Reja: Diplomatiya tushunchasi


Xalqaro aloqlalarda mustamlakachilik munosabatlarining boshlanishi



Download 417,5 Kb.
bet3/18
Sana27.06.2022
Hajmi417,5 Kb.
#707951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
diplomatiya 2(1)

Xalqaro aloqlalarda mustamlakachilik munosabatlarining boshlanishi
Reja:

  1. Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi

  2. Yangi yerlar uchun kurashning kuchayib ketishi

  3. Mustamlakachilik uchun kurashning boshlanishi



Yevropa davlatlarida hukmronlik qilgan yirik sulolalar va ularning xalqaro munosabatlardagi o’rni
Reja:

  1. Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil etilishi

  2. Usmoniylar imperiyasing xalqaro munosabatlarda tutgan o`rni

  3. Rossiyada Romonovlar tashqi siyosati



XVII asr-XVIII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar
Reja.

  1. Fransiyaning yevropada gegemonlgi, Lyudovik XIV diplomatiyasi.

  2. “O’ttiz yillik urush” va Vestfal tinchlik shartnomasi.

  3. Kardinal Rishelye (1624-1642)diplomatiyasi

  4. Ingliz burjua inqilobi(1640-1660) davri diplomatiyasi

  5. XVIII asr boshlarida xalqaro munosabatlar

Ingliz burjua inqilobi davridagi diplomatiya xalqaro munosabatlar va Yevropa diplomatiyasi tarixida maxsus o’rin tutadi. Chunki XVI asr o’rtalarida hamma Yevropa mamlakatlari hali monarxiya tuzumida edi. U davrning diplomatiyasi o’ziga xos ish tutardi ya’ni davlat manfaati emas, balki saroy va sulola manfaati nuqtai nazaridan ish olib borardi. Ularning ish uslubi fitna-ixtilofga moyillik, maxfiylik va murakkab-makkorlik asosda olib borilardi. Ingliz inqilobi diplomatiyasi esa o’zining sodda fikrlik, maqsadga muvofiqligi va ijro etishda o’zining mohirligi bilan tubdan farq qilardi. Bu esa inqilobda g’alaba qilgan ijtimoiy sinf manfaati va o’sha davrdagi siyosiy hayot hamda tushunchasiga to’gri kelib davr talabiga javob berardi Inqilob xokimiyat tepasiga shunday kishilarni keltirdiki, ular Angliyada burjuaziya taraqqiyoti tarafdori edilar. Ular nima istashlarini va nima qilishlarini aniq va ravshan bilardilar va kelgusida qanday yashash va qanday qarakat qilishlarini belgilab olgan edilar.


Angliyaning o’sha davrdagi diplomatlari XVI asrdagi feodal Angliyaning yerdorlari. Dengizchilari (qaroqchilar) va savdogarlari nima bilan shug’ullangan bo’lsalar, shuni takrorladilar, ya’ni mustamlakachilik, tashqi bozorni egallash. dengiz ustivorligi uchun hukumatdan mustasno tariqasida kurash olib bordilar. chunki endilikda ularning o’zi hokimiyat tepasida turib. parlament orqali hokimiyatni boshqarayotgan edilar, parlament zo’r berib ularning manfaatini himoya qilardi, keyinchalik ularning hukmdori O.Kromvel bo’lib. u avvaliga ingliz burjua inqilobining Robespyeri, ya’ni inqilob tarafdori edi, keyinchalik, hokimiyat tepasiga kelgach inqilobni bug’uvchi Napoleonga aylanadi. Ingliz inqilobining birinchi galdagi siyosati. ya’ni diplomatiyasi Kirol bilan parlament o’rtasidagi kurash. feodalizm bilan kapitalizm o’rtasidagi nizo tugamaguncha Yevropada bo’layotgan hatti-harakat va nizolarga aralashmaslik mavqeini tutdi. Bu esa mamlakatda yangi, hokimiyatni mustahkamlab olish uchun sharoit yaratar edi. Angliya floti (harbiy va savdo) burjuaziya va savdo manfaati bilan bog’liq, bo’lib, ularni himoya qilish maqsadida inqilob boshlanish davridan boshlab to oxirigacha inqilob tarafida turdi. Bu esa inqilobchi ANGLIYAgaYevropa qit’asidagi Feodal davlatlarning harbiy yurish (intervensiya) uyushtirishiga to’sqinlik qildi.
Qirol Karl I ning qo’shni mamlakatlarga, ularning monarxlariga murojaat qilib, inqilobni bostirib, hokimiyatni saqlab qolishi uchun yordam so’raganda ham bu qo’shnilar unga e’tibor bermadilar. Bu Angliyaning ichki ishi deb biladilar. Bundan tashqari ular inqilobning borishini ham. mohiyatini ham tushunmas edilar, shuning uchun ham tashvishga tushmadilar. Birinchidan, Angliya inqilobi mamlakat ichkarisidagi mojorolarni xal qilish uchun Yevropa ishlariga vaqtincha aralashmadi, ikkinchidan qit’a mamlakatlari bu vaqtda kuch-quvvatga ega bo’lib, gullab yashnayotgan edi, shuning uchun ham inqilobdan qo’rqmadilar va uni inqilob ekanligini tushunib yetmadilar. Ayniqsa. Karl I ning Fransiyadan umidi katta edi, uning yordamiga muxtoj edi. Ammo bu hatti-harakatlar bekor ketdi, aksincha uning Fransiya hukumati bilan diplomatik yozishmalari Nezbi yonidagi jangda yengilib, butun hujjat-yozishmalari, ya’ni qirol arxivi parlament armiyasi qo’liga tushib. uni sharmandalarcha obro’sizlanishga olib keldi. G’alaba qilgan sinf, burjuaziya bilan yangi dvoryanlar hokimiyatni o’z qo’liga olib, barcha boyliklarni o’z foydalariga hal qilib. taqsimlab oldilar. Qat’iy-mustahkam tartib o’rnatishga xarakat qildilar va qit’a mamakatlari bilan savdo va diplomatik munosabatlarni tiklashga urindilar. "Puldor va mulkdor" kishilar Yevropa bozorini qo’lga olishga tayyor edilar. uning uchun qanday to’siq bo’lmasin, uni yengishga kuchlari yetar edi. Angliyaning dengiz dushmani va savdo raqibi bo’lgan davlatlar Gollandiya, Ispaniya va Fransiyaga qarshi kurash dasturi aniqlab olingan edi. Puritan hayolparastlari Jumhuriyat (Respublika)ni Gollandiya bilan qattiq va qaqshatqich kurashishga chaqirdilar. "Xudo bizga (inglizlarga - M. Gollandiyani bergan ekan, u yerga vakillar yuborib, tartib o’rnatish va Vavilionlikdan siz to’g’ri yo’ldan adashgan malikani taxtdan ag’darib, qit’ada Xudo hukmronligini o’rnatishga asos solish kerak, -degandi ulardan biri. Ammo, xokimiyatga kelgan "xudo bandalari" o’zlarini o’ta xudojo’y deb atashlariga qaramasdan hayotdagi moddiy manfaatdorliklarini hech qachon unitgan emaslar.
Ularning bunday xatti-harakatlari to xatto inglizlarning Shvetsiyadagi elchisi Uaytlok bilan Shvetsiya qirolichasi Uristinaning qabul suxbati vaqtida tilga olinib, qirolicha shunday degandi: "Siz inglizlar tovlamachi va ikkiyuzlamachi. Men sizlarning generallaringiz (O.Kromvel) va Siz haqingizda emas, menimcha Angliyada shunday shaxslar borki: ular ko’p, bu kishilar soxta dindorlar bo’lib, hayotida hech qanday maxzamlik yo’q, kerak bo’lsa diniy ulomolikdan ham foyda izlaydi XVII asr 40-yillarining oxiri va 50-yillarining boshlariga kelib ingliz burjua inqilobining tashqi siyosati va diplomatiyasi parlament ixtiyorida edi.
Ammo O.Kromvelning tashqi siyosat bobidagi nojo’ya xarakatlari parlament a’zolariga xush kelmadi, ayniqsa Irlandiya masalasida parlament uning o’zboshimchalik va huquqlarini cheklashga harakat qilganda, o’rinbosari bo’lgan Praydni yuborib. parlamentda tozalash o’tkazib, uni o’ziga bo’ysundirmoqchi bo’ldi. Lekin bari-bir parlament qaysarlik qila boshladi. Shunda Kromvel ozgina qolgan parlament azolarini ham xaydab, butun hokimiyatni o’z qo’liga oldi. 1653 yildan boshlab Respublika tuzumi o’rniga Kromvel homiyligi (protektorat) o’rnatildi.
Bu vaqtda ingliz diplomatiyasining asosiy vazifasi birinchi galda qit’a mamlakatlari bilan diplomatiya va savdo munosabatlarini tiklash va yaxshilash edi. Qit’a davlatlaridan ko’pchiligining diplomatik (agent) vakillari ham Londonda yashab kelayotgan edilar, ammo yangi hokimiyatni tan olish-tanish uchun shoshilmadilar. Sust xarakat qildilar. Ularning davlat boshliqlari Angliyadagi yangilikka e’tibor bermadilar va Respublikani tan olishga urinmadilar.
O’z vakillariga esa yangi ishonch yorliq berishni ham unutdilar. Fransiya xukumati Karl I ning hayoti va faoliyati haqida o’ylab ko’rmadi va unga yengillik ham qilmadi. To xatto o’limga maxkum etilganda ham qirolning ahvolini surash uchun harakat qilinmadi, Fransiyaning Londondagi elchisi Belevr xatto qirolni borib ko’rmadi ham, uning bu harakati keyinchalik Fransiya qiroli kengashida ma’qullangan edi. Angliya burjua Respublikasini tan olishga va unga moyillik bilan harakat qilgan qit’a davlatlaridan biri - bu Ispaniya edi. Ispaniyaning Londondagi elchisi don Alonso Kardenya, yangi ishonchli yorliq olmagan bo’lsada, lekin Jumxuriyat hukumati bilan maxfiy aloqada bo’lish uchun vakolat olgan edi. Bu masalada u juda ustalik bilan kirishib, ishonchni oqladi.
Bu harakatni asosiy sababi, Ispaniya o’zining yovuz dushmani bo’lgan Fransiyani dog’da qoldirib, yaqinda Ispaniyadan ajralib chiqqan (1640 y.) partugallarga ularning dushmani bo’lgan Angliya yordami bilan zarba bermoqchi edi. Partugallar Angliya qirolining qaroqchilariga jumxuriyat savdo kemalarini talash uchun yordam bergandi. Shu jihatdan Angliya bilan Partutaliya o’rtasida katta nizo paydo bo’lgandi. Anglo-fransuz munosabatlari bu davrga kelib buzila boshlandi. Xali qirol Karl 1 qatl qilinishiga qadar Lyulovik XIV Angliya va ichki kurashlari bilan band deb o’ylab, inglizlarning jun va shoxi matolarini (1648 y) Fransiyaga kiritishni qat’iyatlik bilan man qildi. Bunga javoban Angliya parlamenti fransuz vinolarini o’z bozoriga kiritishga qarshilik ko’rsatdi.
Kardinal Mazarini hokimiyat gepasida turganligidan foydalanib, bu masalada Angliyadan yon bosishini so’ragan edi. O’sha vaqtda Fransiyaning Angliyadagi muvaqqat ishlar vakili Krullening ishi ungidan kelmadi. Inglizlar unga "qirolga bo’lgan avvalgi ishonchga qaramasdan u siz ham yashay olamiz, shuningdek fransuzlarning xushbo’y vinolarisiz ham kunimiz o’tadi" deb javob qaytardilar. Shundan so’ng savdo urushi boshlanib ketdi. Rasmiy holatda urush e’lon qilinmasdan ikki davlat bir-birini savdo kemalarini taladilar, kemalarni mahsulotlari bilan qo’lga kirita boshladilar, ya’ni qaroqchilik bilan shug’ullandilar. Ispaniya elchisi don Alonso Kardenya uddoburorlik bilan
Angliya va Fransiya mojoralaridan foydalanib, zudlik bilan Madrid saroyidan (1650 y.) ishonchli yorliq berishini so’rab, o’z qirolini agar biz Jumxuriyatni tan olsak undan katta foyda ko’ramiz deb ishontirdi va yorliqni olishga muvaffaq bo’ldi. Juda katta yutuq bo’lmasa ham, xarxolda elchi o’zlarining raqibi va dushmani bo’lgan Fransiya ustidan g’alaba qozondi va uni kamsitib qo’ydi. 1650 yilning dekabrida Kardenya tantanali ravishda parlament tomonidan qabul qilindi va u parlamentga o’zining ishonchli yorlig’ini topshirdi. Xuddi shu kuni Fransiyaning Angliyadagi muvaqqat ishlar vakili Krulle qamoqqa olingan edi. Parlament tomonidan ispan elchisini tantanali qabul qilish marosimlarining yozuvi va Krullening Mazariniga ishi o’ngidan kelmaganligi va xibsga olinganligi haqidagi xati ham parlament arxivida saqlanib qolingan edi, u quyidagicha:
Kardenyani parlamentga olib kelish uchun graf Solsberi boshchiligida parlamentning uchta komissari hukumat izvoshida borgan edilar. 30 yoki 40 ta izvoshda ispan va ingliz dvoryanlari o’tirib, Kardenyani parlamentga kuzatib keldilar. Kardenya kelayotgan yo’lda otliq askarlarning ikki polki saf tortib turgan edi. Piyoda askarlarning bir polki uni qo’riqlab bordi. Parlamentga kelgach Kardenyaga maxsus o’rindiq (kreslo) tayyorlanib qo’yilgan edi. Unda o’tirgan elchi parlament raisiga o’zining ishonchli yorlig’ini taqdim qiladi. Bu yorliq Lotin tilida yozilgan edi. Shundan so’ng Kardenya ispan tilida katta nutq so’zlab, mamlakatning oliy hokimiyati bo’lgan palatani buyuk xristian davlatpanoxi nomidan birinchi bo’lib tan olinganligi uchun o’zini baxtiyor deb hisoblaydi, degandi. Xuddi shu soatda, ya’ni parlament Ispaniya elchisiga katta ehtirom ko’rsatib, uni elchi sifatida qabul qilayotgan vaqtda Fransuz elchisi Krullening qarorgohiga askarlar bostirib kirib, tintuv o’tkazadilar, Krullen xibsga olib, uni tezda Londondan xaydab yuboradilar. Fransiya uchun bunday noxush ahvol ularni sarosimaga solmadi, aksincha (Lazarini va uning noibi Kolber fransuz burjuaziyasining manfaatini ko’zlab ish tutdilar. Ularning tazyiqi ostida savdoni rivojlantirish uchun
Angliya bilan aloqani yaxshilashni talab qildilar. Ingliz savdo kemalarini talagan qaroqchilari hukumatni inglizlar bilan kelishuvini Fransuz kommersantlari (boylari)ni ingliz dengizchi qaroqchilari tomonidan talanishiga qaramasdan, ular o’z hukumatlaridan inglizlar bilan kelishishni talab qildilar. Kolber Fransiya savdosnning qiyinchiliklari xaqida 1650 yil qirolga yozgan xatida shunday deydi: "...inglizlar biz bilan savdo urushi olib borayapti... savdoni yo’lga qo’yish qiyin, chunki inglizlarning bunday uch olishida biz, o’zimizni ung’arib ololmaymiz. Savdoni o’nglab olish uchun ikki yo’l bor: xavfsizlik va erkinlik, buning uchun albatta Angliya bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini tiklash zarur. Inglizlarning bizdan talab qilayotgan narsasi shuki, biz ularning respublikasini tan olishimiz kerak. Bu sohada ispanlar bizni quvib o’tdi, deydi Kolber. Biz majburan bo’lsa ham Angliyani tanishimiz kerak. Buning uchun bizni xudo va bandalar ham kechirishi mumkin. Ispanlar bizga nisbatan dushmanlik mavqeida turib, inglizlar orqali ko’p ishlar qilishi mumkin, deb tugatadi o’z xatini Kolber.
Kardinal Mazarining o’zi Respublikani tan olish uchun har qanday pastkashlikka borishi mumkin edi, nima ketsa ham ispanlarga qarshi inglizlar bilan ittifoqda bo’lish edi. Shuning uchun ham har qanday shartlarni bajarishga tayyor edi. Shu maqsadda tashqi siyosatning 1652 yildan boshlab parlament ixtiyoridan Kromvel qo’liga o’tganligidan foydalanib. vositachilar orqali hukmdor bilan bog’lanib, tezda undan javob oladi. Kromvelning talabiga ko’ra fransuz qiroli Angliya respublikasini tezda tan olib, o’z elchisini Londonga yuborish aytilgandi. Shuning bilan birga dengiz xarakatlari vaqtida Respublika fuqarolariga yetkazilgan moddiy zarar qoplanishi zarur edi. Bundan tashqari, Mazarining Fronda bilan olib borayotgan kurashi Fronda foydasiga hal bo’lsa, u vaqtda Mazarini uchun boshpana Angliyadan berilishi ma’lum qilingan edi. Natija Mazarini kutganidek bo’lib chiqmadi. Ahvolni o’zgartish qiyin edi Mazarini va saroyning ahvoli borgan sari qiyinlashib bordi. Oronda tarafdori bo’lgan shaxzodalar Fransiyaning janubida.
Bordo shahrida to’planib, u yerdagi inqilobiy harakat bilan birgalikda Angliya respublikasini tan olish va o’zlarining avvalgi erkinliklarini qo’lga kiritish edi. Ispanlar ham inglizlarni shaxzodalar bilan ittifoqda bo’lishiga undar edi. Shunday ekan, Mazarini uchun inglizlarning talabini bajarishdan boshqa iloji yo’q edi. 1652 yilning dekabrida Angliyaga fransuz intendanti Pikardii de Bor, Bordo qirolning Angliya parlamentiga yozgan xati bilan yuboriladi. Elchiga berilgan ko’rsatmaga muvofiq, inglizlarning sha’niga tegadigan gaplar aytilmasligi kerak deyiladi. Lekin inglizlarni bunday maktub qoniqtirmadi ular boshqacha mazmundagi xat talab qildilar. Shundan so’ng yangicha mazmunda yozilgan maktub yuborilib. unda Angliya ulugvor davlat, inglizlar esa katta buyuk millat deb ko’rsatilgandi. Shundan so’ng inglizlar Bordo vakillarini qabul qilishlarini ma’lum qildilar, lekin qabul na parlamentda. na davlat kengashida, u tashqi ishlar bilan shug’ullanuvchi qo’mitada o’tkaziladigan bo’ldi.
Qabul marosimida fransuz vakili nutq so’zlab, unda ikki davlatning tuzumi, har xil bo’lishiga qaramasdan, savdo bir xilda rivojlanishi mumkin, bundan na Fransiya, na Angliya zarar ko’radi. Aksincha ikkalasi buyuk davlat sifatida manfaatdor bo’lishi mumkin, dedi.
Birqancha vaqtlar o’tgandan keyingina 1655 yilga kelib ikki o’rtada shartnoma tuzildi, fransuz-ispan qarama-qarshiliklaridan Kromvel Fransiyani yana bir muncha yon bosishlarga majbur qildi. Angliyaning yon qo’shnisi bo’lgan Gollandiya bilan ahvol boshqacha edi, chunki bu mamlakat XVII asrda Yevropaning hamma mamlakatlari va jahon bilan savdo qiladigan kuchli dengiz davlati hisoblanardi. Gollandiya kemalari o’zlarining yukini tashib, kirakashlik qilardi, qayerda bo’lmasin ingliz kemalari bilan to’qnash kelardi.
Gollandlar kuchli va xavfli raqobatchi edi. Rus davlatida gollandlarning olib borgan ishlari ingliz savdogarlarining tijorat savdo imtiyozlarini bekor qilishga olib keldi. Ingliz jamoasining fikricha Gollandiya bilan, ya’ni ikki dengiz davlati o’rtasida mustahkam ittifoq tuzish, aks holda dengiz hukmronligi uchun raqib Gollandiyaga qarshi ayovsiz qatiy kurash olib borish edi. 1651 yilning fevralida ingliz parlamentining ikki favqulodda elchisi Sen-Djon va Strayklend Gollandiyaga muzokara olib borish uchun yuborilgandi. Ingliz elchi-vakillarini 40 janob va 200 yaqin xizmatchilar hamrox sifatida kuzatib bordilar. Gaagada ularni General shtatlarning deputatlari 27 hukumat izvoshida qarshi oldilar. Ular sharafiga katta qabul marosimi o’tkazilib. katta hurmat ko’rsatildi.
Lekin mamlakat jamoasining elchilarga bo’lgan munosabati sovuqqina bo’ldi. General shtatlarning uchrashuv-qabul marosimida respublikaning 7 ta komissari ingliz elchilariga shuni ma’lum qildilarki, Birlashgan viloyatlar (Gollandiya) Angliya respublikasiga o’zlarining do’stlik munosabatlarini izhor qiladi va faqatgina yaxshi qo’shnichilikni tiklash va saqlab qolishgina emas, balki ikki respublikaning manfaati uchun turli xildagi traktatlarni imzolash lozim deb, aytdilar. Ularga javoban ingliz elchilari gollandlarning aytganlaridan foydalanib. bizning takliflarimiz yanada chuqurroqqa boradi, dedilar. "Biz shuni taklif qilamiz, -dedi ular.- Angliya bilan Birlashgan viloyatlar o’rtasidagi do’stlik faqatgina tiklanib va saqlanib qolmasdan, balki ular o’rtasidagi ittifoq tuzish. bu ittifoq yaqinlik va ehtiromlik bo’lishi kerak. Har ikkala millat manfaatlari uchun xizmat qilsin, bu ishlar va manfaatlar xayotiy va aniqroq bo’lishi kerak" degandi. Inglizlarning so’nggi so’zlaridan gangib qolgan gollandlarni ko’rib, ularning ahvolini tushunib yetgan inglizlar gollandlarga murojaat qilib, sizlar o’z takliflaringizni aytishingiz mumkin deb, ularni og’ir vaziyatdan qutqardilar. Inglizlarning orzu-istaklari gollandlarga ochiq-oydin ma’lum edi: Gollandiyaga Angliya bilan birlashish. aniqroq qilib aytganda Angliyaga tobi bo’lish, bordi-yu rad javobi bo’lsa. unda uning bilan aloqani uzib. unga qarshi kurashish edi.
Oradan ko’p vaqt o’tmasdan dushmanlik mavqei quzg’olib, ikki respublika bir-biriga qarshi turdi, inglizlar gollandlarning kemalarini tutib ola boshladilar. Gollandlarning harbiy floti taniqli admiral Trompa qumondonligida Angliya qirg’oqlarida suzib yurardi. Ingliz elchilari parlamentga murojaat qilib, kelgusida nima qilishlarini surab. biron topshiriq bormi yoki uyga qaytish kerakmi degan savol qo’ydilar. Shundan so’ng parlament ilgarigi qo’yilgan takliflarga Gollandiyaning General shtatlaridan javob kutmasdan o’z elchilariga 7 moddadan iborat bo’lgan qat’iy talabnomaga o’xshagan do’stlik haqida taklifnomani yubordi. Unda aytilishicha Gollandiya bilan Angliya bitta ya’ni yagona davlat sifatida ish ko’rib, urush va tinchlik masalasida xalqaro shartnomalar va ittifoq tuzishda bir davlat nomidan bo’lishi kerak deyiladi.
Agar bu shartlar qabul qilinsa. u vaqtda yanada muhimroq, ya’ni "ikki davlat manfaatlarini ko’zda tutgan xolda yangi moddalar taklif qilish mumkin" degan gaplar elchilar orqali og’zaki ravishda yetkazilgan edi. Masalalar ochiq xolda xal bo’lmasdan qolgach elchilar o’z yurtlariga qaytadilar. Bu voqealar iyulning oxirlarida bo’lib, 5 avgust kuni parlamentga tegishli chora ko’rish topshirildi va shoshma-shosharlik bilan Kromvel taklif qilgan "Navigadion akt" (dengizda suzish qonun-qoidalari) e’lon qilindi. Bu akt bilan Angliya o’zining Gollandiyaga nisbatan bo’lgan do’stlik namunalarini yaqqol ko’rsatdi. Ushbu aktga muvofiq, mahsulotlar faqat Angliya kemalarida keltirilishi va chiqarilishi kerak edi. Gollandiya esa bunga qarshi edi. Ikki o’rtada urush ( 1652-1654) boshlanib, u Godlandiyaning mag’lubiyati bilan tamom bo’lib, gollandlar "Navigasion akt"ni majburan tan oladilar.
Ikki o’rtada hali urush holati saqlanib qolgan edi. Uzoq muddatli parlamentdan qolgan "dum"ni ham 1653yilda xaydab yuborilgach, butun hokimiyat Kromvel qo’liga o’tadi va 1654 yildan e’tiboran hokimiyat diktaturaga aylanadi Kromvel o’z qo’liga ham fuqarolik ham harbiy hokimiyatni birlashtirib oldi. U Angliya, Shotlandiya va Irlandiya armiyasi va flotining bosh qo’mondoni edi. Soliqlar yig’ishni boshqarardi, sud ishlarini nazorat qilardi. Urush e’lon qilish va tinchlik shartnomalarini imzolash uning ixtiyorida edi. Aslida Kromvel ancha oldin diktator bo’lgan edi. Kromvel Angliyaning kelajagini o’ylarkan va kurasharkan, parlament va davlatning boshqa boshqaruv idoralarini tan olmasdi. Xoxlagan ishini istaganicha amalga oshirardi. Taniqli ingliz xaykaltaroshlaridan biri Kromvelning osoyishta va jiddiy ko’rinishini xaykal qilib yaratgan. Uning bir qo’liga qilich, ikkinchisiga esa injil ushlatgan. -ko’lidagi qurol yordamida u o’z gurkuragan davrining murakkab masalalarini xal qilgan, aniqroq qilib aytganda chopib tashlagan, degan ma’noni aks ettirgan.
O’z lavozimini bajarishga kirishishdan oldin Kromvel o’zining tantanama-yistrani chet ellik elchilar huzuriga yuborib, u orqali shularni ma’lum qilishni ya’ni mamlakatdagi bu o’zgarishlar Angliya bilan Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi oldingi do’stlik va yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini aslo o’zgartirmaydi, deb ishontirishni topshirgan edi Borgan sari diktatorlik xokimiyati kuchayib bordi. Gollandiya bilan bulayotgan urush 1653 yilda Gollandiya mag’lubiyati bilan tamom bo’ladi. Gollandiyaning siyosatchisi va diplomati Korneliy de Vigg General shtatlar majlisida Birlashgan viloyatlar ahvoli haqida gapirib, shunday degandi: “Men shuni aytishim kerakki. bundan keyin biz va dengiz Angliya hukmronligi ostida”.
Kromvel ikki respublikaning birlashishidan voz kechdi. 1654 yilning iyunida ikki o’rtada sulh tuzishga qaror qildi. Sulh tuzish marosimida faqat gollandlarning vakillari bo’lmasdan. Gollandiya ittifoqchilari Daniya qiroli, Shvetsariyaning protestant homiylari, Ganza shaharlari va Shimoliy Germaniyaning bir qancha protestant knyazlari ishtirok qildilar. Ayni bir vaqtda Kromvel Angliya uchun uncha xavfli bo’lmagan davlatlar Shvetsiya, Daniya va Portugaliya bilan ham savdo shartnomalarini imzoladi. 1653 yil Kromvel Stokgolmga ingliz diplomati Uaytlokni yuborib. Shvetsiya bilan shartnoma tuzishni topshirgandi.
Bu shartnoma,-degandi Kromvel Uaytlokka,-respublika uchun juda muhim. Qirolicha Xristinadan boshqa butun xristian olamida bunday davlatpanoh va davlat yo’qki, biz ular bilan do’stlik iplarini bog’lasak... Sizning hozirgi amalingiz gollanllar va daniyaliklar bilan ishlarimizni va savdomizni yaxshilashga katta vosita buladi". Shved dvoryanlarini ko’ndirish uchun Uaytlok ko’p urindi, shvedlar Angliyaga nafrat ko’zi bilan qarab, undagi voqealarni tikuvchilar ishi deb kinoya qilardilar. Shunga qaramasdan Uaytlok 1654 yilning 28 aprelida Shvetsiya bilan tinchlik va ittifoq traktatini imzolashga muvaffaq bo’ldi. 1654 yilning sentyabrida Daniya bilan imzolangan traktatga ko’ra Angliya Zund orqali suzib o’tish huquqi berildi. Shu choqqacha bu gollanllar qo’lida edi. Portugaliya bilan tuzilgan shartnoma uni iqtisodiy jixatdan Angliyaga tobi qilib ko’ydi. Ispaniya bilan bo’layotgan ishlar va munosabatlar birmuncha mushkil edi.
Ispaniyaning Angliyani birinchi bo’lib tan olishi va ispan elchisi Karden’yaning xatti-harakatlarining tezlashib borishiga qaramasdan shartnomani imzolash ishi nihoyatda sust va cho’zilib borardi. Inglizlar azaldan ispanlarga boshqacha munosabatda bo’lib ularga xasad bilan qarardilar. Chunki bu mamlakatning juda katta hududdan iborat mustamlakalari bor edi. Kromvelni protektor (xomiy) deb e’lon qilinishi Kardenyani cho’chitib qo’ydi, chunki o’rtada Fransiya bor edi, fransuzlardan har qanday buzg’inchilik ishlarini kutish mumkin edi, shuning uchun Karden’ya bilan Kromvel o’rtasida bo’lgan shaxsiy suxbatda Ispaniya tomonidan qanday yordam kerak bo’lsa, biz tayyor deb aytgandi. Undan tashqari qatl qilingan ingliz qiroli Karl I ning o’g’li yordam so’rasa unga rad javobini berishni aytib buning uchun Kromvel ispanlar bilan birga Franpiyaga qarshi turishini talab qilgan edi. Ammo Mazarini Ispaniya hukumatiga nisbatan ixcham xarakat qilib. Kromvelni o’z qiroli nomidan "aka"."uka",’’jiyan" va h.k. deb atashga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Ammo Kromvel kardinalga menga protestorlik unvonidan boshqasi kerak emas deb, javob qildi. Mazarinn agar kerak bo’lsa sobiq qirol Karl 1 ning oilasini "yumshoqqina qilib" Fransiyadan chiqarib yuborishni ham aytgandi. Kromvelni bunday mayda-chuyda masalalar qiziqtirmasdi. Uning maqsadi Fransiya bilan Ispaniya ustidan hukmron bo’lish edi, shuning uchun ham raqiblariga yangi-yangi og’ir talablar qo’ya boshladi. Fransiya kuchli mamlakat edi. Uning bilan urush kutilmaganda. favqulodda bo’lishi mumkin edi. Ispaniya esa chirib borayotgan bo’lsa ham, lekin boy va osongina qo’lga keladiga ulushga ega edi.
Ana shunday vaziyatni o’z qo’lida saqlab qolish maqsadida Ispaniya o’z mustamlakalarining Angliya bilan savdo qilishga qarshi edi. Angliya Ispaniyadan Vest-Indiya soxillarida erkin suzish va inkvizitsiya taqibini bekor qilishni talab qildi. Bu xaddan tashqari bo’lgan talab edi, hatto ispan elchesi ham xayratda edi: Kardenya norozilik-nafrati bilan: "Inkvizitsiyadan ozod qilish va Vest-Indiyada erkin suzish - bu mening davlatpanoximning ikki ko’zini o’yib olishdir", degandi. Kromvel ko’zi bilan qaraganda Ispaniya bilan bo’ladigan uchush muqarrar bo’lib qoldi. Bu urush matros (dengizchi)lar, zobitlar (ofiser)lar va askarlarni ishga soladi, ularning urush tufayli boyishiga yo’l ochadi. Xayolparastlarning aqli-xushini joyiga keltiradi va Angliyaning Yangi dunyoda xukmron bo’lishiga imkon yaratadi, deb o’ylardi Kromvel.
Urush rasmiy holatda boshlanmasdan yangi dunyo qirg’oqlariga Penya eskadrasi yuborildi. O’rta Yer dengiziga esa Ispaniya sohillarida suzib yurgan vaximali Blek qumondonligidagi eskadra yuborildi. Pennga berilgan topshiriq Ispaniya mustamlakalarini bosib olish edi. Ammo San-Domingoni olish imkoniyati bo’lmadi. Chunki ispanlar bu xujumni qaytardilar. Bu voqea Ispaniyada ma’lum bo’lgach. Ispaniya hukumati ingliz kemalari va mulklariga embargo (taqiq) e’lon qildi. Ko’pgina ingliz savdogarlari hibsga olindi. qirol Kardenyaga Londonni tashlab kelishini buyurdi. Kardenya o’ziga yuborilgan fregatga Duvrdan 1655 yilning 24 oktyabrida chiqayotgan vaqtda Kromvel Fransiya bilan tinchlik va savdo shartnomasini imzolayotgan edi. “Agarda bu shartnoma uzoq kutishlardan so’ng o’z qimmatini yuqotgan bo’lsada, -degandi fransuz elchisi Bordo. - ammo Kopaniya bilan bo’lgan uzilish unga yangi kuch ato etadi”.
Shu yilning 28 noyabrida Fransiya bilan tuzilgan shartmoma va Ispaniya bilan bo’layotgan urush haqidagi axborot London ko’chalarida xalqqa ma’lum qilindi. 1656 yilning sentabrida Kromvel kelib chiqqan vaziyatni izoxlab, shundan degandi: “Biz Ispaniya bilan urush xolatidamiz. Biz bu urushni nochorlikdan boshladik. Ispaniya bizning buyuk dushmanimiz, dushman tabiiy, xuddi xudo ko’rsatganidek, u tulig’incha papizm bilan (katolik) sug’orilgan. Urush Kromvel vafotidan so’ng tamom bo’ldi, Ispaniya uchun urush muvofaqqiyatsiz bo’lib, inglizlar Yamayka orolini, ya’ni Amerikadagi qul savdosining markazini ishg’ol qilib, uni bosib oldilar. Bu yer inglizlarning yangi nusxadagi birinchi mustamlakalari edi, shundan so’ng mustamlaka bosib olish davlat ishiga aylandi. Ingliz savdogarlari davlatga o’z ta’sirlarini o’tkazib, Vest-Indiya yerlaridan to’liq foydalanish, Yamaykadagi yer uchastkalarini taqsimlab olish, ayniqsa mustamlakachilik ishiga aralashganlarga yer ulushlari berish talabi qo’yilib, bu yerda majburiy mehnat, qullar mehnatidan, shuningdek Irlandiya, Shotlandiya va Angliyaning o’zidan ko’chirilgan aholining mehnatidan xuddi qullardek foydalanish masalasi qo’yilgan edi. Ana shu tariqa Kromvelning Ispaniya mustamlakalarini bosib olish yo’li bilan XVIII asrda Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos solindi Inglizlar Yamaykani bosib olganlaridan so’ng, bo’lajak qirol Karl II Ispaniya xukumati bilan shartnoma tuzib. Ispaniyaning Angliyada monarxiyani tiklashga bergan yordami uchun Yamaykani qaytarmoqchi bo’ldi.
Kromvel xukumronligining oxiri katta harbiy g’alaba - ispan qo’shinlarining tor-mor qilinishi va 1658 yilda Yevropa darvozasi bo’lgan Dyunkerkni olish bilan belgilanadi. Ingliz qo’shinlari bu yerda marshal Tyuren qumondonligida fransuz qo’shinlari bilan birgalikda urushdi. Urushgan ispan qo’shinlari tarkibida esa ingliz royalistlari kurashdi. Dyunkerk olingandan so’ng qit’aning kaliti Kromvelning belbog’ida osig’liq". -deb aytgandi uning sipohiylari. 1658 yilning 3 sentyabrida Kromvel vafot etadi. O’z g’alabasining natijasini ko’ra olmadi. Voris tariqasida uning o’g’li Richard qolgandi, lekin mamlakat xazinasi bo’m-bo’sh edi, albatta Angliyani bunday boshi berk ko’chadan olib chiqish qiyin edi. Richard xokimiyatni boshqarishda bo’shlik qildi, unga nisbatan qo’shin va uning boshliqlari kuchlilik qilib, parlamentni tarqatishni talab qildi va 1659 yilning 22 aprelida parlament tarqatildi.
Ozgina vaqt o’tgach, ya’ni 1659 yilning 25 mayida protektorat ag’darilib, xokimiyat uzoq muddatli parlamentdan qolgan "Dum" tiklanib, uning qo’liga o’tadi. Royalistlar zo’r berib, qirollikni tiklash va Karl I ning o’g’li Karl II Styuartni qirollikka tiklashni talab qildilar. 1660 yilga kelib Karl II Styuart Siti shahrida Angliya qiroli deb katta tantana bilan e’lon qilindi. Yangi dvoryan va burjuaziyaning inqilob vaqtida musodara qilingan mol-mulklari qaytarildi, ularning eski huquqlari tiklandi.



Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish