda dispers faza zarrachalarning o‘lchami 1 nm dan 100 nm gacha