Reja: Diplomatiya tushunchasi


XVIII asr o`rtalarida xalqaro munosabatlar



Download 417,5 Kb.
bet4/18
Sana27.06.2022
Hajmi417,5 Kb.
#707951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
diplomatiya 2(1)

XVIII asr o`rtalarida xalqaro munosabatlar


Reja.

  1. Ispanya merosi uchun urush (1701-1714). Utrext va Rashtadt sulh shartnomalari

  2. Fransiyada Lyudovik XV diplomatiyasi

  3. Polsha merosi uchun urush (1733-1738) va Vena tinchlik shartnomasi (1738)

  4. XVIII asr 1-yarmida Angliya diplomatiyasi.

  5. Avstrya merosi uchun urush (1740-1748) diplomatiyasi

  6. Rossiyada Pyotr I (1682-1725) diplomatiyasi.

Lyudovik XIV ning hukmronliginig ikkinchi dacriga kelib, Yevropa diplomatiyasi tarixida Angliya o’z obro’sini oshirish va Fransiyani mustamlakalarini egallash uchun kurash davri bo’ldi. Bu jarayon ayniqsa Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushlar davrida (1701-1714) o’zaro urush davrining muhim davri bo’ldi. U amalda ilk bor Fransiya va Angliyaning dengizda va mustamlakalar ustidan hukmronlik qilishi uchun olib borilgan urushlari edi. Fransiyaning Angliyaga qarshi kaolitsiyalarni shakllantirishga urinishi teskari ta’sir etgan. XVII asrning 80 yillarida Fransiyaga qarshi deyarli butun Yevropa maydonga chiqdi.


1701 yil bahorda urush boshlanganda urush Fransiya uchun omadsiz kechdi. Fransiya bir vaqtning o’zida to’rtta teatrda o’ynashga majbur bo’ldi. Bular Italiya, Ispaniya, Niderlandiya va Reyn bo’yi Germaniyasida urush harakatlarini olib borishga majbur bo’ldi. Urushning birinchi davrida (1702-1704) Fransiya bir qancha og;ir ahvolga tushib qoldi. Urushning ikkinchi darida (1704-1710) esa Fransiya urushning hal qiluvchi yillari bo’ldi. Seveniyadagi kamizar-protistantlar harakatini tiklashga urinildi. So’nggi bosqichda (1710-1714) bir qancha harbiy yo’qotishlarga uchraydi va ko’proq endi tinchlik kelishuvlari haqida o’ylay boshlaydi. Fransiya qiroli urush oxiriga kelib har qanday usulda bo’lmasin urushdan chiqish yo’llarini o’ylay boshlaydi. Uning bu fikrlariga esa raqiblari, yirik diplomat va generallar: Velgil III Oraniskiy, Malbaro, Avstriya sarkardasi Yevgeniy Svoniskiy qarshi edi.
Ispaniya qiroli Filipp XIV 1665 yilda vafot etdi, Fransiya o’z merosini janubiy Niderlandiyadan berilishini talab qildk. Ispaniya uni rad qildi. Natijada 1667 yilda Fransiya Ispaniya urushi boshlandi. Bu urush "Devolyusiya urushi yoki vorislik urush" deyildi. Lyudovik XIV Brabatan va Flandriyani armiyasi yo’qligi tufayli ximoyasiz deb o’yladi, Ispaniya ularga qo’shin yetkazib berolmas edi. Fransuzlarning 1667 yilgi boji og’ir bo’lib, Gollandlarning savdo ishlariga putur yetkazgandi. Bundan g’azablangan Gollandlar tajovuzkor Fransiya bilan qo’shni bo’lishdan qo’rqib, janubiy Niderlandiyaning ular tomonidan bosib olinishiga yo’l qo’ymaslikka axd qildilar.
Ular ashaddiy dushmanlari Ispaniya qirollari bilan ittifoq tuzishni afzal ko’rib, ular talablariga rozi bo’ldilar. 1665-1667 yillarda Angliya Gollandiyaga qarshi ikkinchi muvaffaqiyatsiz urush olib borayotgan edi, lekin Angliya parlamenti 1668 yil Karl II ni o’z yo’lini o’zgartirishga va Fransiyaga qarshi Gollandiya bilan ittifoq tuzishga majburladi. Bungacha qirol Fransiyaga Angliya bilan ittifoq tuzishni taklif qildi, lekin Lyudovik XIV uni qabul qilmadi, chunki unga ko’ra Ispaniyaning hamma mustamlakalari Angliyaga o’tishi kerak edi. Shunday qilib, Gabsburglarga qarshi kurashda kechagina ittifoqchi bo’lgan Gollandiya, Shvesiya, Angliya, Ispaniya bilan birlashib Fransiyaning dushmaniga aylandi. Fransiya urushga diplomatik jihatdan yaxshi tayyor emasdi. Shu sababli Gollandiya va Ispaniya Germaniya ustiga qilgan yurishlar keskin bo’lsa-da, Lyudovik V bir yildan so’ng 1668 yidayoq urushni shoshilinch sur’atda to’xtatishga majbur bo’ldi.
Axen sulhiga ko’ra Fransiya Finlyandiyaning bir qismini ya’ni Liml shahrini o’zida saqlab qola oldi. 1672 yili eng yaxshi lashkarboshilari Tyurek va Konde rahbarligidagi fransuz armiyasi janubiy Niderlandiyaga va Gollandiyaga xujum qildi. Olib bo’lmaydigan mustahkam deb hisoblangan va bir vaqtlar ispanlarga qarshi qurilgan golland qal’alari olindi. Fransuz qo’shinlari Gollandiyaning ichiga bostirib kirdi. Amsterdam Oranskiy juda keskin harbiy choralar ko’rdi, to’g’onlar buzdirildi, katta bir territoriyani suv bosdi, Fransuz qo’shinlari chekinishga majbur bo’ldi.
Lekin Vilgelmning choralari muvaffaqiyatliroq edi. Uning choralari Fransiyani bir qism qo’shinlarini Germaniyaga yuborishga majbur qildi, bu qo’shinlar Germaniyada hamma yoqni xarob qildi. Shunday qilib xalqaro vaziyat Fransiya uchun yana noqulay tus ola boshladi. Lyudovik XIV 1679 yilda Nimvegon sulhini tuzdi. Ispaniya unga janubiy Niderlandiyadagi yana bir qancha shaharlarni berdi. Bu shartnoma birinchi Fransuz tilida yozilgan shartnoma bo’ldi. Lyudovik XIV ning ishtahasi osha bordi, u shimoliy Italiyani, butun g’arbiy Germaniyani, uning toj-taxtini da’vo qila boshladi. Imperator Leopold I ning ahvoli mushkul edi, u ikki tomonlama savdoda - Fransiya va Turkiya xavfi ostida edi. 1686 yili asosan Gollandiya shatatgalteri Vilgelm III Oranskiyning diplomatik aktivligi tufayli Augsburg ligasi vujudga keldi.
Fransiyaga qarshi mamlakatlar va papa Innokentiy XI homiyligida Fransiyaning keyingi vaqtlarda qiladigan har qanday territorial da’volarga qarshi mudofaa ittifoqi tuzdilar. Lyudovik XIV Risvik sulhini tuzib, Ispaniya merosidan katta ulush olishni mo’ljallangan ed. Ispaniya qiroli Karl II ning erkak zuriyodi yo’q edi. Merosxo’rlar: Mariya-Tereza bilan Lyudovik XIV ning o’g’li, Margarita-Terezaning eri Leopold I va Bavariyaning go’dak shahzodasi Leopold II edi. Lyudovik XIV Augsburg ittifoqi bilan yarashishdan foydalanib, Ispaniya o’lkalarini uchta merosxo’r o’rtasida do’stona taqsimlash haqida, Ispaniyani aralashtirmay Ausburg ittifoqi a’zolari bilan 1698 yildayoq yashirincha kelishib olgan edi. Biroq 1696 yilda yuqoridagi til biriktirishga muvofiq Ispaniya taxtiga chiqishi lozim bo’lgan Bavariya shaxzodasi to’satdan vafot etdi. Imperator Leopold II o’zining Ispaniya merosiga doir huquqlarini o’z o’g’li gersog Karlga berishni e’lon qildi. Shu orada Ispaniya qiroli Karl II saroyida ikki guruh kishilar: Avstriya va Fransiya tarafdorlari o’rtasida kurash borayotgandi. Fransiya tarafdorlarining Karl II ga ta’siri katta edi. Ular Ispan hukmdorlarini pora berib sotib olish yo’li bilan g’alaba qozondi. Karl II Ispan va Fransuz saltanatini birlashtirmaslik sharti bilan o’z qo’li ostida hamma o’lkalarni Fransiyadagi merosxo’riga Lyudovik XIX ning ikkinchi nabirasi Filipp Anjuyskiyga berishni vasiyat qildi.
Sal o’tmay Lyudovik XIV siyosati Yevropada yangi urush bo’lishini muqarrar kilib qo’ydi. Filipp Anjuyskiy 1701 yil boshlarida Ispaniyaga kelishi va Filipp V nomi bilan Ispaniya qiroli deb e’lon qilingani bilan cheklanmay, Lyudovik Ispan va Fransuz yerlarini birlashtirmasligi to’g’risidagi shartga mutlaqo rioya qilmoqchi emas edi. U endi "General yo’q" deb da’vo kilib, Filipp II ning Fransuz taxtiga merosxo’rligini rasmiy hujjat bilan tasdiqladi. U Ispaniya o’lkalarini Filipp V nomi bilan idora qila boshladi. Inglizlar bilan gollandlarning Ispaniyada "savdo-sotiq imtiyozlari berilishi haqidagi talablari Lyudovik XIV tomonidan rad qilindi.
1701 yil Vilgelm II vafot etib, Lyudovik XIV Risvik sulhidan tan olgan majburiyatlarini buzib, Yakov II ning o’g’lini Angliya qiroli deb tan oldi. Angliya va Gollandiya, Angliyaning yangi qirolichasi Anna ham Fransiyaga urush ochishdan o’zga iloji yo’qligini tan oldi. 1701 yilda imperator Leopld I ning Lyudovik XIV ga qarshi urush boshlashga, bosib olingan yerlarini qaytarib olish va yangi istilolarning oldini olishga harkat qilish uchun hyech nima xalaqit bermas edi. Fransuz ko’shinlarining Milan gersogligini bosib olishga to’sqinlik qilish maqsadida Leopold I rasmiy ravishda urush e’lon qilmasdan oldinroq 1701 yilda Italiyaga qo’shin yubordi.
1702 yil mayida Angliyaga va Gollandiyadan so’ng Leopold I ham Fransiyaga urush e’lon qildi1. Ersgersog Karl 1702 yil ingliz flotining himoyasida Portugaliyaga keldi va o’zini Ispaniya qiroli Karl III deb e’lon qildi va Madridda turgan qirol Filipp V ga qarshi urush boshladi. Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush ayni bir vaqtda to’rtta jang maydonida: Italiyada, Ispaniyada, g’arbiy Germaniyada va Niderlandiyada olib borilmoqda edi. Urushning birinchi davri (1702-1704) Fransiya uchun qulay bo’ldi. Mahoratli lashkarboshilar qo’mondonligidagi fransuz armiyalari Niderlandiya va Reyn viloyatida mudofaa janglarini olib bordilar. Lekin 1705 yilda Fransiyaning nechog’lik holdan ketganligi ayon bo’ldi. U o’z dushmanlariga so’nggi zarbani berolmadi, chunki Fransiyaning mablag’lari tugagan edi.
Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushning ikkinchi davri 1705 yildan boshlandi. Bu davrda Fransiya tobora ko’p harbiy omadsizliklarga va mag’lubiyatlarga uchradi. 1706 yilda Fransuz qo’shinlari Niderlandiyadan, 1707 yilda Milan gersogligidan yengildi, natijada Italiya ham Ispaniya qirolining hukmronligidan butunlay qutulib, imperator va inglizlar qo’l ostida o’tdi. G’arbiy Germaniyada hamma narsa qo’ldan ketgan edi. Dushmanlar shimol va janubdan Fransiyaga bostirib kirdi. Lyudovik XIV taslim bo’lish lozimligini sezsada, uni tan olgisi kelmadi.
Lekin 1710 yildan boshlab Angliyaning siyosatida keskin burilish yuz berdi, shu sababli o’sha vaqtda Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush tarixida uchinchi davr boshlandi. Ba’zi ingliz tarixchilari bu burilishning sababi juda ochiqdan-ochiq boyib olgan gersog Malboroning ingliz burjuaziyasi orasida obro’yi qolmaganligidir deydilar. Yo’q, unday emas, buning bir qancha sabablari bor.jumladan: Pyotr I ning Poltava yonida Karl XII ustidan qozongan g’alabasi (1709) va Shimoliy Sharqiy Yevropadagi kuchlar nisbatining o’zgarganligi asosiy sababdir. 1711 yil imperator Iosif I vafot etdi, uning vorisi bo’lmagani uchun taxt Leopold I ning ikkinchi o’g’li Karlga topshirildi. Angliyada hokimiyatga torilarning tinchlik tarafdorlarining hokimiyatga kelishi bilan ular Fridrix va Parij bilan maxfiy ravishda urushni tugatish to’g’risida kelisha boshladilar. Angliyaning bunday yo’l tutishiga sabab birinchidan harbiy harajatlari oshib ketgan edi. Ikkinchidan bu davrda Karl VI Gabusburgning qo’l ostida Ispaniya va Avstriya mulklari birlashgan edi. Angliya Ispaniyada Burbonlarni taxtga olib kelishga intilar edi. Lyudovik ham o’z navbatida urush harakatlarini kaolitsia ichidan faqat Angliya to’xtata oladi deb bilardi. Shu boisdan ham 1711 yil oktabrda Londonda ingliz-fransuz tinchlik kelishuvi imzolandi. Kongres 1712 yilning 29 yanvarida ochildi.
Unda Fransiyaning uchta delegati – marshal d’Yuksell, abbat Polinyak, advokat Menaje, qarama qarshi lagerdan esa yetmishdan ziyod vakillar ishtirok etdi. Angliya manfaatlarini esa kongressda lord Strafford va yepiskop Robinsonlar himoya qildilar. Kongressda yana muhim o’rinni Karl VI ning vakili graf Sihsendorf egalladi. Barcha mamlakatlar birgalikda Fransiyani yolg’izlatib, uning chegaralarini yanad qisqartirishga harakat qildilar. O’zaro kelishuvlar davom etish jarayonida fransuzlar inglizlar bilan maxfiy kelishuvlar olib bordi. 1712 yilda shartnoma imzolanib, unga ko’ra fransuzlar va inglizlar bir birlariga elchilar yuborib o’zaro munosabatlarni yo’lga qo’ydilar. Bu esa Fransiyaning kongressda ishtirokini belgilab berdi. 1713 yili Utrektdagi sulh kongressida ikkita shartnoma imzolandi.
Birinchisi 1713 yilning 11 aprelida Fransiya va Ispaniya bir tomondan, ikkinchi tomondan Angliya, Gollandiya, Brandenburg, Savoyya va Portugaliya o’rtasida Utrekt shartnomasining tuzilishiga olib keldi. Ikkinchisi 1714 yilning 7 martida Rashtdatda Fransiya, Ispaniya va imperiya imzolagan shartnoma. Ularga ko’ra Burbonlarning Ispaniya merosini boshqarishi tan olindi. Ammo Ispaniya qiroli bir vaqtning o’zida Fransiya qiroli bo’la olmasligi ta’kidlandi. Buning uchun Ispaniya quyidagilarga erishdi: 1) Gabusburglar-Neopolitan qirolligi, Sardiniya, Toskanini bir qismi, Milan gersogligi, Ispan Nedirlandiyasida hukmronligi tan olindi; 2) Brandenburg kurfyuristligiga esa ispan Gelderni berildi; 3) Sovoya gersogligi Sitsiliya bilan mukofotlandi; 4) Angliya Gibraltar va Minorka orolini qo’lga kiritd. Filipp V ning Ispaniyaga va okean nariyog’idagi mustamlakalariga hukmronlik qilish huquqi tan olindi, imperator Karl VI esa buning evaziga ilgarigi Ispaniya Niderlandiyasini va Ispaniyaning Italiyadagi sobiq o’lkalarini olishi kerak edi.
Shunday qilib Avstriya Gabsburglari Yevropadagi o’z kuchlarini ancha ko’paytirdilar. Uyetraxt sulhiga ko’ra go’yo Angliya juda oz narsa olgandek tuyulsa-da, lekin bu sulh aslida Angliya mustamlakachi imperiyasining rivojlanishiga olib keldi. U Gibraltarni va O’rta dengizdagi Meorka orolini, Shimoliy Amerikada muhim ahamiyatli territoriyalarni Nyufaundlendini, mukaddas lavrentiy daryoni quyilish joyini, Akadiyani, Fransiya Kanadasini qo’lga kiritdi, Ispaniya va uning Amerikadagi mustamlakalari bilan savdo-sotiqda alohida huquqlarga ega bo’ldi. Gollandiya amalda hyech narsa olmadi va shartnomadan so’ng uchinchi darajali davlat holatiga tushib qoldi.
1712 yildayoq Angliyaning Gaagadagi vakili Shvesiyaning vayron qilinishiga va shimoliy davlatlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga Angliyaning yo’l ko’ymasligini rus elchisiga rasmiy ravishda bildirdi. Lekin Pyotr I Shimoliy Yevropada o’z ta’sirini tez oshirib borib, u Shvesiyaga tobora yangidan-yangi zarbalar berdi. Rus floti Gangut yonida shved floti ustidan g’alaba qozonganidan keyin (1714) Boltiqda hukmron kuch bo’lib qoldi. Pyotr I Angliya qiroli Georg I ning Boltiq dengizidagi munosabatlarini ko’rib, 1717 yilda o’zining fransuzlarga qarshi kayfiyatini o’zgartirib yubordi. "Yevropada umumiy tinchlikni saqlash uchun" Fransiya, Rossiya va Prussiya o’rtasida Amsterdamda shartnoma tuzildi. Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush Yevropa davlatlarining kuchi nisbatida zo’r o’zgarishlarga olib keldi. Fransiya sharqiy Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mahrum bo’ldi. Shvesiya qisqa davr qudratli davlat bo’lib turib, keyin ikkinchi darajali davlat holiga aylandi. O’ttiz yillik urushda o’z maqsadlariga erisha olmagan Avstriya Gabsburglari yana kuchaydi va o’zlarining Yevropadagi yerlarini kengaytirdi.
Germaniyada kuchli Prussiya qirolligi vujudga keldi. Gollandiya, Polsha va Turkiya Yevropadagi xalqaro hayotda aktiv rol o’ynamaydigan bo’lib qoldi. XVIII asrda Rossiya qudratining oshishi Yevropadagi butun xalqaro vaziyatning o’zgarishiga olib keldi. Rossiya Boltiq dengizi bilan Tinch okean o’rtasidagi territoriyalarni o’z ichiga olgan g’oyat katta imperiyaga aylandi. Yevropa tarixida bunday imperiya hali tuzilmagan edi. Rossiya juda katta o’lkalarga ega bo’lishga qaramay uning territoriyasi tobora kengayib bormoqda edi. Rossiyaning g’arb bilan, shuningdek, Eron bilan kattagina savdo sotiq aloqalari bor edi. Hukmron pomeshchiklar sinfi bilan rus savdogarlari savdo yo’llarini mustahkamlab borishga, chegaralarni strategiya jihatdan mustahkam joylardan o’tkazishga va Rossiyaning territoriyasini tobora kengaytirib va xalqaro ta’sirini oshirib borishga intilardi.
Shimolda Rossiya oldida Boltiqdagi pozisiyalarni mustahkam himoya qilish vazifasi turar edi. Petr I ning g’alabalaridan keyii Shvesiya Yevropaning shimolida juda kuchli davlat bo’lmasada, poytaxtga Shvesiya tomonidan tahdid qilish xavfi mavjud edi. Rossiyaning Polshadagi ta’sirini kuchaytirish masalasi ruslarning g’arbdagi siyosatida eng muhim o’rin tutardi. Janubdagi vazifa - Azovni ishg’ol etish, Qora dengizda savdo qilish huquqini qo’lga kiritish, Turkiyaga qarshi yana kurash olib borishdan iborat edi. Mustamlakalar uchun va Yevropa qit’asida ta’sir kursatish uchun Angliya va Fransiya manfaatlari to’qnashadigan joy dengizlarning nariyog’idagi mamlakatlar edi.
Bu mamlakatlar Kanada va Ost - Indiya bo’lib, Kanadani fransuzlar XVII asrdayoq bosib olgan edi. Ost-Indiya territoriyasida esa Ingliz va Fransuz istilochilari qattiq kurash olib borardi. Angliya bilan Fransiya o’rtasida Yevropadagi ayrim hududlar uchun ham keskin ziddiyatlar bor edi. Angliya hukumati Fransiyaning Avstriya Niderlandiyasini va uning eng muhim qal’asi Antverpenni egallab olishga yo’l qo’ymaslikka intilar edi. Antverpenning fransuzlar ko’lida bo’lishi Angliya uchun xavf tug’dirishi mumkin edi. Antverpen fransuzlar qo’lida bo’lsa, Britaniya flotining kuchlari Yevropada band bo’lib, Angliyaning mustamlakachilik agressiyasi muvaffaqiyatli avj olmasdi. Mudofaa maqsadida emas, mustamlakalarni talash maqsadida Angliya burjuaziyasi va aristokratiyasi Niderlandiyani Fransiyaning ta’siri ostida bo’lishga yo’l qo’yishni istamasdi. Shu maqsadga erishish uchun Angliya burjuaziyasi Yevropada Fransiyaning quruqlikdagi kuchlarini band qilib tura oladigan ittifoqchi topishga tirishdi. Angliya hukumati 1713 yilda Ispaniya merosi uchun urushdan so’ng, Niderlandiyaning Avstriyaga berilishiga erishgach, XVIII asrning birinchi yarmida Avstriya gabsburglarini, ya’ni Fransiya raqiblarini qo’llab keldi. Angliya Gollandiyaga ta’sir ko’rsatish uchun Fransiyaga qarshi kurashdi. Gannover siyosatini murakkablashtirib yubordi. Fransiyaning Gannoverni bosib olish mumkinligi Fransiyaga qarshi kurashish uchun Angliyaning ittifoqchilar orttirish ehtiyojini yanada kuchaytirdi. Angliya o’zining savdo va mustamlakalaridan kelgan foyda orqali Fransiyaga qarshi birovlarning kuchi bilan kurash olib bordi.
Angliyaning boshqa bir dushmani Ispaniya esa Gibraltar bug’ozi va Menorkaning inglizlar tomonidan bosib olinganligini tan olmay kelayotgandi. Ingliz burjuaziyasi Ispaniya mustamlakalarida savdo huquqiga erishmoqchi va Ispanlarning Shimoliy Amerikadagi yerlarini egallab olmoqchi edi. Angliyaga qarshi kurash Ispaniyani Fransiya bilan birlashtirdi. Burbonlar sulolasining Ispaniya taxtiga o’tirishi ham bunga yordam berdi. Avstriya qiroli Karl vafot etgandan so’ng, undan o’g’il voris qolmadi. Taxtga uning qizi Mariya-Tereza keldi. 1740 yil 31 mayda F. Vilgelm I o’ldi va taxtga uning o’g’li Fridrix II o’tirdi, u darhol armiyani ko’paytirib, unga yana 16 bataleon piyoda askar, 5 eskadron gusar 1 eskadron gvardiya qo’shdi.
Fridrix II shaxsiy tabiati otasinikidan farq qilar edi. F. Vilgelm I bo’sh vaqtida ov qilib, yoki krujkada pivo ichib o’tirib hamda o’zining " tamaki shinavandalari" bilan qo’pol hazil mutoyibalar qilib, hordiq chiqarar edi. Fridrix II nay chalishga va qovushmagan fransuzcha she’rlar yozishga juda berilgan bo’lib, "Hushtakvoz shoir" edi. Ammo siyosatda Fridrix II otasi izidan bordi. Yetti yillik urush tamom bo’lgandan keyin. Yevropaning ko’pchilik mamlakatlarida hukmron feodal doiralari ma’rifatli absolyutizm deb nom olgan siyosatga o’ta boshladilar. Dinga adovatning juda eskirib qolgan formalarini, toifachilik imtiyozlaridan ba’zilarini, feodal tarqoqlikni va mahalliy separatizmni tugatish bu sistemada yuqoridan turib, reformalarni amalga oshirishda mamlakat fuqarosining ishtirok etishiga yo’l qo’ymaydigan samoderjaviya hokimiyatining qonunlar chiqarish yo’li bilan o’tkazilar edi. Pruss yunkerlari Fridrix II juda katta harbiy mashinasidan agressiya tashqi siyosat maqsadlarida foydalandi. Sileziya urushlari hamda Polshaning 1-marta taqsimlanishi ana shu agressiv siyosatning asosiy bosqichlari bo’ldi. Slavyan aholisi hisobidan nemis dehqonlarini yerdan mahrum etish (yerdan haydash) hisobidan dvoryanlarning katta yerlari maydonga keldi, ya’ni qishloq xo’jaligiga kapitalizmning "prusscha" yo’ldan taraqqiy etishi uchun tarixiy shart-sharoitlar paydo bo’ldi.
Fridrix II o’zining hukmronligini Avstriyaga qarshi yurish bilan boshladi. U dastlab Avstriya qirolichasi Mariya-Terizadan qo’lini so’raydi. Bu bilan u boy Seleziya viloyatini ko’zlagan edi. Ammo u rad etgandan so’ng u Seleziyani bosib oladi. Bovariya bilan Fransiya Fridrix II ning ittifoqchilari bo’lib, bu ikkisi Avstriya qo’lidagi Niderlandiyani bosib olishga bel bog’lagandi. Gabusburglarga qarshi bo’lgan Fransiya dastlab Mariya-Tereza tomonida turadi. Ammo Fridrix tomonidan olib borilgan diplomatiya natijasida uni o’zi tomonga og’diradi. Natijada Fransiya, Ispaniya, Bavariya va Prussiya birgalikda Avstriya merosini bo’lib olish uchun shartnoma tuzadilar. Avstriyaning dushmanlari uni zaiflashtirish maqsadida Bavariya kyurfyurstining imperator qilib saylanishga va Chexiyaning Bavariyaga qo’shib olinishiga erishmoqchi edi.
Kyurfyurst Saksonskiy va Polsha qiroli Avgust III Fridrix II ning ta’siriga berildi. U Rossiya va Avstriya bilan tuzilgan ittifoqqa xiyonat qildi va Moraviyani bosib olish maqsadida Prussiya tomonida turib urushga qatnashdi. Ispaniya ham Avstriyaning dushmanlari qatoriga qo’shildi. Avstriyaning eng xavfli dushmani Prussiya davlati edi. Prussiyaning bosqinchilik siyosati qirol Fridrix II zamonida juda ham avj olib ketdi. Prussiyaning tashqi siyosati qo’shni davlatlarga nisbatan hiyla-nayrang ishlatishga va uz ittifoqchilariga nisbatan hayosizlik bilan xiyonat qilishga asoslangandi. Fridrix II o’zining nihoyatda surbetligi bilan boshqalardan ajralib turardi. 1740 yili Karl VI vafot etgach, uning o’rniga Mariya Tereza o’tirdi. Fridrix II hukmronligining birinchi yilidayoq urush e’lon qilmay turib, Avstriyaning eng boy va sanoat jihatdan taraqkiy qilgan viloyati Sileziyani bosib oldi. Prussiya tomonidan bosib olingan yerlarga o’xshash Sileziya ham polyaklarning qadimiy yeri edi. Bovariya bilan Fransiya Fridrix II ning ittifoqchilari bo’lib, bu ikkisi Avstriya qo’lidagi Niderlandiyani bosib olishga bel bog’lagandi.
Avstriyaning dushmanlari uni zaiflashtirish maqsadida Bavariya kyurfyurstining imperator qilib saylanishga va Chexiyaning Bavariyaga qo’shib olinishiga erishmoqchi edi. Kyurfyurst Saksonskiy va Polsha qiroli Avgust III Fridrix II ning ta’siriga berildi. U Rossiya va Avstriya bilan tuzilgan ittifoqqa xiyonat qildi va Moraviyani bosib olish maqsadida Prussiya tomonida turib urushga qatnashdi. Ispaniya ham Avstriyaning dushmanlari qatoriga qo’shildi. Bu vaqtgacha esa Fransiya Prussiya bilan dushman edi. Fridrix II esa Mariya-tereza bilan maxfiy shartnoma tuzgan edi. Oxir oqibatda esa fransuzlar Germaniyani bo’lib yuborishni istasada, ammo Avstriya malikasi Mariya-Terezani Prussiya tomonidan “saqlab qolish” siyosatini bekor qilishni ma’qul ko’rgandi, zero bir vaqtlar fransuz-bavar qo’shinlari Avstriyaga bostirib kirganda Fridrix II Avstriyaga yordam uchun bir gusar qo’shin yuborgan edi. Shu bilan bir vaqtda u kurfyurist Karl-Albert Bavariskiy bilan mahfiy ravishda kelishib, fransuz imperatorini o’z bosimi ostida saqlash va Yuqori Seleziyani Prussiyaga qo’shib olish haqida kelishib olgan edi.
Ammo amalda Avstriyani qo’llagan bo’lib ko’rsatdi. Avstriyaliklar uning bu siyosatini anglab yeta olmadilar. Fridrix II Avstriyaga qarshi kurashdi va Chaslavda bo’lgan jangda u g’alaba qozondi. Keyinchaik esa inglizlarning yordamida butun Seleziyani bosib oldi. Fridrixning bu qiliqlarini “do’st” qirol Volter (Avstriya qiroli) Parijda bo’lgan uchrashuvda to’g’ri anglab yetmagan edi. Urushning natijasida 1748 yil Aaxen shartnomasi imzolandi. Imzolangan shartnomaga ko’ra Seleziya Fridrix II ga to’laligicha berildi. Mariya-Tereza esa o’zining keyingi boshqaruvini saqlab qolish uchun Angliya bilan yaqinlashadi. Bir necha yillardan so’ng Avstriya Prussiyaga qarshi kaolitsiyani yuzaga keltirdi. Unga Fransiya va Rossiya ham kiritildi. Shundan so’ng Prussiyaga qarshi yangi urush boshlandi. Bu urush “Yetti yillik urush” nomini oldi.
Yetti yillik urush (1756-63) -Avstriya, Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Saksoniya va Shvetsiya bilan Prussiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya o’rtasida bo’lgan urush. Yetti yillik urush Yevropadagi burjua inqilobidan keyingi so’nggi qarama qarshilik edi. Uning kelib chiqishiga bir necha omillar ta’sir etgan edi. Birinchidan; mustamlakalar va o’zga hududlar uchun Angliya va Fransiyaning kurashining yangi qirralari shakllandi. Ikkinchidan; Germaniyada Avstriya va Prussiyaning gegemonlik uchun kurashi hamda Prussiya siyosiy manfaatlarining Avstriya, Fransiya va Rossiya manfaatlari bilan to’qnashuvi tufayli kelib chiqqan. Bu har ikkalasi Yevropada yangi qarama qarshiliklarga sabab bo’ldi. Shuningdek, bu vaqtda Avstriya va Fransiya o’rtasidagi sulolaviy kurash-Burbonlar va Gabusburglar kurashi susaygan, Fransiya va Avstriya o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatilgan edi. Shuningdek, Yevropada bu davrdagi ziddiyatlarga Rossiya ham to’g’ridan to’g’ri aralasha boshladi.
Bu davrda Rossiya bevosita Avstriya tomonida turib urushda ishtirok etdi. Fransuzlar XVII asrning ikkinchi yarmidan to napaleon urushlarigacha bo’lgan davrni “Ikkinchi yuz yillik urush” deb nomladi. Birinchi yuz yillik urush (1338-1453 y.y.) davridagi kabi bu davrlarda ham Angliya va Fransiya o’zaro urushadi. Lekin, XVII-XVIII asrlar XV asrdagidan boshqacha edi. Bu davrda G’arbiy Yevropa yagona Yevropa bo’lib kurashdilar. Avstriya va Prussiya o’rtasidagi aloqalar Avstriya merosi uchun urush davrida to’xtab qolmagan edi. Avstriya merosi uchun bo’lgan urushdan so’ng go’yo Yevropada ziddiyatlar tugaganday edi. Ammo Yevropada kutilmagan holatda Avstriya va Fransiya Prussiyaga qarshi chiqdi.
Avstriya merosi uchun urush davrida Angliya Mariya-Terezani himoya qilib, Gannoverni himoya qilishi uchun pul bilan ta’minlab turgan. Ammo 1755 yildan Fridrix II ning urinishlari samarasi o’laroq pul berishni bekor qiladi. Fridrix II ning Rossiya bilan olib borgan diplomatik aloqalari ham o’ziga hos kechgan. Rossiya kansleri Bestujev Prussiyaga qarshi siyosat yuritishni ma’qullagan negaki, u Prussiyani qo’shnilari bilan birlashuvi va uning kuchayishini Rossiya uchun havfli deb hisoblardi.
U Prussiyaning kuch qudratga erishib, kuchayib ketishidan havfsirar edi. Bunga shuningdek, Germaniyaning protestant qismida, Prussiya hududlarida Fransiya va do’stona munosabatlar yo’lga qo’yilgan. Angliya elchisi Vilyamson bilan esa 1755 yil da rus kansleri Bestujev shartnoma imzolagan edi. Unga ko’ra Angliyaning dushmanlariga qarshi chiqqani uchun Rossiya bir yo’la 500 ming funt, har yiliga esa 100 ming funt subsidiya olib turishi belgilangan Bustujevning fikriga ko’ra Fridrix II Angliyaning asosiy raqibi bo’lib, uning yo’q bo’lishidan manfaatdor edi. 1761 yilda Prussiya halokat yoqasida edi, ammo yangi rus shohi Pyotr III u bilan sulh tuzgan (1762) (Yekaterina II uni bekor qilgan, biroq, urushni davom ettirmagan). Shiddatli kurashlar mustamlakalarda va dengizda ham sodir bo’lgan. Prussiya Gubertusburg sulhi (1763) ga asosan, Avstriya va Saksoniya bilan Seleziyani o’ziga qo’shib olgan. Parij tinchlik bitimi (1763) ga asosan, Fransiyadan Buyuk Britaniyaga Kanada, Sharqiy Luiziana, fransuzlar-ning Hindistondagi mulklarining ko’p qismi o’tgan. Ye.y.u.ning asosiy nati-jasi — Buyuk Britaniyaning Fransiya ustidan mustamlaka va savdo sohasida-gi kurashda qozongan g’alabasi bo’lgan. 1756 yilning 16 yanvarida Uaytoolda imzolangan Angliya va Fridrix II o’rtasidagi shartnomani ruslar va fransuzlar hamda avstriyaliklar yaxshi bilardi. Avstriya va Rossiya bu shartnomani tashabbusi bilan amalgam oshganligini bilar edi. Angliya hukmron doiralari buni jim kutib olishdi.
Chunki ular dengizda hukmron bo’lib turgan flotlari o’zlarini himoya qiishlariga ishonardilar. Mariya-Tereza Avstriya merosi uchun urush nihoyasiga yetganidan so’ng Fransiya bilan o’z davlati o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga kirishdi. Fransiyaga XVIII asrning eng mashxur diplomati Kanutsni yubordi. Unga 1748 yilda Lyudovik XV tomonidan sevgilisi madam de Pompadurga sovg’a qilingan Belgiya provinsiyalarining (Flandriya va Brabanta ) ni qaytari berishligini, buning uchun esa Fransiya Avstriyaga Seleziyani qaytarib olishiga yordam berishi kerak edi. 1751 yilda Kaunts Avstriya elchisi bo’lib Parijga keladi. Bu vaqtda Fridrix II Angliya bilan ham kelishuvlarni amalgam oshirishga urinmoqda edi. Lyudovik XV 1756 yilning 1 mayida Avstriya bilan yakuniy Versal shartnomasini imzolaydi. Unga ko’ra har ikki davlat bir biriga o’zaro agressiya uyushtirilgan davrda 24 ming askar beish majburiyatini oldi. Bu davrga kelib Rossiya imperatori Yelezavetta Angliya bilan aloqalarini uzib, Avstriya bilan shartnoma imzolaydi (1756 yil, 25 mart). Avstriyaga Rossiya Fridrix II ga qarshi kurashishi uchun 80 ming qo’shin berish majburiyatini oladi. Fridrix ustidan g’alaba qilingandan so’ng Avstriya Seleziyani, Rossiya esa Sharqiy Prussiyani olishi belgilandi.
Bu kaolitsiyaning eng muhim yakunlovchi shartnomalari ikkita bo’ldi. Rus-avstriya (1757 yil, 2 fevral) shartnomasi, unga ko’ra Rossiya har yili 1 million subsidiya berishi belgilangan. Ikkinchisi esa Versal shartnomasi (1757 yil, 1 may) oldingi 24 ming kishi o’rniga 105 ming kishi berishi, Mariya-Tereza esa bu uchun yiliga 12 million subsidiya berishi kelishildi. 1759 va 1760 yillarga kelib Rossiya qo’shinlari Berlin ostonalariga yetib keldi. 1762 yilga kelib Fridrix II ning ahvoli qiyinlashib, u qiyin ahvolga tushib qoladi. Uni halokatdan 1762 yilning 5 yanvarida Rossiya imperatori Yelezavetta Petrovnaning o’limi asrab qoldi. Yangi Rossiya imperatori Pyotir III nafaqat Prussiyani bosib olishni, balki, Fridrixga yordam berishni ham rad etdi.



Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish