1-mavzu kirish standartlash maqsadi va asosiy tushunchalar. Reja



Download 192 Kb.
bet1/15
Sana28.12.2022
Hajmi192 Kb.
#896756
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-Mavzu


1-MAVZU
KIRISH Standartlash maqsadi va asosiy tushunchalar.
Reja
1.Standart xaqidi tushuncha .
2.Fani maqsadi.
3 Yetakchi tashkilotlar bilan tanishish.
Mamlakatimizda qabul qilingan modemizatsiyalash dasturlarining asosiy va umumiy yo‘nalishlari sifatida eskirgan uskuna va dastgohlami tugatish, mahsulot assortimentini kengaytirish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalami jalb etish, mahalliy xom-ashyo va imkoniyatlarimizga asoslangan innovatsion, chiqindisiz va ekologik toza texnologiyalami jalb etish, mahsulot sifatini va sertifikatsiyani boshqarish tizimini ishlab chiqish, ishlab chiqarish xarajatlari va xom ashyo sarfini kamaytirish kabilami
ko‘rsatish mumkin. Sanoat tarmoqlarida ldchik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar joriy etilish kerakligi ta’kidlandi. Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda va iqtisodiyotni yuksaltirishda barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishni rivojlantirish har bir soha mutaxassislarining oldiga qo‘yilgan vazifalari alohida ahamiyatga egadir. Iqtisodiy islohatlaming yangi bosqichidatarkibiy tuzilish strategiyasini ishlab chiqarishda ixtiyorimizdagi g‘oyat boy tabiiy xom-ashyo, mehnat resurslariga mustahkam tayanib, ulardan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirib eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Tayyor mahsulotlaming eksport salohiyatini oshirib boorish natijasida uning ishlab chiqarish darajasining yaxshilanishiga olib keladi. Mahsulot sifatidan davlatning texnik takomillashgani va rivojlanganligiga baho bersa bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda iqtisodni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri, mahsulot sifatini sistematik ravishda oshirib borishdir. Mahsulot sifatini oshirish, assortimentlarini kengaytirish va iste’molchilar talabini qondirish hozirgi bozor iqtisodiyotining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifat darajasini ta’minlash uchun standartlar va texnik shartlaming me’yoriy talablariga bog‘liq holda sistematik nazorat ishlarini olib boorish lozimdir. Mahsulot sifat darajasini yaxshilashda standartlarning ilmiytexnik darajasini oshirish, standartlar va texnik shartlami muntazam yangilab borish, mahsulot sifati va yuqori texnik darajasini kafolatlash lozim. Undan tashqari, bozor iqtisodiyotida boshqarishning yangi shartlari mahsulot sifatiga yangi talablar qo‘ymoqda. Bu yanada muhimroq bo‘lib, aholining doimo o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirishi kerak, hamda har bir sanoat korxonalari ishlab chiqanshdagi yangilanishning aniq yo‘liga ega bo'lishi lozim.
\ Mahsulot sifatini jahon standartlari darajasiga ko'tarish, mahsulotni dunyo bozorlariga chiqarishni ta’minlaydi. Istalgan mahsulot sifatini, ya’ni shu qatori to‘qimachilik materiallarini baholash uchim materiallaraing ratsional qayta ishlanishi va qoilanilish imkoniyatlarini aniqlashda muhim xossalariga me’yoriy talablami asoslashdir. Bozor munosabatlari sharoitida yuqori sifatli mahsulotni yaratish, ta’minlash va rejalashtirish zamonaviy baholash uslublari va sifat ko‘rsatkichlarining standartlari bo‘yicha bilimni talab etadi. Ushbu darslikning asosiy maqsadi, kerakli ma’lumotlami berish va amaliyotda uslublaming qoilanilishini ko‘rsatishdir. Ushbu «Metrologiya va standartlashtirish» fanidan darslikni tayyorlashda 0 ‘zbekiston Respublikasida mavjud bo'lgan davlat standartlaridan foydalanildi. Undan tashqari, bu darslik oliy o‘quv yurtlari bakalavriatura ta’lim yo'nalishi talabalari, hamda shu soha
bo'yicha barcha mutaxassislar uchun moijallangandir. Metrologiya va standartlashtirish kursi o‘zaro almashuvchanligining zaruriy shartlaridan biri va muhim sifat ko‘rsatkichlariishonchlik va uzoq muddat ishlashini ta’minlovchi geometric parametrlarini aniqligini ta’minlash masalalarini o‘rgatadi.
Joizlik va o‘tkazishlaming yagona tizimini, texnologik va konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirishda aniq me’yorlami ko'rsatishni, turli birikmalar uchun standart o‘tkazishlarni hisoblashni va tanlashni, chizma va texnologik xaritalarda uchrashi mumkin bo‘lgan shartli belgilami bilish kerak.



Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish